Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan
Boshqaruv psixologiyasida rahbarlik va liderlik jihatlari
Download 6 Mb.
|
2021 Касбий психологияси УМК333
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqariluvchi ko’nikma va o’quvchining o’rganishi
- «lider» va «rahbar» tushunchalari
3. Boshqaruv psixologiyasida rahbarlik va liderlik jihatlari.
Boshqaruvda lider asosan, guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U hech qachon yolg`iz bo`lmaydi, gurux a’zolarini u yoki bu harakatlarga chorlaydi. Chunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va hokazolarini hammadan ham yaxshi biladi. Ular ichida eng tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari ham alohida o`rganilgan.Guruhda rahbarlik haqida fikr ketganda, avvalo, guruh haqida qisqacha psixologik izoh berish lozim. Boshqariluvchi ko’nikma va o’quvchining o’rganishi: boshqariluvchi ko’nikma javobiy ko’nikma singari insonlarda, o’quvchilarda yoki sinfxona muhitida o’zining xususiyatlarini namoyon qila olishi hamda ushbu ko’nikmaga tegishli bo’lgan jihatlarini ko’rsatishi haqida savol tug’iladi. Shu o’rinda javobi oddiy bo’lishi mumkin. Boshqariluvchi ko’nikma o’quvchi o’rganishini to’laqonli aks ettirmasa ham, jarayonning o’quvchi xulq-atvoridagi o’zgarishlariga to’g’ri keluvchi natijalarini ko’ramiz (Alberto & Troutman, 2005).53 Guruh- bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidanfarq qiladi va o`ziga xos qonuniyatlarga bo`ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Shu guruhdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi rahbardir. Guruhda rahbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo`ladi. Bundan tashqari, rahbar liderda yo`q bo`lgan rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga tapsir o`tkazishi mumkin. Rahbar guruhda u yoki bu qarorlar va ko`rsatmalarni o`z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo`ladi. Guruhdagi o`zaro munosabatlar yuqoridan ‘astga yoki aksincha bo`lab, gurux a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «rahbar» tushunchalari o`rtasidagi farqlar haqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi: lider - guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar - shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi; liderlik kichik guruhlardagina xos bo`lgan hodisa bo`lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo`lishi, amalga oshirilishi mumkni; agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo`lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo`ladigan hodisadir; liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo`lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo`nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro`y beradi; rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo`q bo`lgan jazolash va rag`batlantirish tizimiga ega bo`lib, shu asosda o`z xodimlariga ta’sirini o`tkazishi mumkin. Bu psixologik ta’sir shundayki, biron-bir manfaatni ko`zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko`tarinki ruh bilan rag`batlantirib mukofatlab tursa, o`sha yerda xodimlar o`zlari bilmagan holda boshliqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishada; lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko`rsatmalar, tashabbuslarni o`z ixtiyoricha, bevosita chiqarish mumkin. Rahbarda esa bu yo`nalishda ko`plab rasmiy ko`rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar - bular doirasidan chiqib ketishi qiyin. Ko`p hollarda rahbar lider uslubini qo`llasa, bu jamiyat tamonidan «o`zboshimchalik», «qonunga bo`ysunmaslik» deb qoralanadi; liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshiriladi, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakil bo`lgani uchun vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. 91-rasm O`z ishini tashkil qila bilish deganda, uning o`z ishini to`g`ri rejalashtirib, uni nazorat qila olish nazarda tutiladi. Jamoa faoliyatini va o`z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo`lgan talablardan biridir.Boshqarish bevosita jamoaga qaratilgan bo`lib, uning psixologik natijasi o`zlikka nisbatan hurmat, o`zlikni anglash, qadrlash kabilarni vujudga keltiradi. 92-rasm
Liderlik fenomenini tahlil qilishdan oldin avtoritet tushunchasini ko`rib chiqish lozim. Download 6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling