Ijtimoiy fanlar


Ob’ektiv dunyoga va insonning undagi o‘rniga, odamzotning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatiga nisbatan yondashuvlar tizimi, bu -


Download 286.3 Kb.
bet13/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

2.Ob’ektiv dunyoga va insonning undagi o‘rniga, odamzotning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatiga nisbatan yondashuvlar tizimi, bu - ...
A. Dunyoqarash
B. Tafakkur
V. Idrok
G. Tasavvur
3.Tarixan dunyoqarashning dastlabki shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A. Mif va din
B. Din va san’at
V. San’at va mifologiya
G. Poetika va lirika
4.Dinning asosiy funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan?
A. Dunyoqarashni shakllantirish, kommunikativ, tartibga solish, kompensatorlik funksiyalari
B. Dunyoqarashni shakllantirish, komillikka ko‘tarish, sabrga o‘rgatuvchi funksiyalari
V. Kamolotga etkazish, kompensatorlik, kommunikativ funksiyalar
G. Boshqaruvchi, tartibga soluvchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi, kompensatorlik funksiyalari
5. Falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang?
A. Ontologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
B. Fenomenologiya, gnoseologiya, fan metodologiyasi, ijtimoiy falsafa, etika, aksiologiya, falsafiy antropologiya
V. Pragmatizm, pozitivizm, strukturalizm, etika, estetika, aksiologiya, fenomenologiya
G. Ontologiya, ma’naviyat asoslari, g‘oyalar falsafasi, falsafa tarixi, antropologiya
Mavzu : O‘RTA ASRLAR ,YANGI VA ENG YANGI DAVR FALSAFASI
REJA:
1.O‘rta asrlarda G’arb va Sharq falsafasi
2.Yangi davr G’arb falsafasidagi asosiy yo’nalishlar
3. XVIII-XIX asr falsafasining ma'rifiy xususiyatlari.
4. Xozirgi zamon falsafasi
O‘rta asrlarda G‘arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. O’rta asrlar G‘arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo‘lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo‘jaligi mavjud bo‘lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo‘lgan, lekin ishchini o‘ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integratsion asos din bo‘lgan.
Ikkinchidan, o‘rta asrlarda din G‘arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo‘lgan. SHuningdek, u siyosiy jihatdan ham o‘ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o‘qimishli odamlar bo‘lgan. Huquqshunoslik, tabiatshunoslik va falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan. Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko‘rilgan. Teotsentrizm, ya’ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o‘rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o‘rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to‘la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo‘lgan. Evropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling