Ijtimoiy fanlar


-Bo’lim. Ijtimoiy falsafa


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/36
Sana09.06.2020
Hajmi1.78 Mb.
#116440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
falsafa


5-Bo’lim. Ijtimoiy falsafa
9
Jamiyatning falsafiy tahlili.
Xozirgi zamon falsafasida
ijtimoiy jarayonlar tahlili
2
2
4
10
Faoliyat, ijtimoiy prognozlash
xamda globalashuvning falsafiy
masalalari
2
2
2
Jami:
20
20
26

58
2.1.3. Kalendar tematik reja
A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
TASDIKLAYMAN
                                                                                        Kafedra mudiri _________B.Ochilova
                                                                                          «      »
___________        2015y.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
                      ning 2015_-2016_ o‘quv yiliga mo‘ljallangan
DASTUR BAJARILISHINING KALENDAR REJASI
(ma’ruza, laboratoriya, amaliyot mashg‘ulotlari, kurs ishlari)
2015-2016 o‘quv yili

59
DASTUR BAJARILISHINING KALENDAR REJASI
Fakultet:
Yo‘nalish:
Kurs:    2   kurs
Akademik guruh: .........................................................................................
Fanning nomi: Falsafa
Amaliy mashg‘ulotini olib boradi: ..................................................................
Ma’ruza mashg‘ulotini olib boradi: ...................................................................

Mashg‘ulo
t
turi
Mavzu nomi
Ajr.
soat
Oy va kun
O‘qituvchi
imzosi
1
Ma’ruza
Falsafaning predmeti, muamolari
va vazifalari
2
2 Ma’ruza
Qadimgi va O’rta asrlar falsafasi
2
3 Ma’ruza
Yangi va eng yangi davr
falsafasi
2
4 Ma’ruza
Borliq va uning asosiy
atributlari. Tabiat va inson
borlig’i
2
5 Ma’ruza
O’zaro aloqadorlik va rivojlanish
qonunlari
2
6 Ma’ruza
Falsafa kategoriyalari
2
7 Ma’ruza
Falsafada bilish muammosi,
bilishning bosqichlari va
darajalari
2
8 Ma’ruza
Bilishning metodlari,
axborotlashuv, tushunish va
tushuntirishning ilmiy – falsafiy
tahlili
9 Ma’ruza
Jamiyatning falsafiy tahlili.
Hozirgi zamon falsafasida
ijtimoiy jarayonlar tahlili
2
10 Ma’ruza
Faoliyat, ijtimoiy prognozlash
hamda globallashuvning falsafiy
masalalari
2
   Fan o‘qituvchisi   .....................................................

60
DASTUR BAJARILISHINING KALENDAR REJASI
DASTUR BAJARILISHINING KALENDAR REJASI
Fakultet:
Yo‘nalish:
Kurs: 2 kurs
Akademik guruh: .........................................................................................
Fanning nomi: Falsafa
Amaliy mashg‘ulotini olib boradi: ..................................................................
Ma’ruza mashg‘ulotini olib boradi: ...................................................................

Mashg‘ulo
t
Turi
Mavzu nomi
Ajr.
soat
Oy va kun
O‘qituvchi
imzosi
1
Seminar
Falsafaning predmeti, muamolari
va vazifalari
2
2
Seminar
Qadimgi va O’rta asrlar falsafasi
2
3
Seminar
Yangi va yeng yangi davr
falsafasi
2
4
seminar
Borliq va uning asosiy
atributlari. Tabiat va inson
borlig’i
2
5
seminar
O’zaro aloqadorlik va rivojlanish
qonunlari
2
6
seminar
Falsafa kategoryalari
2
7
seminar
Falsafada bilish muamosi.
Bilishning boskichlari va
darajalari
2
8
seminar
Bilishning metodlari,
axborotlashuv, tushunish va
tushuntirishning ilmiy – falsafiy
tahlili
2
9
seminar
Jamiyatning falsafiy tahlili.
Hozirgi zamon falsafasida
ijtimoiy jarayonlar tahlili
2
10
seminar
Faoliyat, ijtimoiy prognozlash
hamda globallashuvning falsafiy
masalalari
2
   Fan o‘qituvchisi   .....................................................

61
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A. QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Tasdiqladi:
O’quv ishlari prorektori
 Prof. N.Alimov
________________
2015 yil 27 avgust
 “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi
“Falsafa” fanidan
MA’RUZALAR MATNI
(Kafedra yig’ilishida (2015 yil, 25 avgust
 1-sonli bayonnoma tasdiqlangan)
Jizzax – 2015

62
1-mavzu: Falsafaning predmeti, muamolari va vazifalari
Reja:
1. Falsafalarning mavzui va ilmiy bilimlari tizimida tutgan o’rni
2. Dunyoqarash tushunchasi. Dunyoqarashning tarixiy turlari
3.Falsafaning sohalari, muamolari va vazifalari
4.Hozirgi davrda falsafa ehtiyoji
Tayanch tushunchalar
Falsafa, faylasuf, falsafiy muammolar, falsafaning milliyligi, falsafaning umuminsoniyligi,
o’zbek falsafasi.
ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yщі. T., Shaxrі, 1998.
2. Karimov I. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». «Fidokor»
gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
3. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. - T.: O’zbekiston, 2011. -370
b.
4. Karimov I.A. Tarixiy xotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir. – T.:
O’qituvchi,  2012.
5. Karimov I.A. Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada
erkin va obod bo’lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir. –T.: O’zbekiston, 2012.
      6.Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizasiya yo’lini qat’iyat
bilan davom ettirish.  – T.: O’zbekiston, 2013.
7.Каримов И.А. Она юртимиз бахту истиқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш
– энг олий саодатдир. Т. Ўзбекистон. 2015. 302б.
8. Falsafa o’quv qo’llanma.T., Sharq.1999.
9. «Osnovы filosofii». – T. «O’zbekiston», 1998.
10. Q. Nazarov (tahriri ostida) Falsafa asoslari. T., 2005.
11. J. Tulenov “Falsaf” darslik. T., 2007.
12.  Axmedova “Falsafa” o’quv qo’llanma. T., 2007.
13. Shermuxamedova  N.A.  Falsafa.  -T.: Unversitet, 2012.
14. Умаров С. Маънавият мулкига саёҳат. Т. Ўзбекистон. 2013.
15. С.Отамуродов. Ёшлар сиёсий маданиятини ривожлантириш омиллари. Т.
Ўзбекистон. 2015.
Bashariyat milodiy XX asr bilan xayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo’ymoqda.
Èíñîíèÿò bugungi kunga kelib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan
va texnika, madaniyat va maorif beqiyos rivojlandi. Odamzod o’zining aql-zakovati va mehnati
bilan juda ko’p yangiliklar yaratdi. Dunyoning ko’plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirolar qilindi.
Ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to’plangan hikmatlar xazinasi eng muhim o’rin tutadi. Har
bir davrning buyuk donishmandlari bo’ladi. Ular o’z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu-
intilishlarini falsafiy ta’limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi
uchun xizmat qiladigan yuksak g’oyalarni o’rtaga tashlaganlar. Õalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi
bayroq sifatida namoyon bo’ladigan bu g’oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy
bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
Avvalo, falsafa o’zi nima, degan masalaga to’xtalib o’taylik. U insoniyat tarixidagi eng
qadimiy ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o’zi
kabi qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning
mohiyati, borliq va yo’qlik kabi ko’plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir.
Falsafa asoslari bayon qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi
«filosofiya» so’zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» — sevaman, «sofiya» —

63
donolik) degan ma’noni anglatishi ta’kidlanadi. Bu — ushbu so’zning, atamaning lug’aviy ma’nosi
bo’lib hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so’zining ma’no-mazmuniga xilma-xil qarashlar,
uning jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o’rniga nisbatan turlicha munosabat va yondashuvlar
bo’lgan, bu atamaning mohiyat-mazmuni ham o’zgarib borgan.
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda
eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi.
O’sha davrda endigina shakllanib kelayotgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit
va bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga
yaxshi ma’lum bo’lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan. Yevropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida
bilim sohasiga, to’g’rirog’i, «fanlarning otasi», ya’ni asosiy fanga aylangan.
Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan
qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to’g’risidagi ilm hisoblanar
edi. Shu ma’noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o’rni haqidagi qarashlar
tizimi bo’lib, dunyoni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi. Bundan tashqari, qadimgi
Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg’onish davri o’ziga xos falsafiy mafkurani ham yaratganligi
shubhasiz. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana shu erkin hayot
to’g’risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo’lganini aksariyat olimlar alohida
ta’kidlaydi.
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e’tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu
Nasr Farobiy filosofiya so’zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari
ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish,
hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e’zozlash ma’nosida
ishlatilgan.
Hayot qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o’tkinchi ekani, abadiyat insonga emas,
olamga xosligini yaxshi anglab yetgan, o’zi va o’zgalar qadrini to’g’ri tushunadigan kishi hyech
qachon «Men — donishmandman» deya ochiq e’tirof etmaydi. Ayniqsa, Sharq xalqlari hayotida bu
hol yaqqol ko’zga tashlanadi. Ammo, Farobiy ta’kidlaganidek, hikmatni qadrlash, olam va odam
hamda hayotning qadriga yetish — boshqa gap. Shu ma’noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf
deganda, ko’pdan-ko’p ilm sohalarini egallagan, ustoz va muallim sifatida shuhrat qozongan alloma
va mutafakkir kishilar tushunilgan.
XIX asr nemis qadriyatshunosi I. Rikkert ham shunga o’xshash fikrni quyidagicha bayon
qilgan: «Odamzod olam va odam hamda hayotning qadrini anglab, ular omonat bir narsa ekanini
tushuna boshlagan davrlardan falsafiy fikrlashga kirishgan. Binobarin, birinchi faylasuf, kim
bo’lganidan qat’i nazar, hayotni qadrlaydigan kishi bo’lgani shubhasiz».
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqyelikni aql
vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyatlar asosidagi shakllardan uzil-
kesil ajralish jarayoni natijasidir. Bu ikki jihat bir-biri bilan uzviy bog’liq. Chunki behuda
xayolparastlik, havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo’lish ilmiy bilimlarni egallash orqali
ro’y beradi. Eng muhimi, falsafa kundalik turmushda uchrab turadigan eskilik asoratlari, bid’at va
cheklanishlarga muxolif bo’lgan hurfikrlikdir. Falsafa aynan ana shunday yangi dunyoqarashning
shakllanishi uchun asos bo’ldi.
«Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha
sifatida tor va keng ma’nolarda qo’llanadi. Xususan, keng ma’noda uni antik — qadimiy falsafada
«donishmandlikni sevish» deb tushunilganini aytib o’tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar,
chunonchi, ingliz faylasufi T. Gobbs (1588—1679) uni «to’g’ri fikrlash orqali bilishga erishish»,
nemis faylasufi Hyegel «umuman predmetlarga fikriy yondashish», Lyudvig Feyerbax «bor narsani
bilish», pragmatizm ta’limoti namoyandalari esa, «foydali narsalarni bilish jarayoni» deya talqin
etgan.
«Falsafa» tushunchasi tor ma’noda madaniyat, san’at, aqliy yoki hissiy bilish usuli, vositasi
tarzida ta’riflanadi. Falsafaga bo’lgan munosabatning xilma-xilligiga asoslangan holda, unga yaxlit,
umumlashgan ta’riflar ham berilgan. Falsafaga ijtimoiy ong shakli bo’lgan madaniyat, san’at, qadriyat

64
nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, uning milliyligini aks ettirish imkoniyati tug’iladi. Ammo
ontologiya, gnoseologiya, naturfilosofiya, antropologiya kabi fan sohalari nuqtai nazaridan qaralsa,
ushbu ta’rifda umuminsoniylik va universallik falsafaning asosiy xususiyati ekanini ta’kidlash lozim
bo’ladi.
Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo’lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqat sifatida
mutlaqlashtirmaydi. Bu borada Suqrotning «Men hyech narsani bilmasligimni bilaman» degan
e’tirofi haqiqat mezonidir. Holbuki, Suqrot qadimgi Yunonistonning eng bilimli faylasufi bo’lgan. U
bilimdon, bahs-munozara chog’ida har qanday suhbatdoshni ham mot qilib qo’ya olgani haqida
tarixda misollar ko’p. Falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo’lib, u insoniyatning tafakkur
bobida ilgari erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu — ularni tamoman rad
etish, ko’r-ko’rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va kamchiliklarni
anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy yondashuv va
vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir.
Bu fanning oldiga qo’yilgan vazifalarga va uning hayotdagi o’rniga qarab, ijtimoiy
taraqqiyotning turli davrlarida unga bo’lgan munosabat ham o’zgarib borgan. Bu munosabatlar
dastlabki fanlar paydo bo’lib va ularning ba’zilari falsafadan ajralib, alohida mustaqil fan sohasiga
aylana boshlagan davrlardayoq shakllana boshlagan.
Falsafaning ijtimoiy ong tizimida tutgan o’rni, jamiyat va shaxs hayotidagi ahamiyati nimadan
iborat, degan masala hamma davrlarda ham dolzarb bo’lgan. Ayniqsa, tarixiy taraqqiyotning tub
burilish davrlarida falsafaning asl mohiyatini bilish, uning usul va g’oyalari kuchidan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etgan.
Falsafa, sirasini aytganda, ijtimoiy tafakkur rivoji yutug’i va insoniyat ma’naviy taraqqiyoti
mahsulidir. U kishilarning olamni bilish, o’zlashtirish, farovon hayot kechirish va o’z insoniy
salohiyatlarini namoyon etish ehtiyojlari bilan uzviy bog’liqdir. Falsafiy ta’limotlar hamma davrlarda ham
insoniyatning ilg’or tajribalarini o’zida mujassamlashtirgan va insoniyat madaniyatini yanada yuksakroq
bosqichga ko’tarishga xizmat qilgan.
Har bir falsafiy g’oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o’z davri xususiyatlarini aks ettirgan.
Ular zamon ruhi va ma’naviyatini o’zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda qo’l
kelgan. Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Xegelning asar va ta’limotlarida
ular yashab o’tgan davr g’oyalari aks etgan.
Kishilik jamiyati hyech qachon bir tekis va silliq rivojlanmagan. Taraqqiyot ortidan inqirozlar,
yutuqlar ketidan mag’lubiyatlar, farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar ta’qib etgan. Muayyan
jamiyat iqtisodiy-siyosiy, axloqiy-diniy, badiiy-estetik taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan,
undan chiqib ketish uchun ilg’or falsafiy ta’limotlarga ehtiyoj sezadi.
Shuning uchun ham buyuk falsafiy ta’limotlarni, bir tomondan, madaniy-intellektual
rivojlanish samarasi, ikkinchi tomondan, tub ijtimoiy o’zgarishlar taqozosi deyish mumkin.
Muayyan tarixiy burilish davrida «Falsafa nima o’zi?» degan masala dolzarb ahamiyat kasb etishi
ham shundan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini
yangicha idrok etganlar.
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o’tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt
mobaynida «Falsafa endi yo’q bo’ldi, uni o’rganishning hyech bir zarurati qolmadi» qabilidagi
gaplar ko’p bo’lgan. Lekin zamonlar o’tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u
insonning ma’naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda yashab o’tgan
buyuk faylasuf Lukresiyning shogirdlaridan biri unga qarab, «ustoz, fanning boshqa sohalariga oid
ilmlar juda ko’payib ketdi. Endi falsafani o’rganishning hojati bormikan?» debdi. Shunda ulug’
faylasuf bamaylixotir gap boshlab, «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar
yaratgan. Lekin endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu fanni
o’rganmaslik har qaysi nodonning ham qo’lidan keladigan ish bo’lib qoldi», degan ekan.
Falsafa kishilarga olam to’g’risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim
jihatlarini o’rganadi. Masalan, biologiya o’simlik va hayvonot dunyosini, turlarining kelib chiqishi,
o’zgarishi va takomillashib borishi kabi masalalarni o’rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu
yo’nalishdagi jarayonlarning ba’zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi.

65
Binobarin, biolog har qanday rivojlanish jarayoni bilan emas, balki faqat jonli tanadagi rivojlanish
jarayoni bilan qiziqadi. Umuman, rivojlanish jarayonining o’zi nima, uning mohiyati qanday?
Masalaning aynan shu taxlitda qo’yilishi ilmiy muammolarni falsafiy masalaga aylantiradi. Ya’ni,
shu tariqa muayyan mavzu oddiy ilm sohasidagi yo’nalishdan falsafiy muammo tusini oladi.
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. Filosof so’zini, yuqorida aytganimizdek ilk
bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo’llagan. Bu tushunchaning ma’nosini u Olimpiya
o’yinlari misolida quyidagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar
bellashish, kuch sinashish, ya’ni o’zi va o’zligini namoyon etish uchun, ikkinchi bir guruh – savdo-
sotiq qilish, boyligini ko’paytirish uchun, uchinchisi esa, o’yindan ma’naviy oziq olish, haqiqatni
bilish va aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga
ko’ra, faylasuflar edi.
Bu, bir qarashda, oddiy va jo’n misolga o’xshaydi. Ammo uning ma’nosi nihoyatda teran.
Chunki, inson umrining o’zi ham shunday. «Dunyo teatrga o’xshaydi, unga kelgan har bir kishi
sahnaga chiqadi va o’z rolini o’ynab dunyoni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu
dunyoga uning sir-asrorlari to’g’risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini yeyish-ichish, uy-
ro’zg’or tashvishlari bilan o’tkazadi. Boshqasi – nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo’yadi.
Uchinchisi esa, olam hikmatlarini o’rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar
uchun ibrat bo’larli hayot kechiradi.
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega
bo’lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb
ataganlar. Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug’ullanganlar. Aslida, o’sha davrlarda
falsafani o’rganish deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko’zda tutilgan. Grek mutafakkiri
Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat qilib, «Do’stim, sen
hali yoshsan, umringni bekor o’tkazmay desang, falsafani o’rgan», deganda aynan ana shu haqiqatni
nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi 470-399 yillarda yashagan) bu
haqiqatni quydagicha ifoda etgan: «O’z-o’zingni yerga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa
narsa emas, o’zligingdan yuqori turish esa – faylasuflikdir».
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta’kidlab, shunday yozgan: «Ular,
avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o’zlari amal qiladilar; ikkinchidan, hyech qachon
haqiqatga qarshi bormaydilar; uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan
chidaydilar».
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfusiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va
imom Termiziy, Beruniy va ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o’z
hayotiy kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq
chiqarish, bashariyat tomonidan to’plangan bilim va tajribalarni o’zlashtirish orqali faylasuf
darajasiga ko’tarilganlar.
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand yoki mutafakkir deb
bo’lmaydi. Haqiqiy faylasuflar hayotda nihoyatda kam bo’ladi. Ular o’z davri va millatining
farzandi sifatida insoniyat tarixiga katta ta’sir ko’rsatadi. Xudoning o’zi aql-zakovat, iste’dod, kuch-
quvvat ato etgan, yorqin tafakkurga ega bo’lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiyot
miqyosida tanilgan, teran insoniy g’oyalar, ma’naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur
anglaydigan donishmand odamlar bo’lgan
6
.
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda bizda falsafa ixtisosligi
bo’yicha ma’lumot olgan mutaxassisni faylasuf deyish odat tusiga kirib qoldi. Aslida, faylasuf so’zi
ana shu tarzda ishlatilganida ushbu sohaning zamonaviy mutaxassisi, uning asoslarini egallagan,
mazkur yo’nalishda tadqiqot olib boradigan yoki ilmiy darajaga ega bo’lgan kishilar tushuniladi,
xolos.
Falsafa fanining muammolari, o’z xususiyatlariga ko’ra, azaliy va yoki o’tkinchi bo’lishi
mumkin. Azaliy muammolar insoniyat paydo bo’lgan davrdayoq vujudga kelgan bo’lib, toki odamzod
6
 Ислом Каримов. «Миллий истиілол мафкураси - халі эътиіоди ва буюк келажакка ишончдир»: «Фидокор» газетаси мухбири саволларига
жавоблар. - Т.: «¤збекистон», 2000.

66
mavjud ekan, yashayveradi. Chunki insoniyat taraqqiyotining har bir bosqichida ushbu muammolar
yangidan kun tartibiga qo’yilaveradi. Ularni o’rganish jarayonida ilm-fan taraqqiy etib boradi.
Olam va odam munosabatlari, dunyoning mavjudligi, borliqning voqyeligi, undagi o’zaro
aloqadorlik va taraqqiy etish, insoniyat hayotidagi adolat va haqiqat, yaxshilik va yomonlik, urush
va tinchlik, umrning mazmuni, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy tamoyillari bilan bog’liq
ko’pdan-ko’p masalalar falsafa va falsafiy bilim sohalarining azaliy muammolari sirasiga kiradi.
Falsafada olamning asosida nima yotadi, uni voqye etib turgan narsaning mohiyati nimadan
iborat, degan masalalar nihoyatda uzoq tarixga ega. Qadimgi Yunoniston va Rimda bu masala
Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling