Ijtimoiy fanlar


Kalit so'zlar va tushunchalar


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

 
Kalit so'zlar va tushunchalar: Internet, axborot, server, IIS, sayt, Internet, dastur, RED, 
virtual, to'plamlar, axborot urushi, xavfsizlik administratori, kreking, hack, xavfsizlik 
administratori, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ijtimoiy muhandislik, DoS hujumi, 
hujum , jismoniy kirish, kuzatuv kamerasi, moliyaviy javobgarlik, ehtimollik, vakillik, 
tarmoq xavfsizligi, sir. 
Maqsad: Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining internet makonidagi faoliyati 
samaradorligini tahlil qilish 
 
6.1.Ijtimoiy tarmoqni axborot maydoniga aylantirish 
Jamiyatning 
barqaror 
taraqqiyoti 
sharoitida, 
jamiyatda 
ommani 
zararli 
axborotlardan himoya qilish va milliy saytlarni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda 
ilmiy asoslangan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlarning 
internet tarmoqlariga mansub bo‘lgan, innovatsion texnologiyalarga asoslangan xorij 
tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq. Ta’kidlash lozimki, jahonda global internet 
tarmog‘idan foydalanuvchilarning soni muntazam oshib bormoqda, global internet 
xizmatidan 20 yil avval 4,1% kishilar foydalangan bo‘lsa, ushubu ko‘rsatkich 2019 yilda 
4,5 milliardni tashkil qildi, ya’ni bugungi kunda yer sharida yashovchi 58,8% aholi ushbu 
axborot tarmog‘idan foydalanadi.
17
Jahonda axborotning ijtimoiy fikrni shakllantirishi va texnologik taraqqiyotga 
ta’siri tobora faollashayotgan hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning bu jarayondagi o‘rni 
va roli kuchayib bormoqda. Hozirgi vaqtda «dunyo aholisining 
58,8% 
i Internet 
tarmog‘idan foydalanadi
, u o‘zaro bog‘langan axborot dunyosini tubdan o‘zgartirdi, 
mamlakatlar, mintaqalar, xalqlar va avlodlar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘q qildi va u 
yoshlar hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan jarayon sifatida namoyon 
bo‘lmoqda»
18
. Shu bois, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, axborotni muhofaza qilish va 
xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash masalalariga 
alohida e’tibor qaratish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biridir. Dunyoda axborot 
texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya vositalari jadal sur’atda insoniyatning 
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy intellektual hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling