Tahririyat - davlat (munitsipal) muassasasi - muayyan davlat organi, viloyat, shahar
ma’muriyati tomonidan tashkil etiladi. U hammuassis sifatida ishtirok etishi, mustaqil
balansga, bank muassasalarida o‘z hisob raqamiga, muhriga, noshirlik va tovar
belgilariga ega bo‘lishi mumkin. Tahririyat muassisi belgilab bergan mavzu doirasida
materiallar chop etadi, o‘quvchilarini davlat boshqaruvi yoki mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish organlari faoliyati bilan tanishtiradi, ijtimoiy ahamiyatli muammolarning
muhokamasini tashkil qiladi. U o‘zining tashkiliy maqsadlariga mos keladigan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Tahririyat-nashriyot marketingi - tahririyat faoliyatining o‘ziga xos turi bo‘lib, u
OAV kanalini bozorga olib kirish bilan bog‘liq, uning faoliyat yuritishini ta’minlashga,
auditoriyasining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
teleeshittirish, videoklip, film va h.k.).
Trollar - bu tarmoqdan foydalanuvchilar, odatda, tarmoqdagi o‘zaro hamkorlik
qoidalarini buzadi, nizolarni keltirib chiqarish uchun turli tajovuzkor va tahqirli
harakatlarni amalga oshiradi.
Trolling - bu foydalanuvchining salbiy reaksiyasiga erishish uchun provokatsiya turidagi
xabarlarning qasddan chop etilishi. Bunda boshqa odamni yoki odamlar guruhini
provokatsiya qilish mumkin. Tarmoq trollari ham guruh bo‘lib harakatlanishi,
muvofiqlashtirilgan yoki tasodifiy psixologik hujumlar uyushtirishi mumkin.
46
Trolling - uning yordamida trollar — real odamlar tomonidan boshqariladigan profillar
orqali xabarlar tarqatiladigan uyushgan tizim.
Fakt -real bo‘lib o‘tgan voqea to‘g‘risidagi haqqoniy, tekshirilgan bilimlar.
Faktoid - qisman tekshiriladigan tasvirlovchi axborot, zero u sodir bo‘lgan voqeani
qisman yoritadi.
Faktcheking - faktlarni tekshirish, uning yordamida chop etilgan faktlar bilan haqiqatda
mavjud bo‘lgan faktlar o‘rtasidagi nomutanosibliklar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |