Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi muhammadboqiyev Javohir 60220300 — tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha) 2-bosqich talabasi
Download 63.98 Kb.
|
KURS ISHI MUHAMMADBOQIYEV2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.BOB.Vizantiya imperiyasi taraqqiyoti 1.1. Vizantiya imperiyasi haqida malumot Vizantiya imperiyasi yoki Sharqiy Rim imperiyasi
Mavzuning o’rganilish darajasi. Rim tarixini o‘rganish uyg‘onish davridan lotin va yunon matnlarini to‘plash va chop etishdan boshlandi. Antik mualliflarning asosiy asarlari XIV–XVI asrlarda izlab topildi. XVII asr oxirida fransuz olimi Abbat Tillemonning 16 tomli «Cherkov tarixi» kitobining 6 tomi Rim imperiyasi tarixiga bag‘ishlangan. XVIII asrda fransuz olimi Monteske «Rimliklarning buyukligi va halokati to‘g‘risida mushohadalar» asarini Rim tarixini tahlil qilishga bag‘ishladi. Eduard Gibbon (1737–1794-yillar) «Rim imperiyasining tushkunligi va yemirilishi» nomli asarida vizantiya tarixini Antoninlar davridan Konstantinopolning halokatigacha – 1453-yilgacha tasvirladi. Bu asar juda ko‘p manbalar asosida yaratilgan. Navbatdagi asar Bartold Georg Niburning (1776–1831-yillar) 3 tomli «Rim tarixi» bo‘lib, asar jamoa davridan birinchi Puni urushigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan. Teodor Mommzen (1817–1903-yillar) 3 tomli «Rim tarixi», 3 tomli «Rim davlat huquqi» asarlarini yozdi. Birinchi asarda Rim hayotining barcha tomonlari yoritiladi, asosiy e’tibor siyosiy tarixga qaratiladi. Ikkinchi asarda Vizantiya davlat muassasalari (magistratura, komisiyalar, senat, munisepial kengashlar) tizimli yoritiladi. XIX–XX asrlarda E.Meyer, E.Paysa, G.Ferrero va boshqa olimlarning asarlarida Rim tarixining turli muammolari yoritiladi. Bu asarlarda Rim davlati va jamiyati taraqqiyoti masalalari bo‘yicha turli konsepsiyalar ilgari suriladi. «Kembrij qadimgi tarixi» ko‘p jildli kitobning VII tomidan Rim tarixi bayon qilinadi. IX jilddan XII jildgacha to‘la qadimgi Rim tarixiga bag‘ishlangan.
1.BOB.Vizantiya imperiyasi taraqqiyoti 1.1. Vizantiya imperiyasi haqida malumot Vizantiya imperiyasi yoki Sharqiy Rim imperiyasi (lotincha: Imperium Romanum; grekcha: Βασιλεία Ῥωμαίων) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4-15-asrlar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon yarim orolining katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va Gurjiston, Xersones, Qibris va Krit orollari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol shahri boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizmdan olingan. Aholisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gurjlar va boshqalardan iborat boʻlgan. Davlat tili 4-6-asrlarda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda Vizantiya Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. Vizantiya geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iqtisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻlgan, siyosiy va harbiy markazga aylangan. 527–565-yillarda Imperator Yustinian I hukmronligi davrida maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazilgan. Markaziy davlat mustahkamlangan va kuchli armiya vujudga keltirilgan. Bu esa Yustinianga 533–534-yillarda Shimoliy Afrikadagi vandallar davlatini, 555-yilda Italiyadagi ostgotlar qirolligini, janubiy-sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini bergan. 6-asrning soʻnggi oʻn yilligi va 7-asr boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-asr oxiri 7-asr boshlarida Vizantiya hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etgan. 7-asrning 70-yillarida Vizantiyaning shimoliy-gʻarbiy chegarasida qadimiy bulgʻorlar davlati — Bulgʻoriston barpo boʻlgan. 636—642 yillarda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 yillarda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-asrlarda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq 10-asrda yirik yer egaligi kuchayib, V. shaharlari 7—9-asrlardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. 10-asr oʻrtalarida V. arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va Qibris o.larini qaytarib oldi. Armaniston va Gurjistonda V.ning taʼsiri kuchaydi. V. Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018). 13-asr boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi qatnashchilari V. hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. Shu bilan birga V. yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261-yilda Nikey imperatori Mixail VIII Paleolog V. imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. Biroq V. oʻzining qad. qudratini tiklay olmadi. 1453-yilda Konstantinopol usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 15-asrning 60-yillari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-asrgacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-asrgacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham bor edi. 4—6-asrlarda qad. davrdan qolgan oliy maktablar (Afrika, Iskandariya, Bayrut, Antioxiya, Gʻazo, Falastin Kesariyasida) oʻz faoliyatini davom ettirdi. 425 yil Konstantinopolda barpo etilgan oliy maktab (auditoriy) boshqa oliy maktablarni siqib chiqardi. Konstantinopol auditoriysi davlat muassasasi, uning prof.lari davlat xizmatchilari hisoblanar, poytaxtda dars berish faqat ularga ruxsat etilgan. 9-asr oʻrtalariga kelib, Magnavr oliy maktabi ishlay boshladi. Bu maktab oliy dunyoviy amaldor va din peshvolarini tayyorlar edi. 11-asr oʻrtalarida Konstantinopolda yuridik va falsafiy maktablar davlat muassasasi sifatida ochildi. 12-asrda oliy maktabda tibbiyot fani ham oʻqitila boshladi. 1204-yildan keyin V.da oliy maktab tugatildi. Monastirlar huzuridagi maktablar davlat maktablarini tobora siqib chiqaraverdi. Bunday maktablar, odatda, muallimning vafotidan keyin yoki u quvgʻinga uchragach, yopilib qolardi. V.ning kad. Kutubxonalari ilk davrdan nari oʻtmadi. Iskandariya kutubxonasi 391 yilda vayron etildi. Konstantinopol kutubxonasi (356 yilda asos solingan) 475 yilgi yonginda kuyib ketdi. Keyingi davr kutubxonalari haqidagi maʼlumotlar kam boʻlsa ham, imperator, patriarx, monastirlar kutubxonalari, oliy maktablarning va xususiy shaxslarning kutubxonalari boʻlganligi maʼlum. Texnikasi.V.ga antik davr qishloq xoʻjaligi texnikasi (hoʻkizga qoʻshiladigan omoch va pichan yiqqich, sunʼiy sugʻorish tizimi) hamda hunarmandchiligi meros boʻlib qolgan. Bu hol V.ning dehqonchilik, zargarlik, shoyi toʻqish, hashamatli inshootlar qurish, kemasozlik (9-asrdan boshlab qiyalama yelkandan foydalanilgan) va boshqa sohalarda 12-asr gacha Yevropada ilgʻor davlat boʻlib qolishiga imkon berdi; 9-asrdan boshlab sirkor keramika, shisha tayyorlash (qad. usullar boʻyicha) rasm boʻldi. Biroq, vizantiyaliklarning ota meros anʼanalarini saqlab qolishga intilishi texnika taraqqiyotiga ozmi-koʻpmi toʻsqinlik qildi. 12-asr dan boshlab V. hunarmandchiligining Gʻarbiy Yevropa hunarmandchiligi (shishasozlik, kemasozlik va h.k.)dan orqada qolishiga sabab boʻldi. 14—15-asrlarga kelib esa, V. toʻqimachiligi italyan toʻqimachiligi bilan raqobat qila olmay qoldi. Matematika va tabiiy fayla r. V.da mat.ning jamoatchilik oʻrtasidagi nufuzi oʻrta asrlarning asosiy fanlari hisoblangan falsafa va notiqlik sanʼatiga nisbatan juda past boʻlgan. 4—6-asrlardagi V. matematiklari asosan qad. allomalarning asarlarini sharhlash bilan mashgʻul boʻlishgan: Feon (4-asr) Yevklid va Ptolemey asarlarini chop qildirgan va sharhlagan, Ioann Filopon (6-asr) Aristotelning tabiatshunoslikka doir ilmiy asarlarini sharhlagan, Yevtokiy Askalon (6-asr) esa Arximedning shunday ishlarini sharhlash bilan shugʻullangan. Baʼzi masalalarda V. fani antik davr faniga nisbatan bir oz ilgari siljidi: Ioann Filopon jismlarning tushish tezligi ularning ogʻirligiga bogʻliq emas, degan xulosaga keldi; Ayo Sofiya ibodatxonasini qurib mashhur boʻlgan meʼmor va muhandis trallik Anfiliy oʻt oldiruvchi koʻzgular ishiga doir yangi talqinini taklif qildi. 9-asrga kelib tabiiy fanlar borasida bir oz yuksalish kuzatildi. Ixtirochi Lev Matematik birinchi marta harflardan algebraik timsollar sifatida foydalandi. Maʼlumotlarga koʻra, 12-asrda arab raqamlarini joriy qilishga urinish boʻlgan boʻlsa kerak. Soʻnggi V. matematiklari sharq faniga juda qiziqishgan. Trapezund olimlari (Grigoriy Xioniad, 13-asr uning izdoshlari Grigoriy Xrisokokk va Isaak Argir,14-asr) arab va fors mat.si va astronomiyasini oʻrganishgan. Sharq fani merosining oʻrganilishi Feodor Melitinnotaning „Uch kitobdagi astronomiya“ (1361) majmua asarining yaratilishiga yordam berdi. Kosmologiya sohasida vizantiyaliklar anʼanaviy tasavvurlarga rioya qilishgan. Ulardan baʼzilari Bibliyada keltirilgan dunyoqarashlarga ishongan boʻlsa, boshqalari Yerning sharsimonligi haqidagi taʼlimot Bibliyaga zid emas, deb hisoblaganlar. Ilmi nujum inson taqdirini osmon yoritqichlarining harakati bilan bogʻlangani uchun pravoslav ilohiyotchilari tomonidan qattiq tanqid qilindi va taʼqibga duchor boʻldi. 14-asrda Nikifor Grigora taqvim (kalendar)ni isloh qilishni taklif etdi, quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Bu taklif va bashoratlar astronomiya kuzatuvlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. V.da geografiyaning boshlanishiga fem (viloyat)lar, shaharlar, yepiskop boshliq maʼmuriy birliklarning rasmiy tavsiflari asos boʻldi. taxminan 535 yilda Iyerokl 64 fem va 912 shaharning tavsifini oʻz ichiga olgan „Sinekdem“ toʻplamini tuzdi. Bu toʻplam keyingi davrlarda yozilgan geografik asarlar uchun zamin boʻldi. 10-asrda Konstantin Bagryaiorodniy V. femlari tavsifini oʻz davri anʼanalari asosida tuzib chiqdi. Shu bois uning asaridagi koʻp maʼlumotlar oʻsha davrdagi mavjud maʼlumotlarga gshd. Savdogarlar, ziyoratchilarning sayohat tavsiflari ham oʻsha geografik adabiyotlar toifasiga mansub. 4-asrda yozilgan muallifi nomaʼlum sayohatnomada Oʻrta dengiz batafsil bayon qilingan, portlar orasidagi masofalar koʻrsatilgan, muayyan joyda ishlab chiqarilgan tovarlar haqida gapirilgan va h.k. Quyidagilarning sayohat tavsiflari saqlangan: savdogar Kosma Indikoplovning (6-asr) „Xristian topografiyasi“ asari (bunda umumkosmologik tasavvurlardan tashqari bevosita kuzatuv taassurotlari, Arabiston, Afrika va boshqa joylardagi turli mamlakatlar va xalqlar haqida aniq maʼlumotlar mavjud), Ioann Fokning (12-asr) Falastinga, Andrey Livadinning (14-asr) Falastin va Misrga, Kanan Laskarisning (14-asr oxiri yoki 15-asr boshi) Olmoniya, Skandinaviya va Islandiyaga sayohatlari tavsiflari. Vizantiyaliklar geografik haritalar tuzishni ham bilganlar. Tibbiyoti. V.da rivojlangan tibbiyot mavjud boʻlgan. 4-asrda pergamlik shifokor Oribasiy tibbiy ensiklopediya yaratgan, shifokor Nikshba jarroxlik boʻyicha darslik yozgan. Konstantinopolda maxsus jarrohlik va ayollar kasalliklari boʻlimlari boʻlgan kasalxonalar tashkil etilgan, ularning huzurida tibbiyot bilim yurtlari ochilgan. Simeon Sif ovqatning xossalari haqida kitob yozgan (11-asr). Nikolay Mireps farmakopeyaga oid qoʻllanma tuzgan (13-asr). Ioann Aktuariy tibbiyotga doir asarlarida oʻzining amaliy mushohadalarini bayon etgan. Falsafasi imperiya qaror topishi va xristianlik tarqalishi tufayli (6—7-asrlardan) paydo boʻla boshladi. Uning taraqqiyotida rasmiy cherkov aqidalari 6-n dunyoviy fan, falsafiy fikr vakillarining qarashlari oʻrtasidagi kurashning taʼsiri bor. Yunon cherkovining peshvolari Prokopiy (465—525), vizantiyalik Leontiy (475—543), Ioann Damaskin bu falsafaning oʻtmishdoshlari boʻlganlar. V. falsafasi asosan Platon — Aristotel gʻoyalari hamda asarlarini tushuntirish va tarqatishdan iborat edi; u „Kutubxona“ toʻplami (857 yilgacha)ning muallifi Fotiy (820—891)dan boshlanib, Mixail Psell (1018—78) va Nikifor Vlemmid (1272-yil v. e.) ijodida oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Keyin Italiyada Uygʻonish davrida qayta rivojlandi. Bunda V. Vissarion (1403—72), trapezundlik Georgiy (1396—1484) va boshqalarning xizmati kattadir. V. falsafasidagi irratsional oqim Simeon (1025—92) mistikasi va Nikolay Kavasila (14-asr) gʻoyalarida namoyon boʻldi. V. falsafasi oʻrta asr sxolastikasi, Italiya Uygʻonish davri va slavyan mamlakatlari, Gurjiston, Armanistondagi falsafiy fikrning rivojlanishiga katta taʼsir oʻtkazdi. V.da tarix fani bir muncha rivojlangan. Kesariylik Yevseviy qad. zamonlardan mil. 324 yilgacha boʻlgan dunyo tarixini, jumladan, Shim. Qora dengiz boʻyining tarixini bayon etishga harakat qilib koʻrdi. Kesariylik Prokopiy va Agafiy imperator Yustinian davridagi V. tarixini yoritdilar. 6— 10-asrlarda jahon tarixi voqeanavisligi Ioann Malala, Feofan Ispovednik, Feofilakt Simokatta, Georgiy Amartol kabi tarixchilarning asosiy tarixiy janrlari boʻldi. 11—12-asr oʻrtalarida vizantiyalik tarixchilar (Lev Diakon, Nikita Xoniat va boshqalar) oʻzlari shohid boʻlgan voqealarni qalamga olishga intildilar. 13-asrdan V. tarix fani inqirozga yuz tutdi. Huquqshunosligi.V. madaniyatiga xos anʼanaviylik va izchillik V. huquqshunosligida ayniqsa yaqqol koʻzga tashlanadi. Rim huquqini muntazam tartibga solish, fuqarolik huquqi majmualarini tuzish bilan V. huquqshunosligiga asos solindi. Ulardan eng muhimi Corpus juris civilis („Kanonik huquq majmuasi“)dir (6-asr) — V. huquqshunosligi ayni shu majmuaga tayandi, huquqshunoslar vazifasi asosan shu majmuani talqin qilish va qayta bayon etishdan iborat boʻlib qoldi. 6—7-asrlarda Corpus juris civilis qisman lotin tilidan yunon tiliga tarjima qilindi. Mazkur tarjimalar Vasiliki qurama toʻplamining asosini tashkil etadi, undan koʻpincha hoshiyalardagi izohlari bilan birga qayta-qayta nusxa koʻchirildi. Vasilikilarga ilova tarzida xilmaxil maʼlumotnoma — qoʻllanmalar, shu jumladan „sinopsislar“ tuzilgan, ularda maqolalar huquqqa oid ayrim masalalar boʻyicha alifbo tartibida joylashtirilgan. V. huquqshunosligida Rim huquqidan tashqari cherkov soborlarining qaror (qoida)lariga asoslangan cherkov fatvolari huquqi ham oʻrganilgan. Konstantinopolda oliy huquq maktabi tashkil etilgach, 11-asrda sud qarorlari toʻplami — „Pir“ („Tajriba“)da Konstantinopol sudining tajribasi umumlashtirildi. 12-asrda V. huquqshunoslari (Zonara, Aristin, Valsamon) cherkov soborlari qoidalari talqin etilgan bir necha kitob chiqarib, unda cherkov fatvolari huquqi bilan Rim huquqini muvofiqlashtirishga urinishdi. V.da notariat ham tashkil qilingan, 13—14-asrlarda ayrim femlarning mahkamalari hujjatlar uchun mahalliy xizmat daftarchalari tuzib chiqqan. Adabiyoti. V. Adabiyoti oʻziga xosligi, yangi shakl va janrlarning boyligi bilan ajralib turadi. Uning tarixi 3 asosiy davrga boʻlinadi. Birinchi davrda (4—6-asrlar) u antik adabiyot anʼanalarini davom ettirdi, ayni vaqtda unga xristian dini mafkurasi taʼsir oʻtkazdi (shoirlar Nonna, 4—5-asrlar, Agafiy, Pavel Silensiariy, 6-asr). Avliyo-anbiyolar qissasi (agiografiya) ni yaratish avj oldi. Ikkinchi davrda (7—9-asrlar) cherkov taʼsirida diniy adabiyot ustunlik qila boshladi (kritli Andrey, Ioann Damaskin, Feodor Studit). Shoirlardan Kassiya, Ioann Grammatik, Ignatiy, patriarx Fotiy dunyoviy asarlar yozishdi. Xalq ijodiyoti rivojlandi. Oxirgi, uchinchi davrda (10—15-asrlar) diniy, dunyoviy, badiiy va ilmiy adabiyotning turli janrlari rivojlandi. Imperator Konstantin VII Bagryanorodniy, Svida, Simeon Metafrasiy va boshqa shu davrning eng taniqli yozuvchilaridir. Mixail Asell, mitilenlik Xristofor (11-asr), Manuil Olobol, Manuil Fil (13— 14-asrlar) saroy adabiyoti vakillaridir. Bu davrda hajviya keng ommalashgan (12-asr). Meʼmorligi. V. meʼmorligining rivojlangan davri 6-asrga toʻgʻri keladi. Bu davrda Konstantinopol jahondagi yirik shaharlardan biri hisoblangan. Shahar atrofi mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralib, xandaqlar qazilgan (5-asrning 1-yarmi). Shahar markazi (Agustion maydonida Qad. Rim meʼmorligi taʼsirida zafar toki (ark) lari, forumlar, cherkov binolari, imperator saroyi, otchopar, akveduklar qurilgan. V. meʼmorlik maktabida „plinfa“ (yassi keng gʻisht) koʻp qoʻllanilgan. Ibodatxona qurilishida bazilika uslubidan foydalanilgan. Keyinchalik bu uslub qoʻshni mamlakatlar meʼmorligiga taʼsir qilgan. Ibodat-xonalar tashqi koʻrinishi qoʻpol va ogʻir boʻlib, ichki koʻrinishi esa, aksincha, oʻta hashamdor boʻlgan (Salonikidagi Avliyo Dmitriy bazilikasi, 5-a; Avliyo Georgiy rotondasi, 4-asr oxirida qayta qurilgan). Konstantinopoldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi (532— 537) yuksak mahorat bilan qurilgan mahobatli inshoot boʻlib, gumbazining diametri 31,4 m, bal. 55 m dir. Turar joy binolari asosan koʻp qavatli, bosh tarzi ravoqli qilib qurilgan, pastki qavatida savdo rastalari va ustaxonalar joylashgan. 7—9-asrlarda V. ibodatxona qurilishida oʻrta asr italyan meʼmorligi uslubiga xos boʻlgan renessans anʼanalari asosida inshootlarning xochsimon gumbazli mumtoz turi qoʻllanilgan (Nikeyadagi Uspeniya cherkovi, 7-asr; Salonikidagi Ayo Sofiya cherkovi, 8-asr). 9— 13-asrlarda binolar poygumbazidagi qalqonsimon bagʻallar tosh boʻlaklari va gʻishtdan mavjli bezakdor qilib terilib, ravoqsimon pogʻonali shaklda koshin qoplanib, rangli suratlar ishlangan [Mireleyon ibodatxonasi (turkcha Budrum jome, 930 yil), Feodor cherkovi (turkcha Kilise jome, 11-asrning 2-yarmi), Pantokrator ibodatxona majmuasi (Zeyrek jome, 12-asr) va 6.J. 14—15-asrlar meʼmoriy bezaklarida Bolqon slavyan meʼmorligi taʼsiri koʻzga tashlanadi [Salonikidagi besh gumbazli Apostol cherkovi (turkcha Souksu jome, 12—15-asrlar); pastqam P-simon shakldagi galereyali markaziy katta gumbazli xona va atrofidagi 4 burchakda joylashgan kichik gumbazli xonalardan iborat boʻlgan]. Pastki qavati bazilika shaklida, yuqori qavati esa xochsimon gumbazli koʻrinishdagi binolarning (Konstantinopoldagi Tekfur saroyi, 14-a; Mistra hukmdorlari saroyi 13—15-asrlar) intererlari bezaklarida Mistra sh. manzaralari va monastir majmualari (Afon va boshqalar) koʻrinishi aks ettirilgan. Tasviriy sanʼati. Qad. davrdan oʻrta asrlarga oʻtish badiiy madaniyatda chuqur inqirozlarni yuzaga keltirdi; tasviriy sanʼatning ayrim turlari vujudga keldi, mavjudlari yoʻqolib ketdi. Cherkov va davlat ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan sanʼat turlari (ibodatxona tasvirlari, ikona va kitob miniatyurasi) muhim ahamiyat kasb etdi. Qad. ijodiy uslub oʻrniga oʻrta asrlarga xos xususiyatlar (jumladan, shartlilik) shakllandi; haykaltaroshlik inqirozga uchradi, qad. nafis shakllar yemirildi, maʼlum davrdan keyin V. sanʼatida haykaltaroshlik butunlay yoʻqolib, faqat boʻrtma tasvirlarda saqlanib qoldi. Badiiy hunarmandlik buyumlari (tosh, suyak, metall), 4—5-asrlar cherkov koshinlari (Avliyo Georgiy cherkovi, 4-asr oxiri)dagina qad. ohanglar muhim boʻlib, borliq goʻzalligini avvalgidek his etish sezilib turadi. Qad. usullar V. sanʼatida kitob miniatyuralarida takrorlandi („Iisus Navin oʻramli yozuvlari“); rang tasvirning barcha turlari diniy mavzudagi tasvirlarni ishlashga boʻysundirildi, meʼmoriy manzaralar oʻrnini mavhum hashamdor tilla zamin egalladi, tasvirlar tekis yuzali qilib ishlandi. 9— 10-asrlarda ibodatxona devoriy rasmlari doimiy bir tizimga keltirildi; devor va gumbazlar qatʼiy tartibdagi koshinkori bezaklar va freskalar bilan qoplandi, ichki bezaklarda yagona mazmunga boʻysundirilgan meʼmoriy badiiy muhit (bunga ikonalar ham kiradi) yaratildi: Ayo Sofiya ibodatxonasi (6—12-asrlar), Afina yaqinidagi Dafna monastiri (11-asr) mozaikalari, „Vladimir Momo Havosi“ ikonasi va boshqa Kitob miniatyurasi taraqqiy etdi, bu davrda zargarlik bezagidan unumli foydalanildi, rasmlarda aniq hayotiy lavhalar, tarixiy shaxslar portretlari oʻz aksini topdi. Haykaltaroshlik Galla Platsidiya maqbarasining ichki bezagi naqshli ikona va oʻymakori bezaklar (kapitel, mehrob toʻsiklari va sh.k.)da koʻzga tashlanadi. Amaliy bezak sanʼati (badiiy mato, rang-barang emal toʻsiqlar, fil suyagi va metalldan ishlangan buyumlar) yuksak darajada rivojlandi. V.ning bu davrdagi tasviriy sanʼati anʼanalari yunon oʻrta asrlar sanʼatidan oʻzlashtirilgan hamda Markaziy, Sharqiy va Jan. Yevropa mamlakatlarida bir qancha milliy badiiy maktablarning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Teatri. V. dunyoviy teatri antik teatrning vorisi boʻlgan. 4-asrda Konstantinopolda 4 ta teatr bor edi, mim va pantomima (soʻzsiz, imo-ishorali) hangomalar hamda dolzarb mavzudagi tomoshalar koʻrsatilardi. Cherkov tomosha koʻrsatishni xristian diniga dushman, maʼjusiylik unsuri deb hisoblab, V.dagi antik teatr anʼanalarini yoʻqotib, aktyorlarni xristian jamoalaridan chiqarib yubordi. Teatr inshootlari buzib tashlandi, drama asarlarining qoʻlyozmalari yoʻq qilindi. Cherkov mimlarga ayniqsa shafqatsizlik qildi, ammo ularning anʼanalari xalq ommasi orasida davom etaverdi. V. cherkovi diniy targʻibot maqsadida Bibliya va ibodat rasm-rusumlari ruhidagi dramalarni avj oldirdi. Musiqasi. V. dunyoviy professional musiqasida saroy bayram — ibodatlarida tabrik soʻzlari koʻpchilik tomonidan qiroat bilan aytilishi (akklamatsiya), sheʼriy parchalar cholgʻular joʻrnavozligida jimjimador ohanglarda kuylanishi (evfemiya) hamda tantanali tadbirlarda kupovozli madhiya (polixromiya)larni ijro etish keng tarqalgan. Sozlardan gidravlos (suv organi), truba, simbala, keyinchalik pnevmatik organ kabilar mashhur boʻlgan. Diniy musiqada Bibliya matnlarini bir ovozda, joʻrsiz, oʻziga xos ohang bilan oʻqish (psalmodiya), 4-asrdan boshlab xalq ohanglariga yaqin boʻlgan badiha (tropar)lar, kuyi rivojlangan falsafiy lirik qoʻshiq (gimn)lar asosiy oʻrin egallagan. 5—6-asrlarda yashagan shoir va musiqachi Roman Xushxon shaklan rivojlangan asar (kondaklar)lar yaratgan. Ioann Damaskin (7— 8-asrlar) diniy madhiyalarning eng atoqli muallifidir. 9-asrgacha Yevropada peshqadamlik qilgan V. musiqasi keyinchalik inqirozga uchragan. Soʻnggi davr sanʼatkorlaridan Ioann Kukuzel (14—15-asrlar) musiqa nazariyotchisi hamda madqiyalar muallifi sifatida mashhur boʻlgan. V.ning madaniyati, fani, sanʼati, maorifi va adabiyoti Osiyo, Shim. Afrika, Yevropadagi koʻpgina mamlakatlarning madaniy taraqqiyotiga katta taʼsir oʻtkazdi. Shu sababli V. madaniy merosi olimlar tomonidan hamon oʻrganib kelinmoqda (qarang Vizantiyashunoslik). Download 63.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling