Ijtimoiy gumanitar fanlar va tillar


-Mavzu: Kutubxona va muzey – talim, tarbiya va axborot makoni


Download 200.25 Kb.
bet7/11
Sana29.10.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1733006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mediasavodxonlik va Axborot madaniyati Majmua

4-Mavzu: Kutubxona va muzey – talim, tarbiya va axborot makoni


Reja
1. Kutubxona inson evolyutsiyasida ta’lim, tarbiya va madaniyat o‘chog‘i.
2. Kitob, kitobxonlik va kutubxona - tushunchalari.
3. Kutubxona vazifalari.
4. Muzey o‘tmish, bugun va kelajakni bog‘lovchi ko‘priKitob
5. Muzeylar ilmiy ma’rifiy muassasa sifatida.

Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha.


U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi.
Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi.
Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud.
Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi.
Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi.
Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir.
Kichkina bo‘lsa ham, bog‘ing va kutubxonang bo‘lsa – sen boshqa hech narsaga muhtoj emassan.
Siseron
Kutubxona inson evolyutsiyasida ta’lim, tarbiya va madaniyat o‘chog‘i:
Kutubxona (arab. kutub - "kitoblar", fors. xona - "uy") axborot yigʻiladigan joydir. Bunda axborot kitob, gazeta, jurnal, video- va audiotasma, optik disk va hk shaklda boʻlishi mumkin. Kutubxonalar tashkilot (jamoat) yoki jismoniy shaxs (shaxsiy kutubxona) tomonidan tashkil eti
Kutubxona — bosma va ayrim qoʻlyozma asarlardan ommaviy foydalanishni taʼminlovchi madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa; muntazam ravishda bosma asarlar toʻplash, saqlash, targʻib qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya ishlari bilan shugʻullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda faollik koʻrsatadi. lishi mumkin
Yozuvning paydo boʻlishi va hujjatli manbalarni, ayniqsa, qoʻlyozma va keyinchalik bosma kitoblarning koʻpayishi KITOBlarning yuzaga kelishi va rivojlanishiga sharoit yaratdi. KITOBlar yo
Miloddan avvalgi 2-ming y.likda sopol bitiklari saqlangan KITOBlar boʻlgan. Miloddan avvalgi 7-asr oʻrtalarida Sharqdagi koʻp saroylarda, Qad. Misr va Rim ibodatxonalari qoshida KITOBlar boʻlgan. Qad. davrdagi KITOBlardan eng mashhuri Aleksandriya (Iskandariya) kutubxonasidir.zma yodgorliklarni saqlovchi xazina sifatida juda qadimda paydo boʻlgan.
Dunyodagi eng qadimgi yirik saqlangan kutubxona Asuriya poytaxti Nineviyada 25 yil davomida podsho Ashshurbanapal buyrugʻi bilan tuzilgan (miloddan avvalgi VII asr). Shuningdek, davlat arxivi bo‘lib xizmat qilgan. Podshoh vafotidan soʻng jamgʻarmalar turli saroylarga tarqalgan. Kutubxonaning arxeologlar topgan qismi 25 000 — 30 000 klinopis matnli gil taxtalardan iborat. 19-asr oʻrtalarida kutubxonaning ochilishi Mesopotamiya madaniyatlarini tushunish va klinopisni shifrlash uchun katta ahamiyatga ega boʻldi.
Kutubxonada tibbiy matnlar yig‘ilishi katta bo‘lgan (sehrgarlik yordamida davolanishga e’tibor qaratilgan), adabiy-epik hikoyalarning koʻplab roʻyxatlari, xususan, Gilgamesh haqidagi epos ibodatlar, qoʻshiqlar, yuridik hujjatlar (masalan, Hammurapi qonunlari), xoʻjalik va maʼmuriy yozuvlar, xatlar, astronomik va tarixiy mehnatlar, yozuvlar mavjud.
Matnlar osiyo, bobil, akkad tili dialekti, shuningdek, shumer tillarida yozilgan. Ko‘plab matnlar shumer va akkad tillarida yozilgan shuningdek, bugungi kunda Ashshurbanipal kutubxonasi akkad tilidagi eng yirik matnlar yig‘inidir.
Аleksandriya (iskandariya) kutubxonasiga mil. av. 3 – a. da ptolemeylar sulolasi davrida yashagan atoqli olim va adiblar (Zenodot, Аristarx Samosskiy, Kallimax va b.) asos solgan.
Bu yerda yunon fani va adabiyotiga doir ko‘plab qo‘lyozma asarlari to‘plangan. Bundan tashqari, Sharq tillaridagi kitoblar ham bo‘lgan.
Kutubxona qoshida kitob ko‘chiruvchilar guruhi ishlagan, kutubxona katalogi tuzilib, u vaqt-vaqti bilan to‘ldirib turilgan.
Kutubxonada 700 ming jildga yaqin kitob saqlangan. Аleksandriya (iskandariya) kutubxonasi uch asr davomida rivojlanib bordi.
Mil. av. 48—47 y. lar Аleksandriya urushi davrida kutubxona asosiy to‘plamining bir qismi yonginda kuyib ketdi. Misrni Rim imperiyasi bosib olgach, Аleksandriya kutubxonasi o‘z mavqeini yo‘qota bordi, qolgan qismi VII-VIII asrlarda tamomila tugatildi.
Boyazid kutubxonasi. Bino 1506 yil qurilgan bo‘lib, yo‘l bo‘yidagi karvonsaroy sifatida xizmat qilgan. Faqatgina 19 asr oxiriga kelib u davlat kutubxonasiga aylanadi. Yaqindagina arxitektura yodgorligini yangilash ishini Tabanlioglu studiyasining mutaxassislari o‘z bo‘yniga oldi va saqlanib qolgan mumtoz namuna bilan ozgina zamonaviy dizaynni uyg‘unlashtirdi.
Birmingem kutubxonasining tashqi ko‘rinishi metall to‘r bilan o‘ralgan juda ham qo‘pol, qaqshatqich bo‘lib ko‘rinadi. Biroq yorqin ranglar va toza chiziqlar bilan to‘ldirilgan interьer taassurotni mutlaqo o‘zgacha tomonga burib yuboradi.
Qirol Sejong, olim, maorif va taʼlimga katta eʼtibor bergan. U madaniy, iqtisodiy va ilmiy tadqiqotlarni ilgari surdi. U koreys yozuvi hanʼgulni yaratdi.
Sejong shahrida joylashgan Milliy kutubxona Koreya milliy kutubxonasining birinchi filialidir
O‘zining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish imkonini beradi. Shuningdek bino arxitektura dizayni koreyaliklarning o‘z qadimiy bino va inshootlarining dizaynini eslatad. Bu esa Koreya xalqining o‘z tarixini unutmaganligini va qadimiy arxitektura bilan xay-tek uslublarini uyg‘unlashtirib, yangicha yondashuvlardan foydalanishayotganligidan dalolat beradi.
Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bag‘ishlangan kitoblarni o‘zida jamlagan zamonaviy maskan, balki kitobxonlar qulayligi uchun eng ilg‘or raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi.
Bu yerda odamlar hamisha gavjum bo‘lib, foydalanuvchilar tashrifining keti uzilmaydi. Mahalliy aholi va talabalar uchun esa allaqachon sevimli maskanga aylanishga ulgurgan. Kutubxona ichida turli bo‘linmalarga bo‘lingan keng va yorug‘ zonalar mavjud bo‘lib, siz istalgan yerda kitob o‘qishingiz, ishlaringiz bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-uslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan.
1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi,
1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan.
1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi,
1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi,
1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi.
2002-yildan hozirgi nomda.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir.
Muzey-yunoncha so‘z bo‘lib, muza, muzeun so‘zidan kelib chiqqan. Muzeun – bu go‘zal buyumlar saqlanadigan joy degan ma’noni anglatadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha boʻlgan tarixiy qimmatga ega qoʻlyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar boʻyicha farqlanadi.
Ijtimoiy vazifasiga koʻra ilmiy tadqiqot-maʼrifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, baʼzan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida oʻziga xos laboratoriya vazifasini oʻtovchi) va oʻquv muzeyiga boʻlinadi.
Sohalar boʻyicha
tarix,
qishloq xoʻjaligi,
tabiatshunoslik,
sanʼatshunoslik,
adabiyot,
texnikaga oid
Muzeylar dastlab antik davrda Yunoniston va Rimda vujudga kelgan.
Yunonistondagi Gelikon tog’i yonida turli tasvirdagi yodgorliklar saqlanadigan joy muzeylarning ilk ko‘rinishlaridan biri hisoblangan.
San’at, madaniyat va fanda erishilgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plash Yevropada Uyg‘onish davrida dastlab, Italiyada, so‘ng esa Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda an’anaga aylandi.
Italiyada XV asrda moddiy-madaniy buyumlarni yig‘ish va namoyish etish ishlari aniq tizim asosida tashkil etilgan
XVI-XVII asrlarga kelib, Fransiya, Angliya, Germaniyada ham muzeylar tashkil etish odat tusiga kirgan.
1753- yil ochilgan Londondagi “Britaniya muzeyi”, 1793- yil tashkil etilgan Parijdagi ”Luvr” muzeyi G‘arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar sanaladi.
XIX asrga kelib dunyo miqiyosida ko‘plab yirik muzeylar vujudga keldi.
1819-yilda Madriddagi “Prado muzeyi”,
1873- yilda Moskvadagi “Tarix muzeyi”,
1852- yilda Sankt-Peterburgdagi “Ermitaj”,
1870- yilda Nyu-Yorkdagi “Metropoliten” muzeylarini misol qilib keltirish mumkin.
Toshkentda ilk muzey 1876- yilda ochilgan, u hozirgi “O’zbekiston tarixi davlat muzey”idir.
Uffitsi muzeyi. Italiya (1575)
Ushbu muzey Yevropa san’atini o‘zida aks ettiruvchi eng muhim va yirik inshootlardan biri sanaladi. Muzey Florensiyadagi saroyda joylashgan bo‘lib, u 1560-1581 yillarda qurilgan. (Duchcho, Jotto, Uchchello, Pyero della Francheska, Bottichelli, Leonardo da Vinchi, Rafael, Jorjone, Titsian, Karavajo va boshqalar), antik sanʼat, fransuz, nemis, niderland, golland va flamand sanʼatining ajoyib namunalari saqlanadi. Yevropa rassomlarining avtoportretlari, ayniqsa, nodirdir.
Britaniya muzeyi — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi.
1753-yilda asos solingan, 1759-yildan ishga tushgan, Yevropa, Osiyo, Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar toʻplangan.
Muzeyning etnografiya boʻlimidan Afrika, Amerika, Okeaniya va boshqa xalqlar madaniy yodgorliklari keng oʻrin olgan.
Firdavsiyning Muhammad Joʻqiy tomonidan koʻchirilgan „Shohnoma“si, „Boburnoma“ning qoʻlyozmasi (16-asr 2-yarmida koʻchirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va boshqa shu muzeyda saqlanadi.
Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 milliondan ortiq kitob, taxminan 105 ming qoʻlyozma, taxminan 100 ming hartiya (qoʻlyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926-yildan muzey oʻz jurnalini nashr etadi.
Luvr (Louvre) — jahondagi eng yirik muzeylardan. Parijdagi mashhur meʼmoriy yodgorlik — sobiq qirollik qarorgohi binosida joylashgan. 1791-yilda Inqilobiy Konvent dekreti bilan milliy badiiy muzey sifatida asos solingan va 1793-yil 8 noyabrdan omma uchun ochilgan. L. fondini sobiq qirollik toʻplami, shuningdek, monastir, cherkov va aslzoda oilalarning musodara qilingan toʻplamlari, Napoleon yurishlarida qoʻlga kiritilgan, turli davlatlardan sotib olingan, koʻplab hadya qilingan sanʼat asarlari, Yunon va Rim yodgorliklari, Sharq yodgorliklari, Qad. Misr yodgorliklari, jahonga mashhur Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Rafael, Titsian, Rembrandt, Rubenslarning nodir sanʼat asarlari toʻplangan.
Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan.
1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi.
1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga,
1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga,
1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1
943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan.
1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan.
1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi.
«Kitob» so‘zi va tush unchasining kelib chiqishi va ma’nosi Qadimda Turon xalqlari - parfiyaliklar, xorazmiylar, sug’dlar, baqtriyaiiklar, farg’onaliklar muayyan tarzda yozilgan (ko’chirilgan) va bezalgan biron-bir matnni belgilash uchun «po‘stak» so‘zidan foydalanganlar. Pokst so'zi “teri” degan m a'noni anglatadi. Bundav m a’no ko‘chirilishi qadimda va ilk o’rta asrlarda teridan yozish uchun material sifatida keng foydalangani bilan bo g ‘liq bo’lsa keraKitob Masalan, buddaviylam ing «M ast qiluvchi ichim liklarni qarg'ash kitobi» degan axloqiy-falsafiy risolasining nomi sug‘d tilida quyidagicha yangraydi: «Mast karak chashont parg'un pustak». Abu R ayhon Beruniy o'zining «Mineralogiya» kitobida sug‘dlarning bizgacha etib kelmagan «Nupusta» kitobini tilga olib o'tadi. Bizningcha, ayni holda m a’lum kitoblar orasidagi yangi bir kitob yoki biron-bir kitobning yangi tahriri sifatida qabul qilingan kitob to’g'risida so‘z yuritiladi.
«Yozuv» so‘zi sug‘d tilida «nipik» ko'rinishida yangraydi. U etimologik jihatdan yozish, chizish degan m a’noni anglatuvchi hind- evropacha «pik» o'zagi bilan bog'lanadi. (Taqqoslang: ingl. paint - chizish va picture - rasm).
Kitob —axborotlarni, gʻoya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi; bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli; badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot. Xalqaro statistikada YUNESKO tavsiyasiga koʻra, hajmi 48 sahifadan kam boʻlmagan, taboqlab tikilgan nodavriy nashrni, shartli ravishda, KITOB deyish qabul qilingan.
Kitob ishi kitobni yaratish, tayyorlash, uni tarqatish, saqlash, tavsiflash va oʻrganish bilan bogʻliq katta jarayonni oʻz ichiga oladi. Fan, adabiyot, sanʼat asarlaridan matbaada koʻpaytirish va tarqatish uchun tanlash, ularga ilmiy va badiiy nuqtai nazardan yondoshish, tahrir qilish, badiiy bezash, matbaa ijrosini belgilash va nashrga tayyorlash noshirlikning vazifasi. Kitobni koʻplab chiqarish — kitob bosish ishi poligrafiya sanoatida olib boriladi. Kitoblarni toʻplash, saqlash, oʻquvchilar oʻrtasida tashviqot qilish, ulardan kitobxonlar foydalanishlari uchun qulay sharoit yaratish kutubxona ishiga qaraydi (qarang Kutubxona, Kutubxonashunoslik). Kitob va boshqa bosma asarlar haqida muayyan maqsad bilan oʻquvchilarga maʼlumot berish va ularni tashviqot qilish bibliografiya vazifasidir va hakozalar.
KITOBning paydo boʻlish tarixi yozuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan uzviy bogʻliq. Yozuvning toʻzilish xususiyatlari (belgilar tizimi, ularning joylashish tartibi), yozuv materiali va qurolining oʻziga xos tomoni va boshqa maʼlum darajada KITOB tuzilishini ham belgilab berdi. Qad. Misr, Rim, Yunoniston va Oʻrta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol va boshqa materiallarga yozib fikr almashganlar. Har bir KITOB oʻnlab shunday materiallardan tayyorlangan plitalardan iborat boʻlib, ogʻirligi bir necha kg boʻlgan. Yozuv materiali sifatida papirus usimligi ishlatilishi (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklarda) bilan oʻrama KITOBlar paydo boʻldi. Bunday KITOBlarning oʻzunligi oʻrtacha 10 m atrofida boʻlib, ingichka, yumaloq tayoqlarga oʻralgan va maxsus charm yoki yogʻoch gʻiloflarda saqlangan. Sharq mamlakatlari, Qad- Rim va Yunonistondagi koʻpgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi II asrga kelib KITOB materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng tarqaldi. Dastlab bunday KITOB oʻrama holda saqlangan. Ayrim maʼlumotlarga Qaraganda, Oʻrta Osiyoda, xususan, Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan zardoʻshtiylik dinining muqaddas kitoblaridan Avestoning qad. nusxasi ham 12 ming qora mol terisiga bitilgan. Arablarning Oʻrta Osiyodagi istilosiga qadar (8—10-asrlar) u yerda koʻp nodir KITOBlar saqlangan kutubxonalar boʻlgan. Lekin ularning koʻpi bosqinchilik urushlari natijasida yoʻqotib yuborilgan. 2—4-asrlardan boshlab Qad. Rimda xuddi hozirgi KITOBlarning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali KITOBlar — kodeks paydo boʻldi. Ular dastlab papirus, soʻng pergamentga yozilgan. Bunday KITOBlar ogʻir va besunaqay edi. 6-asrdan boshlab kodeks shakli asosida hozirgi koʻrinishdagi KITOBlar paydo boʻldi. Teriga ishlangan noyob KITOBlardan biri — Mus-hafi Usmon Kurʼonidir. Qurʼoni karimning bu nusxasi 644—656 yillarda xalifa Usmon koʻrsatmasi bilan Muhammad (sav)ning kotiblari Zayd ibn Sobit, Amir ibn alOʻs va Hishom ibn Hakimlar tomonidan kufiy xatida yozilgan. Mazkur qoʻlyozma KITOB Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan. Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.
Qogʻozning kashf qilinishi KITOB tarixida yangi davr ochdi. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, 650 yillardayoq Samarqandda qogʻozli KITOBlar boʻlgan. 13-asrdan Yevropada qogʻoz asosiy yozuv materiali boʻlib qoldi. Qogʻoz KITOBning koʻpayishiga va tarqalishiga yangi imkoniyat ochdi. KITOB bezashga alohida ahamiyat berildi. Uning sahifalariga turli miniatyuralar, hoshiyalariga bezaklar ishlana boshladi. Asta-sekin xattotlik (kalligrafiya), muqovasozlik kabi kasblar ajralib chiqdi. Ayniqsa, Oʻrta Osiyoda oʻrta asrlarda xattotlik sanʼati keng rivojlandi. Mashhur xattotlarning koʻp avlodlari KITOB tayyorlash usulini — materiallar, siyoh, xat koʻchirish texnikasini takomillashtirib bordilar.
10—12-asrlarda Movarounnahrda muayyan soha sifatida shakllangan kitobat sanʼati 14—15-asrlarda yangi taraqqiyot bosqichiga kutarildi. Har bir KITOB qogʻozidan tortib muqovasigacha, siyoxdan to buyoqlari-yu zarhaligacha maʼlum meʼyordagi modda, reja va qoida asosida tayyorlanadi, hatto KITOBdan xushboʻy hid anqib turishi uchun baʼzan siyohga gulob yoki anbar qoʻshilardi. Qoʻlyozmalar nafis husnixat, zarafshon (tilla suvi sochish), suvli buyoqlar bilan hoshiyaga nafis naqshlar ishlab badiiy bezatildi. 15—16-asrlarda bir qancha isteʼdodli xattot, musavvir, lavvoh va saxdoflar (Abdurahmon Xorazmiy, Sultonali Mashqadiy, Sultonali Xandon, Mirali qilqalam va boshqalar) yetishdi. Hirot xattotlariga ustozlik qilib, kitobat sanʼati ravnaqiga ulkan hissasini qoʻshgan xushnavis xattotlardan Sultonali Mashhadiy edi. U Nizomiy, Hofiz, Saʼdiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqalarning asarlarini koʻchirib shuhrat qozondi. Sultonali tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod KITOB bizning davrimizgacha yetib kelgan. Temuriy hukmdorlar devonxonalari qoshida, xususan, Samarqand, Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgan. Bunday kutubxonalar oʻrta asrning oʻziga xos hunarmandchilik korxonasi boʻlib, ularda qoʻlyozma KITOBlarni toʻplash va saqlash bilan birga KITOB sozlik bilan bogʻliq boʻlgan bir qancha amaliy ishlar bajarildi. Bunday saroy kutubxonalarining boshliklari „kutubxona dorugasi“ yoki „kitobdor“ deb atalgan. Ularning qoʻl ostidagi koʻplab xushnavis xattot, naqqosh-musavvirlar, lavvoh, sahhoflar KITOB yaratishga doyr turli vazifalarni bajarishgan. Mas, 15-asrning 1-yarmida Hirotda Ulugʻbekning ukasi Boysunqur kutubxonasida 40 xattot va bir qancha naqqosh qoʻlyozma asarlardan nusxalar koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. Har bir qoʻlyozma KITOB bir necha mutaxassis qoʻlidan oʻtardi. 1425—29 yillarda Jaʼfar Boy-sunquriy tomonidan Abulqosim Firdavsiyning mashhur „Shohnoma“ asari koʻchirilib, 20 ta turli mazmundagi rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Noyob sanʼat asari sifatida bu KITOB Tehron muzeyida saqlanadi. Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasi ham oʻz davrida mashhur boʻlgan. Navoiy badiiy qoʻlyozma sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi. Uning bevosita koʻmagi bilan Behzod, Sultonali Mashhadiy, Shoh Muzaffar kabi oʻnlab KITOBsoz ustalar yetishib chiqdi. Bu ustalarning uslub va anʼanalari keyingi yillardagi kalligrafiya sanʼatining asosini tashkil etdi. Turkistonda xattotlik yoʻli bilan KITOB tayyorlash oʻzoq vaqt davom etdi. Hatto KITOB bosish kashf qilingandan keyin ham, dastlabki vaqtlarda KITOBlar qoʻlyozma yoʻli bilan koʻpaytirilar edi.
KITOB nusxalarini ommaviy koʻpaytirish yoʻlidagi izlanishlar natijasida ksilografiya paydo boʻldi. 15-asrning 40-yillarida Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan KITOB bosish ixtiro qilinishi KITOB taraqqiyotida yangi davr ochdi. KITOB bosish texnikasi asta-sekin takomillashib, boshqa mamlakatlarda ham tarqala boshladi (qarang Kitob bosish, Bosmaxona).
Turkistonda bosma usuli bilan KITOB chiqarish Oʻrta Osiyo Rossiyaga qoʻshib olingandan keyin tarqaldi. 1868-yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Seversovning „Chu va Norin tizmalari etagidagi togʻli oʻlka toʻgʻrisida lavhalar“ (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma KITOBdir. Oʻzbek tilidagi birinchi bosma KITOB Shohimardon Ibrohimovning 1871-yil Xivada bosilgan „Kalendar“idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Boʻlardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), Gʻulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarildi.

Oktabr toʻntarishidan soʻng sovet tuzumi davrida KITOB bosish ishi birmuncha rivojlanib, ommaviy KITOBlar yaratish ishiga katta ahamiyat berildi. Lekin KITOBga, boshqa ommaviy axborot vositalari kabi, KPSS va Sovet hukumatining qudratli mafkuraviy quroli sifatida qaraldi. Shu maqsadda juda koʻp nomda va nusxada marksizm-leninizm asarlari, ijtimoiy siyosiy, badiiy, ilmiy KITOBlar nashr etildi. Ayni vaqtda, 20—30-yillarda, Oʻzbekistonda asrlar mobaynida saqlanib kelingan qoʻlyozma KITOBlar, ayniqsa diniy, tarixiy mazmundagi KITOBlar, keyinroq katagʻonga uchragan oʻzbek yozuvchilarining asarlari yoʻq qilina boshlandi: oʻtda kuydirildi, suvga tashlandi.


Istiqloldan keyingi yillarda KITOB mahsulotlari mavzu-mundarijasida keskin oʻzgarish boʻldi. Tarixiy, diniy, milliy qadriyatlarga taalluqli KITOBlar nashriga alohida ahamiyat berildi. Qurʼoni karimning oʻzbek tilidagi tarjimasi ikki bor nashr etildi (1991-yil, „Choʻlpon“ nashriyotida; 2001-yil, Toshkent Islom universiteti nashriyotida). Imom Buxoriyning 4 jildli „Hadis“lari (1991—96 yillar, Komuslar Bosh tahririyati), Amir Temur mavzui bilan bogʻliq oʻnlab KITOBlar chiqarildi. Alisher Navoiyning 20 jildli toʻla asarlari (1998 — 2002, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi „Fan“ nashriyoti) chop etildi. Turli nashriyotlarda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Najmiddin Kubro, Mahmud az-Zamaxshariy, Ulugʻbek, Yassaviy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori, Fitrat, Usmon Nosir va boshqalarning asarlari, 33 jildli „Xotira“ KITOBi chiqarildi. „Oʻzbekiston“ nashriyotida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 10 jildli Asarlari nashr qilindi (1997—2002). Mavjud nashriyotlar ommaning talabehtiyojlaridan kelib chiqib badiiy, ilmiy, ommabop, darslik va boshqa tur KITOBlar nashr etmoqdalar. KITOBlarning badiiy va matbaa ijrosi ham jahon andozalari talablariga javob beradigan darajada yuksalib bormokda (yana qarang Noshirlik).
KITOBlarning toʻzilishi va turlari. Hozirgi KITOBlar oʻquvchilar talabi va estetik didiga koʻra muayyan shaklga ega. KITOB sahifalarga ajratilib, oʻrtasidan tikiladi va muqovalanadi. Muqovaning KITOB sahifalari bilan biriktirilgan qismi forzats deyiladi. Ayrim hollarda muqovani saqlash va bezak sifatida muqovaga jild (superoblojka) kiygiziladi. KITOBning bosh qismida sarvaraq (titul list) boʻladi. Unda muallif ismsharifi, KITOBning nomi, nashr etilayotgan joyi, yili, nashriyot nomi va boshqa yoziladi. Sarvaraq qoʻsh sahifada boʻlishi mumkin; bu holda u KITOBning 2-(muqobil sarvaraq) va 3-betlarini egallaydi. Sarvaraq maʼlumotlarining ayrimlari KITOBning l-sahifasi — peshvarak, (avantitul)da ham yozilishi mumkin. Sarvaraqning orqa sahifasiga kitob belgisi qoʻyiladi. Baʼzi hollarda sarvaraq oʻrnida sarrasm (frontispis) boʻladi. Matnning mazmuniga karab, KITOBda turli usulda sarlavhalar qoʻyiladi. Ayrim hollarda yirik sarlavhalar alohida sahifada beriladi. Bunday sahifa zarvaraq (shmutstitul) deyiladi. KITOBning ruknsarlavha (kolontitul) va ruknraqam (kolonsifr)lari undan foydalanish ishini osonlashtiradi. Shuningdek, KITOBda mundarija, muqaddima, xotima, annotatsiya, ilova, izoh, turli koʻrsatkichlar, bibliografik roʻyxatlar ham boʻlishi mumkin. KITOB sahifasining hajmi uning nashr bichimi bilan belgilanadi (qarang 7a-bok).
KITOBlar qanday oʻquvchilar ommasiga moʻljallanganligi, maqsadi va mavzuiga qarab turlarga ajratiladi. Oʻquvchilarga koʻra, KITOBlar ommaviy, mutaxassislar uchun va bolalar kitobi boʻlishi mumkin. Maqsadiga koʻra, rasmiy, ilmiy, ilmiyommabop, oʻquv, adabiy-badiiy, maʼlumotnoma va boshqa xil KITOBlarga boʻlinadi. Ilmiy KITOBlar ichida monografiya keng tarqalgan. Oʻquv KITOBlari darslik, oʻquv qoʻllanmasi, oʻquv metodik qoʻllanma va boshqa turlarga ajratiladi. Maʼlumotnomalar esa lugʻat, ensiklopediya, kalendar, yoʻl koʻrsatkichlar qabilarga boʻlinadi.
S ug'd tilida podshoning yozm a farm onlari, uning nomalari, ayrim xatlar «nam ak» deb atalgan boMib, undan tojik va o ‘zbek tillarida «xat», «murojaat», «asar» degan m a'nolardagi «nom a» so'zi kelib chiqqan. «Namak», «noma» so'zlari ilk o ’rta asrlar va o’rta asrlar mumtoz adabiyotida «asar, kitob» m a'nolarida yirik asarlar nomiga kiritilgan, m asalan: «Kamamaki Artaxsheri Papakon», «Xvataynamak», «Shohnoma», « O'g‘uznoma», «Siyosatnoma» va boshqalar1.
«Kitob» so‘zi o ‘zbek va tojik tiilariga ham, boshqa turkiy va yangi eron tiilariga ham Turon-Turkiston zam iniga arablar va islom dini kelishi bilan birga kirib kelgan. Biroq «kitob» o‘z kelib chiqishiga ko‘ra arabcha so‘z em as. Etim ologik jihatdan u arab tiliga qardosh oromiy tili (semit tillari oilasi) bilan bog'liq bo'lib, undan o‘zlashtirilgan. Arab tilidan bu so 'z tabiiy o ‘rin oigan. U semitcha «ktb» o‘zagining nomi sifatida tushunilgan va «yozmoq» degan yangicha m a'no kasb etgan. O 'z navbatida, sem it tillarida o ’zak m a'nosi undosh harflar bilan b o g liq . unli tovushlar esa so‘zning gramm atik va so‘z hosil qiluvchi elementlarini ifodalaydi, shu bois mazkur m a’nodagi fe’ldan ko‘plab yangi so'zlar hosil b o ig an : kotib — «mirza», «munshiyxona xizm atchisi», «yozuvchi, muallif», m aktaba — «kutubxona», mukataba - «yozishm a, xat almashish, m atnlam i uzatish usuli», kitob va h.Kitob Xullas, arab tilida nafaqat har qanday bichim. hajm dagi nashr, balki har qanday yozilgan matn, xususan tilxat, xat yoki hujjat «kitob» deb ataladi. A rab tilidan o'zlashtirilgan «kitob» so‘zi eroniy va turkiy tillarda asar va qoiyozm ani, keyinchalik esa bosma kitobni ifodalovchi atama sifatida qo'llanila boshladi.
« O‘zbek tilining izohli lug‘ati» kitob so‘ziga shunday izoh beradi:
1. Biror tekst yozilgan varaqlardan iborat, juzlab tikilgan, muqovalangan bosma (qadimda qo'lyozma ham ) asar.
2. Yirik adabiy asam ing (odatda rom anning) katta bir bo’limi (1-tom. 389-b.).
Evropa va Old O siyo tillarida tarixan atam aning mazmuni (uning m a’nosi) bir xil. Y unoncha «biblio», lotincha «líber», semitcha «sefer», arabcha «kitob». slavyancha «kniga» kabi, bir xilda talqin qilinadi: 1) predmet, 2) asar, 3) asam ing bir qismi. Bu atam a paydo boMganidan beri uning o ‘zagi hozirgacha daxlsiz holda saqlanmoqda.
V.I.Dalning «Jonli buyuk rus tilining izohli lug'ati»da «kniga»(«kitob») so‘zi uch xil m a’noda berilgan. Birinchi - «bir muqova ichiga tikilgan qogloz yoki pergam ent varaqlari» (y a’ni kitobning moddiy predmet sifatidagi formai obrazi), ikkinchi - «bitik, kitobda yozilgan barcha narsa» (ya’ni, hozirgi tii bilan aytganda, tushunchaning m azm un jihati). Nihoyat, uchinchi - «yirik yozm a asardagi bo’lim, qism». N oilm iy talqinlarni hisobga olmasak, «kniga» so ‘zining asosiy mazmuni u yoki bu tarzda ilm, axborot hamda o 'zig a o ‘xshashlar o'rtasida m a’lum ot tarqatish, y a ’ni bilim va obrazlar tarqatish bilan bog'liq. R ossiyalik olimlar ruscha «kniga» so‘zi um um an bilim ni anglatgan tushunchalar bilan qardosh ekanligiga ishonchlari kom il. U lam ing taxminiga ko‘ra, avliyo K irillning Korsunga sayohati davriga (863 yil) kelib (m a’lum ki, bu sayohatdan keyin u slavyancha alifbeni tuzishga kirishgan), slavyanlar tilida qadim gi, barqaror va mutlaqo aniq «kniga» atamasi m avjud boMgan. Bu erda ajablanarli hol shundaki, ular m azkur maqsadda eng yaqin madaniy xalqlam ing ularga tanish b o ‘lgan «biblio». «liber», «manuskript». «xartiya», «gramota» kabi so ’zlaridan foydalanm aganlar. balki ilk slavyancha «kneti», y a’ni «znat» («bilmoq»)dan so‘z hosil qilishni afzal ko‘rganlar.
Mazkur talqin nuqtai nazaridan kitoblar qatoriga zardushtiylikning muqaddas kitobi — “Avesto” matnlarini ham. miloddan avvalgi II—I asrlarga mansub bo‘lgan, parfiyoniy yozuvda bitilgan Nisa yozuv yodgorliklarini ham, m ilodiy 312-317 yillarga mansub «Eski sug‘d xatlari» yodgorliklar majm uasini ham, M ug'qal’adan topilgan milodiy 710 -722 yillarga mansub sug‘d hujjatlarini ham, Sibir, Mo‘g “uliston va Markaziy Osiyoning I-IX asrlarga mansub qadim gi turkiy yozuvi yodgorliklarini ham, Turkiston hududida arab. fors va turkiy tillarda yaratilgan o 'rta asrlar arab yozuvidagi yodgorliklar m ajm uini ham kiritish m um kin.
Yuqorida keltirilgan ta’rif XX asr oxirida paydo bo'lgan kitobning elektron shakliga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bugungi kunda «kom pyuter kommunikatsiyasi». «elektron kitob», «elektron nashr», «giperm atn», «giperkitob», «giperadabiyot», «virtual kitob», «virtual kutubxona». «virtual kitob do‘koni» kabi yangi iboralar muom aladan orin oldi.
Ma’lumki, Buxoro, Xiva, Farg’ona, Samarqand va Toshkent xattotlik maktablari qadimda mashhur bo’lgan. Faqat XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoroda 75, Samarqandda 22, Xivada 47, Toshkentda 25, Farg’onada 38 mashhur va taniqli xattot bo’lib, ular xalqimiz yaratgan asl ilmiy va ma’rifiy durdonalarni bizga kitob holida qoldirishgan.
Turkistonda nashr ishlari O’rta Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so’ng boshlangan. Bu davrgacha o’lkada bosmaxona ham, litografiya (toshbosma) ham bo’lmagan. Adabiyotga bo’lgan ehtiyoj esa Turkistonga tashqaridan kirib qolgan ayrim sharqiy toshbosma qo’lyozmalar bilan qondirilgan xolos. O’lkani chor Rossiyasi bosib olganidan keyin kitob nashri uchun zarur moddiy-texnika baza yaratildi. Nashr ishlarining bir qadar yo’lga qo’yilishi kitobning aholi orasiga chuqur kirib borishi uchun yo’l ochdi, yurtimizda matbuot ishi rivojlanishiga turtki bo’ldi, fan va madaniyatdagi ilg’or g’oyalarning tarqalishiga yordam berdi. Turkistonda bosma usuli bilan kitob chiqarish O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib olingandan keyin tarqaldi. 1868 yil Toshkentda Turkiston harbiy okrugi shtabining bosmaxonasi tashkil etildi. Shu bosmaxonada nashr etilgan rus olimi va sayyohi N.A.Severtsovning «Chu va Norin tizmalari etagidagi tog’li o’lka to’g’risida lavhalar» (rus tilida) kitobi Turkistondagi ilk bosma kitobdir. O’zbek tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrohomovning 1871 yil Xivada bosilgan «Kalendar»idir. Birin-ketin Turkistonning boshqa shaharlarida ham xususiy litografiyalar tashkil etildi. Bulardan Otajon Abdalov (Xivada), Semyon Laxtin (Toshkentda), G’ulom Hasan Orifjonov (Toshkentda) litografiyalari mashhur bo’lgan. Bu bosmaxonalarda adabiy, falsafiy, diniy, tarixiy asarlar va darsliklar chiqarilgan.
XIX asrning 70-yillaridan boshlab o’zbek tilida ham kitoblar chop etila boshlaydi. 1880 yili Yangi Marg’ilon, 1905 yili Andijon shaharlarida yangi bosmaxonalar ish boshlaydi. Asosan, o’zbek va tojik tillarida chiqarilgan kitoblar toshbosma usulida chop etiladi. Muxammad Rahimxon II – Feruz (1844-1910) xonlik qilgan davrda Xiva davlatining bir oz markazlashuvi natijasida bu erda ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojlandi. Feruz tashabbusi bilan Xiva shahrida toshbosma tashkil etiladi. Unda Feruzning farmoni bilan Alisher Navoiyning «Chor devon», «Xamsa» singari asarlari ilk bor chop etiladi. Bundan tashqari, Munis, Ogahiy, Komil, Bayoniy, Mirzo, Avaz O’tar, Devoniy, Niyoziy, Chokar singari shoirlarning asarlari ko’plab nusxada bosilib chiqdi. Saroy kutubxonasida saqlanayotgan nodir qo’lyozma asarlarini kitob shaklida nashr qilish maqsadida Erondan toshbosma anjomlari Xivaga keltirilishi katta ahamiyatga ega. 1880 yilda Xorazmda Alisher Navoiyning «Xamsa», Munisning «Devoni Munis», «Devoni Roja» asarlari chop qilinadi. 1904-1905 yillarda O.Portsev tomonidan Alisher Navoiyning «Xamsa» asari chop etiladi. Tabiiyki, o’zbek xalqining ona tilida dastlabki kitoblar chiqarilishi milliy ziyolilarning qiziqishini uyg’otadi. XX asr boshlarida ulardan ko’pchiligi kitob chiqarishda ishtirok etibgina qolmay, o’z toshbosmalarini ham ochishadi. 1908-1913 yillarda Alisher Navoiyning kitoblari o’n martadan ko’p chop etildi. Milliy kitoblarning Markaziy Osiyoda keng tarqalishida toshbosmaning o’rni beqiyos bo’ldi. 1913 yili kitob nashri bor-yo’g’i 56 nusxani, shuningdek, o’zbek tilida 33 nusxani tashkil etgan. Ularning umumiy adadi 100 ming nusxani, o’zbek tilidagisi atigi 8 ming nusxani tashkil etgan
Kitoblar Turkiston xalqlarining madaniy hayotida sezilarli ro’l o’ynadi. Ammo kitob nashr etish yil sayin oshib borgani bilan tezkor zamon talablariga javob bera olmas edi.
Metropoliten” muzeyi tarixi
“Metropoliten” san’at muzeyi dunyodagi eng yirik muzeylardan biri bo‘lib, tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha reytinglarda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. 2018-yildan beri muzeyga bepul kirish huquqi faqat u joylashgan hudud aholisi – nyu-yorkliklar uchun saqlanib qolgan, qolgan tashrif buyuruvchilar uchun 25 dollarlik badal joriy qilingan. “Daryo” bugun sizni ushbu muzey bilan tanishtiradi.
Muzeyga 1870-yilda asos solingan. 2013-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, muzeyning yillik tashrif buyuruvchilari soni 6 226 727 tani tashkil etadi. Muzey direktori Maks Xollyayndir.
Muzey tarixi
Muzey 1870-yilning 13-aprelida bir guruh amerikalik ishbilarmonlar va san’at ixlosmandlari tomonidan tashkil etildi va birinchi marta 1872-yil 20-fevralda jamoatchilikka ochildi. Uning birinchi prezidenti Jon Teylor Jonson, ijrochi direktori esa Jorj Palmer Putnem edi. Ilk kirish chiptalari turli rangdagi kichkina dumaloq nishonlar bo‘lib, har bir hafta kunining nishoni turlicha ranglangan. Ularni ust kiyimlariga yopishtirish yoki esdalik sifatida olib qolish mumkin edi. 2014-yilda muzey metall nishonchalardan foydalanishni to‘xtatdi va stikerlarga o‘tdi.
Muzey 1880-yilda amerikalik me’morlar Kalvert Voks va Jeykob Moldlar tomonidan bozar uslubida qurilgan.
Muzey kolleksiyasi
Muzey uchta shaxsiy kolleksiya – 174 ta san’at asari, shu jumladan, Xals, Van Deyk, Tepolo va Pussenning ishlariga asoslangan. Muzey kolleksiyasi juda tez o‘sdi. Jon Kensett vafotidan so‘ng uning shaxsiy kolleksiyasidagi 38 ta rasm muzey tasarrufiga o‘tdi. Ammo faqat XX asrga kelibgina muzey dunyo miqyosida shuhrat qozondi. 1907-yilda muzey Ogyust Renuardan o‘zining birinchi rasmini sotib oldi.
Bugungi kunda “Metropoliten” o‘zining impressionistik va post-impressionistik to‘plamlari bilan faxrlanadi. Muzeyning doimiy to‘plamda ikki milliondan ortiq tasviriy asarlar mavjud. Unda juda katta gravyuralar to‘plami bor. Fotosuratlarning katta to‘plamlari orasida Uolker Evans, Diana Arbus, Alfred Stiglitz va boshqalarning ishlari bor.
2013-yil aprel oyida kolleksioner Leonard Lauder o‘zining kubizm yo‘nalishiga mansub 78 asardan iborat to‘plamini muzeyga sovg‘a qildi, undagi 33 asar Pikassoga tegishli edi.
Har yili muzeyning yangi xaridlarni o‘zida aks ettiruvchi “Yillik hisobot” nashr etiladi. 2017-yil fevral oyida muzey o‘z kolleksiyasidan 375000 ta raqamlangan san’at asarini ommaga taqdim etdi. Ushbu rasm va fotosuratlarni shaxsiy va tijorat maqsadlarida erkin ishlatish mumkin. Bundan tashqari, ularni tahrirlash va yangi kompozitsiyalar tarkibida ishlatish mumkin.
Kostyum instituti
Kostyum instituti o‘zining har yili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Met Gala shousi bilan mashhur.
Kostyum san’ati muzeyi Eylin Bernstayn va Ayrin Levison tomonidan tashkil etilgan. 1937-yilda u “Metropoliten” san’at muzeyining tarkibiga kirdi va o‘z nomini Kostyum institutiga o‘zgartirdi. Bugungi kunda uning kolleksiyasida 35000 dan ortiq kostyum va aksessuar mavjud. Institut ilgari muzey binosining pastki qismida joylashgan “Poydevor” laqabli galereyaga ega edi.
Muzeyda Vogue jurnalining bosh muharriri Anna Vintur boshchiligidagi har yili o‘tkaziladigan Met Gala ko‘rgazmasi moda olamidagi nihoyatda ommabop hodisaga aylandi. Ta’kidlash joizki, 2007-yilda ko‘rgazmaga kirish uchun chiqarilgan 700 ta chiptaning har birining boshlang‘ich narxi 6500 AQSh dollarini tashkil etgan. Har bir ko‘rgazma modani ijtimoiy qadriyatlarning ko‘zgusi sifatida namoyish etadi va tarixiy uslublarni, ularning bugungi modaga qarab evolyutsiyasini ko‘rsatib beradi.

2014-yil 14-yanvardan boshlab Kostyum instituti majmuasi Anna Vintur nomi bilan atala boshlandi. Institut kuratori Endryu Bolton hisoblanadi.


Qurol-aslahalar bo‘limi
Muzeyning eng keng bo‘limlaridan biri turli davrlar va madaniyatlarda qo‘llanilgan qurol-aslahalarga bag‘ishlangan. Ushbu kolleksiyaning ilk eksponatlari 1881-yilda sotib olingan. 1904-yilda muzey Yevropa va yapon qurol-yarog‘larining ikkita yirik kolleksiyasini sotib oldi va bu kolleksiyalar tez orada xalqaro miqyosda mashhurlikka erishdi.
Eksponatlar orasida XV-XVI asrlarga oid Eron va Onado‘lidan kelgan qurol-aslahalar, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi va mo‘g‘ullar davlatining marvaridlari bilan bezatilgan qurollar mavjud. To‘plam hajmi qariyb 14 ming dona eksponatni tashkil etadi, ular orasida hukmdorlar tomonidan ishlatilgan ko‘plab aslahalar, shu jumladan, Angliya qiroli Genrix VIII, Fransiya qiroli Genrix II va imperator Ferdinand I ning zirhlari ham bor.
Muzey bo‘limlari
Hozirgi kunda “Metropoliten”da quyidagi bo‘limlar mavjud:
Amerika dekorativ san’ati bo‘limi;
Amerika rassomligi va haykaltaroshligi bo‘limi;
Qadimgi O‘rta Sharq san’ati bo‘limi;
Qurol-aslahalar bo‘limi;
Afrika, Okeaniya va Amerika san’ati bo‘limi;
Osiyo san’ati bo‘limi;
O‘rta asr galereyasi bo‘limi;
Kostyum instituti;
Chizmalar va litografiyalar bo‘limi;
Qadimgi Misr san’ati bo‘limi;
Yevropa rassomchiligi bo‘limi;
Yevropa haykaltaroshligi va dekorativ san’ati bo‘limi;
Qadimgi yunon va Rim san’ati bo‘limi;
Islom san’ati bo‘limi;
Robert Leman to‘plami;
Kutubxonalar;
O‘rta asr san’ati bo‘limi;
Zamonaviy san’at bo‘limi;
Musiqiy asboblar bo‘limi;
Fotosuratlar bo‘limi.
Ushbu doimiy ko‘rgazmalardan tashqari vaqtinchalik ko‘rgazmalar uchun bir nechta zallar ham mavjud.

Download 200.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling