Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 1.31 Mb.
bet3/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Dinninggnoseologik ildizlari oqilona bilim nuqtai nazaridan dunyo o‘z rang-barangligida insonga cheksiz murakkab bo‘lib tuyulishida namoyon bo‘ladi.
Dinning ijtimoiy ildizlari jamiyatda doimo mavjud bo‘lgan tengsizlik, qashshoqlik va adolatsizlikni, odamlar qancha urinmasin o‘zgartira yoki enga olmaganligi bilan bog‘liq. Adolatsizlik va foniy dunyoning nomukammalligi tuyg‘usi chorasizlik va umidsizlikni yuzaga keltiradi, so‘nggi zikr etilgan tuyg‘ular osongina u dunyoda hayotning mavjudligiga bo‘lgan ishonchga aylanadi. Vaholanki, har qanday din haqiqiy hayot u dunyodadir, deb o‘rgatadi. Muammolar, qiyinchiliklarga duch kelgan va real hayotda o‘ziga tayanch topa olmagan inson g‘ayritabiiy kuchlarga umid bog‘lab, narigi dunyoga murojaat etadi. Ularga e’tiqod qilib, odamzod taskin, tasalli topadi va oxir-oqibatda taqdirga tan beradi.
Dinning siyosiy ildizlari turli siyosiy kuchlarning dindan o‘z mayda-chuyda manfaatlarida foydalanish imkoniyati va shu tariqa uni bevosita yoki bilvosita qo‘llab-quvvatlashi orqali, uning jamiyatdagi roli va ta’sirini kuchaytirishida namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda din va siyosat o‘rtasida ham uzviy va doimiy aloqa mavjud.
Diniy e’tiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga ko‘p sonly turli-tuman dinlar ma’lum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past bo‘lgan inson o‘ziga qudratli, yot va sirli bo‘lib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik ko‘rsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan. Fetishizm - u yoki bu predmetni mo‘jizakor xislatlarga, odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sig‘inish va topinish ob’ektiga aylanadi.
Animizm (lot. «anima» - «jon») - nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir.Animizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonli.
Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, ya’ni sig‘inish ob’ekti sanalgan ajdod deb e’lon qilinadigan u yoki bu hayvon, o‘simlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga bo‘lgan ishonch tashkil etadi. Zero, totem mazkur jamoa yoki urug‘ning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan ta’minlaydi (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir,Avstraliyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet).
Magiya (yunon. «mageia» - «sehrgarlik») ham ibtidoiy din shakllaridan biri bo‘lib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, o‘ziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto g‘ayritabiiy kuchlar - ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga ta’sir ko‘rsatish mumkinligiga bo‘lgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy e’tiqodlar negizini tashkil etdi va politeizm (ko‘pxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada o‘z aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.
Miloddan avvalgi VII-VI asrlarga kelib, asosan, mif va din ta’sirida odamlar dunyoqarashi nafaqat kengaydi, balki ancha murakkablashdi. U mavhum nazariy fikrlash qobiliyati va (to‘plangan bilimlar ko‘rinishida) real asoslarga ega bo‘lishi natijasida o‘z rivojlanishining butunlay yangi darajasiga ko‘tarildi. Bunga, hech shubhasiz, mehnat taqsimotiga olib kelgan rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ma’lum miqdorda ortiqcha mavjudlik vositalari, bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi ham imkoniyat yaratdi. Bularning barchasi muayyan shaxslar doirasiga intellektual faoliyat bilan professional darajada shug‘ullanish imkonini berdi. Shunday qilib, taxminan 2500 ming yil muqaddam dunyoqarashning uchinchi
shak li - falsafa paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit Evropa va Osiyoda deyarli bir vaqtda yuzaga keldi. Dunyoqarashning avvalgi shakllari - mif va dindan farqli o‘laroq, falsafa dunyoni e ’tiqod va tuyg‘ularga tayanib emas, balki aql va bilimlarga tayangan holda tushuntiradi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda, avvalo, dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi. Bu vaqtga kelib mif va din o‘zlarining tayyor va uzil-kesil javoblari bilan insonning bilimga nisbatan tinimsiz kuchayib borayotgan qiziqishini qondira olmadi. SHuningdek, ular sezilarli darajada o‘sgan va murakkablashgan tajriba va bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish va avlodlarga qoldirish vazifasining ham uddasidan chiqolmay qoldi Yuz bergan o‘zgarishlarning yana bir sababi shundaki, mifologiya olish,rivojlantirish va tushuntirish uchun navbatdagi miflar emas, balki tabiiy qonuniyatlar va tabiiy-sababiy bog‘lanishlarga murojaat qilish talab etilgan ilmiy bilim kurtaklari bilan to‘qnashdi. Pirovardida odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o‘rganadi. Teologiya olam va odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o‘lim muammosi kabi masalalarni ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan boQlab tahlil qilish hamda o‘ziga xos mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan borliq regulyativ faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda.
Falsafiy dunyoqarash. Bu tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o‘zgalarga va ularning faoliyatiga, o‘z umri va uning mazmuni kabi ko‘pdan-ko‘p tushunchalarga munosabati, ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo‘ladi.
Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U insonning aqliy-intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi.Falsafiy dunyoqarash shakllanishi va rivojlanishiga afsonaviy, diniy dunyoqarashning ta’siri bo‘lganini inkor etib bo‘lmaydi. Falsafiy dunyoqarash ana shu ikki irmoq negizida vujudga keldi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda ijtimoiy borliqning barcha jihatlari aks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida his-tuyQu, aql-idrok va tafakkur ham muhim o‘rin tutishi tabiiy. Uning shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham boQliq bo‘lib, inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati, madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, bugungi o‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka qaratilgan G‘oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar, qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o‘z qarashlari va g‘oyalari to‘g‘riligiga, orzuumidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo‘lgan chuqur ishonchidan paydo bo‘ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga undaydi.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tut adi. hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. hissiyot - quvonch, shodlik, zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, hayratlanish, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, ruhiy tushkunlik, g‘am-qussa, nadomat, o‘z yaqinlari va vatani taqdirini o‘ylash kabi xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Ana shular barchasining uyg‘unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi.
Inson aqli unga xos hissiyot va tasavvurlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va takomillashtiradi. har bir kishiga xos hissiyot va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzuumid va qadriyatlar dunyoqarash tarkibida yaxlitlashadi va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini ifodalaydi.
Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Lekin, bilim va dunyoqarash aynan bir narsa emas. Olamni tushunish bilimlar paydo bo‘lishi uchun asosdir. Bili m inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo‘ladi, u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir.
Falsafa azal-azaldan dunyoqarash bo‘lgan. Chunki, uning o‘zi hayot nima uchun berilgan, dunyoga kelishdan maqsad nima, umrni mazmunli o‘tkazishning qanday yo‘llari bor, degan talay savollarga javob topish zarurati tufayli vujudga kelgan. Falsafiy dunyoqarash o‘zining nazariy asoslangani va puxta ishlangani bilan ajralib turadi. Shu ma’noda, u boshqa fan yoki faoliyat sohasi uchun umumiy uslub vazifasini ham bajaradi.
Agar nazariya bilish jarayonining natijasi bo‘lsa, usul (metod) shu bilimga erishish yoki uni amalga oshirish yo‘lini anglatadi. Falsafiy nazariya esa, bir vaqtning o‘zida usul vazifasini ham bajara oladi. Tarixning burilish davrlarida o‘zgarishlarning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlari nechog‘li to‘g‘ri ekani falsafiy dunyoqarash tamoyillariga solishtirib aniqlanadi. Bunda muayyan falsafiy nazariya umumiy usul (metod) sifatida qabul qilinadi. Shu sababdan ham bunday davrlarda falsafiy nazariyalarga e’tibor kuchayadi, taraqqiyot yo‘llaridan borish falsafiy modellarining ahamiyati ortadi.
Falsafiy dunyoqarashning asosiy yo‘nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil yo‘nalishlarning har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo‘lsak, insonning olam, odam va borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borliqining mohiyati nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechoQlik mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash yo‘nalishlari mavjudligini ko‘ramiz.
Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog‘liqlik, o‘zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator dunyoqarashlar mavjudligini ko‘ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo‘lib, ular to‘g‘risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo‘limlarida maxsus to‘xtalib o‘tamiz.
Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari bor:


  1. Download 1.31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling