Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 1.31 Mb.
bet4/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o‘rtasidagi boQlanish, aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. har qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.

  • Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o‘tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz rivojlanishini ifodalaydi.

  • Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi.

  • Falsafiy dunyoqarashning universalligi boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli o‘ziga xos falsafiy xususiyatga ega.

  • Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo‘lib, inson manfaatlariga mos keladi. CHunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o‘z dunyoqarashida aks ettiradi.

  • Falsafiy dunyoqarashning G‘oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan G‘oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan, bugungi o‘zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o‘zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan istiqlol G‘oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu G‘oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga oshishi uchun xizmat qiladi.

  • Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo‘l kelishi bilan izohlanadi. SHuningdek, dunyoqarashning amaliyotga joriy etilish jarayonida uning usul va vositalari muhim ahamiyatga ega.

    Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. YA’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi.
    Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‘zga tashlanadi.
    Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi.
    Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo‘nalishlari belgilanadi.
    Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltir ish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi.
    Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko‘rsatgan.
    Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy G‘oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog’liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi.
    Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasi— kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.
    Falsafaning predmeti. Falsafa fani xuddi ijtimoiy, tabiiy fanlar singari mustaqil fandir. U o‘zining mustaqil ob’ekti va predmetiga ega. Falsafaning predmetini “olam-odam-inson” tizimi tashkil etadi.Falsafa predmeti uning rivojlanish davri mobaynida uzluksiz o‘zgarib turgan. Falsafa muammolari uning predmeti bilan belgilanadi. Ma’lumki, falsafa predmeti tarixiy rivojlanish jarayoni mobaynida sezilarli darajada o‘zgargan. Falsafiy fanlarning har biri: ontologiya, gnoseologiya, etika, estetika, mantiq, siyosatshunoslik, falsafa tarixi ham o‘z alohida predmetiga ega. Shu tufayli ham falsafa predmetini faqat o‘ta abstrakt tushunchalar yordamida belgilash mumkin. Suu ma’noda «dunyo - inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik falsafaning predmeti hisoblanadi, degan fikr mazkur talablarga javob beradi.
    Endi «Falsafa nimani o‘rganadi?» degan savolni berishimiz mumkin. In sonda bilishga qiziqish uyg‘otadigan, mifologiya, din yoki fan javoblaridan qoniqmagan insonning o‘ziga ma’lum bilimlar va tajribaga, muayyan e’tiqod,ishonch va intuitsiyaga tayangan holda oqilona asoslangan javoblar berishga harakat qiladigan, savollar tug‘diradigan har qanday ob’ektiv va sub’ektiv borliq falsafaning predmeti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z qiziqishi ob’ekti haqida muayyan tasavvur hosil qilish maqsadida savol berishga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamma narsa falsafaning predmetidir.
    Masalan, Qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta’limotlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bunda asosiy e’tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar - polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‘rin oldi. Evropada xristianlikning, SHarqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. «theos» - «markazdan o‘rin olgan xudo») xususiyat kasb etdi, ya’ni, Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa san’at (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII-XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada, falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.
    XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan «klassik falsafa» va ratsionallik inqirozi irratsionallik, intuitivlik, ongsizlik muammolarini namoyonetdi, XX asrning birinchi yarmida ular «noklassik falsafa» tahlilining asosiy predmetiga aylandi, bu esa, o‘z navbatida, matnlar mantig‘i, tili, ularni talqin qilish va sharhlashga alohida qiziqish uyg‘onishiga olib keldi. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida hozirgi madaniyatdagi inqiroz hodisalarini va yangi axborot texnologiyalarining, shuningdek, ommaviy kommunikatsiya vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi bilan belgilangan muammolarni kun tartibiga qo‘ygan postnoklassik falsafa shakllandi. Bu falsafa vakillari «tarixiy rivojlanishning tugallanganligi», barcha ma’nolar va g‘oyalar «aytib bo‘linganligi» haqida mushohada yuritib, inson o‘ziga yog‘ilayotgan axborotga ishlov berishga qodir emasligiga e’tiborni qaratar ekan, notizimlilik,Evropa an’anaviy-falsafiy bilimining negizlari, qadriyatlari va chegaralarini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surdilar.
    Nihoyat, XX-XXI asr chegarasida eng yangi falsafada birinchi o‘ringa chiqqan va eng muhim mavzular qatoridan o‘rin olgan yana bir mavzu globallashuv jarayonlarining mohiyatini va ularning rivojlanish yo‘nalishini aniqlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayonlar hozirgi vaqtda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab oldi va davrimizning olamshumul muammolarini yuzaga keltirdiki, ularning nazariy va amaliy echimini topish bu muammolarni shu jumladan, falsafiy darajada anglab etishni ham nazarda tutadi. Xalqaro miqyosda alohida e’tibor berish va kelishilgan harakatlarni taqozo etuvchi eng muhim muammolar qatoriga ekologiya, demografiya, xavfsizlik, xalqaro jinoyatchilik, energetika resurslari, qashs hoqlikka chek qo‘yish muammolarini kiritish mumkin.
    Ko‘rib turganimizdek, falsafaning predmetini qandaydir bitta, qat’iy cheklangan, muayyan masalalar doirasi bilan bog‘lash mumkin emas. U vaqt omiliga va ob’ektiv sabablar to‘plamiga qarab, doim u yoki bu muammo yoki ularning muayyan majmui tarzida birinchi o‘ringa chiqadi. Falsafaning strukturasi. Falsafa o‘z shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va ma’naviyatni, shuningdek, sababiy bog‘lanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va ratsionallik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Ammo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli o‘sha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim bo‘limlar ajralib chiqa boshladi, vaqt o‘tishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan to‘ldirildi.
    Falsafaning asosiy masalasi strukturasida ikki tomon ajratiladi. Ruh birlamchimi yoki tabiatmi, degan savol mazkur masalaning ontologik tomonini tashkil qiladi. Dunyoni bilish imkoniyati to‘g‘risidagi masala, «inson tafakkuri dunyoni haqqoniy bilishga qodirmi, u o‘zining haqiqiy dunyo haqidagi tasavvurlarida voqelikni to‘g‘ri aks ettirishga qodirmi», degan savol falsafa asosiy masalasining gnoseologik tomonini o‘zida ifodalaydi.

    Download 1.31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling