Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 1.31 Mb.
bet64/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

10 mavzu. Etika fanining predmeti, uning mohiyati va kategoriyalari

adolatsizlik
vijdonsizlik
ma’suliyatsizlik
oqibatsiz
muruvvatsizlik
xarom
yolg’onchilik nopoklik yovuzlik hasad egoizm

  1. adolat

  2. vijdon

  3. ma’suliyat

  4. sahovat

  5. mehr-muruvvat

  6. xalollik

  7. to’g’riso’zlik

  8. poklik

  9. ezgulik

  10. havas

  11. altruizm

  12. mehnatsevarlik



dangasalik
Testlar

  1. Axloq tuzilmasi - bu:

A. Axloqiy anglash V. Axloqiy xis etish
S. Axloqiy munosabat

  1. axloqiy sevgi

Е) To’gri javob A, V, S

  1. A. Avloniy tarbiyani uchga bo’lgan edi. Ular ...

A. Badantarbiya V. Fikr tarbiyasi S. ahloq tarbiyasi

  1. San’at tarbiyasi

  2. To’gri javob A, V, S

  1. «Insonlarga eng muxim ziyoda sharaf, baland daraja beruvchi tarbiya deganda Avloniy qaysi tarbiyani nazarda tutgan edi?

A. Ahloq tarbiyasini V. Estetik tarbiyani S. Badan tarbiyani

  1. Fikr tarbiyasini

  2. To’gri javob V, S, D

  1. Mamlakatimizda 2001 yil bu.

A. oila yili
V. sog’lom avlod yili

  1. mexr muxabbat

  1. onalar va bolalar yili

  2. to’g’ri javob berilmagan

5. Ahloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri bu.
A. Muomala odobi V. Eslab turish

  1. Rasmiy muomala odobi

  1. Etiket

  2. to’gri javob S, D

  1. «Gippokrat qasami» qaysi soha xodimlarini kasbiy odobi va qonunlarning majmuasi hisoblanadi?

A.Texnika sohasining V. Tabobat sohasining S. Ilm sohasining

  1. Siyosat sohasining

  2. Kulolchilik sohasining 7. Xalqaro miqyosda kabul qilingan muomala qonun qoidalari?

A. Etika V. Etikos S. Etiket

  1. Etnos

  2. Etnografiya

  1. Axloqiy komillikka erishish nimani egallashdan boshlanadi?

A. Did bilan kiyinish odobini V.Did bilan gapirish odobini
S. SHariatni egallashdan

  1. Muomala odobini egallashdan

  2. Salomlashishni o’rniga qo’yishdan

  1. Muomala odobi qanday talablarni bajarishni taqoza etadi?

A. Boshqa kishilarni kadr qimmatini joyiga qo’yishni V. Boshqa kishilarni izzatini joyiga qo’yishdan
S. An’anaviy ahloqiy me’yorlar talabini bajarish

  1. Ilmiy bilimlardan oqilona foydalanmaslikni

  2. To’g’ri javob A, V, S 11. «Turkiy guliston yoxud ahlok» asari yozilgan sanani toping?

A. 1913 y V. 1915 y
S. 1910 y

  1. 1917

  2. 1922

  1. 1914 yilda yozilgan «Oila yoki alla boshqarish tartiblari» kitobining muallifi

kim?
A. Furqat V. Anbar Otin
S. Х. Х. Niyoziy

  1. A. Avloniy Е.

A. Fitrat

  1. Imom G’azzoliy oltinchi sezgi yoki ikkinchi yurak, yurak ichidagi yurak deganda nimani nazarda tutgan?

A. Tasavvufni V. Aqlni
S. Idrokni

  1. Faxmlashni

  2. Xayolni 14. Qaysi axloqiy mezon qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi?

A.Yaxshilik V. Yovuzlik
S.Ezgulik

  1. Adolat

  2. Huquq

  1. Zero dunyodagi xamma narsa - xodisalar kabi muxabbat ham nimaga muhtoj?

A. Insonga V. Go’zallikka
S. Parvarishga

  1. Munosabatga

  2. Yolg’onga

Mavzu: Estetika fanining ob’ekti, falsafiy mohiyati va kategoriyalar
Reja:

  1. Estetika” tushunchasi.

  2. Estetika faning ob’ekti, predmeti va funksiyalari. 3.Estetika kategoriyalarning o‘zaro aloqadorligi.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: estetika, dizayn xususiyatlari haqidagi bilimlarni shakllantirish.
O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalarga estetika xususiyatlari haqida dastlabki bilimlar berish hamda mazkur jihatlar estetika fanini o‘rganish ob’ekti ekanligi asoslab beriladi.
Estetika haqida tushuncha
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XYIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo‘lmish go‘zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag‘ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o‘z aksini topgan edi. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714­1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laybnits (1646­1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql - idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql-idrokni o‘rganadigan fan - mantiqning, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan - Axloqshunoslikning (etika) falsafiy fanlar tizimida ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his- tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos - «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» - «estetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
1-o‘quv topshiriq 3x4 organayzerini to‘ldiring
Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.
Estetika -bu
Estetikaning mezoniy tushunchalari
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. SHu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero, go‘zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo‘lolmaydi. Masalan, ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga, miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo‘rkonidan zavqlanolmaysiz. Yoki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan Axlat «tog‘i»ga qarab zavqlanmaysiz. Chunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog‘ esa, tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mo‘rkonida ham, Axlat «tog‘»ida ham hajm, miqdor bor-u, lekin bir narsa - go‘zallik etishmaydi. Minora bilan tog‘dagi hajmni mahobatga aylantiruvchi unsur, bu - go‘zallik. Fojiaviylik xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlitsda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz qo‘shinlari to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini mahkam siqib, ko‘m-ko‘k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit - bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu - go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining o‘limi - fojiaviylik, o‘limning qahramonlikka aylanishi - ulug‘vorlik; fojiaviylik bilan ulug‘vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa, go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik vujudga kelgan. SHuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go‘zallik yuqorida keltirilgan estetik xususiyatlar va tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl qilmaydi, faqat ularning hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti - go‘zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi ana shu go‘zallikni aks ettirish hisoblanadigan san’at ham o‘z navbatida nafosatshunoslikning keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling