Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet22/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

Qisqartmalar bosh harf bilan yoziladi: BMT, SHHT, O‘zMU, UrDU kabi.




  1. Gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi: “Mahbub ul-qulub” Alisher Navoiyning durdona asaridir. Bu asar 1500-yilda yozilgan.

VII bo‘lim. KO‘CHIRISH QOIDALARI. (75-82-bandlar)





  1. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, u keyingi satrga ko‘chirilmaydi, oldingi satrda yolg‘iz o‘zi qoldirilmaydi ham: a-badiy emas aba-diy, mudofa-a emas mudo-faa.




  1. Ikki unli o‘rtasida kelgan qo‘sh undoshning ikkalasi ham keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya.



  1. Ikki unli o‘rtasida uch undosh kelsa, birinchi undoshni oldingi satrda qoldirib, qolgan ikki undoshni keyingi satrga ko‘chiramiz: silin-drik.



  1. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shay-von, ma-i-shat, pi-choq, si-ngil, ko‘-ngil, de-ngiz. Lekin jo‘nalish kelishigi (-ga) so‘z tarkibida n undoshi bilan yonma-yon kelsa, buni ng deb hisoblamaslik kerak va bu quyidagicha ko‘chiriladi: men-ga, tan-ga, sen-ga, kon-gress kabi.



  1. Qisqartmalar, ko‘p xonali sonlar satrdan satrga ko‘chirilmaydi: AQSH, BMT, MDH, ToshDU, 245, XIX.



  1. Harfdan iborat shartli belgi o‘ziga tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-“A” sinf, 15 gramm, 90 sm.



  1. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: “Navro‘z”-2021, “O‘qituvchi”-2021, “Nihol”-2021.




  1. Download 451.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling