Burun II – avval, oldin, qadim
Burun III – geografik hudud
Davlat I – mamlakat
Davlat II – mol-dunyo, boylik
Ellik I – son
Ellik II – biror elga mansub bo‘lgan, chet ellik mehmon
Erish – erimoq
Erish II – asl, odatdagi holga to‘g‘ri kelmaydigan, g‘alati
Etiket I – biror jamiyatda yoki ijtimoiy guruhda qabul qilingan muomala, odob-axloq, marosim tartib-qoidalari
Etiket II – etiketka, yorliq
Farq I – tafovut, noo‘xshashlik
Farq II – boshda sochning ikki tomonga tarashdan hosil bo‘ladigan yo‘li
Fe’l I – inson fe’l-atvori, xulq
Fe’l II – so‘z turkumi
Gaz I – 0.71 metrga teng uzunlik o‘lchovi
Gaz II – yengil modda
Gazak I – yaraning yiringlagan holati
Gazak II – ichkilikdan keyin yeyiladigan yegulik (zakuska)
Gap I – so‘zlar orqali bayon etiladigan fikr
Gap II – ziyofat; ulfatchilik oshi
G‘oz I – parranda
G‘oz II – kuch, kaloriya, g‘ozi yo‘q ovqat – kuchi yo‘q ovqat
Hadis I – Muhammad (a.s.)ning so‘zlari
Hadis II – biror ishning to‘g‘ri bajariladigan yo‘l-yo‘rig‘i. Sattorjon bu ishning hadisini olgan.
Havo I – yer sharini qamragan, asosan, azot va kisloroddan iborat modda
Havo II – kibr, kalondimog‘lik
Havo III – kuy, ohang
Iborat I – tashkil topgan, tuzilgan
Iborat II – ibora; so‘z, so‘zlar (eskirgan so‘z)
Iroq I – uzoq, olis
Iroq II – Shashmaqom tizimidagi oltinchi maqom
Jiz I – taqlid so‘z
Jiz II – taom turi, jiz-biz
Jir I – moy, yog‘
Jir II – qo‘shiq
Jir III – janjal, baqiriq. Jirillama!
Jo‘ra I – do‘st, ulfat
Jo‘ra II – bir kiyimlik ikki bo‘lakdan iborat ipakli mato
Kadr I – xodim, ishchi
Do'stlaringiz bilan baham: |