narsaning nomi shu narsa ichidagi boshqa bir narsaga ko‘chiriladi: auditoriya kuldi (aslida, xona ichidagi odamlar kuldi ma’nosida), samovarda o‘tirdik (aslida, samovar emas, shu samovar joylashgan choyxona ma’nosida), bir laganni o‘zim yedim (aslida, lagan emas, shu lagan ichidagi osh ma’nosida);
narsaning nomi shu narsaga asoslangan o‘lchov birligi nomiga ko‘chiriladi: besh qop oldim (aslida, qop emas, shu qop ichidagi biror bir mahsulot ma’nosida);
aksincha, o‘lchov birligi nomi shu o‘lchov birligi bilan bog‘liq bo‘lgan narsa nomiga ko‘chiriladi: 95 ichdim (aslida, 95 ichilmagan, 95 navli choy ichilgan);
muallifning nomi uning asarlariga ko‘chiriladi: Navoiyni ko‘p mutolaa qildim (aslida, Navoiyni emas, Navoiy asarlarini ma’nosida);
o‘simlikning nomi shu o‘simlik mevasidan yoki boshqa biror qismidan tayyorlangan mahsulotga ko‘chiriladi: Kechirasiz, bir finjon qahva bersangiz (aslida, qahva emas, qahva ichimligi, kofe ma’nosida);
harakat yoki uning natijasi shu harakatni bajarishdagi vosita, qurol bilan almashtiriladi: Uning perosi qasos o‘ti bilan yonardi (aslida, pero yonmaydi, pero egasining kimdandir alamzada ekanligi ma’nosida);
biror narsani u yasalgan material bilan almashtirish tushuniladi: Botirlar qo‘lida po‘lat shirqillar (aslida, po‘lat emas, po‘latdan yasalgan qilich ma’nosida);
ma’lum mamlakatda, davlatda yoki ma’lum o‘rinda yashab turgan kishilar ma’nosi davlat yoki mamlakat nomiga ko‘chiriladi: Navoiyning motam marosimiga butun Hirot keldi (aslida, Hirot kelmaydi, Hirotda yashaydigan aholi ma’nosida); Majlisga butun qishloq keldi (aslida, qishloq kelmaydi, shu qishloqda yashaydigan aholi ma’nosida);
vaqtga ko‘ra ko‘chiriladi: yarim yillik topshirdim (aslida, yillik emas, imtihon ma’nosida).
Do'stlaringiz bilan baham: |