Ijtimoiy hodisa
Tovon I – keltirilgan zararni qoplash uchun olinadigan pul yoki narsa Tovon II
Download 451.19 Kb.
|
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tom I
- Tush I
- Un II
- Xonim II
- O‘ymoq I
- O‘t IV
- Chang I
- Bosh ko‘tarmoq I
- Umumiy ma’no Xususiy ma’nolar Ijobiy
- Lug‘aviy (leksik) Sinonimlar Affiks (grammatik) Sinonimlar
- Asil
- Bajarmoq
- Boshliq
Tovon I – keltirilgan zararni qoplash uchun olinadigan pul yoki narsa
Tovon II – oyoq kaftining orqa qismi Tok I – elektr toki Tok II – uzum o‘simligi Tol I – daraxt Tol II – uzun va ingichka ma’nosida. Kokillarim tol-tol. Tol III – tolmoq, charchamoq Tol IV – kuchli portlovchi modda Tom I – suv tomdi Tom II – tom ma’no Tom III – uyning tomi Topishmoq I – o‘yin turi Topishmoq – birgalik nisbat. Narsamni topishib yubor. Tor I – keng emas Tor II – rubob Tor III – rubob simi Tur I – o‘rningdan tur Tur II – xil, nav Tur III – musobaqa turi. Birinchi tur o‘yinlari yakunlandi. Tush I – uyqudagi psixik hodisa Tush II – pastga tush Tush III – obed (rus.) To‘p I – koptok To‘p II – to‘da To‘p III – zambarak To‘y I – to‘y-hasham To‘y II – to‘ymoq fe’li To‘r I – baliqchilar quroli To‘r II – Qani, to‘rga o‘ting. Un I – bug‘doy uni Un II – ovoz, sas Ustun I – tomni ko‘tarib turuvchi tik tayanch yog‘och Ustun II – biror jihatdan yuqori, baland Uch I – nayzaning uchi Uch II – son Uch III – uchmoq fe’li Xayr I – xayrlashganda aytiladigan so‘z Xayr II – xayr-ehson Xonim I – ayollarga hurmat yuzasidan aytiladigan so‘z Xonim II – taom turi Xor I – kamsitilgan, xor qilingan Xor II – vokal ashulalarni birgalikda ijro etuvchi 12 kishilik jamoa, ansambl Yosh I – ko‘z Yoshi Yosh II – insonning umr yoshi Yuz I – inson yuzi Yuz II – son Yutmoq I – g‘alaba qozonmoq Yutmoq II - suvni, ovqatni yutmoq O‘ymoq I – biror narsa bilan kovlab, chuqur hosil qilmoq O‘ymoq II – angishvona (shev.) O‘lmoq I – hayoti tugamoq O‘lmoq II – bo‘lmoq. Oshiq o‘ldum sanga. O‘pka I – nafas olish a’zosi O‘pka II – gina O‘pka – hovliqma O‘t I – olov O‘t II – maysa, o‘simlik O‘t III – o‘tmoq fe’li O‘t IV – jigardan ajralib chiquvchi achchiq suyuqlik, inson o‘ti O‘ch I – qasd O‘ch II – nihoyatda berilgan Shayton I – iblis Shayton II – duradgorlik va binokorlik ishlarida sathning tekisligini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob Chang I – chang-to‘zon Chang II – musiqa asbobi Chek I – oxir, poyon, yakun. Tafakkurning cheki yo‘q Chek II – bank cheki Chopmoq I – o‘tin chopmoq, yer chopmoq Chopmoq II - yugurmoq Cho‘g‘ I – yonib bo‘lib, alangasi so‘lgan o‘tin, ko‘mir Cho‘g‘ II – salmoq, chama. Bu pulingning cho‘g‘i kam-ku, bolam. OMONIM IBORALAR LUG‘ATI Bosh ko‘tarmoq I – uyqudan boshini ko‘tarmoq Bosh ko‘tarmoq II – qo‘zg‘olon Dam bermoq I – balonga havo to‘ldirish Dam bermoq II – nafas rostlash Ko‘z yummoq I – o‘lmoq Ko‘z yummoq II – ko‘rib ko‘rmaslikka olish § ANTONIMLAR Antonimlar anti – “zid”, anoma – “nom”, ya’ni “zid ma’noli nom” degan ma’noni bildiradi. Masalan, yaxshi-yomon, katta-kichik. Antonim so‘zlar ham xuddi sinonimlardek bir turkum doirasida yuzaga keladi: yaxshi-yomon (sifat), oz-ko‘p (ravish) va h.k. Antonimlar tub va yasama bo‘ladi: baxtli-baxtsiz (yasama), yaxshi-yomon (tub), baland-past (tub) Antonimlar uchun quyidagi 3 xil belgi bo‘lishi shart: Shakliy jihatdan har xillik: uzoq-yaqin (shakli har xil); Ma’nosi jihatdan har xillik: mazali-bemaza, yosh-qari (ma’nolari har xil); Ma’nodagi o‘zaro zidlik: achchiq-shirin, qorong‘u-yorug‘ (ma’nosi bir-biriga zid). Antonimlar badiiy uslubda qo‘llanilib, qarama-qarshi tushuncha tazod san’atini yaratish uchun xizmat qiladi: Podshoh yo‘qlatsalar nogoh gado deb axtaring, Tutmang hargiz nomimni baxtiqaro deb axtaring. Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon emish, Mening jonim olib ag‘yorga oromijon emish. (A. Navoiy) / § SINONIMLAR Shakli har xil bo‘lib, ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlar sinonimlar deyiladi: aylanmoq-kezmoq-sayr qilmoq. Bir umumiy ma’nosi bilan o‘zaro bog‘lanuvchi so‘zlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Bu qatorda ikki yoki undan ortiq so‘z bo‘lishi mumkin. Bu qatordagi ma’nosi betaraf, ko‘p qo‘llanadigan asosiy so‘z dominant, ya’ni bosh so‘z deb ataladi: YUZ (DOMINANTA) – aft, bet, turq, bashara, chehra, chiroy, oraz, ruxsor. Sinonimlar gapda takrorga yo‘l qo‘ymaydi. Ular nutqni ta’sirli bo‘lishiga yordam beradi va bu sinonimlar bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi. Sinonimik qatorni tashkil etgan so‘zlarning ayrimlari tub, ayrimlari yasama bo‘lishi mumkin: his-tub so‘z, sezgi-yasama so‘z; savol-tub so‘z, so‘roq-yasama so‘z. Sinonimik qatordagi ayrim so‘zlar eskirgan bo‘lishi ham mumkin: odat, rasm, urf, fan (eskirgan).
SINONIMLARNING TURLARI
QISQACHA SINONIMLAR LUG‘ATI Asil – sara, sarxil, xil (shaxsga nisbatan), mumtoz (kitobiy uslubga xos), poshsha (poshsha qiz) Avaylamoq – ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz qilmoq, papalamoq (po‘palamoq) Ayyor – mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston Azob – aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam Bajarmoq – ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq Balo – usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon Boplamoq – qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq Boshliq – rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo Jilmaymoq – kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq Juda – g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p (ho‘b), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, o‘lgu(n)day, o‘larday, o‘larcha, qattiq Download 451.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling