Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet45/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

TERS (CHAPPA) LUG‘AT. So‘zlikdagi so‘zning yozilishiga ko‘ra oxirgi harfidan boshlab alfavit tartibiga ko‘ra olib ko‘rsatilgan lug‘at. Bunday lug‘atlar ma’lum qo‘shimcha bilan yasalgan so‘zlarni va qofiyadosh so‘zlarni to‘plab berish uchun ishlatiladi.


MORFEM LUG‘AT. So‘zlikdagi so‘zning ma’noli qismlarini ajratib ko‘rsatish uchun tuzilgan lug‘atdir: yirik+-lash+-moq, ter+-im+-chi+-lar+-ga. Bunday lug‘at 1976-yilda nashr etildi.


CHASTOTALI LUG‘AT. So‘zlikdagi so‘zning ishlatilish foizi (%)ni ko‘rsatish uchun tuzilgan lug‘atdir. Bunday lug‘at 1972-yilda nashr etildi.


FRAZEOLOGIK LUG‘AT. Maxsus filologik lug‘atning bir turi bo‘lib, bunga Shavkat Rahmatullayevning “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” misol bo‘la oladi: aqldan ozmoq – jinni bo‘lmoq


TERMINOLOGIK LUG‘AT. Ma’lum bir sohaga tegishli so‘zni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli va tarjima ko‘rinishga ega. Azim Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati” bunga misol.
Bundan tashqari, o‘zbek tilida omonimlar, sinonimlar, antonimlar va paronimlar lug‘ati ham mavjud. Shuningdek, “Navoiy asarlari izohli lug‘ati” ham mavjud.


O‘ZLASHMA SO‘ZLAR LUG‘ATI. Bunda o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadi. Bu lug‘at izohli lug‘atning bir ko‘rinishidir. O. Usmonov, R, Doniyorov tomonidan 1965-yilda nashr etilgan “Ruscha-internatsional so‘zlar lug‘ati”da rus va boshqa yevropa tilidan kirib kelgan so‘z izohlanadi.



  • o‘zbek tilida mavjud barcha so‘zlar yig‘ilsa, 100-120 mingdan oshib ketadi.

19-DARS. BARQAROR BIRIKMALAR. TASVIRIY IFODA




§ Barqaror birikmalar
Ikki va undan ortiq so‘zlarning o‘zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo‘lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi.
Og‘zi ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema hayron bo‘lmoq leksemasiga teng keladi. Yoki Dehqon bo‘lsang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda maqoli ham barqaror birikma sifatida tilimizga tayyor holda olib kiriladi.



Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling