Ko‘kragini yerga bermoq – umidsizlanib yotib olmoq
Ko‘nglini yozdi – gapirib ko‘nglidan g‘ashlikni tarqatmoq
Ko‘nglida kiri yo‘q – samimiy, beg‘araz
Me’dasiga tegmoq – tanasi qabul qilmaslik
Misi chiqdi – yolg‘onchiligi, soxtaligi fosh bo‘lmoq
Oro bermoq – ko‘rinishini chiroyli qilmoq
Oqko‘ngil – yaxshi niyatli
Podadan oldin chang chiqarmoq – hovliqmalik bilan muddatidan oldin gapirib qo‘yish
Pixini yorgan – quv, o‘taketgan uddaburon
Qildan qiyiq topmoq – kamchiligi yo‘q kishidan nuqson qidirish
Qulog‘i tom bitmoq – eshitmaslik, kar bo‘lib qolish
So‘z bermaslik – boshqalarga imkon bermaslik
Tegirmonga tushsa, butun chiqmoq – epchil
Taqdirga tan bermoq – ko‘nikish
Tomdan tarasha tushganday – to‘satdan, qo‘qqisdan
Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – umidsizlandi
Yulduzni benarvon urmoq – uddaburon, qobiliyatli
Yer tagida ilon qimirlasa bilish – nihoyatda ziyrak, sezgir
Yuragi toza – yaxshi niyatli
2. MAQOLLAR. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandchiligi natijasida yuzaga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi: Shamol bo‘lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi, Bolta tushguncha, kunda dam oladi.
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutq jarayoniga qadar tilda tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud bo‘ladi.
3. MATALLAR. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to‘g‘ri ma’noda qo‘llanadigan xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi: Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘. Qimirlagan qir oshar.
4. HIKMATLI SO‘ZLAR (Aforizmlar). Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalqning turmush tajribasiga tayanib, ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan qisqa, obrazli barqaror birikmalarga hikmatli so‘zlar (aforizmlar) deyiladi.
Hikmatli so‘zning muallifi aniq bo‘lsa, maqol yoki matalning muallifi noma’lum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |