ENSIKLOPEDIK LUG‘ATLAR (Qomusiy)
FILOLOGIK LUG‘ATLAR (Lingvistik)
Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o‘z ichiga olsa, ensiklopedik (qomusiy) lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z ichiga olsa, filologik lug‘at hisoblanadi.
1. Ensiklopedik lug‘at va ulardan foydalanish. Bu lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar o‘z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi. Bunday lug‘atlar so‘zni o‘rganishga qaratilgan emas. 1971-1980-yillar oralig‘ida “O‘zbek-sovet ensiklopediyasi”ning 14 jildlik nashri nashrdan chiqqan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, 2000-2006-yillarda 12 jildlik “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi.
2. Filologik lug‘atlar va ularning turlari. Bunday lug‘atlar, avvalo, izohli va tarjima lug‘atlarga bo‘linadi.
Izohli lug‘at. Bu so‘zlikda berilgan so‘zning grammatik xususiyatlari, leksik ma’nolari, shu so‘z qatnashgan frazeologik birliklarning ma’nolari haqida izoh beradi. Bu lug‘atlar o‘z ichida:
Umumiy lug‘atlar. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar.
Tarmoq lug‘atlar. Ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab qo‘llangan lug‘atlar: kasb-hunarga oid lug‘atlar, ma’lum bir fan bo‘yicha atamalar lug‘ati.
Izohli lug‘atga misollar:
1981-yil Moskvada nashr qilingan 2 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (60.000 so‘z)
2001-yil Toshkentda nashr qilingan 5 jildlik “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (80.000 so‘z)
Tarjima lug‘at. Bunday lug‘atlar ham 2 xil:
Do'stlaringiz bilan baham: |