Ijtimoiy hodisa
Kasal – betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq Tovush –
Download 451.19 Kb.
|
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla
- Bu sahifa navigatsiya:
- § UYADOSH SO‘ZLAR (Tanosub)
- § Atamalar Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llaniladigan so‘zlarga atamalar
- KASBIY ATAMA.
- Shifokorlik kasbi
- ICHKI IMKONIYAT: ilgari ishlatilib keyin ishlatilmay qolgan so‘zlarni qayta faollashtirish
- Asl turkiy
Kasal – betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq
Tovush – un, sas, sado, nido, sazo Ovqat – taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat Tayyor – muhayyo, taxt, shay, hozir Vaqt – payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza Vatan – mamlakat, yurt, diyor, el, mulk § PARONIMLAR Shakli va talaffuzi bir-biriga o‘xshash va yaqin bo‘lib, bir harf yoki bir belgi bilan farqlanib, ma’nolari turlicha bo‘lgan so‘zlar paronimlar deyiladi: asr-asir, chopon-cho‘pon; Paronimlar bir xil so‘z turkumi doirasida yoki turli xil so‘z turkumi doirasida bo‘lishi mumkin: zirak (ot) – ziyrak (sifat), chopon (ot) – cho‘pon (ot); Paronimlarni ikki xil yozilishga ega bo‘lgan, ammo ma’nosi bir xil bo‘lgan dubletlardan farqlash kerak: aroba-arava, gado-gadoy, boyqush-boyo‘g‘li, kaptar-kabutar, ajdar-ajdaho – DUBLET Paronimlar badiiy adabiyotda qofiya sifatida ishlatiladi: PARONIM SO‘ZLAR LUG‘ATI
§ UYADOSH SO‘ZLAR (Tanosub) Bir turdagi narsa, belgi, harakatni atab keluvchi, bir ma’noviy guruhga mansub so‘zlardir. Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar uyadosh so‘zlar deyiladi, o‘z ichiga oluvchi so‘z esa uya so‘z deb yuritiladi. Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. - ota, ona, momo, bobo, aka, uka, amaki, tog‘a, amma, xola… (QARINDOSHLIK) - olma, uzum, anjir, noshvati, shaftoli, o‘rik, olxo‘ri… (MEVA) - suvoqchi, duradgor, bo‘yoqchi, pardozchi, etikdo‘z, misgar… (KASB) - ona tili, adabiyot, matematika, fizika, tarix, rus tili, chet tili… (FAN) - qulun, toy, do‘nan, ot, biya, qorabayir, ayg‘ir, qirchang‘i, baytal… (OT) 17-DARS. ATAMALAR. O‘ZBEK TILINING BOYISH MANBALARI. NOMSHUNOSLIK § Atamalar Ma’lum bir fan yoki kasb-hunar doirasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llaniladigan so‘zlarga atamalar deyiladi. Atamalar qo‘llanishiga ko‘ra: ilmiy atama; kasbiy atama. ILMIY ATAMA. Ma’lum bir fan doirasida qo‘llanadigan atamalardir. Bunday atamalar 2 xil yo‘l bilan hosil bo‘ladi: umumxalq tilidagi so‘zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilinadi. Natijada, bunday so‘zlar umumxalq tilida bir ma’noni, fan tilida esa boshqa ma’noni bildiradi: ot, ildiz, hol, fe’l, ega, to‘ldiruvchi va h.k. boshqa tillardan ilmiy tushuncha uchun atama bo‘lish orqali hosil qilinadi. Bular faqat shu fan sohasidagina ishlatilib, umumxalq tilida ishlatilmaydi: kasr, musbat, manfiy, morfema, fonema, oksid, valentlik, formula. KASBIY ATAMA. Ma’lum bir kasb-hunar sohasida aniq bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlarga kasbiy atama deyiladi. O‘qituvchilik kasbi atamalari: jurnal, daftar, kundalik, konspekt, yillik ish reja, metodbirlashma, baho va h.k. Shifokorlik kasbi atamalari: ukol, dori, xalat, retsept, tashxis, patsiyent, palata, narkoz, fonendoskop, farmasevtika Haydovchilik kasbi atamalari: mashina, shina, oyna, fara, rul va h.k. MUQOBILLIK ASOSIDA QO‘LLANADIGAN ATAMALAR: aksiya – hissa, aksioner – hissador, kanselyariya - devonxona, pechat – muhr, gimn – madhiya, tamojnya – bojxona. § O‘zbek tili lug‘atining boyish manbalari O‘zbek tili leksikasi bir qancha manbalar asosida boyib boradi. Ularni, eng avvalo, 2 katta guruhga ajratish mumkin: ICHKI IMKONIYAT: ilgari ishlatilib keyin ishlatilmay qolgan so‘zlarni qayta faollashtirish: vazir, noib, hokim, tuman, viloyat. yasovchi qo‘shimchalar bilan boyishi (bunda yangi so‘z hosil bo‘ladi va til boyiydi): ish+ -la=ishla, pudrat+-chi=pudratchi, kitob+-xon=kitobxon, baxt+-li=baxtli va h.k. dialektal (shevaga xos) so‘zlarni faollashtirish: mengzamoq – o‘xshatmoq, tenglashtirmoq. TASHQI IMKONIYAT: O‘zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda hech bir til yo‘qki, yangi so‘z hosil qilishda boshqa tillardan so‘z olmasa, o‘zlashtirmasa. O‘zbek tili ham bundan mustasno emas. Keyingi davrda tilimizga yevropa tillaridan bir qancha so‘zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi: monitoring, diler, skaner, audit, kompyuter va h.k. Asosan, boshqa tillardan so‘z olish arab, fors-tojik, rus tillari va boshqa tillar hisobidan amalga oshmoqda. Aslida, ma’lum bir so‘zning qaysi tildan kirib kelganini topish qiyin. Ayrim so‘zlarning shunday belgilari borki, ular o‘zining qaysi tilga mansub ekanligini “sezdirib qo‘yadi”. Quyida ular bilan tanishamiz. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar: ikki unli qator yoki qo‘sh qo‘llanadi: mushoira, maorif, shoir, muallim, oila, oid, taomil va h.k.; tutuq belgisi qo‘llanadi: ta’lim, she’r, ash’or, ma’no, ra’y, mas’uliyat va h.k.; –iy (-viy), -an, -at, -ot qo‘shimchalarini qo‘shish mumkin: ilmiy, axloqiy, dunyoviy, majburan, madaniyat, mavjudot va h.k.; o‘zakdoshini topsa bo‘ladi: xalq, axloq, xilqat, maxluq, xaloyiq; maktab, maktub, kotib, kitob. Fors tilidan o‘zlashgan so‘zlar: so‘z oxirida jarangsiz undoshdan so‘ng “t” tovushi keladi: daraxt, poytaxt, go‘sht, kaft, kift (yelka), past… kam, poy, bad, ob asoslari qatnashadi: kamtar, kamgap, kampir, poytaxt, poyga, poyabzal, poygak; badbo‘y, badnafs, badro‘y, badjahl; xarob, noyob, kamyob, oftob, obdasta, mirob… quyidagi so‘zlar ham fors-tojikcha: barg, shirin, tilla, gul, qog‘oz, kimxob, murg‘ak, dono, kaptar, panja, farmon, peshona, baho, istara, chorpoya, olov, chopon, kissa, dasta, buqa, jild, oftob, osmon… Asl turkiy so‘zlar: yig‘och, ko‘k, ko‘klam, buyruq, chechak (gul). Ruscha-baynalmilal so‘zlar: biznes, broker, diller, firma, budjet, salut… Xitoycha so‘z: Choy – yashil barg. Download 451.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling