Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi
Download 45.22 Kb.
|
Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Xalqaro moliya
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIMI VAZIRLIGI ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI “IJTIMOIY-IQTISODIY FANLAR KAFEDRASI” “Moliya” fanidan KURS ISHI MAVZU: Xalqaro moliya Bajardi: Bank ishi va audit ____ guruh talabasi ______________________________ Qabul qildi: _____________________________ (Oʻqituvchining lavozimi, F.I.Sh.) Qabul qilib olingan sana “____”______________ 2022-y. Andijon – 2022-y. Xalqaro moliya Reja:
Kirish Asosiy qism: Xalqaro moliyaning mohiyati Xalqaro moliyaviy institutlar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mamlakatim izda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy iqtisodiyotni yangi davr darajasiga ko‘tarish, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tarm oqlarini vujudga keltirish va jahon iqtisodiyoti integratsiyasiga jadal kirib borish xalqaro moliya munosabatlarini barqaror rivojlantirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy texnika-texnologiyalarni joriy qilish va shu asosda raqobatbardoshlikka erishish, jahon bozorlaridan m ustahkam o‘rin egallash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirish kabi vazifalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq. Mazkur masalalarni ijobiy hal qilishda mamlakatning xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki muhim o‘rin tutadi. Moliya tizimining xususiyati shundaki, u nafaqat alohida olingan mamlakat yoki hududda yuzaga keladi, balki xalqaro ko’lamda ham amal qiladi va xalqaro moliya tizimi deyiladi. Xalqaro moliya - xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog'ozlar portfelini boshqarish va shular bilan bog'liq munosabatlarni o'rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi moliyaviy operatsiyalar va ularning o'zaro aloqadorligi, yirik industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o'tish davlatlarida ularning qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o'zgarishlarni tushuntiradi. Xalaqaro moliya – o’zida obyektiv asosga ega bo’lgan maxsus moliyaviy munosabatlarni aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosini mamlakatlararo quyidagi ko’rinishdagi xalqaro moliyaviy oqimlar tashkil qiladi: Tovar va xizmatlar eksportidan valyuta daromadlari tushumlari va import qilinayotgan tovar va xizmatlarga to’lovlar bo’yicha pul oqimlari. Bu oqimlar xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasini aks ettirishi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli ekan demak, ular mamlakatlararo pul oqimlarini aks ettiradi; Kredit mablag’larining oqimi, ular ikki tomonlama hisoblanadi: bir tomon kreditlar taqdim etadi, ikkinchi tomon esa bu kreditni foizlari bilan to’laydi. Shunday qilib, mazkur oqimlar bazasida mamlakatlar o’rtasidagi moliyaviy resurslar harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi, bir tomondan, valyuta kurslari bilan ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi. Biroq, yuqoridagilar xalqaro harakterga ega bo’lgan moliyaviy resurslarni paydo bo’lishi, ishhlatish sabablari va asoslarini to’laligicha namoyon eta olmaydi. «Xalqaro moliya»ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg'u beriladi. Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining xalqaro moliya tizimidagi o'rni, holati, tashqi moliyalashtirish mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatiari ko'rib chiqiladi. XX asrning so'nggi yillarida sobiq Ittifoqning parchalanishi, mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning sifat jihatdan yangi bosqichga chiqishi, milliy xo'jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayoniarining jadallashuvi yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo'jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnoiogik to'siqlar yo'qolishiga, uning o'rniga xalqaro iqtisodiy xo'jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo'jalikning funksional aloqalarini tatbiq etilishiga olib kelmoqda. Mamlakatlar hayotidagi globallashuv-iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo'lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhitining shakllanishiga ta'sir etgan sezilarli o'zgarishlar sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin: 1) 1957 yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling ustidan nazorat o'matishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining yuzaga kelishi; 2) 1958 yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YeIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (Yl) tashkil topishi; 3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga intilishi (1950 yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o'sishi, shuningdek, xalqaro maydonda Amerika korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o'rtasida raqobatning kuchayishi; 4) O'tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez sur'atlar bilan o'sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi; 5) 1971-1973 yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi tizimidan suzuvchi valyuta kurslariga o'tish; 6) 1971-1979 yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari jahon iqtisodiy tizimiga bosim o'tkazishi. Ushbu sanalarda neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi; 7) Rivojlanayotgan mamlakatlarning 1982 yilda tashqi qarzlarga xizmat ko'rsatishi bilan bog'liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi; 8) 1980 yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch vajahon kapitalining manba'si sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi; 9) 1987- yilda yettita mamlakatning (< 10) 1987 yilda YeIH yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali 1992-yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi. Bunda, mazkur tashkilotning G'arbiy Yevropa rnoliyaviy va iqtisodiy holatiga sezilarli ta'sir etishi kutildi; 11) 1989-1992 yillarda Sharqiy yevropa rnarnlakatlari o'z siyosiy yo'nalishlarini o'zgartirishi. Ularning kornrnunistik dunyoqarashdan ko'p partiyaviylikka, rnarkazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o'tishi, jahondagi siyosiy, iqtisodiy va rnoliyaviy holatga chuqur ta'sir etdi; 12) 1992 yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga kelishi, 1993 yil noyabr oyidan erkin savdo bo'yicha Shimoliy Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993-yilda Osiyo Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar o'tgan asrning 90- yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi; 13) yevropa Ittifoqining yagona valyutasi yevroning muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zaxiralarining diversifikatsiya darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko'lamiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek, yevrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar hajmi dunyoda yetakchi o'rinni egalladi. XXI asr bo'sag'asida jahon iqtisodiyotida to'rtta asosiy tarkibiy tendensiyalar kuzatildi: Birinchidan, xom-ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlardagi o'zgarishlar. Xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o'rtasida an'anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo'lib, ularning o'zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi malakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar. O'tgan asrning 70-yillarida «Rim klubi» nomi bilan mashhur G'arbiy Yevropa olimlari «dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi», deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib ko'pgina xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar xom-ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo'jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom-ashyoga bo'lgan talabning qisqarishiga ta'sir ko'rsatdi va natijada xom-ashyo bahosining pasayishi yuz berdi. Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo'l mehnatiga asosiangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tildi. lahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o'zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past rnalakali rnutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot alrnashuvining osonligi-tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag'batlantirdi. Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradoriigi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi. Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi. Ushbu o'zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez sur'atda o'sishi bilan yuz berdi. Xalqaro moliya statistikasining ma'lumotlariga ko'ra, jahon eksporti hajmi 1981 yildagi 2000 mlrd. AQSh dollaridan 1991 yilda 3447 mlrd. AQSh dollari darajasigacha o'sgan. Shu vaqt oralig'ida xalqaro obligatsiyalar emissiyasi 23 mlrd.dan 342 mlrd. AQSh dollariga o'sdi. Bundan tashqari, uchta yetakchi xalqaro moliya bozorlarida ko'plab xorijiy valyutalar aylanmasi sezilarli darajada o'sdi. 1986 yildan 1992 yilgacha Londonda xorijiy valyutaning kunlik o'rtacha aylanmasi 90 mlrd.dan 303 mlrd. AQSh dollarigacha ortdi. Shu davrda Nyu-Yorkdagi kunlik aylanma 50 mlrd.dan 192 mlrd.ga, Tokioda 48 mlrd.dan 128 mlrd. AQSh dollariga ortgan. Xalqaro kreditlar hajmining sezilarli darajada ortishi nafaqat xalqaro ayirboshlash ko'lamining ortishi, balki ishlab chiqarish maqsadlaridagi kreditga bo'lgan talabning ortishi bilan ham izohlanadi. 1970-yillarga kelib esa, xalqaro xususiy kreditlar joriy to'lov balansi defitsitini bevosita va bilvosita moliyatirish uchun ham foydalanila boshlandi. Xususiy firmalar bilan bir qatorda, hukumat, davlat tashkilotlari va korxonalari, xalqaro kredit tashkilotlari yirik qarz oluvchilarga aylandilar. So'nggi o'n yillikda xalqaro kapitallar bozori hisobidan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar yalpi to'lov balansi defitsitining qariyb 60 foizi moliyalashtirildi. 1970-yillarda xalqaro kapitaliar bozorining kengayishi xalqaro likvidlilik va moliyaviy mablag'larning xalqaro harakatining oshishiga sabab bo'ldi. 1971 yilning avgustiga kelib, AQSh hukumati oltinning AQSh dollariga erkin konvertirlanishini bekor qildi. Bu holat Amerika dollarining jahon bo'ylab keng qo'llanilishi va jahon valyutasiga aylanishiga sharoit yaratdi. AQSh hukumatining mazkur qaroridan so'ng, bir qator davlatlar valyuta kursining erkin suzish rejimini joriy qilishga kirishib ketdilar, ayrimlarida qat'iy belgilangan kurs rejimiga qaytish holatlari uchragan bo'lsa-da, bu holat vaqtinchalik ma'qullandi. 1973 yilda esa, suzish rejimi Yamayka konferensiyasida rasman tan olindi va XVFning a'zo davlatlariga istalgan kurs rejimini joriy qilish huquqi berildi. To'rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo'shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi. XX asrning 70-yillariga kelib, xalqaro moliya sohasida bir qator sifat o'zgarishlari yuz berdi va zamonaviy xalqaro valyuta-moliya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo'ldi. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o'zgarishi birinchi galda TNKlar faoliyati bilan bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida, moliyaviy resurslarning yanada oqiIona foydalanilishiga olib keldi. TMKlar o'zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo'l bilan tovar, xizmat, kapital va texnologiyalarini ish lab chiqarishga jalb etib, ushbu mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro harakatlarga ta'sir etdi. Qo'shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi. Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e'tirof etish zarur. O'tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon bozo riga integratsiyalashuvi uzoq muddatlijarayon hisoblanadi. Ba'zi milliy bozorlarning ochiq, ba'zilarining qattiq tartibga solinadigan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo'lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo'lgan ko'rinishni hosil qilmoqda. Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining erkinlashish an'anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat eksport va importni tartibga solishning ma'lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi-tarkibiy qayta qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o'tish, milliy xavfsizlikni ta'minlash-takror ishlab chiqarish uzluksizligini ta'minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta'minlash, shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish, shuningdek, byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo'lmoqda. Amaldagi bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko'ra, ko'proq tarkibiy siyosat o'tkazish vositasi hisoblanadi. Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g'oyasi (erkinlashuv) bilan proteksionizm o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki milliy xo'jalikni jahon xo'jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda ta'minlash maqsadida, xo'jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday aralashmaning shakl va nisbatlari, ma'lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globallashuv bilan birga, integratsiya jarayonlarining yana bir shakli-ma'lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy integratsiya yuz bermoqda. O'sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning transmilliylashuvi va integratsiya natijasida, eski-davlatlararo tartibga solish mexanizmi tubdan o'zgardi. Mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib, ko'pyoqlama tus olmoqda. Ammo, «milliy xo’jalik majmui», «mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari» tushunchalari o'z ma'nosini saqlab qolmoqda. Milliy xo'jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va iste'mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir. Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o'z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo'lib, boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko'r-ko'rona ko'chirib olish, yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo'llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon xo'jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg'or tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg'unlashtirish maqsadga muvofiq sanaladi. Download 45.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling