Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari
Download 309.98 Kb.
|
Банк иши Маърузалар курси 2 курс
7.2.Nobank kredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari.O‘zbekiston Respublikasida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda tijorat banklari bilan birga nobank kredit tashkilotlarini ham o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bu borada so‘nggi davrlarda keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 15 sentyabrdagi 50-sonli “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi, 2006 yil 20 sentyabrdagi 53-sonli “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunlari va ularga asoslangan holda Markaziy bank boshqaruvining 2010 yil 23 yanvardagi № 3/5 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom, Markaziy bank boshqaruvining 2021 yil 2 apreldagi № 5/10 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi” nizomlar nobank kredit tashkilotlari uchun zarur huquqiy mexanizmni yaratib, ular sonini tez sur’atlarda o‘sishiga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishiga qadar fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarini mikrokreditlash Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan va Adliya vazirligida tasdiqlangan nizomlar, tartiblar va yo‘riqnomalar, shuningdek, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ichki siyosatlari doirasida amalga oshirilar edi. Mazkur qonunnning qabul qilinishi bilan fuqarolarni va tadbirkorlik sub’ektlarini mikromoliyalashning huquqiy bazasi yanada takomillashdi. Chunki ushbu qonunnning asosiy maqsadi mikromoliyaviy xizmatlar bozorini rivojlantirish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kuchaytirish uchun ularni moliyaviy mablag‘lar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat, deb ko‘rsatib o‘tilgan. Mazkur qonunda mikromoliyalash, mikrokredit, mikroqarz va mikrolizing tushunchalari to‘liq ochib berilgan. Xusuan, mikromoliyalash-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshmaydigan summada mikrokredit, mikroqarz, mikrolizing berish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq boshqa xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatidir. Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar jumlasiga banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombard tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarini kiritish mumkin. Mikrokredit-qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng kam ish haqining ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablag‘laridir. Mikrokredit qarz oluvchiga pul mablag‘larini shartnomaga muvofiq muayyan maqsadlar uchun ishlatish shartlari asosida (maqsadli mikrokredit) beriladi. Mikroqarz-mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz baravari miqdoridan oshmaydigan summada muddatlilik va qaytarish shartlari asosida, shartnomada nazarda tutilgan hollarda esa, to‘lovlilik sharti asosida ham beriladigan pul mablag‘laridir. Mikrolizing-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan lizing oluvchining topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmatdir. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lizing to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. Mikrokredit tashkilotlari yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va diniy tashkilotlar tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Mikrokredit tashkiloti ta’sis hujjatlari asosida faoliyat ko‘rsatadi. Mikrokredit tashkilotining ta’sis hujjatlarida muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarga qo‘shimcha ravishda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: - mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat to‘g‘risidagi; boshqaruv organlarining tuzilishi va vakolatlari to‘g‘risidagi; mikrokreditlar, mikroqarzlar, mikrolizing berish va boshqa mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish uchun mablag‘larni shakllantirish manbalari to‘g‘risidagi; mikrokredit tashkilotida audit o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol- mulkdan shakllantiriladi. Mikrokredit tashkilotining ustav fondini shakllantirishda kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mikrokredit tashkiloti ustav fondining eng kam miqdori litsenziya olish uchun murojaat qilingan kunga qadar faqat pul mablag‘laridan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mikrokredit tashkiloti mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshiradi. Mikrokredit tashkilotiga litsenziya berish to‘g‘risidagi yoki litsenziya berishni asoslantirilgan holda rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish haqidagi ariza bilan murojaat qilingan va litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida qabul qilinadi. Mikrokredit tashkiloti litsenziya olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yoki uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak: Download 309.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling