Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar


Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari


Download 309.98 Kb.
bet28/84
Sana29.03.2023
Hajmi309.98 Kb.
#1308518
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
Bog'liq
Банк иши Маърузалар курси 2 курс

7.3.Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari


O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri - aholi bandligini ta’minlovchi va ularning turmush farovonligini oshiruvchi, mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismini yaratuvchi, iqtisodiyotning muhim sektori hisoblangan - kichik biznesni yanada rivojlantirish hisoblanadi.
Aynan, kichik biznes korxonalari iste’mol talabining o‘zgarishiga tez fursatda moslasha olish hamda vujudga kelayotgan yangi talablarni yirik korxonalarga nisbatan barvaqt qondira olishga ulguradi. Uning ana shunday afzalliklari sabab, rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning keng tadbirlar tizimi amal qiladi va innovatsion faoliyat sohasidagi taraqqiyotining faollashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun rivojlangan mamlakatlarda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi, aholi bandligidagi hamda jami korxonalar sonidagi ulushi yuqori salmoqni tashkil qiladi.
Kichik biznes jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.
Yurtimizda ushbu sohani rivoji uchun qulay tadbirkorlik muhiti yaratish va uni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Buning natijasida mazkur sohada yil sayin yutuq va iqtisodiy o‘sishga erishildi.
Kichik biznes sub’ektlari uchun doimo mablag‘ etishmovchiligi ularga bo‘lgan xos xususiyatlardandir. Hozirgi kunda tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda nobank tashkilotlari muhim o‘rin egallaydi. Bu esa, eng avvalo, ushbu tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Kichik biznes sohasini moliyaviy qo‘llab quvvatlashda tijorat banklari bilan birga mikrkredit tashkilotlarini g‘am o‘rni oshib bormoqda.
Mikrokredit tashkilotlari yuridik shaxslar va aholiga quyidagi mikromoliyaviy xizmatlarni ko‘rsatadi:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling