Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari
birligi hamda oʻzaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi
kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur boʻlgan hayotiy ne’matlarni
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya,
energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni oʻzlashtirish va
tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy
hayotda qoʻllanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qoʻlida saqlanib turishi va
yaratilgan moddiy boyliklarni oʻzlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini oʻzlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar
ishtirokchilari.
Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga oʻtishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk
shakllarining vujudga keltirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |