Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish
Download 150.15 Kb.
|
мустакил таълим бола хукуклари
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY ISHDA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH”
- Ma’qullangan”
- Taqrizchi: 1.K.Xonkeldiyeva - “Ijtimoiy” ish kafedrasi katta o‘qituvchisi, i.f.f.d. (PhD) Tuzuvchi
- Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fanidan mustaqil ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Oliy ta’limning 5520100-“Ijtimoiy ish” (Oilalar va bolalar bilan ishlash) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “IJTIMOIY ISHDA BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH” fanidan mustaqil ish mavzulari va uni bajarish bo ‘yicha uslubiy ko‘rsatma Farg‘ona-2022 “Tasdiqlayman” Farg‘ona davlat universiteti O‘quv-uslubiy kengashida muxokama qilingan va ma’qullangan Kengash raisi _________ __________________ Bayonnoma №__ “___” ______ 2022 y. “Ma’qullangan” Tarix fakulteti uslubiy kengashida muxokama qilingan va ma’qullangan Kengash raisi _________ __________________ Bayonnoma №__ “___” ______ 2022 y. ”Tavsiya etilgan” “Ijtimoiy ish” kafedrasi majlisida muxokama qilingan va tavsiya etilgan Kafedra mudiri _________M.Abduraxmonova Bayonnoma №__ “___” ______ 2022 y. Taqrizchi: 1.K.Xonkeldiyeva - “Ijtimoiy” ish kafedrasi katta o‘qituvchisi, i.f.f.d. (PhD) Tuzuvchi: 1. E.Tursunaliyeva - “Ijtimoiy ish” kafedrasi o‘qituvchisi. E.Tursunaliyeva - “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fanidan mustaqil ish mavzulari va uni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma. 2022 y. Mundarija Kirish ---------------------------------------------------------------------------- Mustaqil ishning maqsad va vazifalari-------------------------------------- Mustaqil ish mavzusini tanlash------------------------------------------------ Axborot uslubiy ta’minotni yaratish va ularni o‘rganish----------- Mustaqil ish rejasini tuzish-------------------------------------------------- Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash -------------------------------- Mustaqil ish matnini yozish----------------------------------------------------- Mustaqil ishni rasmiylashtirish--------------------------------------------- Mustaqil ish himoyasi----------------------------------------------------------- Mustaqil ishni baxolashning reyting mezonlari------------------------ Axborot uslubiy ta’minot------------------------------------------------- KIRISH Ta’lim – tarbiya jarayonini har tomonlama zamonaviy talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni yuqori asosda tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. Shu boisdan ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni boshqarishning nazariy asoslari va uning mexanizmlarini shakllantirishda “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fanining mazkur uslubiy ko’rsatmasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bakalavr darajasidagi malakali ijtimoiy ish kasbi mutaxassislari tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O‘quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri - bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan mustaqil ishini bajarish hisoblanadi. Mustaqil ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda ijtimoiy ish kasbining asoslari, mijoz bilan ishlash ko’nikmlari va munosabatlarini, ijtimoiy jarayonlarni, ta’lim-tarbiya masalalarni, jamiyatdagi ijtimoiy sohalardagi isloxotlarni, Ijtimoiy ishing huquqiy asoslari hamda kasbiy maxoratning nazariy asoslari, kasbiy mahoratni shakllantirishning joriy muammolarini mo’ljalga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot (axborot)lar to‘plash va ulardan foydalanish, bolalar huquqlarini himoya qilish faoliyatni tashkil qilish, rivojlantirish ko‘nikmasiga ega bo’lish, umumpedagogik ixtisoslik yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo‘yicha adabiyotlarni chuqur o‘rganadilar va o‘zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Ushbu uslubiy qo‘llanma “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fani bo‘yicha yangi namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan bo‘lib, unda kasb ta’limi yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning mustaqil ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko‘rsatma va maslaxatlar berilgan. Uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmada berilgan talablar mustaqil ishini hajmi, bo‘limlari, mavzuning nazariy ahamiyatini yoritishdagi asoslari ko‘rsatilgan bo‘lib, kasbiy pedagogikani oshirish va nazariy asoslarini yoritishdagi pedagogik talablarni o‘z ichiga oladi. Ushbu “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fanining mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmasini talabalarni ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini tashkil etishning omillaridan biri sifatida keltirish mumkin “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” fanidan mustaqil ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari Mustaqil ishining maqsadi-talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash xisoblanadi. Mustaqil ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: Bakalavrga “Ijtimoiy ishda bolalar huquqlarini himoya qilish” kursida talabaning zamon talabida ish ko‘rishga o‘rgatish, bo‘lg‘usi ijtimoiy ish sohasi vakillarini dunyoqarashini o‘stirish hamda soha bo‘yicha hujjatlar yuritish tartibi va mazmun mohiyatini tushuntirish, o‘z faoliyatari davomida hujjutlar bilan ishlash borasida amalga oshiriladigan ishlar haqida o‘rganishdir. Mustaqil ishini bajarish jarayoni o‘quv jarayonning ajralmas qismi bo‘lgani uchun to‘g‘ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun mustaqil ishini bajarish davomida talaba o‘z mexnatini quyidagi bosqichlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashi katta axamiyatga ega: Mustaqil ishi mavzusini tanlash; axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig‘ish va ularni o‘rganish; Mustaqil ishi mavzusi rejasini tuzish; mavzuga oid turli ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash; Mustaqil ishi matnini yozish; Mustaqil ishini rasmiylashtirish; Mustaqil ishini himoyasi; Mustaqil ishini bajarishda talaba o‘z ustida ishlashi bilan bir qatorda mustaqil ishi raxbarlari bilan maslaxatlashishi va tegishli ko‘rsatmalar asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur hisoblanadi. Download 150.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling