Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


Download 1.59 Mb.
bet53/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

Umumiy kasallik - bu nogironlik shaxs organizmining kasallanishi, mehnat faoliyati va burchi bilan bog'liq bo'lmagan holdagi baxtsiz hodisa natijasida mayiblanishi,jarohatlanishi, kontuziya olishi natijasida kelib chiqadigan holatdir. 
Mehnatda mayiblanish- mehnat faoliyatini bajarish bilan bog'liq holdagi mayiblanish, jarohatlanish natijasida kelib chiqadi. 
Kasb kasalligi - ishlayotgan kasbining inson salomatligiga ta'siri tufayli vujudga keladi. 
Harbiy xizmat vazifalarоni bajarish bilan bog'liq bo'lgan nogironlik- harbiy xizmat vazifalarni bajarish vaqtidagi yaralanish, kontuziya, shikastlanish, kasallanish natijasida paydo bo'lib, bu frontdagi nogironlik, urush harakatlarida qatnashgan nogironlik, baynalminal burchini bajarish vaqtidagi nogironlik va boshqalar bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-mayda qabul qilingan 249-sonli qarorining 2- ilovasiga asosan urush nogironlari va uОarga tenglashtirilgan shaxslar nogironligi deb yuritiladi.
Harbiy xizmatni o'tayotganda sodir bo'lgan nogironlik - harbiy xizmatni o'tash davriga to'g'ri kelib, nogironlikni kelib chiqish sababi, kasallanish, mayiblanish,jarohatlanish, yaralanish harbiy xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq bo'lmay, armiya nogironlari deb yuritiladi. 
Bolalikdan nogironlik-tug'mayoki 16 yoshga to'lguncha bo'lgan vaqtidagi kasallanish, mayiblanish tufayli nogiron bo'lib qolganda belgilanadi.Nogironlik guruhlari va sabablari Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari tomonidan belgilanadi.

9 - mavzu. Keksayish muammo sifatida
Reja:
1. Keksa yoshda tibbiy-ijtimoiy muammolar.
2. Keksa yoshdagi insonlarga qaratilgan ijtimoiy siyosatni shakillantirilishi.
3. Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa kishilarga munosabat prinsiplari.
4. Xorij mamlakatlarida keksa kishilarning ijtimoiy himoyasi. Keksalar bilan ijtimoiy ish.

Tayanch iboralar:
Keksayish muammo sifatida. Keksa yoshda tibbiy-ijtimoiy muammolar. Keksa yoshdagi insonlarga qaratilgan ijtimoiy siyosatni shakillantirilishi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining keksa kishilarga munosabat prinsiplari. Keksa va qari kishilar uchun xizmatlar va muassasalar. Xorijda qari va keksalarni uzoq muddatli parvarishlash tizimi. Keksa kishilar uchun kunduzgi markazlar. Horij mamlakatlarida keksa kishilarning ijtimoiy himoyasi. Keksalar bilan ijtimoiy ish.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling