Ijtimoiy ishga kirish fan majmuasi


– mavzu: AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida deviant


Download 1.59 Mb.
bet55/71
Sana25.01.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1119931
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
b9475ad9c0a2d5f6856ab9d8845e178a Ijtimoiy ishga kirish

10 – mavzu: AQSh va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida deviant
xulq-atvor o‘smirlar va bolalar bilan ijtimoiy ish
Reja:
1. Xulqiy og‘ish (deviantlik): tushuncha, sabablari va turlari. Jinoiy hulq va uning ko‘rinishlari. Sudlov tizimining voyaga yetmaganlar bilan munosabati (yuvinal yustitsiya).
2. Yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va bolalar bilan ijtimoiy ish.
3. Xorijda giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste'mol qiluvchi o‘smirlar bilan ijtimoiy ish.
4. Ijtimoiy jihatdan havfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga qaratilgan jinoyi adliya tizimi.

Tayanch iboralar:
Hulqiy og‘ish (deviantlik): tushuncha, sabablari va turlari. Jinoiy hulq va uning ko‘rinishlari. Sudlov tizimining voyaga yetmaganlar bilan munosabati (yuvinal yustitsiya). yevropa davlatlarida xulqiy og‘ishlari bo‘lgan o‘smirlar va bolalar bilan ijtimoiy ish. AQShda “xatar guruhi”dagi o‘smirlar va voyaga yetmagan huquqbuzarlar bilan ijtimoiy ish. Xorijda giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni iste'mol qiluvchi o‘smirlar bilan ijtimoiy ish. Xulqida muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlashda asosiy individual yondoshuv. Amaliy faoliyat davomida murakkab xulqli bolalar bilan ishlashda kuchli tomonlar nazariyasini qo‘llash. Ijtimoiy jihatdan havfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlarga qaratilgan jinoyi adliya tizimi.

Ijtimoiy ta’minotning Amerikaviy tizimi yaqqol ko`ringan ikkita yo`nalishga ega. bo’lib ijtimoiy sug`urta tizimi va ijtimoiy yordam tizimi. Ijtimoiy sug`urta dasturi yuqori mavqega ega, chunki barcha oylikka yashovchilar mos keluvchi fondlarga soliq to`laydi. Bu tizim barchani turli xil ijtimoiy-iqtisodiy xatarlarda aholini himoyalab turadi: keksalik, boquvchisini yo`qotish, nogironlik, kasallik, orttirilgan jarohatlar, ishsizlik.


AQShda ijtimoiy himoyaning ikkinchi ko`rinishi ijtimoiy yordam hisoblanadi. AQShda yordam tizimi bir necha kichik dasturlarni o`z ichiga oladi. Bu dasturlar asosida nochorlikda yashovchi odamlar ijtimoiy yordam oladi, hattoki ta’lim olish va professional tayyorlanish uchun ham ko`makka erishadi. Ijtimoiy yordam olish huquqi rasmiy qashshoqlik chegarasidan pastda yashovchilarga beriladi. AQShda bundaylar aholining 12-15% ni tashkil qilar edi.
Moddiy yordam dasturi. Welfare moddiy yordamning eng mashhur dasturlaridan biri bo`lib, tarjimasi “farovonlik” degan ma’noni bildiradi. Dasturning boshqacha nomi Public Assistance. Dastur federal hukumat tomonidan homiylik qilinadi va shtat yoki shahar byudjeti hisobidan ayrim hollarda to`ldiriladi. “Volfer” olish shart stabil daromad manbaining mavjud emasligi, bu turli sharoitlarga bog`liqlik darjasini ko`rsatadi (ishini yo`qotishi, ishsizlik bo`yicha ko`makning yo`qligi, yolg`iz ona (ota) larga moddiy ko`mak berilmasligi)
SSI (Supplemental Security Income) – keksalar (65 yoshdan yuqori), nogiron, kasal odamlar, daromadi past kishilarga ko`rsatiladigan federal moddiy pulli yordam turi.
Medikeid dasturi (Medicaid), 1965-yilda qabul qilingan va ikkita qismdan iborat sdaromadi past shaxslar yoki oilalarni kasallik bo`yicha sug`urtalash yoki tibbiy su`gurta qilish. U shuningdek federal hukumat tomonidan subsidirlanadi, ammo shtatlar qonuni asosida boshqariladi.Medikeyt ma’lum sharoitlarda dori-darmonlarga to`lov qilish, kasalxonaga joylashish.Kasalxonalarning sug`urtaviy qismi ish beruvchilar yoki ishchilar to’laydigan ijtimoiy sug`urta solig`ining qo’shilishi hisobiga mablag` bilan taminlanadi. Tibbiy sug`urta- har oylik vznos to’lovi olinadigan ko’ngilli sug`urtalanish turi103.
Ijtimoiy sug`urta tizimi. AQSHda ijtimoiy ta’minot tizimi o’ta murakkab va turli tumandir. AQSHda ijtimoiy ta’minot tizimining bitta umummilliy markazlashgan tizimi mavjud emas. U turli dasturlar asosida shakllanadi, bu dasturlar yoki federal qonunchilik yoki shtat qonunchiligi, yoki federal organlar va shtat hukumati organlarinig birgalikdagi harakati asosida reglamentlanadi.
Alohida dasturlar mahalliy hokimiyat tomonidan qabul qilinadi. AQSHda ijtimoiy ta’minotning davlat tizimi aniq ikki yo’nalishda ajratiladi: ijtimoiy sug`urta va ijtimoiy madad. Ular o’zaro mablag` manbai bilan farqlanadi.Ijtimoiy sug`urtaning to’lovlari ijtimoiy sug`urta solig`i hisobidan tashkil etilgan sug`urta fondidan ajratiladi. Davlat ko`magi esa byudjet vositalaridan to`lanadi: federal byudjet, shtatlar yoki mahalliy organlar hukumatlari byudjetidan.
1935-yilda qabul qilingan qonun asosida ijtimoiy sug`urtaning ikki turi ajratilgan: keksalik (nafaqa) va ishsizlik (ko`mak). Qonun shuningdek nogironlar va yetimlar kabi bechoralarga yordam ko`rsatishni cheklashni ham k`orib chiqar edi.
Ijtimoiy su`gurta dasturi – bu, ko`mak (nafaqa) oluvchining o`zi qandaydir kirimlar maxsus soliq, ishga kiruvchi yoki ish beruvchining oldindan to`lovi, yoki har ikkisining birgalikda to`lovi ko`rinishida kiritish orqali oladi.
Nochorlik deyarli barcha jabhada ijtimoiy muammo hisoblansada, deyarli mavjud barcha ijtimoiy xizmatlar qaysidir darajada unga qarshi kurashadi (shu jumladan anoninm ichkilikbozlar, sog`liqni saqlash dasturi, professional reabilitatsiya, sanitar yordam qabuli, kunduzgi parvarish, jufti yo`q ota-onalar, uy-joy dasturlari, shaharlarni yangilash, shuningdek mahalliy uyushmalar harakati).
Bunday dasturlar nochorlikni kamatirishga yo`nalgan va uning oqibati kelib chiqadigan ijtimoiy muammolarni yengilashtirishga intiladi104.
Keksalikda davlat nafaqasini umumiy dastur bo`yicha 65-yoshdan katta odamlar (erkaklar va ayollar teng) olishi mumkin. To`liq nafaqa olish uchun mehnat staji 35 yilni tashkil qilishi kerak. Agar staji kam bo`lsa, u holda nafaqa ham kamayadi. 62 yoshda ham nafaqa berish ko`rib chiqilgan, ammo bu holatda nafaqa miqdori 20% ga kamayadi. 1983-yilda kiritilgan o`zgartirishlarga mos ravishda nafaqa yoshini 67 yosh deb qabul qilish ko`rib o`tilgan. 1986-yilda nafaqaning o`rtacha miqdori oyiga 478 dollarni tashkil qilar edi. Agar pensioner erkakning boqiluvchisi ayoli 65 yoshda bo`lsa u holda bu odam 50% qo`shimcha nafaqa olish huquqiga ega.
Ijtimoiy su`gurtaning bu dasturi 1935-yilda ijtimoiy ta’minot dasturi asosida ishlab chiqildi. Bu daromadning eng katta dasturi bo`lib, ishchi ishini tark etganda yoki nogiron bo`lib qolgandagi daromadni qisman o`rnini egallaydi. Yordam 65 yoshda yoki undan katta bo`lganlarga to`liq ko`rsatiladi (62 yoshda foyda bir muncha qisqartiriladi)105.
Boqimanda eri bo`lgan ayol bunday qo`shimcha olmaydi. Agarar ikki juft ham nafaqa olish huquqiga ega bo`lsa, u holda ayol o`zining nafaqasi va erining 50% qo`shimchasi orasida tanlov qilishi kerak.
Ishsizlik bo`yicha sug`urta. Bu dastur 1935-yilda xavfsizlik xaqidagi qonun asosida tashkil qilingan bo`lib, ishchilarni ishdan bo`shatish holatlarida imtiyozlar berishni o`z ichiga oladi. Bu sug`urta ish beruvchilarning solig`i xisobiga mablag` bilan ta`minlanadi. Haftalik ko`makning miqdori va davomiyligi bir shtatdan boshqa shtatga o`tganda o`zgarib turadi. Ko`pgina shtatlarda ishsizlar yaqin yillar davomida ko`mak olish xuquqiga ega bo`ladilar. Katta shtatlarni boshqaruvida bunday xuquqqa ega bo`lishi uchun odam (a) bandlik soxasida ma`lum miqdordagi haftalar orasida ishlab berishi kerak; (b) ishlash holatida bo`lishi; (c) ko`mak puli to`lanishiga davo qilishi va davlat ishida ro`yhatdan o`tgan bo`lishi; hamda(d) ishsizlik shu shaxsning mutaxasisligiga mos keluvchi ish o`rnining yo`qligini isbotlab bera olishi kerak.
Ishsizlik bo`yicha sug`urta federal- shtativ asosda amalga oshiriladi. Ishsizlik bo`yicha sug`urtaning umumiy prinsplari federal qonunchilikda ta`sis etiladi, keyinchalik esa har bir shtatning qonunchiligi asosida batafsil tekshiriladi. Shtartlar sug`urtalanuvchi shaxslarning kategoriyasini aniqlashtiradi, ko`mak olish tartibi, ularning to`lov miqdori va muddatini belgilaydi. Ishsizlik bo`yicha sug`urta fondlari kapitalist bilan soliq xisobi asosida tashkil etiladi, ularning o`lchami to`langan oylik ish xaqqining foiz miqdori bilan belgilanadi.
Boquvchisini yoqotganlarga beriladigan yordam oilaning biron a`zosi vafot etgan taqdirda agar boshqa a`zolari uning qarovi ostida bo`lib, vafot etgan shaxs keksalikda nafaqa olish xuquqiga ega bo`lsa to`lab beriladi.
Mehnatga layoqatsizlarga beriladigan yordam biron odamning sanoat bilan bog`liq bo`lmagan vaqtda kasallik yoki baxtsiz hodisaga uchrashi natijasida nogiron bo`lib qolgan shaxslarga nisbatan ajratiladi. Tibbiy yordam kasalxona va shifokorlarning xizmatiga qilinadigan to`lovlarni qamrab oladi. Reabilitatsiya mehnat qobiliyatini qayta tiklashga harakat qilayotgan kadrlar uchun ham ajratiladi.Ishchilar kompentatsiyasi ish beruvchi solig`i hisobidan mablag` bilan ta`minlanadi.
Ijtimoiy sug`urta davlat tizimining harakterli jihati shundaki xuddi iqtisodiy sabablarga asoslangan holda demografik sabablarga tayanib ham soliqning doimiy ortib borish tendensiyasi hisoblanadi. Ijtimoiy sug`urta tizimining iqtisodiy krizislari ijtimoiy sug`urtaga ajratilaigan soliqlarni keskin ortishiga majbur qiladi. Soliqlarning keying ortishi yanayam hatarli bo`lib “aholining keksayishi” tomoniga demokratik siljishning kuzatilishi bila bog`liq106.
2. Davlatning ijtimoiy ko`magi. Amerikaning boshqa qismida ijtimoiy taminot davlat tizimi ko`mak yoki nochorlarga yordam sifatida qabul qilinadi. Bu tizim 60-yillardan boshlab qora amerikanlar harakatining sodir bo`lishi bilan yuqori darajada va keng ko`lamda rivojlanib ketdi.
Davlat ko`magi dasturlari keng jamoatchlik “farovonligi” tushunchasi bilan sinonim hisoblanadi, ammo bundan tashqari yuzlab ijtimoiy ta`minot dasturlari mavjud. Jamoat ko`magi asosan qoldiq aspektladan tuzilgan bo`lib, shuningdek unga da`vo qilayotgan shaxslar undan foyda olish huquqiga ega ekanligini isbotlashi kerak bo`ladi. Bunda ijtimoiy sug`urtadan farqli ravishda ko`mak olish uchun maxsus oldindan qilinadigan to`lovlar talab qilinmaydi. Muxtojlik yordam ko`rsatish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Yordam ko`rsatishning qator dasturlari mavjud .Adabiyotlarda 70 ta mayda va bir nechta yirik dasturlar keltirib o`tiladi. Ularning asosiylari quydagilar: kafolatlangan daromadni ta`minlash dasturi farznandli yordamga muxtoj oilalarga ko`mak berish dasturi, oziq-ovqat bilan ta`minlash dasturi, uy-joy bilan ta`minlash dasturi va tibbiy yordam ko`rsatish dasturi(medikeid).
Kafolatlangan daromadni ta`minlash dasturi.Keksalar to`liq va doimiy nogironlar hamda ko`zi ojizlarni qamrab oladi.U 1974-yildan buyon amal qilinib kelinadi.Bu dasturga binoan yuqorida keltirilgan aholi qatlamiga federal hukumat ularni yashashi uchun minimal vositalar bilan ta`minlash (kafolatlangan daromad deb nazarda tutilgan) maqsadida pul yordamini to`lab beradi. Bu minimum o`ta past darajada ko`rib chiqiladi “nochorlik chegarasi”dagi daromad darajasining oltimish foizi.
Yordam berishning boshqa dasturlari, ularda pulli yordam ko`rsatiladi, - bu bolali yordamga muxtoj oilalarga ko`rsatiladigan ko`mak. Ular muhtojlik mezonlarini qabul qiladi mijozlarni, ko`mak hajmini tayinlaydi.
Oziq ovqat bilan ta`minlash ramkasida oziq-ovqat talonlari dasturi keng tarqalgan. 1981-yildagi qonunchilikka binoan “nochorlik chegarasi” da daromad 125 % dan ortmagan shaxslar yoki oilalar talon olish xuquqiga ega (bu ko`rsatkich taxminan 140-ming.dol.ni tashkil qiladi).
Boshqa oziq ovqat ko`maklari ham mavjud, masalan, maktab nonushtalari va bir yoshgacha bol`gan bolasi bor nochor onalarga oziq-ovqat tomonidan ko`maklashish.
Uy-joy subsidiyalari kam daromad oilalarga ko`rsatiladi va o`rtacha yiliga 2000 dollar miqdorni tashkil qiladi. Bu juda oz, chunki, Amerikada uy-joylarning narhi juda baland. Nafaqa, ishsizlik bo`yicha ko`mak, nochorlik bo`yicha ko`maklardan farqli ravishda, qaysiki davlat ijtimoiy ta’minot organlari shaxslarga ko`rsatishi lozim bo`lgan ko`mak, u yoki bu dasturlar bilan qamrab olinadi, uy-joy subsidiyalari esa har bir alohida vaziyatda bu organlar tomonidan ko`rib chiqilib, keyin muhtoj oilalarga ajratiladi.
Xususiy ijtimoiy sug`urta.AQSHda xususiy sug`urtaning ikkita shakli mavjud ish joyidagi kollektiv va individual. Kollektiv sug`urta muhim shakl hisoblanadi. Kasaba uyushma va kapitalistlar orasidagi kollektiv shartnoma aniq bir ijtimoiy to`lovlar va kafolatlarga ega bo`ladi. Biroq xususiy sug`urtaning analogik shakllari ham mavjud u ko`pgina sohalarda, xususan kasaba uyushma mavjud bo`lmagan firmalarda ham bosh o`rinni egallaydi.
Kapitalistlar eng avvalo xususiy su`g`urta “rejasida o`zining o`rnini va vazifasini k`orib chiqadi, eng avval ular nisbatan kvalifikatsiyalangan ishchi kuchi va ma’muriyat sifatida rolga kiradi.
Eng keng tarqalgani ish joylaridagi tibbiy sug`urta: bunda 1985-yilda 60% yo’llanma ishchilar va ularning oilalari jalb etilgan. Ko`pchilik ishchilarga xususiy nafaqalar katta ahamiyatga ega. Xususiy nafaqa tizimi davlat tomonidan ikkita qonun asosida boshqariladi AQSHning soliq kodeksi 1954-yil (1986-yilda o`zgartirish kiritilgan) va 1974-yildagi xususiy nafaqa ta’minoti haqidagi qonuni asosida. Maxsus federal agentlik ta’minlovchi fondlarning ta’minlovchanligini tekshirib, boshqarib turadi va kompaniyaning bankrotga uchraganida nafaqachilarni kompensatsiya summasini belgilab beradi.
3. G`arbiy Yevropa mamalakatlarida ijtimoiy himoya tizimi prinsipi va vazifasi.G`arbiy Yevropadagi deyarli barcha mamlakatlar ijtimoiy tahlika vaqtida ijtimoiy su`gurtadan foydalanadi va nochorlik chegarasidagi odamlarga ijtimoiy yordam ko`rsatadi. Biroq ijtimoiy sug`urta tizimi va ijtimoiy himoya bu mamalaktlarda turlicha amalga oshiriladi, hamda shunga bog`liq ravishda to`rt guruhga ajratiladi:
1.Sug`urta prinsiplari ustunlik qiladigan, individual su`gurta badallari bilan to`lovlar va ko`maklar bog`liq bo`lgan mamlakatlar;
2. Aholini ijtimoiy qo`llab quvvatlash kam ifodalangan, to`lov va ko`mak ko`proq individual talabga mos ravishda ajratiladigan, lekin soliq fondlari tomonidan mablag` bilan ta’minlanadigan mamlakatlar;
3. Birinchi va ikkinchi holatlar bo`icha oraliq o`rinda turgan mamlakatlar;
4. Ijtimoiy himoya endigina shakllanayotgan mamlaktlar.
Birinchi guruhga Germaniya, Fransiya, Belgiya va Lyuksemburg kiradi. Bu mamlakatlarda ijtimoiy himoya shartnomaviy sug`urta prinsiplariga asoslanadi. Kam mehnat qiladiganlar su`gurta fondiga o`z daromadining ma’lum qismini to`lab beradi va bu ularga xizmatdan foydalanish huquqini beradi. Bir vaqtning o`zida ish beruvchilar o`zlari yollagan ishchilar nomidan sug`urta fondiga ma’lum miqdorda pul o`tkazadi.
Ko`pgina hollarda sug`urta fondidan to`lov olish uning oylik maoshi hajmi va ishchi va ish beruvchining badallaridan yig`ilgan summa miqdoriga bog`liq bo`ladi. Tibbiy xizmatlarda va oilaviy ko`maklar bundan mustasno. Bu tizimning asosiy maqsadi odamning kasallik, nogironlik va ishsizlik holatida uning turmush tarzini saqlab turish. Bunday tizim, odamning jismoniy hayoti davomidagi daromadlarini taqsimlash imkonini beradi.Barcha yevropa malakatlarida sug`ruta ijtimoiy himoiyani mablag` bilan ta’minlovchi asosiy manba hisoblanadi.ayrim hollarda fond soliq to`lovlari hisobiga milliy byudjet sarfini e’tiborga olgan ravishda kengaytirilishi mumkin.
Biroq bu guruhga taaluqli barcha mamlakatlarda davlat fuqarolar oldida ularning daromadi kafolatlangan minimum chegaradan tushib ketmasligini ta’minlashga javobgarlikni bo`yniga oladi, bu hol ishchining shu vaqtgacha qancha daromad olgan va keyin qancha olishidan qatiy nazar amal qilinadi. Bu tur to`lovlar umummilliy byudjetdan to`lanadi.
Sog’liqni saqlash ham sug`urta badallaridan mablag` bilan ta’minlanadi, biroq tibbiy xizmatning minimum to`lovi byudjet hisobidan kafolatlanadi. Tibbiy xizmat asosan fuqarolarning davlat hisobga qandaydir miqdorda pul o`tkazmalarini amalga oshirish hisobiga asoslanadi.
Ikkinchi guruh mamlaktlar Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya bo`lib, ular birinchi guruhdan ijtimoiy yordam sug`urta ajratmalariga kam bog`liqligi bilan farqlanadi. Bu mamlaktlarda davlat byudjeti mablag` bilan ta’minlashda bosh rolni egallaydi.Ijtimoiy to`lovlar va ko`mak bir maromda taqsimlanadi.Insonlar muhtojlikda tengdir go`yasi uning asosida yotadi. Shuning uchun ijtimoiy yordam uning avvalgi daromadidan emas balki, talabdan kelib chiqqan holda ko`rsatilishi kerak. To`lovlar va yordam orasidagi farq ijtimoiy to`lovlarning majburiyligi, barcha fuqarolar undan foydalanish huquqiga ega, yordam esa ijtimoiy tahlika xarakteri va muxtojlikka bog`liq ravishda hammaga ham emas balki muxtojlargagina ko`rsatiladi. Bunday mamlakatlarda tibbiy xizmat asosan ijtimoiy sektorda jamlanadi.
Uchinchi guruhga Niderlandiya va Italiya kabi mamlakatlar kiradi, unda aralash ijtimoiy ta’minot kuzatiladi. Biroq ularning sistemasi birinchi guruhga yaqinroq.Lekin aniq farqi ham kuzatiladi.Italiyada masalan, kafolatlangan minimum daromadlarni to`lab berish majburiyatini davlat o`z zimmasiga olmaydi.Bunday kafolatlarni alohida sohalarda mahalliy hokimyatlar beradi xolos. Niderlandiyada esa aksincha, ijtimoiy ta’minot yuqori darajada ko`rib chiqiladi va tizim har bir mamlakat aholisini qamrab oladi.
To`rtinchi guruhga Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kiradi.Bu mamlakatlarda ijtimoiy himoya endigina kurtak yozmoqda.Bu mamlaktlarda kafolatlangan minimal daromad yoq.Hamda ijtimoiy ta’minot hammani qamarab olmaydi.
Har bir mamlaktda har bir yangi bola uchun yordam miqdori ortib bormoqda. Irlandiya, Niderlandiya, Portugaliya va Buyuk Britaniya bundan mustasno, chunki, ko`mak hajmi ikkinchi yoki uchinchi farzanddan keyin o`zgaradi. Belgiya, Germaniya, Italiya va ayniqsa Fransiyada ikkinchi farzanddan boshlab to`lov ortib boradi.
Ko`pgina mamlakatlarda homiladorlik va tug`ruq bo`yicha ko`maklar orttirilgan. Bunday siyosat ish, karyera va uy hamda oila haqida g`amxo`rlikni birlashtirishga yo`naltirilgan. Shu bilan birga oxirgi besh yillik ichida ko`pgina mamlakatlarda homiladorlik va tug`ish ta’tili muddati cho`zilgan. Hozirda eng uzoq muddat Daniyada (28 hafta) va Fransiyada (26 hafta). Qolgan mamlakatlarda u 13-20 hafta orasida o`zgarib turadi.
Ijtimoiy ta’minotning Yevropa modeli. Turli mamkatlarda masalaning bir xilligi va bir jinsliligiga qaramay tarixiy shartlar va turli qarashlar hamda usullar bilan hal etilar edi. Ijtmoiy himoyaning Yevropa modeli keng qamrovliligi bilan farqlanadi.Ijtimoiy himoyaning Yevropa modeli umumiy faravonlikka tayanadi, uning asosida “insonlarning tabiiy huquqlari” yotadi. Bu nazariyaning asosi barcha fuqarolarni hayotiy rejalarini amalga oshirishni o`z zimmasiga olish, ijtimoiy tenglik va odillikni orttirishni nazarda tutadi. Davlat barcha fuqarolarni rivojlangan ijtimoiy sistemaga birlashtiradi, tibbiy, ta’lim, psixologik, yuridik va boshqa zaruriy xizamatlar bilan ta’milaydi.
Davlatning umumiy faravonlik konsepsiyasi.“Davlatning umumiy faravonligi” tushunchasi ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo`ldi. Biroq 70-yillar oxiri va 80-yillar boshlarida bu nazariya tanqidga uchray boshladi. Ijtimoiy iqtisodiy sharoit va odamlar ehtiyojining o`zgarishi buning asosiy sababi hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar ekspertlarining fikricha, 80-yillarning ikkinchi yarmida g`arbiy mamlakatlarda ijtimoiy ta’minot turli ijtimoiy to`lovlar ko`rinishida aholini qamrab olishni vazifa qilib yuklatgan.90-yillada bu sistemani o`zgargan iqtisoidy sharoitlarda o`zlashtirish bosh vazifa tusini oldi. Bunda resurslar o`ta chegaralangan va ishsizlar soni yuqori darajaga yetgan edi.
Tug`ilishning kamayishi va umrining uzayishi Yevropada aholining qarib borishiga olib keldi. Iqtisodiy qiyinchiliklar, g`arbiy yevropa mamlakatlarida aholining boshidan o`tayotgan va uning oqibatlari natijasida ijtimoiy dasturlar qatorining o`zgarishiga o`z xissasini qo`shdi desak hato bo`lmaydi. Iqtisodiy to`ntarilish, byudjet tanqisligi, aholining qarishi, ishsizlar va nochorlar sonining ortishi, noto`kis oilalarning sonini ortishi davlatning ijtimoiy siyoastini tubdan o`zgartirib yubordi.
Shu bilan birgalikda g`arbiy yevropa mamalakatlari to`liq “davlat farovonligi” dan voz kechdi. Bu aholining davlat muxtojlarga yordam ko`rsatishi kerak degan fikrining paydo bo`lishi bilan bog`liq. Turli yo`nalishlardagi siyosat G`arbiy Yevropa malakatlarida ijtimoiy ta’minot tizimini davom etishini qo`llab-quvvatlaydi. O`n yil davomida to`plangan ijtimoiy ko`mak hajmi bozor iqtisodiyotida o`zining ijtimoiy faoliyatini amalda qo`llash imkonini beradi. Deyarli barcha mamlakatlar ijtimoiy tahlika vaqtida ko`pgina aholi uchun ijtimoiy sug`urtadan foydalandi: keksalik, kasallik, nogironlik, ishsizlik, va boshqa holatlarda ijtimoiy k`omak ko`rsatiladi.
4. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoya institutlari. Jahon amaliyotining tahlili to`rtta asosiy institutni ajratish imkonini beradi:
1) mehnatga layoqatsiz, ishsiz, daromad manbayining yo`qligi hamda o`zini moddiy tomondan ta’minlay olmaydigan shaxslarga beriladgan ijtimoiy yordam. Ijtimoiy yordam hajmi avvalgi daromad miqdoriga bog`liq emas. Ayni ijtimoiy himoya institutining xarakterli jihati davlatning shartnomasiz ijtimoiy-iqtisodiy yordam berishi va aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ko`maklashish. Ko`mak muxtojlikka tekshirilgandan keyin to`lab beriladi, asosiysi esa turmush kechirishga yetarli miqdorda talabni qondirishning iloji yo`qligi. Ijtimoiy yordamning mablag` bilan ta’minlovchisi saxovat fondlari hisoblanadi.
2) Ijtimoiy va nafaqa ta’minoti, ijtimoiy sug`urta ko`rinishida amalga oshiriladi, bular iqtisodiy faol aholi qatlamini himoya qilish instituti hisoblanadi (nafaqaga yetish yoshi hisobga olinadi). Mablag` bilan ta’minlash manbayi ish beruvchilar badali, jismoniy shaxslar (ishchilar) badali va davlat byudjeti hisoblanadi.

  • Ijtimoiy himoyaning umumiy prinsiplari quyidagilar:

  • jamiyatning barcha qatlamlarini tumush tarzini yaxshilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy javobgarligi;

  • zarur vaqtda tibbiy va ijtimoiy yordam bilan ta’minlash;

  • ishlovchi aholini ijtimoiy va professional xatarlardan himoya qilishning umumiy xarakteri;

  • ijtimoiy himoyani jamiyatning barcha jabhalariga kengaytirish.

Yuqoridagi prinsiplardan kelib chiqib, aholini ijtimoiy himoya qilishning zamonaviy dunyo amaliyotida ijtimoiy himoyaning asosiy yo`nalishlari ishlab chiqildi:

  • aholini bir birini o`rnini boshuvchi ko`maklardan foydalanishi o`rniga bir xil yo`naltirilgan yagona ko`makka kiritish;

  • muxtojlikni tekshirgan holatda muhtoj deb aniqlangan aholi qatlami kategoriyasi reglamentida qattiqqo`lilikkarioya etish;

  • turli ilg`or ijtimoiy sohalarda (sog`liqni saqlash, ta’lim, uy-joy xo`jaligi) jamoat sektorini rivojlantirish. Bunda ushbu sohalarning mablag` bilan ta’minlanishida faol ishtirok etish talab etiladi;

  • markaziy va mahalliy byudjet orasida mablag` taqsimotini amalga oshirish;

  • ijtimoiy jabhada xo`jalik va nokommersial tahkilotlar shakllarini rivojlanishi;

  • ijtimoiy sohani mablag` bilan t’aminlash dasturlari, ijtimoiy normativlardan foydalnish va ishlatilgan mablag`dan foydalanishni nazorat ostiga olish;

  • ijtimoiy buyurtmani shakllantirish va xo`jalik faoliyatidagi subyektlarni jalb qilish.

Ijtimoiy ishchi kasbi barcha odamlarning faravonligini ta’minlashga intiladi va faravonlikka erishish uchun ko`maklashadi. Ayniqsa, nochorlik ko`lamini qisqartirih alohida ahamiyatga ega.
Ijtimoiy ish doimo nochorlikni kamaytirish bo`yicha faoliyat olib borishga yo`nalgan ko`pgina amaliyotchilar aholining qashshoq qatlamiga xizmat ko`rsatishga e’tiborini qaratadi.
Nochorlik global xarakterga ega, har bir jamiyat qashshoq deb atalmish qatlamga ega.Ayrim jamiyatlarda ahlining 95% qashshoqlikda hayot kechiradi.Ijtimoiy ishchilar nafaqat Amerika Qo`shma Shtatlarida balki butun dunyo miqiyosida nochorlikka qarshi kurashadilar. Ijtimoiy ish mutaxasisilari turli tizimlarda ishlashga majbur, bu tizimlar ta’lim, sog`liqni saqlash, siyosiy tizim va biznes bo`lishi mumkin107.
XX-asrning birinchi yarmi davlatning o’rni kuchayishi va «umumiy mehr-muruvvat jamiyati» nazariyasi va amaliyoti rivojlanishi bilan izohlanuvchi ijtimoiy ishning institusionallashuvi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xodimlar professional faoliyati ibtidosini, odatda, ularning asosiy huquq va majburiyatlari shakllanishi, mehnatga rasmiy haq to’lash, o’quv muassasalari, professional tashkilotlar yaratilishi hisoblanadi. Avval ta’kidlab o’tilganidek, garchi professional ijtimoiy xodimlarni tayyorlashni boshlagan dastlabki maxsus o’quv muassasalari Niderlandiya, so’ngra AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniyada yaratilgan bo’lsa-da, «ijtimoiy xodim» kasbi dastlab AQShda, so’ngra G’arbiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy nufuzga ega bo’ldi.
Birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig’idagi davrda ijtimoiy ish maktablari Osiyoning ko’pgina mamlakatlari, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va keyinchalik – Afrika mamlakatlarida ochildi.
1910 yilda yangi harakat Yevropa va Amerikadagi 14-ta ijtimoiy ish maktabini ta’limga jalb etdi. 1920 yilda Chilida Lotin Amerikasidagi birinchi ijtimoiy ish maktabi ochilgan edi.
30-yillarda ijtimoiy xodimlarni tayyorlovchi mamlakatlar soni orta boshladi. Uchinchi dunyo mamlakatlarining an’anaviy iqtisodiyotdan ajralib, bozor munosabatlari tizimiga asta-sekin o’tishi natijasida Sharq mamlakatlarida ham ijtimoiy ish tarqala boshladi. 1936 yilda Hindistonda ijtimoiy fanlar instituti ta’sis etildi. Misrda esa dastlabki ijtimoiy ish kurslari yuzaga keldi. Shu tarzda, maxsus tayyorgarlik va moddiy mukofotlashga moslashgan holda muhtojlarga yordam ko’rsatish kasbga aylana boshladi.
Dastlabki ijtimoiy xodimlar immigrantlarni ingliz tiliga o’qitishdan to sanoatlashgan jamiyatda ishga joylashish uchun zarur ko’nikmalarni egallashda yordam ko’rsatishgacha bo’lgan keng miqyosli muammolar bilan shug’ullanganlar. Ular ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish va kishilarga o’z muammolarini hal etishda yordam berishga intilganlar.
Ijtimoiy xodimlarning professional manfaatlarini ifodalagan birinchi tashkilot Amerika Qo’shma Shtatlarida paydo bo’lgan. U 1917 yilda yaratilgan Ijtimoiy xodimlar milliy birjasi edi. Keyinchalik ijtimoiy xodimlar (tibbiyot xodimlari, o’qituvchilar)ning boshqa professional tashkilotlari yuzaga keldi. 1921 yilda ular birinchilar qatorida rasmiy ro’yxatga olingan Amerika ijtimoiy ish Assotsatsiyasiga birlashdi.
Ijtimoiy ishning tashkiliy tuzilmasini yaratish jarayoni boshqa G’arb mamlakatlarida ham tarqala boshladi. 1928 yilda Parijda Ijtimoiy farovonlik xalqaro kengashiga birlashgan Yevropaning yetti mamlakati milliy Assotsatsiyasi yaratildi.108.
Hozirgi ijtimoiy xodimlarning dastlabki vakillarining intilishlari muhtojlarga yordam ko’rsatishga yo’naltirilgan edi. XX-asrga kelib, ijtimoiy ta’minot usullarini yoritish va tahlil qilishga jiddiy e’tibor berila boshladi, xayriya va jamoatchilik tashkilotlari ularga amal qilgan holda o’z maqsadlarini jamiyatning maqsadlariga mos ravishda amalga oshirishi mumkin edi. AQShda Meri Richmond bu ishni birinchilardan bo’lib amalga oshirdi. U xayriyani shaxs va uning oilasiga e’tibor qaratgan holdagi usul bilan birlashtirdi.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida yuz berayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar qator davlat ijtimoiy dasturlarining yig’ilib qolishiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Iqtisodiy tushkunlik, byudjetlarning tanqisligi ortishi, ishsiz va kambag’allar, to’liqsiz oilalarning soni ortishi, aholining qarishi hamda boshqa omillar davlat ijtimoiy siyosatidagi o’zgarishlarga sabab bo’ldi109.
Shu bilan birga, hech qaysi G’arbiy Yevropa mamlakati «farovonlik davlati» dan to’liq voz kechmadi. Bu vaziyat kishilar ongiga davlat muhtojlarga g’amxo’rlik qilishi lozim, degan fikr singishiga sabab bo’ldi. Turli yo’nalishdagi siyosatchilar G’arb mamlakatlari ijtimoiy ta’minot tizimidagi islohotlarning davom etishi zaruratini tan olishga majburlar.
G’arbiy Yevropa mamlakatlari hukumatlari tomonidan «farovonlik davlati» islohoti bo’yicha ko’rilayotgan choralar ijtimoiy ta’minot, bu sohadagi korrupsiya va qog’ozbozlikning kuchayishi bilan bog’liq moliyaviy yo’qotishlarga davlat mablag’lari sarflanishi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatishga yo’naltirildi. Nodavlat pensiya jamg’armalari yaratishni moliyalashtirish uchun soliq imtiyozlari taqdim etilmoqda110.
Nafaqalarni tayinlashda ularni olishga talabgorlar tekshiriladi, avvalgi ko’pgina bepul xizmatlar pulli bo’lib, davlat stipendiyalari zayumlar bilan almashtiriladi. Ba’zi mamlakatlarda pensiya yoshini oshirish to’g’risidagi masala ko’rib chiqiladi15.
GFR Konstitusiyasida «ijtimoiy davlat», ijtimoiy yordam atamasi mavjud – bu mamlakatdagi alohida shaxslarning murakkab holatdan chiqishi uchun xizmat qilgan ijtimoiy kafolatlar tizimining asosiy qismi, shu maqsadlar uchun mavjud zarur muassasa va xizmatlar. Ijtimoiy ta’minot tizimidan tashqarida bo’lgan ijtimoiy xizmatlar ham ijtimoiy yordam deb ataladi. Umumiy xarakterdagi bu xizmatlar: davlat dotasiyasi sifatida turar joyga, ko’p bolali oilalarga - bolalar, kam ta’minlanganlarga – ta’lim olish uchun pul ajratish.
GFRda ijtimoiy xizmatlar deganda ijtimoiy jihatdan sust himoyalangan aholi qatlamlariga fuqarolarning turmush darajasini tenglashtirishga yo’naltirilgan xizmatlar ko’rsatish tushuniladi. Fuqarolar, shuningdek GFRda yashovchi xorijliklar uchun tug’ilgan vaqtidan e’tiboran kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar tizimi mavjud.
Ta’kidlash joizki, GFRdagi ijtimoiy xizmatlar notijorat muassasalarida bo’lgan, ya’ni federal taqsimot jamg’armasidan moliyalashtiriluvchi xizmatlar hisoblanadi. Germaniyadagi ijtimoiy xizmatlarga xarajatlar byudjetdan ijtimoiy ehtiyojlarga xarajatlarning o’ndan bir qismini tashkil etadi. Mazmunan ijtimoiy xizmatlar: maslahatli, tibbiy, axborotli, huquqiy, umumiy parvarish bo’yicha, tashkiliy bo’lishi mumkin.
Hozir Germaniyada muhtojlarga moliyaviy xizmatlar bilan chegaralanmaydigan ijtimoiy yordam tizimi isloh etilmoqda. Davlat ijtimoiy xodimlar oldiga ijtimoiy yordam turiga ko’ra, ishsizlarni mehnat bozorida yuz beruvchi jarayonlarga kiritish vazifasini qo’ymoqda. Ijtimoiy davlatni rivojlantirishning ijtimoiy ta’minot sohasidagi o’z-o’zini boshqarish, keksalikni ta’minlash, xayriya yordami tizimini rivojlantirish kabi prinsiplari ham amalga oshirilmoqda.
Richmond 1915 yilda chop etilgan «Ilmiy ijtimoiy ish» asarida ijtimoiy ish sifatini baholash, ijtimoiy xodimlar hal etishi lozim bo’lgan ijtimoiy muammolar tashxisi sxemalari to’plamini taklif etdi. Bu xayriyaning turli shakllarini anglashga tayanuvchi etika-terapiya ijtimoiy ishi yaratilishiga olib keldi.
Yangi usul olima tomonidan 1917 yilda «Ijtimoiy tashxis» kitobida to’liq yoritilib, ijtimoiy ta’minot dasturi samaradorligini oshirishga sabab bo’ldi. Meri Richmond o’z usuli-mijozni shaxs sifatida baholash bilan birga uning ijtimoiy holatini ham ko’zda tutishning ijtimoiy tashxisini to’liq bayon etgan. M. Richmond keyinchalik terapiya nomini olgan bu ijtimoiy ish modelining asoschisi hisoblanadi.
Bu modelga ko’ra, har bir alohida holatni baholash, ijtimoiy tashxis qo’yish va shu asosda davolash usulini tanlash ijtimoiy xodim faoliyatidagi muhim masala hisoblanadi. Richmond kambag’allikni kasallik hisoblab, shifokor va ijtimoiy xodim faoliyati o’rtasidagi o’xshashlikni tadqiq etdi.
U ijtimoiy yordamni ma’lum choralar yig’indisi sifatida ko’rib chiqadi, uning natijasi esa mijoz va uning ijtimoiy begonalashuvini o’zgartirish hisoblanadi. Meri Richmond ijtimoiy chora-tadbirlarni ikki o’zaro bog’liq: bilvosita davolash usuli va bevosita davolash usuliga ajratadi. Bilvosita davolash usuli insonning tashqi muhitga ta’siridan, bevosita davolash usuli mijozga qarorlarni ishlab chiqishda faol harakatga yo’naltirish maqsadida ta’sir etishdan iborat. Bu klassik ishda quyidagilar bayon etilgan: «Yaxshi ijtimoiy xodim kishilarni nochorlikdan qutqarish bilan shug’ullanmay, undan xoli etish yo’llari haqida o’ylaydi»12. M.Richmonddan so’ng «o’rganish, tashxis, davolash» paradigmasi ijtimoiy ishning asosiga aylandi.
1920-30-yillarda Z.Freyd va uning izdoshlarining ruhiy-tahliliy g’oyalari ijtimoiy ish ruhiy-dinamik nazariyasini asosiy o’ringa olib chiqdi. Virjiniya Robinson «Ijtimoiy vaziyatda o’zgaruvchi ruhiyat» asarida faoliyat ijtimoiy usulini ruhiyat nuqtai nazaridan yangicha anglashni birinchi bor kashf etdi.
XX-asrning birinchi yarmi ruhiy davo usullari va ruhiy tahlil ustunligida o’tdi. Bu davrda ijtimoiy ish biologiya, iqtisodiyot, tibbiyot, pisixoligiya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy pisixoligiyaga tayanishi lozim deb hisoblanardi. Keyinchalik ham bu ro’yxat uncha o’zgarmadi.
XX-asrning ikkinchi yarmida tizimli va har tomonlama yondashuv asosiy hisoblana boshladi. Bu davrda ijtimoiy xodimdan bir sohadagi tor ixtisos emas, balki universallik, turli soha va usullarni moslashtira olish talab etilardi. Shu bilan birga, uslubiy madaniya, ishonchli empirik ma’lumotlarga ehtiyoj paydo bo’ldi.


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling