Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
-chizma. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-chizma. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
4-chizma. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Давлат мулкини хусусийлаштиришнинг усуллари Аhолининг айрим ижтимоий єатламларига бепул бериш Барча жамият аъзоларига сотиш Барча жамият аъзоларига бепул бўлиб бериш Меhнат жамоаларига сотиш Меhнат жамоаларига бепул топшириш Ким ошди савдосида фуqароларга ёки юридик шахсларга сотиш Hар бир жамият аъзосининг давлат мулкини hосил qилишдаги иштироки, яъни qўшган hиссасига qараб бўлиб бериш Фойда келтирмаётган корхонани меhнат жамоасига бўлиб бериш Корхоналарни кейинчалик меhнат жамоалари томонидан сотиб олиниши шарти билан ижарага бериш Чет эл фирмалари ва фуqароларига ташqи qарзни узиш эвазига бериш ёки сотиш Мулкни бепул бўлиб бериш орqали хусусийлаштириш Мулкни сотиш орqали хусусийлаштириш Мулкни бепул бўлиб бериш hамда сотиш усулларини уйg`унлаштириш орqали хусусийлаштириш 26 Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag` bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. 5-chizma. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va Умумий уй-жой фондини, савдо, маhаллий саноат, хизмат кўрсатиш корхоналарини, qишлоq хўжалик маhсулотларини qайта ишлаш тизими корхоналарини хусусийлаштириш Кўплаб ўрта ва йирик корхоналар hиссадорлик жамиятларига айлантириш hамда уларнинг акцияларини республика qимматбаhо qоg`озлар бозорида сотиш Акцияларининг назорат пакети давлат мулкида бўлган йирик корхона ва тармоqларни хусусийлаштириш I-босqич (1992-1993 йиллар) II-босqич (1994-1995 йиллар) III-босqич (1996-1998 йиллар) IV-босqич (1998-2002 йиллар) Хусусийлаштирилган корхоналарга хорижий инвестицияларни жалб этиш, бошqарув самарадорлигини ошириш ва мулкчилик янги муносабатларини тўлаqонли амал qилиши учун шароитлар яратиш V-боcqич (2003 йилдан бошлаб) Хусусийлаштириш жараёнлари самарадорлигини ошириш ва жадаллаштириш, иqтисодиётда хусусий секторнинг иштирокини фаоллаштириш ва салмоg`ини ошириш 27 umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog`i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g`ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog`i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari respublika qimmatbaho qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi akstionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag`larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag`larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni 28 jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g`risida»gi Farmoni bilan bog`liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang`ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi. 5 5 Валижонов А.Р. Особенности современного этапа разгосударствления и приватизации. – Восемнадцатые Международные Плехановские чтения «Реформирование и модернизация национальной экономики – стратегический курс на демократизацию и обновление общества»: Тезисы докладов профессорско- преподавательского состава и специалистов-практиков (26 марта 2005г). Выездная сессия в г.Ташкенте. – М.: изд-во РЭА, 2005, с.22-23. 29 Mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995-2004 yillardagi asosiy natijalarini 6-jadval orqali kuzatish mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling