«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi (o’zXDP)
- O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi
- 3. O ’ zbekiston “ Milliy tiklanish ” demokratik partiyasi
- 4. O’zbekiston liberal–demokratik partiyasi (O’zLiDeP)
- Siyosiy partiya fraksiyasi
- Siyosiy partiyalar 1994 yil 1999 yil
- O’zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida siyosiy partiyalar ishtiroki
Partiya tizimi- siyosiy institutlar tushunchasi, jamiyatning siyosiy tuzilishi va jamiyat a’zolarini va davlat va jamiyat hayotida ishtirok etishning qabul qilingan hamda e’tirof etilgan qoidasi. Jamiyatda ko’ppartiyaviylik tizmi Fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olish va jamiyatni davlatlashtirishda u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi. Ko’p partiyaviylik tizmi rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo’lib, O’zbekiston ham o’z mustaqilligiga erishgach ko’ppartiyaviylik yo’lini tanladi. Dunyoda bundan boshqa bir va ikki partiyalik tizmi ham mavjud bo’lib kelgan. Ko’ppartiyaviylikning qaror topishi- jamiyatni demokratlashtirib borishning muhim belgisi hisoblanadi hamda ko’ppartiyaviylik turlicha yondashuviga, muqobillikka sog‘lom raqobatga va samarali tanqidga olib boruvchi asosiy omildir.
“Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokmiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irdasini ro’yobga chiqarishga intiluvchi hamda o’z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko’ngilli birlashmadir” O’zbekiston 1991 yildan keyingi o’tgan mustaqillik yillarida bir partiyaviylik tizimidan ko’ppartiyaviylik tizimiga yo’l tutdi. Hozirgi vaqtda Respublikamizda 4 ta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatmoqda, bu partiyalar haqida qisqacha to’xtalamiz.
Oliy Majlisda 1995–1999 yillarda 69 deputat (27 foiz) – birinchi o’rinda, 1999–2004 yillarda 50 deputat (2–o’rin), hozirgi vaqtda (2005–2009) parlamentda 28 nafar deputatlarning 23,3 foizini tashkil qiladi (2–o’rinda). 1991 yil 29 dekabrda mamlakat Prezidentligiga Islom Karimov nomzodini ko’rsatgan bo’lsa, 2000 yil 9 yanvarda bo’lgan saylovlarda yurt Prezidentligiga nomzod qilib A.Jalilov nomzodi ko’rsatildi va saylovda 4,17 foiz ovozga ega bo’ldi, (Islom Karimov esa 91,9 foiz). 2007 yil 23 dekabrda o’tkazilgan Prezidentlik saylovida Asliddin Rustamov bu partiyadan ishtirok etib, 468 ming 64 ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar umumiy sonining 3,17 foizi miqdorida ovozga ega bo’ldi. 2015 yil 29 martda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonov bu partiyadan ishtirok etib, 552 ming 309 saylovchi yoki 2,92 foizi miqdorida ovozga ega bo’ldi. XDPning oliy organi qurultoy bo’lib, u 5 yilda 1 marta chaqiriladi. Partiya shiori: 1993 yil dekabrida XDPning Milliy istiqlol mafkurasi qabul qilingan. XDPning maqsadi: ijtimoiy adolat, mamlakat taraqqiyoti va ma’naviy yangilanishini ta’minlash, yoki boshqacha aytganda, XDP ning dasturiy maqsadlari: Milliy mustaqillikni mustahkamlash. Tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish. Kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodlaridan qat’iy nazar, munosib hayot kechirish uchun teng imkoniyatlarni yaratish. Fuqarolarning erkinlik va huqulari, tinch hayot kechirishini kafolatlash. O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi O`zbekiston Respublikasinining ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga va himoyaga muhtoj fuqarolarining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Eng avvalo, bular iqtisodiyotda band bo`lmagan mehnatga layoqatli aholi, ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan odamlardir. Bular – pedagoglar, vrachlar, boshqa ijtimoiy sohalarning xodimlari va mutaxassislari, kam ta’minlangan va ko`p bolali oilalar, pensionerlar hamda, imkoniyatlari cheklangan kishilar. O`zbekiston XDP davlat tomonidan ushbu toifa kishilarining manfaatlarini ko`zlab izchil siyosat olib borilishiga harakat qiladi, ularni o`zining elektorati deb hisoblaydi va saylov kampaniyalarida ularning qo`llab-quvvatlashiga umid bog`laydi. Partiya o`zining ommaviy axborot vositalariga ega. Uning markaziy nashrlari: o`zbek tilida chop etiladigan “O`zbekiston ovozi” gazetasi; rus tilida chop etiladigan “Golos Uzbekistana” haftaligi. “Xalq demokratik partiyasining saylovlar arafasida aholini kam ta’minlangan yordamga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash haqida dasturiy chiqishlari uning ijobiy natijalarga erishishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi”. 2. O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi — 1995 yil 18 fevralda tashkil topgan. Hozirgi vaqtda O`zbekiston “Adolat” SDP o`z safida 77 210 a’zoni birlashtirgan 2590 boshlang`ich partiya tashkilotlariga ega. Partiya elektorati keng omma tabaqasini o’zida biriktirgan bo’lib, o’rtahol va ehtiyojmand aholi tabaqalariga tayanadi. SHiori: “Elim deb, yurtim deb, yonib yashash kerak” g‘oyasini ilgari surgan. Maqsadlari: - kuchli ijtimoiy-huquqiy davlat barpo etish; - adolatli fuqarolik jamiyatini yaratish; - ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir qilish; - jamiyatda ijtimoiy adolat printsiplarini, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash. Oliy Majlis tarkibida bu partiyadan 1995-1999 yillarda 47 ta deputat, 1999-2004 yillarda 11 ta deputat, hozirgi vaqtda (2004-2009) esa 10 deputat, 2009-2014 yillarda 19 ta deputat a’zo bo’lgan. O’zbekiston “Adolat” sotsial–demokratik partiyasi o’z oldiga qo’yidagi vazifalarni qo’ygan: Demokratik jarayonlarni jadallashtirish. Fuqarolar siyosiy ongi va siyosiy madaniyatning rivoji uchun kurashish. Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan kishilarni tarbiyalash. Ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining muhofazasini ta’minlash. Milliy qadriyatlarni tiklash, yosh avlodni madaniy merosimizni o’rganish asosida tarbiyalash. Millatchilik g‘oyasiga qarshi kurashish, tinchlik, barqarorlikni, milliy hamjihatlikni targ‘ib qilish. Rivojlangan davlatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, milliy manfaatlarimizga mos keladigan tashqi siyosatni qo’llab–quvvatlash. Jahon sotsial–demokratik harakati, sofdil va ezgu niyatli boshqa ijtimoiy harakatlar, partiyalar bilan aloqa bog‘lash. Partiyaning oliy organi Qurultoy xisoblanadi. Siyosiy Kengash Plenumlari har yilda kamida ikki marta o`tkaziladi. “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashriy organi hisoblanadi, gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan. Partiyadan Oliy Majlis Senatiga 2 ta, Qonunchilik palatasiga 10 ta deputat saylangan. D.Toshmuhamedova 2008 yil yanvaridan boshlab 2014 yilga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri. O’zbekiston “Adolat” SDPsi 2007 yil 23 dekabrdagi Prezident sayloviga Dilorom Toshmuhammedova nomzodini tavsiya etdi. U bu saylovda 434 ming 111 ovoz – 2,94 foiz miqdorida ovozga ega bo’ldi. 2015 yil 29 martda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida Narimon Madjitovich Umarov bu partiyadan ishtirok etib, 389 ming 24 saylovchi yoki 2, 05 foiz miqdorida ovozga ega bo’ldi.
2000 yil Prezident saylovida Islom Karimov nomzodini qo’llab-quvvatladi. Partiya shiori: “Millat, inson va Vatan manfaati muqaddasdir”. Partiyaning maqsadi: davlatning umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy tiklanish. Yoki boshqacha aytganda, partiyaning oliy maqsadi: Millatning ma’naviy birligi. Vatan (Turkiston) – yagona oila. Kuchli demokratik davlat. Milliy qadriyatlar. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiyasi. Zamon kishisi. Milliy istiqbol kabi masalalarni bosh maqsad qilib olgan. Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo`lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Partiyaning matbuot nashri - “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi. O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 2007 yil 23 dekabrdagi Prezident sayloviga Xurshid Do’stmuhammedov nomzodini ko’rsatdi. Lekin umumiy saylovda qatnashadigan (16 mln. atrofida) saylovchilarning 5 foiz a’zosini to’play olmaganligi tufayli Markaziy saylov komissiyasi uning nomzodini ro’yxatga olmadi (“Xalq so’zi”, 2007 yil 25 dekabr). 2015 yil 29 martda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida Akmal Xolmatovich Saidov bu partiyadan ishtirok etib, 582 ming 688 saylovchi yoki 3,08 foiz miqdorida ovozga ega bo’ldi. 4. O’zbekiston liberal–demokratik partiyasi (O’zLiDeP) – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati -O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bo`lib o`tgan Ta’sis qurultoyida tashkil topgan. 2009 yil 1 avgust holatiga O’zLiDeP a’zolarining soni 161758 (bir yuz oltmish bir ming etti yuz ellik sakkiz) nafarni tashkil etadi. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining boshlang`ich partiya tashkilotlari soni 7408 tani tashkil etadi. O’zLiDePning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari: - siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta’minlash; - partiyaning kuch va imkoniyatlarini boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda mamalakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik institutlarining rivojiga keng yo’l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirishga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish; - partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o`tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog`liq muammolarni hal qilish, O’zbekistonning xalqaro obro`yini oshirishda, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish. Yoshlarini Vatanga muhabbat va sadoqat, o`z elim, o’z yurtim, jon O’zbekistonim, deya g`ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo`shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo`li, qadriyatlari, milliy va diniy an’analari, urf-odatlarini qadrlash, shu bilan birga, bircha millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo’l qo`ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish; -o’zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g‘oya va maqsadlarni o`z faoliyati orqali keng omma ongiga singdirish, bu borada safini kengaytirishga yo`naltirilgan har tomonlama chuqur o’ylangan partiya siyosatini targ`ib qilish ishlarini amalga oshirish. Shu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishda fidoyilik ko`rsatgan faollarni deputatlikka nomzod sifatida tavsiya etish va saylovchilar ishonchini qozongan deputatlar zimmasiga qonunchilik va ijro hokimiyatida vakillik vazifasini yuklash hamda ularning faoliyatini boshqarish. O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasining S’ezdi partiya oliy organi hisoblanadi va u 3 yilda kamida bir marotaba o`tkaziladi. O’zLiDePning matbuot organi: -“XXI-asr” ijtimoiy siyosiy gazetasi. SHiori: “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi azmi kat’iy bir kishi ming–minglab tadbirsiz kishidan yaxshidir”. 25 kishidan iborat Siyosiy Kengashga ega. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida partiya 52 ta deputatlik mandatiga hamda o’z fraksiyasiga ega. Fraksiya rahbari – B.Yakubov. Partiyaning asosiy maqsadlari: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash. Boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlik, fuqarolik jamiyatiga keng yo’l ochib berish, demokratik qadriyatlarni xalq, avvalo yoshlar ongi va hayotiga singdirish. Siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish ijtimoiy muammolarni hal etishga ko’maklashish, O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirishda, yurt tinchligi va osoyishtaligini saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish, barcha millatlar va ellatlar qatlamlarining kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik, bunday xurujlarga qarshi kurash olib borish. Liberal–demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o’ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o’z saflarini kengaytirish. O’zLiDeP 2007 yil 23 dekabrda o’tkazilgan Prezident sayloviga Islom Karimov nomzodini tavsiya etdi va 88,1 foiz saylovchilar ovoziga ega bo’lib g‘olib chiqdi. Yoki 13 million 8 ming 357 ovozga ega bo’ldi. 2015 yil 29 martda bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida Islom Karimov bu partiyadan ishtirok etib, 17 mln122 ming 597 nafar saylovchining ovoziga ega bo’ldi 90,39 foiz ovoz bilan keyingi besh yil muddatga prezident etib saylandi. Mustaqil O’zbekistonning muxolifat masalasida olib borayotgan siyosati alohida o’rganishga loyiq. Bu siyosatning tarixiy, an’anaviy ildizlarini, uning xalq mintaliteti, ya’ni aqliy salohiyatining o’ziga xosligi bilan bog‘liqligi va boshqa qirralarini tadqiq etish eng dolzarb va muhim nazariy masalalardan biridir.
Siyosiy partiya fraksiyasi Oliy Majlis kengashi tarkibiga kiradi. Partiya a’zolari partiyaning jamiyatdagi ta’siri sezilarli bo’lishi uchun siyosiy tizimda rahbarlik o’rinlarini egallashlari lozim. Demak, hokimiyatga intilish partiyaning asosiy belgisidir. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida siyosiy partiyalar ishtiroki tahlili
O‘zbekistonda bugungi kunda ko‘p partiyaviy tizim shakllanib bo‘ldi. Ammo bu jarayon xali tugallangani yuq. Iqtisodiy islohotlar, mulkchilikning turli shakllari rivojlanib borishi bilan aholining ijtimoiy mobilligi ortib boradi va, demak, bugungi partiyalar va xarakatlar tarkibi va mazmunida o‘garishlar ro‘y berishi muqarrar. Oliy Majlis tuzilishida belgilangan o‘zgarishlar ham partiyalar va elektorat faollashishi, partiya dasturlarining konkretlashishi, partiya tayanuvchi ijtimoiy qatlamlarning saralanishiga olib keladi, deb ehtimol kilishga imkon beredi. Garchand, O‘zbekistondagi olimlar, jamoatchilik vakillarining bir qismi mamlakatimizda ikki partiyaviy tizim amal qilishi tarafdorlari sifatida partiyalar sonining kamayishini bashorat qilsalar—da, fikrimizcha, yaqin yillar ichida O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviy tizim saqlanib qoladi. Partiyalar kasaba uyushmalari yoki davlat tashkilotlariga o‘xshash vazifalarni bajarib kelyapti. Bu vaziyatda partiyalar apparatida ishlash uchun ko‘proq politolog, sotsiolog, psixologlar jalb qilinib, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bu boradagi yuzaga kelayotgan manfaat va talablarni bayon etib, saralab, davlat hokimiyati organlariga yetkazish, aholi siyosiy madaniyatini oshirishga e'tiborini kuchaytirishlari maqsadga muvofiq, bo‘lib ko‘rinadi. Partiyalarning bugungi O‘zbekiston siyosiy tizimidagi o‘rni demokratik jamiyat qurishda davlatga yaqindan yordam berishdan iborat. O’zbekiston Respublikasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonida siyosiy partiyalar ishtiroki O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g’risida"gi Konstitutsiyaviy qonun va "O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to`g’risida"gi qonun loyihalari haqidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi nomiga yo`llagan xatida siyosiy partiyalarning bugungi kundagi o`rni va roli printsipial mezonlar asosida belgilab berilganligi hammamizga ayon. Ushbu Qonun loyihalarining tashabbuskori va ijodkori muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta`biri bilan aytganda, “... taraqqiyotimiz va demokratik yangilanish zaminini belgilab beradigan qonunlarni o`z vaqtida qabul qilishimiz, ularga hayot taqozo etayotgan o`zgartirish va qo`shimchalarni kiritishimiz zarurati bugun nechog’li dolzarb ekanini anglash, tushunish qiyin emas”. Yurtboshimiz I.A.Karimov mazkur Qonun loyihasini tayyorlashning amaliy ehtiyoji, asosiy omillari va sabablarining quyidagi jihatlariga e`tibor qaratadi:
Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling