«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Download 497.07 Kb.
bet27/27
Sana28.07.2020
Hajmi497.07 Kb.
#125023
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
IMF-2


SPEKTAKL (lot. spectaculum - tomosha) — teatr san’ati asari.

Postanovkachi-rejissyor boshchiligida teatr jamoasi (aktyorlar,

rassom, kompozitor, baletmeyster va h.k.) tomonidan yaratiladi. S.

asosida pyesa (opera va balet kompozitor partiturasi, libretto, ssenariy)

mazmuni bilan belgilanuvchi g‘oyaviy niyat yotadi. Tanlangan

pyesaning talqin rejalari, dekoratsiya va liboslarning eskizlari,

roilar taqsimoti teatr badiiy kengashida muhokama qilinadi. Rejissyor

pyesa va obrazlarning talqin vositalarini muayyan g‘oya

va badiiy shaklga bo'ysundiradi, S.ning ko‘rinishlari, yechimi va

ramziy ishoralarini rassom bilan hamkorlikda hal qiladi. Aktyorlar

bilan ishlash, mizan-sahnalami belgilash, sahnaviy obrazlar va

ular o‘rtasidagi munosabatlarni shakllantirish S. yaratish jarayonining

hal qiluvchi shartlaridan biridir. S. sintetik asar bolgani

uchun undagi bezak, jihoz, libos, pardoz, musiqa va raqs vositalari,

chiroqlar va turli effektlar uni yanada boyitadi.

STUDIYA (ital. studio - o'qish, o'rganish) - 1) rassom yoki

haykaltarosh ustaxonasi; 2) rassom yoki aktyorlar tayyorlaydigan

maktab; 3) ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy)

san’ati asoslarini o‘rganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan

teatr (yoki rassomlar) jamoasi. S.ning professional va havaskorlik

turlari bor; 4) badiiy va b. filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik kino

xodimlari jamoasi; 5) radioeshittirish va teleko'rsatuvlar olib boriladigan

maxsus bino (radiostudiya, telestudiya); 6) ovoz yozish

xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron

(sintezator va b.) vositalar yordamida yozib olib fonogramma

tayyorlaydigan maxsus joy (mas., ≪Tarona rekord≫ S.si va b.).

SSENARIY (ital. scenario) - 1) pyesa mazmunining qisqa bayoni,

improvizatsiya teatri, tomoshasi, balet spektakllari, ommaviy

tomosha va b. o‘yinlar yaratiladigan syujet tuzilishi; 2) kino san’ati

va televideniye vositalari yordamida gavdalantirib ko'rsatishga

mo'ljallangan adabiy asar.

SYUJET (frans.-predmet, mazmun, narsa) - badiiy asar mazmunini

tashkil etadigan, bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikda kechadigan,

qahramonlar o‘rtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar

tizimi. Barcha epik, dramatik va liro-epik turdagi badiiy asarlarda

S. mavjud bo‘ladi.

TASVIRIY SAN’AT - rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikani

birlashtirgan nafis san’at turi; voqelikni uning osongina ilg‘ab olinadigan

fazoviy shakllarda ko‘rgazmali obrazlarda aks ettiradi. T.s.

turlari o‘z xususiyatlariga qarab real borliqni obyektiv mavjud sifatlari

- hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli

vanur-havo muhiti, harakatva o‘zgarishlari hissini yaratadi, bunda

tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmga o‘tish mumkin.

TEATR (yun. theatron - tomoshagoh) - I) san’at turi; uning

o‘ziga xos ifoda vositasi aktyorning omma oldidagi o‘yini jarayonida

yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. T. san’atida ham boshqa

san’atlarda bo'lganidek, xalq hayoti, tarixi, dunyoqarashi aks etib,

jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyati, madaniyati bilan bog'liq holda

o‘zgarib, takomillashib boradi.



TEATRLASHT1RILOAN OMMAVIY TOMOSHALAR - noan’anaviy

sahnalarda o‘tkaziladigan, biror mavzu yoki sanaga

bag‘ishlangan, teatr elementlari bilan boyitilgan, ko‘pchilik ishtirok

etadigan tadbir.



TEATRSHUNOSLIK - teatr tarixi va nazariyasini o‘rganuvchi

fan. Mustaqil ilmiy yoiialish sifatida teatr san’atining umumiy

taraqqiyoti bilan bogliq holda 20-a.da shakllangan. T. dastlab,

asosan drama teatrlari faoliyati bilan bog'langan bo‘lsa, keyinchalik

opera va balet, operetta, musiqali drama, bolaiar teatri,

qo‘g‘irchoq teatri, teatr ta’limi, sahna nutqi, dekoratsiya san’ati,

teatr libosi va pardozi, sahna harakati, havaskorlik teatri sohalari

va yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.



TELEFILM - televideniye uchun moMjallab ishlangan film,

ekran san’atining bir turi. Asosan, televideniye bazasida yaratiladi.

Hujjatli, badiiy, musiqiy, ilmiy-ommabop, manzarali, tarixiy

boiadi. Toiiq va qisqametrajli filmlar ishlanadi. Katta kinodan

ko‘p qismli televizion film va teleserial lar yaratishi bilan farqlanadi.

RAGEDIYA (yun. tragos - echki, ode — qo'shiq; tragodia

- echki qo'shig'i) - dramatik tur janrlaridan biri. T. qahramonlar

o‘rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar

taqdiri fojia bilan yakun topadi. T.da voqelik ancha jiddiy, ichki

qarama-qarshiliklar o‘tkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va

keskin tus oladi. T. badiiy g‘oyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining

yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo

konfliktning kuchliligi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi.



FANTAZIYA (musiqada) - badiha uslubidagi janr; muayyan

kompozitsion qoliplarga bogianmagan (ko‘pincha cholg‘u) musiqa

asarlaridan iborat. XVI-XVll-a.larda improvizatsiya namunalari

asosida yuzaga kelgan. XVlII-a.da klavir va organ uchun (ayniqsa,

turkumli asarlarda muqaddima ko‘rinishida) F.lar keng rivoj topdi

(I.S. va K.F.E. Baxlar, V. A. Motsart va b.).



FANTASTIKA (yun. phantastike—xayolan tasvirlash san’ati)

- badiiy san’at turi. F. realizm va naturalizm yo'nalishidagi san’at,

adabiyotlarning aksi. Ayrim o‘rinda F. realizm bilan ham qo‘shilib

ketadi. F.ning shakli mifologik tushunchalarni, ertaklarni tasvirlashda

ko‘rinadi.



FILM (ing. film - plyonka), kinofilm - birin-ketin plyonkaga

tushirilgan foto tasvirlar majmui, ular bir syujet asosida suratga

olinib, ekran orqali ko'rsatishga moijallanadi; kino san’ati asari.

XALQ IJODI - xalq ommasining badiiy, ijodiy-amaliy va havaskorlik

faoliyati; an’anaviy moddiy va nomoddiy madaniyatning

xalq og‘zaki badiiy ijodi (folklor), xalq musiqasi (musiqa folklori),

xalq teatri (tomosha san’ati), xalq o‘yinlari (raqs), qo‘g‘irchoqbozlik,

dor va yog‘och oyoq o‘yinlari (xalq sirki), xalq tasviriy va amaliy

bezak san’ati hamda texnikaviy va badiiy havaskorlik kabi ijodiyot

turlari.

XALQ KUYLARINI QAYTA 1SHLASH - professional musiqa

- bastakorlik va kompozitorlik ijodiyoti sohasi, muayyan janr.

Ko'p ovozli musiqa zaminida aranjirovka, garmoniyalashga qisman

yaqin, lekin usluban birmuncha murakkab. Kompozitorlik

maktablari shakllanishida X.k.q.i. muhim ahamiyatga ega bo‘lib,

dastlabki bosqich vazifasini bajaradi, zero milliy musiqa uslublarini

o‘zlashtirishda ijodiy laboratoriya vazifasini o‘taydi.

XALQ MUSIQA CHOLG‘ULARl - xalqlar o'rtasida keng

tarqalgan musiqa cholg'ulari. Har bir xalqning o‘ziga xos X.m.ch.

- torli, puflama va urma turlari bor; ruslarda - domra, balalayka,

gusli, jaleyka, bayanlar; ukrainlarda- bandura, kavkazliklarda

- tar, soz; italyanlarda - mondalina; ispanlarda - gitara. 0 ‘zbek

cholg'ulari ham nihoyatda rang-barang boiib, ular qatoriga nay,

do‘mbira, dutor, tanbur, sato, g‘ijjak, chang, qo‘shnay, karnay, surnay,

nog‘ora, doira va b. kiradi.



XARAKTER - adabiyot va san’at asarlarida xususiy belgilari

mukammal tasvirlangan va o‘zida fe’l-atvor (xatti-harakat, kechinma,

fikriy va nutqiy faoliyat)ning tarixan aniq tipini mujassamlantirgan,

shuningdek, muallifning ma’naviy-estetik konsepsiyasini

ifodalagan inson obrazi.

XATTOTLIK (arab. - husnixat yozuvchi), kalligrafiya - yozuv

(xat) san’ati, kitob ko‘chirish hamda me’moriy inshootlar, badiiy

buyumlarning kitobalarini yaratish kasbi. Yozuvning paydo

bolishi natijasida yuzaga keldi.



XOREOGRAFIYA (yun. choreia - raqs va ... grafiya) -

1) shartli belgilar asosida yoki so‘zlar bilan bayon etish orqali raqsni

yozish. XV-a. oxiridan raqsni yozish bo‘yicha urinishlar boigan

bolsa-da, asosan, XVII-a. oxiri - XVIII-a. boshlaridagina bal va

sahna raqsi nazariyasini ishlab chiqilgani tufayli bir guruh fransuz

baletmeysterlari va raqs o‘qituvchilari raqsni yozib olish tizimini

ishlab chiqdilar.

SIVILIZATSIYA (lot. cuvilis) - fuqarolikka, davlatga taalluqli),

tamaddun - 1) keng ma’noda - ongli mavjudotlar mavjudligining

har qanday shakli; 2) madaniyat so‘zining sinonimi. Bu

termin ko‘pincha moddiy madaniyat ma’nosida ham qollaniladi;

318

3) madaniyatning zamon va makonda chegaralangan tarixiy tipi



(Misr S.si, Mesopotamiya S.si va b.); 4) yovvoyilik va vahshiylikdan

kcyingi ijtimoiy taraqqiyot bosqichi.



SIRK (lot. circus doira, ay/ana) - san’at turi. Akrobatika,

gimnastika, ckvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm,

ot o‘yinlari, dorbozlik, hayvon o'rgatish kabi janrlarni o‘z

ichiga oladi. Sirk artisti aql bovar qilmaydigan o'yinlar ko‘rsatib,

insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning aqli, epchilligi,

jasurligi, kuch-qudratini ulugMaydi va S.ning o'ziga xos

badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning

umumlashgan badiiy obrazini yaratadi.



CHOLG'ULASHTIRISH - musiqiy ijod turi; musiqa asarini

muayyancholg‘u ansambl yoki orkestr (orkestrlash) tarkibi va ijrosiga

mo'ljallab moslashtirish. C’H. jarayonida kompozitor cholg‘ular

xususiyati va ifodaviy imkoniyatlari, shuningdek, asarning badiiy

mazmunidan kelib chiqqan holda ovoz yo'Manning qaysi sozda

ijro etilishini belgilaydi. CH. yangi asarni ijod etish paytida hamda

mavjud asarni boshqa musiqa jamoasi ijrosiga moslashtirish (aranjirovka)

jarayonida namoyon bo‘ladi. CH. maxsus musiqa o‘quv

yurtlarida ixtisoslashgan fan sifatida o‘qitiladi.

SHASHMAQOM (fors. - olti va maqom) — o‘zbek va tojik

xalqlari musiqiy merosida markaziy o‘rin tutgan maqomlar turkumi;

parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan o‘zaro uzviy

bogiangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda

musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo'nalishlarida

orttirilgan ko‘p asrlik ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida

yuzaga kelgan. SH. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa

an’analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir

qator bastakorlar avlodi san’atining qomusiy mahsulidir.

SHE’R (arab, shuur - sezgi) - likrning his-tuyg‘uga qorishiq

ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli she’riy nutq bilan ifoda

etilgan, ma’lum ichki ohangga ega badiiy asar. ≪SH.≫ atamasi

o‘rniga ba’zan ≪nazm≫ so‘zi ham qoMlanadi.



SHE’RIYAT, poeziya - she’riy asarlar majmui. Dastlab SH.

deyilganda, umuman badiiy adabiyot tushunilgan. SH. badiiyatga

daxldor sanalgan. Insoniyat tarixida faqat she’r shaklida yozilgan

bitiklargina so‘z san’atiga tegishli hisoblab kelingan.



EKSPOZ1TSIYA (lot. Expositio - ko'rsatish, bayon etish) -

badiiy asar, moddiy madaniy yodgorliklar, tarixiy hujjat va b.ning

ko‘rgazma va muzey zallarida yoki ochiq joylarda ma’lum tizimda

joylashtirilishi. Doimiy va davriy E.ning maqsadi barcha eksponatlarni

ularning badiiy va ilmiy qiymati, tarixiy badiiy jarayondagi

o‘rni, material laming ahamiyatini mukammal yoritib berishdir. E.

erkin yoki tomoshabinlarning tanishish yo'nalishlarini hisobga olgan

holda tuziladi. Zamonaviy sharoitda E. eksponatlarni saqlash

qoidalariga javob beradigan maxsus uskunalar, eksponatning

qisqacha xarakteristikasi hamda E. xususiyatlari, asarlari bayon

qilingan ixcham matnlar bilan ta’minlanadi.

EKSPONAT (lot. expono - ko'rgazmaga qo'yilgari) - muzey

va ko‘rgazmalarga qo‘yiladigan va namoyish qilinadigan narsa

(badiiy asar, tarixiy hujjat va h.k.).

EPOS (yun. epos -so'z, hikoya) - 1) badiiy adabiyot turi (lirika

va drama bilan bir qatorda); 2) xalqning qahramonona o'tmishini

aks ettiruvchi asar. E. adabiyotning uch turidan biri sifatida tafsilot

tasviriga tayangan badiiy asarlar jamini anglatadi. Unda muayyan

makon va zamonda kechadigan voqea-hodisalar tafsiloti, albatta,

mavjud bo‘ladi. E.da so‘z yordamida o'quvchi ko‘z o'ngida real

hayot manzaralariga muvofiq keladigan badiiy voqelik yaratiladi.

ERTAK - xalq og‘zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri;

to‘qima va uydirmaga asoslangan sehrli-sarguzasht va maishiy

xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan.

M. Qoshg‘ariyning ≪Devonu lug‘otit turk≫ asarida etuk shaklida

uchraydi va biror voqeani og‘zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini

bildi radi.



ESTRADA (ispancha estrado - taxtasupa), estrada san’ati -

1) keng ma’noda - ko'ngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy,

raqs, tomoshaviy va b.) janr va shakllarning umumiy ifodasi;

2) tor ma’noda - sahnaviy professional san’at turi. Rossiya va b.

ba’zi mamlakatlarda E., Angliyada myuzik-xoll, Fransiyada varete,

kafe-shantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan

yuritiladi. E.ning kelib chiqishi xalq og‘zaki ijodi bilan bog‘liq

boMsa-da, u muayyan (tijorat-ommabop) san’at turi sifatida XIXa.

da Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiy-madaniy

muhitida yuzaga kelgan.



ETYUD (frans. etude - aynan mashq, o'rganish) - 1) tasviriy

san’atda borliq (natura)dan uni o‘rganish maqsadida yaratilgan

asar. Ijodkor badiiy asar (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) yaratish

jarayonida E.dan yordamchi manba sifatida tbydalanadi.



YUMOR (lot. humor -xilt) - kulgi bilan xayrixohlikni o‘zida

mujassam etgan komiklik turi. Badiiy adabiyotga mansub yumoristik

asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi,

xususan, ayrim kishilardagi ba’zi kamchilik-nuqsonlardan kulib,

uni tanqid qiladi.

YALLA - o‘zbek xalq ijodida keng tarqalgan, raqs bilan ijro

etiladigan qo‘shiq turi. Xalq so‘zi, mumtoz va zamonaviy shoirlar

she’rlariga aytiladi. Y. yakka, ko‘pincha 2 va undan ortiq ijrochi

tomonidan (doira va cholg'u ansambli jo'rligida) ijro etiladi. Aksariyat

Y.lar ishq-muhabbat mavzuida boiib, jozibali, o'ynoqi xarakterga

ega.


0 ‘YIN - tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri.

0 ‘. insoniyatning butun tarixi rnobaynida diniy marosim, sport,

harbiy va b. mashqlar, shuningdek, san’at, ayniqsa uning ijro shakllari

bilan qo‘shilib kelgan. Ma’lumki, inson o‘z hayotida o‘yin,

o‘qish, mehnat, dam olish kabi mashg‘ulotlar bilan band boiadi.

0 ‘YMAK0RL1K - amaliy san’atning qadimiy va keng tarqalgan

turi; yog‘och, ganch, metall, tosh, suyak, terrakota va

b.ni o‘yish, yo‘nish, kesish yoli bilan badiiy shakl yasash san’ati.

Buyumlar, turli asboblarni nafislashtirishda, binolarni bezashda,

kichik shaklli haykaltaroshlik kompozitsiyalari yaratishda keng

qollanadi.



O'LKASHUNOSLIK MUZEYLARI - ilmiy tadqiqot va madaniy-

ma’rifiy muassasa. Ma’lum geografik yoki ma’muriy hududning

tarixiy yodgorliklari, tabiiy, ilmiy va badiiy to‘plamlari, xalq

san’ati asarlarini yig'adi, saqlaydi, ilmiy o‘rganadi, ko‘rgazmalar

uyushtiradi va targib qiladi.

QADRIYATLAR - borliq, jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar,

inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini

ko‘rsatish uchun qollaniladigan tushuncha. Q. bilan bogliq masalalar

hayotning eng asosiy mavzulari boiib hisoblanadi.



QO‘G‘IRCHOQ TEATRI - teatr san’ati turi. Chodir ichida

yoki parda ortida yashiringan aktyor-qo‘g‘irchoqbozlar tomonidan

harakatga keltirib kolsatiladigan qo‘g1rchoqlar tomoshasi.

Qo‘g‘irchoqlarning turi (tola, yassi, shartli yoki natural), boshqarish

tizimi (ip bilan boshqariladigan, qolga kiyiladigan, soyasi tushiriladigan,

simli va mexanik) va katta-kichikligi (bir necha santimetrdan

tortib odam bo‘yidan ham yuqori qo‘g‘irchoqlar) bilan

bogliq holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan



HAVASKORLIK TEATRI teatr san’ati bilan asosiy mashg'ulotlaridan

tashqari shug‘ullanadiganlar teatri.



HAJVIYA - badiiy adabiyot turlaridan: satira va yumor.

Hajviy asarlar tanqidiy ruhda boiadi. 0 ‘tmishda Sharq xalqlari,

shu jumladan, o'zbek adabiyotida, asosan, she’riyat va folklorda

mustaqil janr sifatida rivojlangan. Ularda jamiyat hayotining,

shuningdek, ayrim guruh yoki shaxslarning aksariyat yomon tomonlari

tasvirlanadi.



HOFIZ (arab. —yoddan biluvchi, saqlovchi) — VH-a.dan arablarda

Qur’on suralarini yoddan qiroat bilan o‘quvchi kishi, qori.

Xl-a.dan musulmon Sharq mamlakatlari (jumladan, 0 ‘rta Osiyo

va Xuroson)da mumtoz g‘azal va dostonlarni yoddan aytgan

kishilar, shuningdek, o‘zi ham ijodkorlik qobiliyatiga ega, kuyohanglarni

esda saqlash quvva (hofiza)si o‘tkir boigan, yuqori

malakali ashulachi, xonanda (mas., To‘ychi hofiz, Levicha hofiz,

Madumar hofiz va b.).



HUJJATL1 FILM - kino san’ati turi. Unda haqiqiy voqealar

kinosurati material bo‘lib xizmat qiladi. 1-hujjatli kinosuratlarni

aka-uka Lyumerlar 1895 y. (Fransiyada) olishgan. 0 ‘zbekistonda 1-

H.f.ni Xudoybergan Devonov suratga olgan. Ovozsiz kino davriga

mansub H.f.larda asosan tasvir hal etuvchi rol 0‘ynagan, voqealar

mazmuni titr (yozuv)larda izohlangan, g'oyaviy yo'nalishda voqea

obrazi hukmronlik qilgan. Ovozli kinoga o‘tilgach, film voqealari

diktorlar tomonidan sharhlangan.



HUNARMANDCHILIK, hunarmandlik - niilliy-an’anaviy

mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida

yakka tartibda va qol mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday

mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi.




1 Қаранг:И.Каримов. Ўзбекистон XXIаср бўсағасида хавфсизликка тахдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Т.: 1997.97-101-бет.

2 Ислом Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида. 99-бет.

3 Ислом Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида 107-108 бет.

4 Қаранг: Қорабоев У.Х. Маданият масалалари 2009 й 244-250 бетлар

5 Қаранг: Қорабоев У.Х. Маданият масалалари 2009 й 251-255 бетлар

6Қаранг: Қорабоев У.Х. Маданият масалалари 2009 й 256-2260 бетлар

7 Қаранг: Қорабоев У.Х. Маданият масалалари 2009 й 261-265 бетлар

8 Қаранг: Қорабоев У.Х. Маданият масалалари 2009 й 267-270 бетлар

9 Қаранг: Қорабоев У.Х. Маданият масалалари 2009 й 271-276 бетлар

10Karimov I.A. “Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish”. – T.: “O`zbekiston”. 2009. – B. 9.

11Abduvohidov M.A. Axborot jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish. -T.: TDIU. 2004. -B. 11.

12 Qosimova O umumiy tahriri ostida. O`zbekistonda kutubxonachilik ishi. –T.: O`qituvchi. 1989. –B. 68.

13 Abduvohidov M.A. Axborot jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish. -T.: TDIU. 2004. -B. 11.

14 www.lex.uz

15 www.edu.uz

16Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi. -T.: O`zbekiston . 2010 . – B. 47.

17 Қаранг. «Туркистон» газетаси муҳбирининг саволларига жавоблар И.Каримов. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз; Т.Ўзбекистон,1999 йил, 297-бет.

18 Қаранг. И.Каримов «Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз» Т.Ўзбекистон,1999 йил, 295-бет.

19 Каримов И.А. «Биз келажагиизни ўз қўлимиз билан қурамиз». Т.: «Ўзбекистон», 1999 й. 7-том, 294-бет.

20 «Халқ сўзи», 2002 йил 22 февраль.

21 И.А.Каримов Ўзбекистон ХХ1 асрга интилмоқда. Т.-Ўзбекистон 1999. 14-бет.

22 Лисицин Ю.П.. Обшествкнное здровоохранения. Учебник. –Москва: Геотар, 2010.-C. 124.

23 Arziqulov.R. Sog’lom turmush tarzi asoslari (Valeologiya). -Toshkent, 2009.-B. 3.

24 O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.-Toshkent: O’zbekiston, 2014. –B. 14.

25 Bekmurodov.A.Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 –yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichqa ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent. O’qituvchi. 2012-yil. b:131

26 Bekmurodov.A.Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 –yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichqa ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent. O’qituvchi. 2012-yil. b:131

27 Bekmurodov.A.Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 –yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichqa ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. –Toshkent: O’qituvchi, 2012-yil. -B.131.

28 http://www.refarat arxiv.uz.

29 http://www.refarat arxiv.uz.

30 Bekmurodov.A.Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 –yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichqa ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. -Toshkent. O’qituvchi. 2012-yil.-B.131

31 Bekmurodov.A.Sh. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 –yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012-yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichqa ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. –Toshkent: O’qituvchi, 2012. –B. 131.

32 Karimov.I.A. 2012-yil vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining majlisidagi maruzasi. Toshkent. O’zbekiston. 2012. b:17

33 Arziqulov.R. Sog’lom turmush tarzi asoslari ( Valeologiya). –Toshkent, 2009. –B. 207.

34 «Труд», «Гарри Поттер против Ивана-Царевича», 2004 йил 28 - август сони.

35 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "O`zbekiston xotin - qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab - quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora - tadbirlar to`qrisida"gi Farmoni // Xalq so`zi g., 2004 y, 27 may.

36 O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 2008. –B.10.

37 Mopbun T. Sotsiologiya. uchinchi nashr. Chikago. 1990. -B. 180-181

38Bekmurodov M. Sotsiologiya asoslari.-Toshkent, 2000. -B. 116.

39Safo Ochil . Mustaыillik ma'naviyati va tarbiya asoslari. –T.: O‘qituvchi , 1995. –B. 56.

40Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.-T.: O‘zbekiston, 2010. –B. 32.

41 Uiliyam Korbilum .Sotsiology. -New York. 1994 . – Б. 181.

42 Uiliyam Korbilum . Sotsiology. - New York. 1994. – Б. 186.

43 Uiliyam Korbilum . Sotsiologiya. -New York.1954. – Б. 234.

44 Uiliyam Korbilum .Sotsiologiya. -New York. 1954. – Б. 239.


45 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma'naviyat, 2008. –B. 102.

46Karimov I.A. O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li–T.: O‘zbekiston, 2007. –B. 98.

47 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O‘zbekiston, 2012. –B. 6.

48 Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz — jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va etishdir. T. 13. - T.: O‘zbekiston, 2005. - B. 179.

49 www uzlidep.uz

50 Интернет: http://www.pres.uz/


51 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 2009. -№ 9-10. -141 modda.

52


Download 497.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling