«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Download 497.07 Kb.
bet26/27
Sana28.07.2020
Hajmi497.07 Kb.
#125023
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
IMF-2


KONSERT (lot. concerto - musobaqalashaman) - 1) oldindan

e’lon qilingan dastur asosida san’atkorlarning maxsus joy (zal,

sahna)da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini ommaviy ijro

etish. K. dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda

yakkanavoz cholg‘u va b.) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda

tinglanishi uchun tashkil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon

bo‘lgan; 2) Yevropa mumtoz cholg‘u musiqasi janri, bir yoki bit

necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari.

17-a. oxiri - 18-a. 1-yarmida Yevropa san’atida vujudga kelgan.

Yakkanavoz cholg‘u bilan orkestr (yoki cholg'u guruh lari) o'rtasida

ijodiy musobaqa, munozara K.ning o'ziga xos xususiyatidir.

KULOLL1K, KULOLCH1LIK - hunarmandlikning loy (gil)-

dan turli buyumlar (terrakota, sopol idish, qurilish materiallari

va b.) tayyorlaydigan turi. K.da asosiy xomashyo - tuproq. Kelib

chiqishi va tarkibi turlicha bo‘lgan tuproqlardan turli xil K. mahsulotlari

tayyorlanadi. Loy qancha ko‘p pishitilsa, sopolning sifati

shuncha yaxshi boiadi.

KUTUBXONA- bosma va ayrim qolyozma asarlardan ommaviy

tbydalanishni ta’minlovchi madaniy-ma’rifiy va ilmiy muassasa;

muntazam ravishda bosma asarlar to‘plash, saqlash, targ‘ib

qilish va kitobxonlarga yetkazish, shuningdek, axborot-bibliografiya

ishlari bilan shug‘ullanadi, ommaning madaniy saviyasini oshirishda

faollik ko'rsatadi. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish K.ning

asosiy faoliyati boiib, qolgan barcha faoliyatlar (kitob fondini but-

lash va uni tashkil etish, fond mazmunini yoritish, uni kitobxonlarga

yetkazish kabilar) asosiy faoliyat uchun xizmat qiladi.

KO‘RGAZMA - insonning moddiy va ma’naviy faoliyati sohalaridagi

yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hozirgi zamon

K.lari maqsadlariga ko‘ra, savdo K.lari (asosan, tijorat maqsadida

uyushtiriladi), ma’rifiy-targ'ibiy (informatsion) K.lar (badiiy, ilmiy-

texnika, sanoat, transport va b. sohalardagi yutuqlarni targ'ib

qilish); davriyligiga ko'ra, muntazam o'tkaziluvchi (har yili, bir,

ikki, uch yilda bir marta va h.k.), nomuntazam o'tkaziluvchi (yubileylar,

kongresslar, qurultoylar yoki biror boshqa munosabat bilan),

doimiy ishlaydigan K.lar; namoyish etiladigan eksponatlar

mazmuniga ko‘ra, iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, fan, texnika

va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyish qilinadigan

universal K., sanoat, qishloq xo'jaligi, san’at va b.ning bir

yoki bir necha yondosh tarmoqlarini qamrab oluvchi ixtisoslashgan

K.lar; qatnashchilari tarkibiga ko'ra, jahon, xalqaro, milliy,

mintaqaviy va b.ga bo'linadi.

LAZGI - Xorazm xalq kuyi va raqsi. Kuy kichik muqaddima

va 3 qismdan iborat. 6/8 o'lchovli gul ufori usulida ijro etiladi.

Raqs sekin va oddiy harakatlar bilan boshlanadi - oldin barmoqlar,

bilaklar, yelka va keyin butun tana jonlana boshlaydi. So‘ngra

birdaniga qo'l, oyoq, tana ishtirok etadigan murakkab harakatlar

ulanib ketadi. Kuyning bir qismi takrorlangan holda raqs harakatlari

almashib boradi. Kuy xarakteri o'zgarishi va sur’at tezlashishi

bilan raqs tobora qizg'inlasha borib, keskin holda tamom bo'ladi.

Erkaklar (jangovar va qahramonlik ruhida) va ayollar (lirik,

hazilomuz) raqslari farqlanadi.



LAPAR - bir yoki bir necha ijrochi tomonidan navbat bilan

aytiladigan bandli ashula shakli. L. ko'proq hajviy-tanqidiy, turmushdagi

ayrim kamchiliklarni ifodalovchi mazmunda bo'ladi va

raqs bilan ijro etiladi.



L1RIKA (lira) - badiiy adabiyotdagi 3 asosiy adabiy tur (epos,

drama, lirika)ning biri. L.da mavjud obyektiv voqelikdan ko'ra

ijodkor shaxsining his-tuyg'ulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonnihg

ichki dunyosi birinchi o'rinda turadi.



MAVSUM-MAROSIM QO'SHIQLARI - xalq og'zaki ijodining

yil fasllarini belgilovchi, turli marosim hamda an’anaviy

bayramlar jarayonida ijro etilgan qadimiy qo'shiq turlaridan.

MADANIY-MA’RIFIY ISH - keng ommani madaniy va ma'-

rifiy tarbiyalash, ularning umumiy madaniy saviyasini oshirish,

ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bo'sh vaqtlarini ko'ngilli

o‘tkazishga ko‘mak beruvchi tadbirlar tizimi. M.-m.i. mazmuni,

vazifasi, maqsadi har bir davrning ijtimoiy, siyosiy, madaniyma’rifiy,

g‘oyaviy xususiyatlariga bogliq holda shakllanib rivojlanadi.

M.-m.i. keng ma’noda o'quv muassasalaridan tashqarida

insonning madaniy va ma’naviy o‘sishiga ko‘maklashuvchi barcha

ishlar (klub tashkilotlari, ommaviy kutubxonalar, madaniyat

va istirohat bogiari faoliyati)ni qamrab oladi, muzey, kinoteatr,

teatr va b. muassasalar ishlari, shuningdek, radio va televideniye

muhim o‘rin tutadi.



MADANIY MEROS - avlodlar tomonidan yaratilgan amaliy

tajriba, axloqiy, ilmiy, tafakkuriy, diniy va ruhiy qarashlar, xalq

madaniyati va ijodi kabi moddiy hamda ma’naviy boyliklar majmui.

MADANIYAT - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari

tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va

faoliyatining turli ko'rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan

moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. «М.» tushunchasi

muayyan tarixiy davr (antik М.), konkret jamiyat, elat va millal

(o‘zbek M.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga

xos sohalari (mas.,mehnat M.i, badiiy М., turmush M.i)ni izohlash

uchun qo‘Ilaniladi. Tor ma’noda «М.» atamasi kishilarning faqal

ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG‘LARI - aholi madaniy

hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihoylangan,

ko‘kalamzorIashtirilgan maskan. M. va i.b. bog‘ tuzish

san’atining o‘ziga xos uslublari asosida barpo etiladi.



MADANIYAT SAROYLAR1 VA UYLARI - yirik klub muassasalari.

Aholining madaniy dam olishini uyushtirish maqsa

dida quriladi. M.s. va u.da ko‘p o‘rinli tomosha va ma’ruza zallari,

doimiy kinoqurilmalar, kutubxonalar, to‘garak mashg‘ulotlan,

tasviriy san’at va b. uchun alohida xonalar boiadi. M.s. va u.da

ko'rgazmalar tashkil qilinadi, ma’ruza, mavzuli kechalar, atoqli

kishilar bilan uchrashuvlar, bayram kechalari va b. marosimlar

o'tkaziladi. Turli badiiy to‘garaklar ishlaydi. M.s. va u. faoliyati

xalq ijodi va badiiy havaskorlikning barcha turlari rivojlanishiga

yordam beradi. Ularda xalq teatrlari, orkestr, xor, opera va xoreografiya

jamoalari, ashula va raqs ansambllari ijod qiladi.

MAROS1M - 1) diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati

bilan o‘tkaziladigan ma’raka, yig‘in: diniy marosimlar, to‘y

marosimlari, dafn marosimi va b; 2) tantanalar bilan o‘tkaziladigan

rasmiy yig‘in: yubileylar, mukofot berish marosimi, haykalning

ochilish marosimlari va b.

MA’NAVIYAT (arab. «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) - kishilarning

falsafiy, huquqiy, estetik, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari

va tushunchalari majmui. M. mafkura, tafakkur tushunchalariga

yaqin va ular bir-birlarini taqozo etadi. Odamzod paydo

bo‘lib, ko‘p ming yillik taraqqiyot jarayonida o'zini o‘rab olgan

tabiatni, turli hodisalar, voqealar, hayotiy jarayonlarni kuzatgan,

ularning sabablari va qonuniyatlari to‘g‘risida mushohada qilgan,

turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan.



MA’RIFAT (arabcha «arafa» - «bilmoq» so‘zidan) - ta’limtarbiya,

iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g‘oyalar majmui asosida

kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o‘stirishga qaratilgan

faoliyat. «М.» tushunchasi «ma’naviyat» va «madaniyat» tushunchalari

bilan chambarchas bog‘langandir; M. tarixi jamiyat tarixining

ajralmas qismidir. M. haqida ko‘plab fikrlar bildirilgan.

So‘fiylar nazarida tariqatning davomi va hosilasi M.dir. U fikrdan

o‘zib ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir.



MILLIY MADANIYAT - ma’lum bir elat, millat, xalq tomonidan

uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan, ularning ijtimoiy-

madaniy ehtiyojlarini ifoda etgan moddiy va ma’naviy boyliklar

majmui. M.m.ga til, turmush tarzi, mentalitet, urf-odatlar,

din, xalq ijodi, arxitektura, adabiyot, musiqa, axloqiy-ma’naviy

qadriyatlar va hokazolar kiradi.



MAQOM (arab. -jo y , makon, o'rin) - musulmon Sharqi musiqasida

asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi

tovushni hosil etish uchun torli cholg‘uning dastasida barmoq

bilan bosiladigan joy, parda ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik

Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida M.ning mazmun

doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bogliq boshqa

ma’nolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan

pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr;

bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub

va b.


MILLIY QADRIYATLAR - millat uchun muhim va jiddiy

ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma’naviy boylik -

lar. M.q.i boimagan millat yoki elat yo‘q. Millat - M.q.ning sohibi;

millatning tanazzuli - M.q.ning tanazzulidir. M.q.millatniii};

tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy

qatlamlar, milliy ong, til, ma’naviyat hamda madaniyat bilan uzviy

bog‘liq holda namoyon boiadi.

MONUMENT (lot. monumentum - yodgorlik) - yirik tarixiy

voqea, buyuk jamoat arbobi va b. sharafiga bunyod etilgan yirik

hajmdagi yodgorlik, haykal. Odatda M. me’moriy ansamblda

g‘oyaviy va hajmli kenglikning asosini hosil qiladi yoki haykalli

me’moriy majmuaning tarkibiga kiradi.

MUZEY (yun. musion - muzalargct bag'ishlangan jo y ) - tarixiy,

moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to‘plash, saqlash, o‘rganish

va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma’rifiy

muassasa. M. xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy buyumlar.

shuningdek, san’at asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar

(qadimdan hozirgi davrgacha boigan tarixiy qimmatga ega

qolyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Zamonaviy ilmiy

tasnifda M. tur va sohalar bo'yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazi

fasiga ko‘ra ilmiy tadqiqot-ma’rifat (M.ning asosiy qismini tashkil

etadi, ba’zan ular xalq М., ommaviy M. deb ham ataladi), tadqiqol

(ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o‘ziga xos laboratoriya vazifasini

o‘tovchi) va o‘quv M.iga bolinadi. Sohalar bo‘yicha tarix,

qishloq xo'jalik, tabiatshunoslik, san’atshunoslik, adabiyot, texnikaga

oid va boshqa M.ga bolinadi. Shuningdek, M.ning memorial

muzeylar, tnajmua olkashunoslik kabi turlari bor. M.lar katta

ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to‘plamlarni butlaydi

va o'rganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini

saqlash va ta’mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog,

yo‘l-ko*rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab

chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy

tashviqotlar olib boradi.

MUZEY-QO‘RIQXONA - tabiiy, tarixiy, moddiy va ma’naviy

yodgorliklarni saqlovchi ilmiy-tadqiqiy va madaniy-ma’rifiy muassasa;

tarkibiga ekspozitsiyadan tashqari qo‘riqxona hududida joylashgan

me’moriy, tarixiy va b. yodgorliklar ham kiradigan muzeylar.

M.-q.ning tarixiy-badiiy, tarixiy-me’morlik, tarixiy-madaniy,

harbiy-tarixiy, shuningdek kompleks (majmua) turlari bor.



MUMTOZ ADABIYOT - milliy va jahon badiiy madaniyati

xazinasini tashkil etgan, ko‘pchilik tomonidan tan olingan mashhur

asarlar silsilasi.

«MUNOJOT» (arab. - yalinish, yolvorish) - yirik shakldagi

o‘zbek mumtoz cholg'u kuylar turkumi. 3 asosiy qismdan tashkil

topgan: «М.», «Savti М.» va «Ufari М.». Turkumli ijroda ba’zan

«Savti M.»dan keyin «Oromijon» nomli kuyulanib, so‘ngra «Ufari

М.» yangraydi. Umumiy parda tuzilishi hamda bosh kuy mavzui

bo'yicha ular Dugoh va Chorgoh maqom yo’llariga mos keladi.

«М.» turkumining tarkibiy qismlari bir-biridan asosan usul negizi

bilan farqlanadi (saraxbor, kashqarcha, ufar). Shu bilan birga o‘zbek

musiqa merosida «Mo‘g‘ulchai М.», «Muxayyari М.», «Qashqarchai

М.» nomli cholg‘u kuylar ham mavjud.



MUSIQA (yun. mousiche - muzalar san’ati) - inson hissiy

kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton,

nag‘ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san’at

turi. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi

muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. M. insonning turli

kayfiyatlari (mas.,ko‘tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik,

g‘amginlik, xavf-qo‘rquv va b.)ni o‘zida mujassamlashtiradi.

MUSIQA MAKTABLARI, bolalar musiqa maktablari - boshlang'ich

musiqa ta’limini beruvchi maxsus o‘quv yurtlari. M.m.ga

asosan umumta’lim maktablarida o‘qiydigan iste’dodli bolalar va

o‘smirlar qabul qilinadi. M.m.da musiqa cholg‘u asboblari (fortepiano,

skripka, violonchel, truba, klarnet, akkordeon va b., o’zbek

xalq cholg’ularidan - doira, qashqar rubobi, dutor, g‘ijjak, chang,

nay va b.)da chalish o‘rgatiladi; musiqa savodi va elementar musiqa

nazariyasi, solfejio, musiqa adabiyoti, xor qo'shiqchiligi bo'yicha

ta’lim beriladi. 0 ‘qish muddati 5 (xalq, urma va puflama cholg‘ulari

bo‘limlarida) va 7 (Yevropa cholg‘u asboblari bo‘limida) yil.



MUSIQA TAN LOVLARI VA FESTIVALLARI - xonanda,

sozanda, kompozitor, bastakor, musiqa jamoalari va b.ning ijodiy

musobaqalari va konsert tadbirlari. Odatda, oldindan e’lon qilingan

shartlar asosida o‘tkaziladi. Sharq, jumladan, O'rta Osiyo

xalqlari madaniyatida M.t. va f. qadimdan rivojlanib, hozirgacha

o‘zining an’anaviy shaklida saqlanib kelgan: mas.,qozoq oqinlari,

o‘zbek baxshilari, qoraqalpoq jirovlari, qirg‘iz manaschilarining

aytis (aytishuv)lari va b.



NAVO (fors. — kuy, ohang) - 0 ‘n ikki maqom tizimi hamda

Shashmaqom tarkibidagi uchinchi maqom. Shashmaqomdagi

N.ning cholg‘u qismlari Tasnifi N., Tarjei N., Garduni N., Nag'mai

Orazi N., Muxammasi N., Muxammasi Bayot, Muxammasi

Husayniy, Saqili N. deb ataladi. Ular muayyan kuy mavzulari va

doira usullari negizida yaratilgan. N.ning ashula bolimi 2 guruh

sho‘balarga bo‘linadi. Birinchi - Saraxbori N. (2 taronasi bilan),

Talqini Bayot (taronasi bilan), Nasri Bayot (2 taronasi bilan), Orazi

N. (3 taronasi bilan), Husayniy N. deb nomlanuvchi sho‘balar hamda

Ufari Bayot (Suporishi bilan) qismlaridan tashkil topadi. Ular

navbatma-navbat turkum tarzida turli doira usullarida aytiladi. Ikkinchi

guruh sho‘balar- Savti N., Mo‘g‘ulchai N. va Mustazodi N.

deb yuritiladi. Ularning har biri Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma

va Ufar kabi shoxobchalardan tuzilgan. N. sho‘balar shakli ancha

murakkab bo‘lib, daromad, miyonxat, dunasr, avj va tushirim

tuzilmalaridan tashkil topadi. N.ning sho‘balarida, asosan, Oraz

va Bayot namudlaridan avj sifatida foydalanilgan.

NAQQOSHL1K, naqshkorlik - amaliy san’atning qadimiy

sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qog‘ozga yoki matoga

naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa,

girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi.



NOTA (lot. nota) - 1) musiqa asarlarini yozib olish uchun

qo‘llanadigan yozuv belgisi; 2) musiqa asari yozilgan varaq, daftar,

kitob va b.

OBIDA (arab.) moddiy madaniyat yodgorliklari (q. Yodgorlik).

PARK (lot. parricus - oxoto qilingan joy) - kishilarning dam

olishi uchun barpo etilgan bog‘.

PREMERA (frans. premure - birinchi) - spektakl, estrada,

sirk tomoshalari, yangi kinofilm (telefilm) ning birinchi bor

ommaviy namoyish qilinishi.

PRODYUSER, prodyuser (ing. producer, produce - yaratish)

- rivojlangan mamlakatlarda film ishlashda g‘oyaviy-badiiy va

tashkiliy-moliyaviy jihatdan nazorat qilishni amalga oshiruvchi

kinokompaniyaning ishongan kishisi. Rejissyor, aktyor, ssenariychilar

ham P. boiishi mumkin.

RASM, qalamtasvir - tekis yuzaga qoida chiziq va nursoya

(oq-qora bo‘yoq doglari) yordamida ishlangan tasvir; rassomlik

san’ati (rangtasvir va grafika)ning ifoda vositasi. R.da asosiy ifoda

vositasi chiziq bo‘lib, qo'lda grafika vositalari qalam, pero va b.

yordamida chegara chiziq (kontur chiziq) yoki qisqa va yuliq chiziq

(shtrix)lar hamda bo'yoq dog‘larida bir xil (axromatik) rangda

bajariladi.

RASSOM (arab.) - tasviriy san’at sohasidagi ijodkor. Qog‘oz,

karton, mato va b. materiallarga, shuningdek, binolarning devor

va shiftlariga turli usullarni qo‘llagan holda badiiy asar yaratuvchi

san’atkor. R. inson faoliyati, hayoti uchun zarur bo‘lgan narsalarning

shaklini, hajmini yaratishga, ularni did bilan bezatishga ham

hissa qo‘shadi (yana q. Rassomlik san’ati).



RASSOMLIK SAN’ATI - asarlari biror yuza (qog'oz, mato,

taxta, devor va b.)ga bo‘yoq (akvarel, moybo'yoq, tempera, guash,

yelimbo‘yoq), qalam, rangli tosh, shisha va h.k.da ishlanadigan

tasviriy san’at turi.



RAQS - san’at turi. Bunda raqqos(a)ning garmonik tana harakati

va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imo-ishoralari,

ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish R.ning asosiy vositasidir.

Insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan emotsional

taassurotlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Dastlab qo‘shiq

va so‘z bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik mustaqil san’at turiga aylangan.

R. asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega

bo‘la borgan. Ijrochining libosi R. obrazlariga aniqlik beradi.



REJISSYOR (lot. - boshqaraman) - spektakl, film, teleko‘rsatuv

va radio- eshittirishlarini, estrada va sirk dasturlarini sahnalashtiruvchi

shaxs. 0 ‘z ijodiy o‘ylari, maqsadi asosida tomoshaning

barcha ishtirokchilari - aktyor, rassom, kompozitor,

kinoda operator ishini birlashtirib, yangi tomoshaviy voqelik yaratadi

(yana q. Rejissyorlik san’ati).



REJ1SSYORLIK SAN’ATI, rejissura - garmonik bir butun

va muayyan yaxlitlikka ega bo‘lgan tomosha, ko'rinish yaratish

san’ati (teatr, kino, telefilm, sirk va estradada). Rej. sahna asari yoki

kinofilm yaratish jarayonida ijodiy xodimlar - aktyor, yakkaxon,

rassom, kompozitorga (kino va televideniyeda operatorlarga ham)

va yordamchi xodimlarga rahbarlik qiladi. R.s. drama teatrida pyesa

tanlash, uning g‘oyasi, janr va badiiy xususiyatlari, tasvirlanayotgan

davr, muallifning ijodiy uslubini o‘rganishdan boshlanadi.



REPERTUAR (frans. repertoir, lot. repertorium - ro'yxat,

izohlash) - drama teatri, musiqali teatr, estrada konserli yoki

ayrim artist tomonidan ijro etiladigan asarlar majmui. R. uslubi va

janriga ko‘ra ham farqlanadi (romantik R., komediya R.i), «zamonaviy

R.», «mumtoz R.» tushunchalari boiadi.



REPET1TS1YA (lot. repetitio qaytarish) - 1) teatr, estrada,

sirk tomoshalari, konsert dasturlari, ayrim chiqishlar, sahnalarni

(rej. rahbarligida) ko‘p marta (butunlay yoki qisman) takrorlash

orqali tayyorlashning asosiy shakli; 2) klavishli va b. musiqa asboblarida

bir tovushning tez takrorlanishi; 3) fortepiano mexanizmi

xususiyati, u bir tovushning o‘zini tez takrorlash imkoniyatiga

ega; oddiy (sekundiga 6-8) va murakkab (sekundiga 12) zarbli R.

qilish mumkin boigan fortepianolar mavjud.



RIVOYAT (arab. - hikoya qilmoq) - voqea va hodisalarni,

inson faoiiyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi

og‘zaki hikoya; folklor janri. Hajmi qisqa, 2 yoki 3 epizoddan

tashkil topadi, an’anaviy uslubiy shaklga ega bolmaydi. Odatda,

oddiy bir hikoyachi bayonidan boshlanib, ogizdan-oglzga

o‘tish jarayonida erkin talqin qilinadi.



ROL (frans.) - 1) sahnada, ekranda aktyor tomonidan ijro etilgan

badiiy obraz. Hajviy (komedik), fojiaviy (tragik), dramatik,

tragikomedik, shuningdek, birinchi (asosiy) va ikkinchi darajali

(epizodik) R. boiadi; 2) aktyorning spektakl davomidagi nutqi; 3)

ko‘chma ma’noda vazifa, ahamiyat, mavqe, hissa va h.k.

SAYIL yilning ma’lum fasllarida oikaziladigan sayillar,

sayr-tomoshalar. S.lar odatda Navro‘z va diniy bayramlar (Ro‘za

va Qurbon hayitlari)da va yilning qulay paytlarida tashabbuskor

kishilar tomonidan tashkil etilgan. S. shaharlarda, registon maydonlarida,

chorsu va rastalarda, shahar tashqarisidagi sayilgohlarda,

shuningdek, qadamjolarda o‘tkazilib, bir ikki hafta davom

etgan. Sayilgohlarda oshxona, choyxona, nonvoyxonalar qurilgan,

meva-cheva, attorlik, baqqollik do'konlari ochilgan. Poyga, uloq,

ko‘pkari, kurash, chavgon musobaqalari, darvoz, hofiz, sozanda,

raqqos, masxaraboz, qiziqchilarning chiqishlari, ayiq, ilon

o‘yinlari, tuya, qo‘chqor, xo‘roz, it urishtirish, mushakbozlik tomoshalari

ko‘rsatilgan.

SAN’AT - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos

shakli. S. qadimiy tarixga ega boiib, u jamiyat taraqqiyotining

ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyati

ning rivojlanishi bilan bogliq holda vujudga kela boshlagan. lbli

doiy S.ning dastlabki izlari so‘nggi paleolit davriga, taxminan

mil. av. 40-20-ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali S. inson

faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi.

Chunki ma’naviyat moddiy ishlab chiqarish bilan qorishiq holatda

edi. Keyinchalik madaniyatning o‘sishi natijasida S. alohida soha

sifatida asta-sekin ajrala bordi.



SAHNA - 1) teatr binosining tomoshabinga yaxshi kotinadigan,

aktyorlar uchun qulay bo‘lgan tomosha ko'rsatiladigan qismi;

2) pyesa va spektakllardan bir ko‘rinish.

SIMFONIYA (yun. symfonia - ohangdoshlik) - simfonik

musiqaning yetakchi janri, kompozitorlik yo‘nalishidagi cholg‘u

musiqaning oliy shakli. Simfonik orkestr ijrosiga moljallangan;

ba’zi S.larda xor va yakkaxon xonandalar ham jalb etiladi. Bundan

tashqari, torli orkestr, puflama sozlar orkestri va b. orkestrlarga

moljallangan S.lar ham uchraydi. S.ning mumtoz shakli umumiy

g‘oya va yaxlit dramaturgiyaga asoslangan 4 qismli turkumni

tashkil etadi: 1-qismi - mavzularning qarama-qarshiligi hamda

jadal rivoji bilan bogliq boiadi; 2-qismi - lirik chekinish vazifasini

bajaradi; 3-qismi - menuet yoki skerso xarakterida yoziladi;

4-qismi - ko‘pincha tantanavor, jo'shqin xotimadir.


Download 497.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling