«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy jamg‘armalar faoliyati


Download 497.07 Kb.
bet22/27
Sana28.07.2020
Hajmi497.07 Kb.
#125023
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
IMF-2


17-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy jamg‘armalar faoliyati

Reja:

  1. Jamg‘armalar, ularning strukturaviy-funksional mohiyati

  2. O‘zbekistonda jamg‘armalar faoliyatining huquqiy asoslari va rivojlanish meхanizmi

  3. O‘zbekiston ma'naviy-madaniy taraqqiyotida jamg‘armalarning roli

  4. Jamg‘armalarning ijtimoiy-ma'naviy va madaniy hayotdagi faoliyatini rivojlantirish vazifalari


Tayanch so’z va iboralar: Jamg‘armalar, ularning strukturaviy-funksional, madaniy hayot,axborot texnalogiyalari,fuqorolik jamiyati.

Jamg‘armalar va ularning strukturaviy-funksional mohiyatiBugungi kunda O`zbekiston kuchli fuqorolik jamiyati qurish yo`lidan borar ekan, bu sharoitda jamiyat hayotida tub islohotlar o`tkazish va modernizatsiyalash kundalik ehtiyojga aylanadi. XXI asr kishilik jamiyati tarixida va hayotida rivojlangan «Axborot texnologiyalari asri» sifatida kirib keldi. Ushbu yangi asr mamlakatlar, xalqlar va insonlar hayotida, tarixida o`zining o`lkan o`zgarishi va yangilanishi bilan juda katta tarixiy rol’ o`ynadi. Jamiyatning bu o‘zgarish va modernizatsiyalash jarayonida barcha sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida milliy qadriyat va an'nalarimiz ham tub mohiyatini saqlagan holda zamon talablariga xos tarzda takomilashdi. Bu takomillashuv jarayonida jamiyatning bir qator ijtimoiy institutlari faol ishtirok etadi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar ham shular jumlasidandir. Ma`lumki, biz zamonaviy komp’yuter va telekomunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e`tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, bizning mamlakatimiz ham ushbu voqe`likdan chetda qolmagan holda islohotlar jarayoniga jadallik bilan kirib bormoqda. Zero, bugun jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb masala “...mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, siyosiy huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilashni, yurtimizda fuqorolik jamiyatini shakllantirishni davom ettirishdir.” Bu jarayonda albatta ijtimoiylashuv instituti sifatida jamg‘armalarning ham o`z o`rni bor albatta. O`zbekistonda demokratik jamiyat asoslari mustahkamlanib borgani sari yangi yangi milliy islohotlarga tayanish, ularni zamonaviy mazmun-mohiyat bilan boyitish va rivojlantirishga bo`lgan ehtiyoj har qachongidan ham kuchaymoqda. Bu – fuqarolarning xohish-irodasi, maqsad va intilishlari, adolatli, erkin, demokratik jamiyat barpo etish to`g’risidagi orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish bilan uzviy bog’liq bo`lgan zarurat va vazifadir. Ushbu vazifa millatning ko`p ming yillik davlatchilik tarixi an`analariga suyangan holda amalda ro`yobga chiqariladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu xususida shunday deydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islolhotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo`lidan og’ishmay, izchil va qat`iyat bilan borishdir» – deb belgilab bergan vazifasidir. Bu vazifani yakdillik bilan amalga oshirishda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar ham o‘ziga xos vazifani ado etib, birinchi navbatda bu jarayon ishtirokchilarini moddiy ta'minotini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan ularni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, faoliyatni rag‘batlantirishni amalga oshiradi. Jamiyatni yangilash va demokratlashtirish sharoitida jamg‘armalarning rolini oshishi fuqarolik jamiyatining bu muhim institutining faoliyat yuritishi uchun har tomonlama shart-sharoit yaratib berilayotganligi bu borada davlat siyosatining izchil amalga oshirilayotganligining dalolatidir. Jamg‘armalar dastlab jamiyatni o‘zini-o‘zi boshqarishi va uni mustaqil ijtimoiy birlik sifatida yashashini ta'minlash ehtiyojlari manfaatlari asosida paydo bo‘ldi. Jamiyat siyosiy tizimida ijtimoiy tashkilotlar bilan bir qatorda ommaviy jamoat tashkilotlari ham muhim rol o‘ynaydi. Ommaviy jamoat tashkilotlari ijtimoiy siyosiy tuzumi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar barcha mamlakatlarda amal qiladi. Avvalo demokratik jamiyatni barpo etishda BMT hujjati (memorandumi)da ko‘rsatilganidek 3 ta (soha) sektorning o‘zaro hamkorligi muhim ahmiyat kasb etadi. Bular: 1) davlat; 2) bozor (iqtisodiyoti); 3) jamoat tashkilotlari. Uchinchi sektor haqida gap ketganda ular tarkibiga: kasaba uyushmalari (avvalo buni ijtimoiy tashkilotlarning asosi sifatida ham qaraladi), jamg‘armalar, yoshlar va xotin-qizlar harakatlari, kasbiy assotsiatsiyalar, klublar, akademik institutlar va boshqalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida jamg‘armalar tuzish va faoliyat prinsiplari sifatida ixtiyoriylik, teng huquqlilik, o‘zini-o‘zi boshqarish, oshkoralik, qonuniylikni e'tirof etishimiz mumkin. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagicha tafsiflanadi:

1. Ko‘ngillilik – ularning mutlaqo ixtiyoriy asosda tuzilganligi. Unda a'zolikning va faoliyat ko‘rsatishning har bir fuqaroning xoxishi hamda roziligi bilan amalga oshiriladi.

2. Mustaqillik – mavjud qonunlar va o‘z nizom qoidalariga ko‘ra faoliyat ko‘rsatish. Biror bir o‘zga tashkilotning qonunsiz aralashuvidan xoli bo‘lish.

3. O‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta'minlash. Nizom maqsadlarini amalga oshirish uchun qonunchilik talablariga muvofiq tadbirkorlik, ishlab chiqarish – xo‘jalik va boshqa man qilinmagan faoliyat bilan shug‘ullanish.

4. O‘z nomidan kelib chiqib, jamoatchilik, ya'ni ko‘pchilik uchun xizmat qilish. O‘ziga tegishli ma'lum qatlam yoki guruh manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy yordamko‘rsatish va hokazo. 2002 yilda mamlakatimizda respublika va xalqaro ahamiyatga molik 220 dan oshiq jamoa tashkilotlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, ularning 25 tasini ya'ni 11,3 foizini jamg‘armalar tashkil etgan. Shuningdek, respublikamizda hisob ro‘yxatiga olingan 1500 ta viloyat, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning jamoat tashkilotlari ham bor. 2009 yilda xalqaro va respublika ahamiyatiga molik 76 ta va mahalliy ahamiyatga molik 126 ta jamoat fondlari, jamg‘armalar faoliyat ko‘rsatgan.51 Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda besh mingtadan ortiq hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda Bu tashkilotlar mamlakatning ijtimoiy­siyosiy hayotida ayollar va yoshlarning ishtirokini faollashtirish, ijtimoiy­iqtisodiy, gumanitar, ekologik masalalarni hal etish, shuningdek shaxs huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida ish olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIII bobida, «fuqarolik kodeksining» 73-75 moddalarida «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatinng asoslari haqida»gi qonunlarda nohukumat tashkilotlarining faoliyatini ta'minlashga qaratilgan qoida va me'yorlar o‘z aksini topgan bo‘lsa, prezident farmonlarida va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli soliq to‘lovlarini belgilash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash shart-sharoitlari yaratib berilmoqda. Prezidentimiz I.Karimov «O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda» asarida «Jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tizimlarining mavqyei o‘sib bormoqda,-degan edi. Ular faqat aholi fikrining turli ko‘rinishlarini ifoda etib qolmasdan, odamlarning ijtimoiy fikrini shakllantirishga ham faol ta'sir ko‘rsatmoqda». Mamlakatimizda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan tuzilgan va ko‘ngilli, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi tashkilotlar xilma-xilligi bilan farqlanadi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalarni quyidagicha guruhlash mumkin:



  • Aholi muayyan yirik toifalarning ijtimoiy manfaatlarini ko‘zlab ishlashga ixtisoslashgan hukumatga qarashli bo‘lmagan umummilliy jamg‘armalar («Mahalla», «Nuroniylar» jamg‘armalari).

  • Ixtisoslashgan milliy va xalqaro jamg‘armalar («Ekosan», «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi, «Umid» jamg‘armasi, Amir Temur madaniy-tarixiy jamg‘arma, Matbuotni demokratlashtirish va jurnallarni qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi, Orolni qutqarish jamg‘armasi, Imom al Buxoriy xalqaro jamg‘armasi, “Oltin Meros” xalqaro hayriya jamg‘armasi, Estrada san'atini rivojlantirish jamg‘armasi, “Ijod” fondi ).

  • Umumiy xayriya jamiyatlari, jamg‘armalari (Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoya qilish jamg‘armalari “Sen yolg‘i emassan”, “Mehr nuri” “Fond Forum” jamg‘armalari).

  • Iqtisodiyot, moliya, bank tizimi va qishloq ho‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamg‘armalar, fondlar (Byudjetdan tashqari jamg‘arib boriladigan pensiya fondi, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi).

Mamlakatda XXI asr boshlarida «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» konseptual siyosiy dasturni amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda:

  • birinchidan, jamiyat a'zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma'naviyati va bilimi yuksak darajada bo‘lishiga erishish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatiga alohida e'tibor berish;

  • ikkinchidan, jamiyat a'zolarining manfaatlari uyg‘unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;

  • uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi, yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlarni shakllantirish;

  • to‘rtinchidan, jamiyat a'zolari va tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg‘unlashtirish;

  • beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta'sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish;

  • oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a'zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo‘llab-quvvatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Mamlakatda kuchli demokratik jamiyat barpo etish maqsadlarida davlat hokimiyati vakolatlarini kamaytirish, ya'ni davlat hokimiyati tasarrufida, asosan, konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot, mudofaa qobiliyatini ta'minlash inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat ekinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vazifalarni qondirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomala bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalarni bajarishga doir vakolatlari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlariga berib borish jarayonlari boshlandi. Shuningdek, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham, asosan, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish belgilandi. Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida jamg‘armalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun avvalo manfaatlar va ijtimoiy manfaatlar tushunchasini o‘rganish talab etiladi. Ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda ijtimoiy manfaatlarni hisobga olish, turli qatlamlar va guruhlarning siyosiy ehtiyojlari hamda manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ularni qondirishning ahamiyati demokratik fuqarolik jamiyati takomillashib borgani sayin yanada kuchaydi. Ma'lumki manfaatlar - individlar va guruhlarning ijtimoiy xatti-harakatlarini belgilovchi sabablardir. O‘z vaqtida Tomas Gobbes «Hokimiyatga intilish inson xulqini harakatga keltiruvchi kuchlarning dushmanligi shaxsiy manfaatlarning mantiqiy natijasidir», deb ko‘rsatgan edi. Gegel esa: «Inson o‘z ozodligini hayotga tatbiq qilishi lozim, bu uning bosh manfaatini tashkil qiladi, uning faoliyati shundan tashkil topadi... Manfaat — men faqat harakatlanuvchi, mening harakatlanishimning sub'ektiv irodasidir, shuningdek,, manfaatli bo‘lish shunga tengki, men harakat qilayotganimda men ishtirok etishim lozim», deb ko‘rsatgan edi. Fuqarolarning ma'lum ijtimoiy guruhga mansubligidan kelib chiqib nodavlat va notijorat tashkilotlarga uyushishi natijasida manfaatlar uyg‘unlashuvi ro‘y beradi. Shaxsning qanday ijtimoiy guruhga a'zoligi uning manfaatlaridan qay biri ustuvor va barqaror ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqadi, u o‘zi uchun muhimroq bo‘lgan ijtimoiy guruhga a'zo bo‘ladi. Ana shunday ahamiyatli guruhlar ta'siri ijtimoiy tuzilmalar irodasini ifodalaydi. Bunday guruhlar manfaatlarini hukumat doimo etiborga olishi lozim. Mahalla fuqorolik jamiyatining tabiiy tug‘ma kurtagidir. Jamg‘armalar jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha manfaatlarni qamrab olib, ularni ifodalagandagina, ular o‘z maqsadlarini samarali bajaradilar. Jamiyatda turlicha, jumladan,, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, milliy, mafkuraviy, madaniy, ekologik, hududiy, mintaqaviy, diniy, shuningdek,, yana o‘nlab alohida sohalarga doir manfaatlar mavjuddir. Manfaatlar guruhlari ana shu manfaatlarning ifodachisi sifatida paydo bo‘ladi va faoliyat yuritadi. Manfaatlarning guruhlar vositasida ifoda etilishi siyosiy qarorlar qabul qilish uchun yordam berishidan tashqari, ular davlat va hukumat organlari ehtiyoj sezayotgan axborotlar va boshqa ma'lumotlarni yetkazib berib turishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan jamg‘armalarning funksiyalari turli-tumandir.Lekin ularning asosiy funksiyalaridan biri turli ijtimoiy guruhlar va qatlamlar manfaatlarini artikulyasiya qilishdir. Manfaatlar guruhlari individlarning turli yo‘nalishdagi qarashlar va fikrlaring bir tizimga keltiradi, biron-bir tashkilotning bir qolipga solingan manfaatlar tizimi asosida tashkilot harakat dasturining shakllanishiga yordam beradi. Guruhlar a'zolarining ayrim olingan manfaatlari siyosiy jarayonlarga manfaatdor guruhlar vositasida aniq, bir tizimga solingan talablar tarzida tatbiq etiladi.Shuningdek, jamg‘armalar ko‘plab ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish (munozaralar va muhokamalar yordamida turli manfaatlarni uyg‘unlashtirish va ular o‘rtasida ma'lum bir munosabatlar tizimini o‘rnatish)ni ham amalga oshiradi. Bu jarayonda eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etadigan, guruh a'zolarining keng qatlamlari qarashlarini ifoda eta oladigan manfaatlar tanlab olinadi va ularni amalda qondirishning zaruriy chora-tadbirlari ko‘riladi. Jamg‘armalar tomonidan ma'lum bir ijtimoiy guruhning turli manfaatlari bir tizimga solinib, ularning keng jamoatchilikning xohish-irodasi sifatida amaliy tarzda hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish uchun muhim ahamiyatga egadir. Qolaversa bunda ko‘plab manfaatlar guruhlari va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasida kelishuv va muvofiqlashuv ro‘y beradi. Shuningdek, manfaatlar guruhlari faoliyatida keng ishtirok etish uning a'zolari huquqiy va siyosiy madaniyatlarining shakllanishiga, demokratik jamiyat sharoitlarida jamoat ishlarida faol ishtirok etishlarini rag‘batlantirishga amaliy tajriba sifatida katta yordam beradi.

O‘zbekistonda jamg‘armalar faoliyatining huquqiy asoslari va rivojlanish mexanizmi

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamjihatligiga erishish, ko‘p jihatdan, jamiyatning izchil va barqaror rivojlanishi uchun zarur shart­sharoitlarni yaratib beradi.

Shu boisdan mamlakatimizda istiqlol yillarida fuqarolik jamiyatining o‘ziga xos milliy institutlari qaror topishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi me'yorga mos huquqiy asoslar yaratilgan. Ma'lumki, Asosiy Qonunimizning 56-­moddasida fuqarolik jamiyati institutlari sifatida O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin­qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari e'tirof etiladi.

Mamlakatimizda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchisi saylovi to‘g‘risida”, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi jamiyat hayotida ushbu institutlarning nufuzini yuksaltirdi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari mustaqillik yillarida o‘z qaror topishi va rivojlanishining evolyusion yo‘lini bosib o‘tdi. Eng avvalo, ushbu institutlarni rivojlantirishning qonunchilik va tashkiliy asoslari yaratildi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lgan demokratik institutlarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonlariga doir islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Bu jarayonning faol sube'ktlaridan biri bo‘lgan jamg‘armalar ham davlat tomonidan yaratilgan faoliyatning huquqiy asoslariga tayanib, o‘z dastur va nizomlarini belgilagan holda jamiyat hayotida yuksak ma'naviyatli komil shaxsni tarbiyalash, ular faoliyatini rag‘batlantirishni amalga oshirmoqda. Shu o‘rinda bir qator jamg‘armalar faoliyati va rivojlanish xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.



Mamlakatimiz madaniyati va san'ati, xususan, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan musiqa san'ati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Estrada san'atini rivojlantirish jamg‘armasi” nodavlat notijorat tashkilot hisoblanib, estrada san'ati namoyandalari hamda yosh ijodkorlarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyundagi 272-son qaroriga asosan Estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining huzurida tashkil etilgan. Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, shuningdek, Milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining qarorlari, tavsiyalari, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi buyruqlari va mazkur Ustav asosida yuritadi. Jamg‘armaning asosiy maqsadi –estrada san'ati namoyandalari va yosh ijodkorlarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uning ishchi apparati faoliyatini moliyaviy ta'minlashdan iborat. Jamg‘arma milliy estrada san'atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi Nizomida ko‘zda tutilgan dasturiy maqsadlarni amalga oshirish, «O‘zbeknavo» estrada birlashmasining dasturlari va loyihalarini amalga oshirishga moddiy ko‘maklashish hamda birlashmaning ishchi apparati faoliyatini moliyaviy ta'minlash; «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi rejalashtirgan dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda investorlarni (shu jumladan chet eldan ham) jalb etish; ixtiyoriy tushumlar va boshqa daromadlar asosida mulk va moliyaviy mablag‘larini barpo etish; maqsadida ijodiy jamoalar va alohida ijrochilarga Kengash hamda Birlashma tavsiyasiga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatish; yangi qo‘shiq yaratish hamda musiqa yozdirish uchun ijtimoiy ahvoli va imkoniyatlari cheklangan yosh estrada xonandalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash; belgilangan tartibda turli tanlovlar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun zarur mablag‘lar ajratish; mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan madaniy hamda ilmiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; xayriya faoliyati bilan shug‘ullanish; estrada, shuningdek, konsert faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar hamda madaniyat menejerlari sohasi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishga moddiy yordam ko‘rsatish, san'at oliygohlarida a'lo baholarda o‘qiyotgan, davlat va jamoat tadbirlarida faol ishtirok etib alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan iste'dodli talabalarga stipendiyalar tashkil etish; ommaviy va yakka tartibdagi madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun zarur sahna liboslari va boshqa kiyimlarni tayyorlash hamda tikish; miliy estradamizning yosh ijodkorlarini chet el davlatlarida o‘qishlari va amaliyot o‘tashlari bilan bog‘liq masalalarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

«Mehr nuri» hayriya jamg‘armasi notijorat jamoat tashkiloti bo‘lib, 2004 yil iyul oyida faoliyatini boshlagan. Raxm-shavqat, saxovat, hamfikrlilik va ma'naviy birdamlik asosida faoliyat olib boradi. «Mehr nuri» hayriya jamg‘armasining maqsadi ijtimoiy himoya dasturlarini o‘tkazish orqali mamlakatimizda hayriya faoliyatini amalga oshirish va rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, ko‘p farzandli va kam ta'minlangan oilalarni moddiy hamda moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; tibbiyot, umumta'lim va sog‘liqni saqlash, yosh avlod tarbiyasi masalalari bilan shug‘ullanadigan boshqa ijtimoiy muassasalarga homiylik yordamini ko‘rsatish; kichik va o‘rta, oilaviy hamda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash; iste'dodli yoshlarni qo‘llashni o‘z vazifasi deb baholaydi. Jamg‘arma o‘z faoliyatini Ijtimoiy himoya homiylik yordami, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda olib boradi.



“Mahalla” hayriya jamg‘armasining asosiy maqsadi mahalla  va mahalla aholisining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy    darajasini tobora yuksaltirish, milliy an'ana va udumlarni yanada boyitish, shuningdek, mahalla o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ish faoliyatini boshqarish, nazorat qilish, har tomonlama muvofiqlashtirish va rivojlantirishdan iborat. Jamg‘arma mahalla madaniy, ma'naviy-marifiy targ‘ibot ishlarni keng yo‘lga qo‘yishning uslubiy asoslarini yaratish va joriy qilish; aholi o‘rtasida o‘zaro hurmat va insonparvarlik, yaxshi qo‘shnichilik, mehr-oqibat munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy–siyosiy barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashning zarurligini keng targ‘ib qilish va tar'ibot uslublarini yaratish;  yosh avlodni milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik ruxida tarbiyalashda mahallalarga uslubiy yordam ko‘rsatish; davlat organlari vakolatlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish jaraыnida faol qatnashish va bu vakolatlarning amalga oshirilishida mahallalar uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;  mahallalar raislari, oqosoqollari va faollarining bilim darajasini, malakasini va saviyasini ko‘tarish, ularda bozor iqtisodiыti munosabatlariga mos keluvchi zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv ishlarini tashkil qilish;  mahallalarning mamlakatimizdagi hamda xorijdagi jamoat tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari bilan o‘zaro munosabatlar mexanizmlarini shakllantirish, uni rivojlantirish mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;  respublika hududida faoliyat ko‘rsatayotgan  xalqaro xorijiy tashkilotlar, elchixonalar, jamoalar va jam'armalar bilan jamg‘arma vakolati doirasida aloqa o‘rnatish, hakorlikda qo‘shma ilmiy Loyixa va Dasturlar ishlab chiqish va bajarish, moliyalashtirish uchun xalqaro grantlar olishni va bajarishni tashkil qilish; O‘zbekistonda xalqaro anjumanlar, seminarlar o‘tkazishga tashabbuskorlik qilish, anjumanlarga chet ellik vakillarni o‘rnatilgan tartibda taklif qilish, horijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda qatnashish;      respublikadagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish, hakorlikni kuchaytirish; mahallalarning ish faoliyatini o‘rganib borish, tahlil qilish     va shu sohadagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ular manfaatini qonun asosida himoya qilish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli g‘oyalar va islohot loyihalari, respublikani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishga olib boradigan amaliy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash, bu ishlarda ularga butun choralar bilan ko‘maklashish;  mahallalar ishini muvofiqlashtiruvchi oqosoqollar kengashlarini tashkil qilishda o‘z takliflari  bilan ishtirok etish, faoliyatini yo‘naltirish, zarur hollarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;  mahallalardagi kam ta'minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, faxriylar, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, yetim-yesirlar, baynalminalchilar manfaatlarini  har tomonlama himoya qilish; mahalla ahlining tashabbuskorligini oshirishda qulay moddiy va ma'naviy sharoitlar yaratib berish, ishlarni kasb-xunarga yo‘naltirish, mahallalarda kichik va qo‘shma korxonalar ochishga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish; bank ochishda qatnashishi, lotereya o‘yinlari o‘tkazish, kreditlar olish va berish; chorva mollari, parranda hamda dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida xo‘jaliklar tashkil qilish; chet el firmalari va fuqarolari ishtirokida qo‘shma korxonalar ochish va turli ko‘rgazmalar tashkil qilish; xalqaro aloqalarni  amalga oshirish maqsadida chet ellardagi birodarlik uyushmalari bilan hamkorlik qilish;  ekologik dasturni amalga oshirishda ishtirok etish vazifalarni amalga oshiradi. “Sen yolg‘iz emassan” - Respublika jamoat bolalar jamg‘armasi 2002 yil noyabr oyida O‘zbekiston poytaxi Toshkent shahrida yoshlarga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyodagi eng aholisi zich joylangan davlat hisoblanadi. Uning 45% aholisi 18 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Jamg‘arma turli sabablarga ko‘ra ota­–onasiz qolgan bolalar va yoshlarning tilak va istaklariga asoslangan holda o‘z foaliyatini belgilaydi. Shu bilan birga jamg‘arma ehtiyojmand insonlarga kerakli yordam va madad ko‘rsatishga yo‘naltirilgan dasturlar ishlab chiqadi. O‘zbekistonda insonlarning yordamga muhtojlarga nisbatan bag‘rikenglik, mehr va muruvvat ko‘rsatishi tarixan shakllangan. Buning samarasi sifatida esa juda qisqa fursat ichida Jamg‘arma faoliyatining tarafdorlari soni anchaga ortdi. Jamg‘arma katta ko‘mak ko‘rsatgan bolalar qalbida ishonch uyg‘otdi va ular bir oila, “Sen yolg‘iz emassan” nomli oila a'zolariga aylanishdi. Jamg‘arma faoliyati turli sabablarga ko‘ra ota–onasiz qolgan bolalar hayotida vujudga keladigan aniq muammolarni tahlil qilish va o‘rganishga asoslanadi. Jamg‘arma faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari bolalikda ota va ona mehri yetishmasligi tufayli vujudga keladigan ayrim muammolarning turli yechimlarini topishdan iborat. Bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bolada mutanosib shaxsni rivojlantirish; bolalarni ma'nan va ahloqan tarbiyalash, zarur bo‘lganda, bolaning sog‘lom bo‘lishini ta'minlash va uning ruhiy–psixologik ahvolini yaxshilash uchun yuridik, tibbiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish ham jamg‘armaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur jamg‘armaning asosiy yo‘naltirilgan guruhlari yetim bolalar, jismonan va ruhan nogiron bolalar, qaramoqsiz qolgan bolalar, o‘ta muhtojlik sababli bolalarga yetarli darajada e'tibor bera olmaydigan oilalar, rivojlanishga imkoniyati bo‘lmagan iqtidorli bolalardan iborat. “Sen Yolg’iz Emassan” jamg‘armasining ish uslubi kerakli maxsus ta'lim olishda, misol uchun, o‘rta–maxsus va oliy o‘quv yurtlariga kirish va ta'lim olish; asosiy kasalliklarga qarshi profilaktik ishlari olib borish; reabilitatsion yordam olish, shu jumladan, “Mehribonlik” uylaridagi bolalarga ruhiy ko‘mak berish; jamiyat e'tiborini qarovsiz va boquvchisiz va yetim bolalarning ayanchli taqdiriga qaratish, hamda jamoatchilikning yetimlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni anglab yetishiga yordam berishga asoslanadi.

Download 497.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling