«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Ijtimoiy-madaniy sohada ayollar ishtirokining faollashuvi
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-Mavzu: Mustaqillik yillarida ijtimoiy institutlar faoliyati Reja: Ijtimoiy institutlar tushunchasining mazmun mohiyati
- Tayanch so’z va iboralar
- Ijtimoiy institutlar tushunchasining mazmun mohiyati va turlari.
- Ijtimoiy institutlar ning rivojlanishining demokratik islo
Ijtimoiy-madaniy sohada ayollar ishtirokining faollashuvi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xar bir fuqaroning ta`lim olish huquqi o`z tasdig’ini topgan. "Ta`lim to`g’risida"gi qonun uzluksiz ta`limning printsipial yangi modelini tashkil qilishini ko`zda tutib, bu sohada ayollar va erkaklar teng huquqliligidan va ta`lim sohasida ayollar huquqi poymol bo`lishi holatiga yo`l qo`yib bo`lmasligidan kelib chiqadi. So`rov natijasi shuni ko`rsatdiki, so`ralganlarning mutlaq ko`pchiligi (91,8%) ayollar erkaklar bilan teng huquqlik asosida o`z istagan ta`limini, jumladan oliy va maxsus ta`lim olishi mumkinligiga qat`iy ishonch hosil qilganlar. SHuningdek so`ralganlarning ko`pchiligi (89,1%) biror bir ta`lim sohasini olishda yoki kasbiy malakalarini oshirishda huquqning kamsitilishi yoki buzilishi hollari bilan duch kelmaganlar. Bunday holat bilan to`qnash kelgan respondentlar esa, o`z oilalarini, turmush o`rtog’ini, qaynonasini (55,6%), uzi ishlayotgan korxona yoki muassasa rahbarlarini (22,2%) ayblashadi. "O`zbekistonda ayollar erkaklar bilan teng huquq asosida olgan oliy yoki maxsus ta`limni tatbiq qilishlari imkoniyatiga egalarmi?" degan savolga 92,8% so`ralganlar shubhasiz ijobiy deb javob berishdi. Har bir inson hayotida ta`lim ahamiyatining beqiyosligi "O`z farzandingizga qaysi ta`lim loyiq deb o`ylaysiz?" degan savolga javobda ko`rindi. Respondentparning 83,3%i o`g’il bolalar kabi qizlarga ham oliy ta`lim olish zaruratini ta`kidladilar. O`tmishda ayol yuksak mavqega ko`tarilganligini tarixiy hujjatlarda ham ko`ramiz. Sohibqiron Amir Temur saroyida bir muncha vaqt elchi bo`lib turgan Klavixo ham saroyning e`tiborli xonimlari majlis va kengashlarda ishtirok etganligini ta`kidlaydi. Haqikatdan ham Temuriy malikalar ilmli, zukko bo`lganlar. Hatto Sohibqironga mushkul paytlarda oqilona maslahatlar berganla. Biz ma`naviyat va ma`rifat, ilm-fan rivojlangan asrlarda ayollarga bo`lgan munosabat ham o`ziga xos bo`lganligini ta`kidlamoqchimiz. XIX asrning birinchi yarmida madaniy hayot yana jonlana boshladi. Ayniqsa, Qo`qon xonligida Umarxon davrida ilm-fan, madaniyat, san’at gullab yashnaydi. Umarxon ilm-fan va madaniyat, san’at axllariga alohida xayrixohlik bilan qaraydi. Umarxon davrida adabiyot, tarix, san`at va boshqa sohalarning yirik namoyondalari yetishib chiqa boshlaydi. eng muhimi, ular orasida ayollar ham bor edi. Ana shu davr Uvaysiy, Mahzuna, Dilshod barno, keyinroq esa Anbar Otin kabi iste`dod sohibalari, maktabdor ayollarni tuhfa etdi. Ularga albatta, o`zbek xalqining ulug’ farzandlaridan biri, otashnafis shoira, Umarxonning zukko maslahatchisi va ayoli Nodirabegim rahnamolik qilgan.
Olima ayollardan biri Sayyora Sharafovna Rashidovadir. Sayyora Sharafovna Rashidova 1943 yil 2 avgustda Jizzax shahrida (O’zbеkiston Rеspublikasi), ko’zga ko’ringan davlat arbobi va yozuvchi Sh.Rashidov oilasida tug’ilgan. 1960 yili Toshkеnt shahridagi № 43 o’rta maktabni bitirgandan so’ng, Moskva Davlat Univеrsitеtining Kimyo fakulьtеtiga o’qishga kirdi. Univеrsitеtni tamomlab, S.Sh.Rashidova Rossiya Fanlar Akadеmiyasi Topchiеv nomidagi Nеftkimyo sintеzi institutida stajеr-tadqiqotchi bo’lib ishladi, O’zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi Kimyo instituti kunduzgi aspiranturasida o’qidi. 1971 yili nomzodlik dissеrtatsiyasini himoya qilgandan so’ng, O’zbеkiston Rеspublikasi FA Kimyo institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy hodim, labaratoriya mudiri lavozimlarida ishladi. 1979 yildan buyon u – polimеrlar kimyosi bo’limi boshlig’i, 1981 yildan buyon esa – O’zbеkiston Fanlar Akadеmiyasi Kimyo va fizika polimеrlar instituti dirеktori S.Sh.Rashidova – O’zbеkiston Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasi akadеmigi, kimyo fanlari doktori, profеssor, 20 nafardan ortiq fan doktorlari va nomzodlarini tayyorlagan, uning 300dan ortiq ilmiy nashrlari, qator monografiyalari chop etilgan, 20ta mualliflik guvohnomalari bor. S.Rashidova rеspublikaning ijtimoiy hayotida ham faol ishtirok etadi, “Olima” ayol-olimlar Assotsiatsiyasi prеzidеnti. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi (1995-1999 yillar) va ikkinchi (2000-2004 yillar) chaqiriqlari dеputatligiga saylangan. 1995 yil dеkabrida S.Rashidova O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi birinchi chaqirig’ida Inson huquqlari bo’yicha vakil etib saylangan. 2000 yil fеvralida S.Rashidova ikkinchi muddatga O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimiga saylangan. 2005 yil martida Qonunchilik palatasi va 2005 yil mayida Sеnat S.Rashidovani bеsh yillik muddatga O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) lavozimiga sayladi. S.Sh.Rashidova inson huquqlari bo’yicha ko’plab xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kеlmoqda. S.Rashidovaning inson huquqlari sohasida 100dan ortiq chop etgan ishlari bor, «Dunyo Ombudsmanlari» (o’zbеk va rus tillarida), «Ombudsman v Uzbеkistanе», «Monitoring prav chеlovеka», «Zaita prav chеlovеka v Uzbеkistanе» kabi qator to’plamlarning muallifi va mas’ul muharriridir. “Dеmokratlashtirish va inson huquqlari”, “Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari” kabi qator jurnallarning tahririyat kollеgiyasi a’zosi hisoblanadi. Olima ayollarni, xususan, ilm-fan sohasiga kirib kelayotgan qizlarimizni, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va ularga o`z qobiliyat va iqtidorini ro`yobga chiqarishida yaqindan ko`maklashish Prezidentimiz Islom Karimov yuritayotgan siyosatning ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Bu borada turli davlat mukofotlari va stipendiyalar navqiron avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni izlab topish va qo`llab-quvvatlash, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilmoqda. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridan to bugunga qadar adabiyot va san`atning turli sohalarida munosib xizmat ko`rsatgan bir necha o`zbek xotin-qizlarining yodga olish Prezident ta`biri bilan aytganda xayrli bo`lur. O`zbek adabiyoti va san`atini butun dunyoga tarannum etib kelayotgan atoqlilardan Zulfiyaxonim, Munojot Yo`lchieva, Muyassar Razzoqova, To`ti Yusupova, Gulchexra Saydullaeva, YAyra Abdullaeva, Aziza Mamatova va shu kabi qator iste’dod egalari borligi kishi qalbini quvontiradi. Mustaqillik yillari adabiyotiga o`zining munosib xissasini qo`shgan oz fursat bo`lsada sermaxsul ijodiy faoliyatda bo`lgan Zulfiyaxonim xayotiga xaqida fikr yuritilsa U Toshkentda ishchi oilasida tug’ilib, kamol tolgan Zulfiya qunt bilan o`qidi, hayo, ibo sohibasi bo`lib ulg’aydi. SHe`riyatga ishqi tushib, YOzuvchilar uyushmasi qoshidagi adabiyot to`garagiga qatnadi. 17 yoshida "Hayot varaqlari" nomli birinchi she`riy kitobi nashr etildi. Uyushmada ilk ustozi, otashnafas shoir Hamid Olimjonning saboqlarini tingladi va har ikkovlarining ham ko`zidagi sevgi qalbiga ko`chdi. O`n yillik birgalikdagi turmush, qizg’in mehnat, o`zaro bahslarga to`la ijod zavqi, Hulkar va Omonning tug’ilishi va ular baxsh etgan shodlik. Bular eng osuda damlar, faraxbaxsh kunlar bo`lib, tarixda qoldi. Ha, baxtli muxabbatni kuylagan soz o`lim xanjariga tegdi-yu sindi. SHoira kuydi, yondi, o`rtandi, ammo irodasi bukilmadi. U qaddini tik tutib, shoir uchun ham yashadi, ham ijod qildi. Zulfiyaning hijron, muhabbat, sadoqat haqida yozgan she`rlari badiiy ijodning yorqin namunasiga aylandi. O`nlab she`riy kitoblari, dostonlari, jahon adabiyotidan tarjimalari, "Zaynab va Omon" dostoni shikasta edi. "Gullagan o`rikday orasta, donolikda yagona" onasini, "po`lat eritib, bolalariga non topgan", joni metindan, qanoatdan yaralgan ota asosida yozgan sahna asari xalqimizning ma`naviy mulkiga aylandi. SHoira nomini dunyoga tanitdi. Zulfiyaning siymu zari - she`riyat, sajdagohi - Vatan, yuzlab shoira qizlari faxru iftixori edi. Ular haqida «Bu bog’lar... bir bog’lar bo`ladi, hali...» deb katta ishonch bilan bashorat qildi. SHoira yurt kezdi, dune ko`rdi, do`stlar orttirdi, O`zbek qizining ovozi chet ellardagi katta minbarlardan mag’rur jarangladi. U jahon shoirlarini mushoiraga chorladi. Bu xalqlar o`rtasida do`stlik, tinchlikni mustahkamlaydi, dedi. Jo`shqin shoira, faol jamoatchi, deputat, 35 yil muttasil "Saodat" jurnali bosh muharriri bo`lish bilan birga mehribon, talabchan ona ham edilar. Farzandlarining har bir bosgan qadamidan ogoh yashab, eng aziz vaqtini, nasihatlarini ularga bag’ishladi. «Yillar o`tgach, ongli va qodir ko`rsam deyman, million qatorda!» deb etuk bo`ylarini orzu qildi va shu niyatiga yarasha tarbiya berdi. Adabiyotshunos olima bo`lib etishgan Hulkar Olimjonova, faylasuf olim Omon Olimjonovlarning muvaffaqiyatlari zamirida shoiraning zahmatli mehnatlari mujassam va bu barcha onalar uchun ibratlidir. Mustahkam e`tiqod, qalamga, do`stga sadoqat, kamtarlik xislatlari shoiraning shiori edi. SHu boisdan ham unga shuhratlar, unvonlar, e`zozlar juda yarashadi. Uning jismi bu olamni juda erta tark etdi, lekin nomini, qilgan ibratli ishlarida muxrlab ketdi. SHoira Tursunoy Sodiqova nozik ta’b, o`tkir didli, nafosatli adibalarimizdan biri. U 1944 yili Toshkentda tavallud tongan. Urush davri farzandi. Binobarin, hayotning achchiq chuchuklaridan boxabar. SHuning uchun ham uning she’rlarida umid, e’tiqod, yaxshi odamlar va yaxshi kunlarga ishonch bosh o`rinda turadi. U o`rta maktabdan so`ng 1961 — 1966 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil olgan. Dastlabki mashqlari shu yerda paydo bo`lgan. Bo`lg’usi shoira avval maktablarda, so`ngra yoshlar tashkilotlarida ishlagan. Ijodiy faoliyati mobaynida Andijon Davlat Tillar institutida talabalarga saboq berdi. SHoiraning birinchi she’riy guldastasi «Kuy» nomi bilan 1978 yilda chop etilgan. Huddi shu kabi san`at sohasida ham o`zining buyuk jasoratini namoyon etgan mashhur o`zbek opera xonandasi Muyassar Razzoqova beqiyos go`zal ovoz sohibi, yuksak vokal ijrochisidir. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik teatri yakkaxon solisti sifatida teatr sahnasida ko`plab opera durdonalarini italyan, ispan, frantsuz tillarida mahorat bilan ijro etadi. Xonanda tashabbusi bilan o`zbek opera teatri tarixida ilk bor Jorj Bizening "Marvarid izlovchilar" operasi fransuz tilida qo`yildi. Muyassar Razzoqova O`zbekiston davlat konservatoriyasining "Akademik xonandalik va opera-simfoniya tayyorlovi" kafedrasida pedagogik faoliyatini boshladi va qisqa vaqt ichida bu yo`nalishda ham o`z yo`li, maktabini shakllantirishga kirishdi. San`atkorning ovoz imkoniyatlari ayniqsa opera san`atida yaqqolroq namoyon bo`ladi. Bu ijroda matn va harakat uyg’unlashib, yaxlit obraz paydo bo`ladi. Madaniyat va sport ishlari vazirligi va konservatoriya xamkorligida o`tkazilgan kontsert dasturida opera ijrochilari-bariton va bas ovoz sohibi Rahim Mirzakamolov, Jabroil Idrisov jahon va o`zbek klassik opera san`atidan ariyalar kuyladi. J.Verdining "Trubadur", "Don Karlos" operasidan "Kirol Filipp" ariyasi, "Don Juan" operasidan "Don Juan va Leporella", Sulaymon YUdakovning "Maysaraning ishi" operasidan "Mullado`st" ariyasi hamda S.Raxmaninovning "Kechagi uchrashuvimiz" romani kabi bir necha klassik asarlar ijro etildi. Royalda xalqaro va respublika tanlovlari laureati elnura Abdullaeva jo`r bo`ldi. O`zbekiston xalq artisti, "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni sovrindori Muyassar Razzoqovaning navbatdagi kontserti ustoz-shogird an`anasi asosida o`tkazilib, unda ilk bor xonanda o`z o`quvchilari bilan sahnaga chiqdi. Xonanda italyan va o`zbek kompozitorlari ariya hamda romanslarini yuksak mahorat bilan ijro etdi. Uning noyob ovozi, ta`sirchan ijrosi, teran hissiyotlari hech kimni befarq qoldirmadi. Xonandaning yosh o`quvchilari Madina Najmutdinova, Antonina Nesterova, Sayyoda Nortojieva ham jarangdor ovozlari bilan tomoshabinlarni maftun etdilar. "Sog’inch" romansi uning muallifi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san`at arbobi, kompozitor Rustam Abdullaev jo`rnavozligida ko`tarinki ruxda yangradi. Doimiy izlanishda bo`lgan san`atkor kontsertda Juzeppe Verdining "Qaroqchilar" operasidan Ameliya ariyasini ham taqdim etdi. Kontsert davomida san`atkorga konservatoriya professori, mohir pianinochi Nargiz Po`latxonova, yosh xonandalarga esa yosh pianinochi Dilnoza Madaminova jo`rnavozlik qildi. Tadbir Hamid Rahimovning muhabbatni tarannum etuvchi "Kel, sevgilim" romansi bilan yakunlandi. Bugungi kunda san`atning rassomchilik yo`nalishi bo`yicha bir qancha ayollarimiz oila va farzand tarbiyasidan ortib shug’ullanib kelayotganligi hech kimga sir emas. el nazariga tushgan shunday musavviralardan biri musavvira Aziza Mamatova tasviriy san`atimizda o`z o`rniga ega nozikta`b, didli ijodkorlardan biri. U yurtimizning ko`plab san`atsevar, adabiyotga oshno odamlari dunyoga kelgan "Ho`qandi latifda tug’ilgan. Tasvirga muhabbat esa buvisidan o`tgan. Zukko bu ayol matoga naqshlar chizib, shunday go`zal kashtalar tikardiki, yoshgina Aziza uning ranglari jilosiga mahliyo bo`lib yonidan jilmasdi. Oxir-oqibat u qo`liga qalam olib, o`zi qog’oz qoralaydigan, soatlab suratlar chizadigan bo`ldi. Ota-onasi undagi havasni rag’batlantirdi. A.Mamatova Sankt-Peterburgdagi rangtasvir va me’morlik oliy o`quv yurtida o`qidi. YUrtimizniig taniqli mo`yqalam soxiblari ijodidan ilhom oldi. A.Mamatova ijodini kuzatgan odam asarlarining asosiy qismini portret janridagi kartinalar tashkil etishiga ishonch hosil qiladi. Bular shunchaki oddiy portretlar bo`lmay, turli ko`rinishlar aks etgan manzara janri bilan bog’lanib ketadi. Tasvirga olingan odamlar orasida adiblar, shoirlar, olimlaru san`atkorlar — deyarli barcha soha vakillari bor. Ular ichida xalqimiz tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk siymolar, mutafakkirlar, shoirlar qiyofasi tasvirlangan portretlar alohida o`rin tutadi. SHu bilan birga, ba`zi portretlarda birgina kichik unsur ham katta ma`noni anglatishga xizmat qiladi. Masalan, "Alisher Navoiy" portretida mutafakkir shoir engi barmoqlari uchigacha tushirilgan holda "Xamsa" asarini ushlab turibdi. Asar tugallangan kitob shaklida bo`lgani uchun shoir qo`llarining engi tushirilgan. YA`ni har bir odam biror ish boshlashdan oldin eng shimarib ishga kirishadi, ish nihoyasiga etgach, englar joyiga keltiriladi. SHoirning yonida esa asarining tugashiga ilhom bag’ishlab turgan ohu tasviri bor. Agar mumtoz adabiyotimiz namoyandalari uchun ohu ilhom parisi sifatida tasvirga olingan bo`lsa, A.Mamatova XX asr boshlarida yashab ijod etgan shoir Usmon Nosir portretini yaratishda oq otni ilhom parisi tarzida chizadi. U ayol sifatida chizayotgan portretlarini yuksak xis-tuyg’u va ajib kechinmalar bilan dunyoga keltiradi. Munira Sultonova 1985 yilda Samarqand shahrida tug’ilgan. 2003 yilda Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura qurilish instituti qoshidagi 2-texnik iqtisodiy litseyning arxitektura bo`limida o`qigan. 2007 yila SamDAKI «Arxitektura» fakul’tetining dizayn bo`limini tugatgan. 2006 yil 16 sentyabrda O`zbekiston Madaniyati va san`ati forumi jamg’armasining «Kelajak ovozi» iqtidorli yoshlar respublika mega tanlovining «Me`morchilik va dizayn» nominatsiyasi bo`yicha viloyat bosqichi g’olibi sifatida komp’yuter va diplom bilan taqdirlangan. 2006 yil 2 dekabrda Samarqand Davlat madaniyati tarixi muzeyida, Munira birinchi ustozi - otasi, rassom, profsssor Namoz Sultonovning yorqin xotirasiga bag’ishlanib ilk shaxsiy ko`rgazmasini ochdi. Munira bu ekspozitsiyada realizm uslubida moy-buyoq, akvarel’ va grafikada bajarilgan 54 ta asarini namoyish etdi. Otasidan olgan dastlabki bilimlari yosh rassomning ijodiy yo`lini belgilab berdi. Ko`rgazmaning «Ranglar raqsi» deb nomlanishi ham bejiz emas. Zero, uning asarlarida ranglar o`zining harakatdaligi, yorqinligi bilan ajralib turadi. Munira rangtasvirda ishlash bilan birga, ilmiy maqolalar yozishga intiladi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida jamiyatning madaniy xayotida jumladan, ilm-fan, adabiyot va san`at sohasida ayollarning salmog’i qay darajada ekanligi, shu sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning xayoti va ijodi, yutuq va izlanishlari ularning bugunga qadar faoliyatlari mobaynida qilgan ishlar va yutuqlari alohida ahamiyatga molik. 12-Mavzu: Mustaqillik yillarida ijtimoiy institutlar faoliyati Reja: Ijtimoiy institutlar tushunchasining mazmun mohiyati Ijtimoiy institutlarning turlari va vazifalari Ijtimoiy institutlarning rivojlanishining demokratik islohotlar bilan uyg’unligi Tayanch so’z va iboralar: demokratik islohotlar,ijtimoiy institutlar,Havaskorlik jamoalari, xalq ijodiyoti, jamoat tashkilotlari,madaniy ijodiyot, uchrashuv, oila kunlari, qiziquvchilar birlashmalari. Bugungi kunda O`zbekiston kuchli fuqorolik jamiyati qurish yo`lidan borar ekan, bu sharoitda jamiyat hayotida tub islohotlar o`tkazish va modernizatsiyalash kundalik ehtiyojga aylanadi. XXI asr kishilik jamiyati tarixida va hayotida rivojlangan «Axborot texnologiyalari asri» sifatida kirib keldi. Ushbu yangi asr mamlakatlar, xalqlar va insonlar hayotida, tarixida o`zining o`lkan o`zgarishi va yangilanishi bilan juda katta tarixiy rol’ o`ynadi. Ma`lumki, biz zamonaviy komp’yuter va telekomunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e`tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, bizning mamlakatimiz ham ushbu voqe`likdan chetda qolmagan holda islohotlar jarayoniga jadallik bilan kirib bormoqda. Zero, bugun jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb masala “...mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, siyosiy huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilashni, yurtimizda fuqorolik jamiyatini shakllantirishni davom ettirishdir.” Bu jarayonda albatta ijtimoiy institutning ham o`z o`rni bor. O`zbekistonda demokratik jamiyat asoslari mustahkamlanib borgani sari yangi yangi milliy islohotlarga tayanish, ularni zamonaviy mazmun-mohiyat bilan boyitish va rivojlantirishga bo`lgan ehtiyoj har qachongidan ham kuchaymoqda. Bu – fuqarolarning xohish-irodasi, maqsad va intilishlari, adolatli, erkin, demokratik jamiyat barpo etish to`g’risidagi orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish bilan uzviy bog’liq bo`lgan zarurat va vazifadir. Ushbu vazifa millatning ko`p ming yillik davlatchilik tarixi an`analariga suyangan holda amalda ro`yobga chiqariladi. Shuningdek, jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilish bugungi kun zamon talablari va munozaralaridan biri bo`lib qolmoqda. Zero, mamlakatni tubdan isloh qilish va yangilash jarayoni eng avvalo, millat ongi va tafakkurini, intellektual bilim doirasini shakllantirish bilan bir qatorda jamiyatning barcha sohalarini jumladan, xalq xujaligining barcha tarmoqlarini, mamlakat iqtisodiyotini va iqtisodiy, ijtimoiy hamda huquqiy asoslarga asoslangan bozor iqtisodiyoti munosabatlarini takomillashtirish va yuksaltirishni kuzda tutadi. Ushbu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotining yanada yuksalishiga va xalq hayotining tobora faravonlashuviga olib keladi. Biz erishgan ulkan marralarning eng muhimi eski tizimdan butunlay voz echib, mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish yo`lidan dadil borayotganimiz va bu jarayonning hech qachon ortga qaytmaydigan qat`iy va izchil tus olganligidir . Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov ta`kidlaganlaridek, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotgan og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta`minlash, uni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur. Bugun O`zbekistonda ham jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida tub islohotlar o`tkazilmoqda va ulug’ bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Albatta bu mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqazo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish va ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo`lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo`llanishi va bunday yondashuv ohir oqibatda o`zini oqlashi natijasidir.
Birinchisida, ijtimoiy institut tashkilotlardagi kishilarni birlashtirish yoki ularni qandaydir iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish – jamiyat ehtiyoji asosida vujudga kelgan bo’lsa, ikkinchisida jamiaytning qaysidir jabhasi, boshqaruvchi apparat tomonidan yaratilgan institutlardir. Ijtimoiy institutlar ijtimoiy guruhlarga yaqin tushuncha, lekin jami jihatdan ijtimoiy guruhlar ijtimoiy institutlarning tarkibiga kirib ketadi.37 Ijtimoiy institutlar maəlum ehtiyojning vujudga kelishi bilan paydo bo'ladi. Mana shu ehtiyojlarini qondirishi uchun ma’lum me’yorlar ishlab chiqishni taqazo etadi. Shu me’yorlar asosida esa yangi ijtimoiy institutlar paydo bo’ladi. . Ijtimoiy institutlar deyilganda, sotsial huquqiy munosabatlar idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo`rlik, mulkka egalik,oila va nikoh institutlar) tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlar sohalariga qarab ijtimoiy institutlar quyidagi turlarga bo`linadi: 1.Iqtisodiy institutlar. 2.Siyosiy institutlar. 3.Nikoh, oila va qon-qarindoshlik. 4.Tarbiya institutlari. 5.Madaniyat sohasi institutlari. Ularning xarakteri jamiyat ishlab chiqarish usuli va ijtimoiy munosabatlar xarakteri bilan belgilanadi. Ijtimoiy institutlarni konkret tashkilot va guruxlardan farqlash lozim. Yuzaki ko`rinishda, ijtimoiy institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Ijtimoiy institutlar qisqacha ta`rifida odamlar (sotsial) ijtimoiy tashkillangan va regul’yatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Ijtimoiy strukuturaga kiruvchi har bir Ijtimoiy institutlar muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi. Har bir ijtimoiy institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta`minlovchi konkret funktsiyalar, ushbu institutga xos bo`lgan (sotsial) ijtimoiy pozitsiya va rollar shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli hatti—harakatni rag’batlantiriuvchi va davlat hatti harakatlariga qarshi qaratilgan tazyiqlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy institutlar ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu o`zaro ta`sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharoitida ham bo`lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo`ysunmaydigan anatopik hodisalar bo`ishi mumkin va tabiiydir. Ijtimoiy ishdagi maxsus yo`nalish ijimoiy tashkilotlar nazariyasiga ko`ra ikki xil ramiy va norasmiy tashkilotlarga ajratiladi. Har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma`muriy apparatga ega bo`ladi. Bu ma`muriy apparatning vazifasi esa tashkilot mavjudligini ta`minlash uchun uning a`zolari faoliyatini “muvofiqlashtiradi” muvofiqlashtirishdir. Tashkilot nechog’lik murakkab va katta bo`lsa ma`muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo`ladi. Har bir tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma`muriy muammolarni hal qilish uchun ta`riflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarini nisbatiga bog’liq. Ayrim hollarda ma`muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Ijtimoiy institutlar “lotincha ustqurma, muassasa-bu odamlarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilgan tarixiy turg’un shakllar, “Ijtimoiy institutlar” termini har-hil ma`noda ishlatiladi. Masalan: Oila instituti, sog’liqni saqlash instituti, davlat instituti va boshqalar. Tartibga solish, shaklashtirish va standartlashtirish jarayoni esa institutlashtirish deb ataladi. Institutlashtirish jarayoni quyidagilarni o`z ichiga oladi. 1. Ijtimoiy institutlar paydo bo`lishinining zarur shart-sharoitllaridan biri shunga xos ijtimoiy talablarning paydo bo`lishidir. Institutlar odamlarning u yoki bu talab ehtiyojlarini qondirish maqsadida birgalikda faoliyat ko`rsatish uchun tuzilgan. Oila instituti inson zotini paydo qilish va bolalarni tarbiyalash talablarini qondiradi., jinslar va avlodlar o`rtasida munosabatlarni amalga oshiradi va hokazo. Ta`lim instituti kasblar, ishchi mutaxassislar tayyorlashni ta`minlaydi, odamlarga o`zining turmushini ta`minlash uchun, o`z qobiliyatini rivojlantirish,namoyon etish, realizatsiya uchun imkon beradi. 2. Ijtimoiy institut ijtimoiy aloqalar, o`zaro hamkorlik, aniq shaxs ijtimoiy guruh va boshqa jamoalar munosabatlari asosida tashkil qilinadi. Ijtimoiy institutlar xususiy tavsifga ega o`zining xususiy tizimi va sifati bor. 38 Binobarin ijtimoiy institut o`zining rivojlanish mantiqiga ega mustaqil umumiy ta`limdir. Bu nuqtai nazardan (sotsial) ijtimoiy institutlar turg’un tartibga ega, elementlarning integrallashgani va funktsiyalarni ma`lum bir o`zgarishga ega.tashkil etilgan ijtimoiy tuzum sifatida ko`rilishi mumkin. Eng avvalo bu qadriyatlar, me`yoriy g’oyalar, shuningdek odamlarning va boshqa ijtimoiy madaniy elementlarni faoliyati namunasi - tuzumidir. Bu tuzum odamlarning to`g’ri yurish-turishiga kafolat beradi, ularning intilishlarini bir oqimga soladi, ziddiyatlarni hal etadi. U yoki bu jamoa yoki jamiyatdagi barqarorlik va xotirjamlik xolatini saqlaydi. 3. Institutlarning eng muhim elementalridan biri ijtimoiy institutni tashkil qilish shakli. Tashqaridan ijtimoiy institut moddiy mablag’ bilan ta`minlangan va aniq ijtimoiy faoliyatni bajarayotgan shaxslar, muassalar majmui bo`lib ko`rinadi. Shunday qilib oliy ma`lumot instituti ma`lum bir shaxslar majmui, o`qituvchilar, xizmat qiluvchi xodimlar, amaldorlardan tuzilgan bo`lib, muassasa yoki oliy maktab bo`yicha davlat qo`mitasi chegarasida harakat qiladilar va o`z faoliyati uchun ma`lum qiymatli materallardan foydalanadilar. (binolar, moliya va boshq.) Har bir ijtimoiy institut o`z faoliyati maqsadiga, shu maqsad yo`lida aniq ish harakatiga ijtimoiy do`nyoqarash rollari to`plamiga ega. Ijtimoiy institutlar-ijtimoiy vazifani bajaruvchi, o`zining a`zolarini bajargan ijtimoiy rollari asosida birgalikda ijtimoiy qadriyatlar me`yorlari va yurish-turish namunalari, vazifalarini bajariy yo`lidagi maqsadni birgalikda amalga oshirishni ta`minlovchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir. Ijtimoy institutning 4 asosiy vazifallaridan biri: 1. Jamiyat a`zolarini etishtirish. Bu vazifani bajaruvchi asosiy institut-oiladir. Ammo bunga boshqa institutlar ham daxldor, masalan-davlat 2. Ijtimoiylashtirish-odamlarda mazkur jamiyatda o`rnatilgan yurish-turish namunalari va faoliyat usullarini taqdim qilish oila, ta`lim, diniy institutlar orqali. 3. Ishlab chiqarish va taqsimlash ijtimoiy (sotsial)-iqtisodiy boshqarish va nazorat institutlari orqali ta`minlanadi. 4. Boshqarish va nazorat ishlari tartib intizomining taaluqli turlarini amalga oshiruvchi (sotsial) ijtimoiy me`yor va ko`rsatmalar: axloqiy va huquqiy me`yorlar, udumlar, ma`muriy qarorlar orqali amalga oshiriladi.39 Ijtimoiy institutlar bir-biridan o`zlarining faoliyati sifatida farq qiladi. 1.Iqtisodiy institutlar-mulkchilik, almashtirish, pul, banklar, turli xil xo`jalik birlashmalari ishlab chiqarishning to`la majmuini va jamiyat boyligining taqsimlanishini ta`minlaydi. 2.Siyosiy institutlar-davlat, partiya, kasaba uyushmalari va boshqa jamoa tashkilotlari siyosiy hukmronlikning aniq shakllarini qo`llab-quvvatlovchi va shu hukmronlikni o`rnauvchi siyosiy maqsadni ko`zlaydilar. Ijtimoiy institutlar g’oyaviy qadriyatlarni saqlash, jamiyatdagi ijtimoiy-sinfiy tarkibni ustivor bo`lishini ta`minlaydi. 3.Ijtimoiy madaniy va tarbiyaviy institutlar o`z oldiga madaniy va ijtimoiy qadriyatlarni o`zlashtirish va rivojlanitirishni. Shaxsni aniq bir madaniyatga jalb qilishni, shuningdek shaxslarni ijtimoiy-madaniy intizom standartini o`zlashtirish va nihoyat aniq bir qadriyat va me`yorlani ximoyalashni o`z oddiga maqsad qilib qo`yadi. 4.Me`yoriy mo`ljal mexanizmlari axloq, etikani o`zlashtirish va shaxs intizomini tartibga solish. Bularning maqsadi intizom va yurish-turishiga axloqiy dastak, estetik asos berish. 5.Me`yoriy sanktsiyalovchi huquqiy va me`yoriy aqidalarda belgilangan me`yor qomiidalar va ko`rsatmalar asosida umumijtimoiy intizomni tartibga solish. 6.Marosim –timsol va vaziyat konventsion institutlar. Bu institutlar shartnoma asosida (qisqacha yoki uzoq vaqtga konventsiya me`yorlanini qabul qilishga asoslangan. Bu me`yorlar kundalik to`qnashuvlarni, turli tuman guruxlar yoki guruxlararo intizomni tartibga soladi. Ular o`zaro tartib-intizomining tartibini aniqlaydilar, axborot almashinuvi usullarini vaqt-soatini belgilaydi. Salomlashish, murojaat qilish, majlislarni, yig’ilishlarning qandaydir birlashmalar faoliyatini vaqt soatini ham belgilaydi. Ijtimoiy institutlar tashkilotlar tizimini o`rganish ijtimoiy ishning maxsus yo`nalishlari hisoblanadi. Ijtimoiy institut lotincha, ruscha, lug’aviy ma`nosi ustanovleniya, o`zbekcha ma`nolarda birinchidan Nizom, qoidalari yoki ularning to`planishi, ikkinchidan mahkama muassasalarni bildiradi. Ijtimoiy institutlar deyilganda, ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy me`yorlar tushuniladi. Ijtimoiy institutlarni konkret va guruxlardan farqlash lozim. Yuzaki ko`rinishda ijtimoiy institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar idoralar mazmun sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko`ra esa ijtimoiy institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq rasmiy va norasmiy barqaror standartlashgan tamoyil normaar o`rnashmalarini bildiradi. Ijtimoiy institut qisqacha ta`rifida odamlar (sotsial) ijtimoiy tashkillashga va regulyatsiya qilinadigan faoliyatni anglatadi. Jamiyatning iqtisodiy siyosiy ma`anviy huquqiy va xalqaro sohalarga xos bo`lgan sotsial ijtimoiy institutlarni ajratib ko`rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini iqtisodiy institutlar esa moddiy ne`matlarni ishlab chiqarishini taqsimlaninishini ta`minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati huquqiy va (sotsial) normalar bilan belgilanadi. Amal qilish doirasi va vazifalariga (ko`ra) qarab ijtimoiy institutlarning quyidagi ko`rinishlarini ajratib ko`rsatish mumkin. 1.Realyatsion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib, to kasb mashg’ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi. 2.Regel’yativ (idora etish) ijtimoiy institutlari . Bu institutlar shaxsning maqsadlarini jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz xoda amalga oshish chegaralarni va bu chegaradan chiqib ketilganda qo`llaniladigan sanktsiyalarni (bunda ijtimoiy nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi. 3.Integrativ (uyg’unlashtiruvchi) ijtimoiy institutlar bu institutlar bir butun tizimga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas`ul bo`lgan ijtimoiy tuzilmalarni ifodalaydi. 4. An`anaviy ijtimoiy institutlar. Bu ijtimoiy institutlar odat marosimlar va qarindosh-urug’chilik tomonidan qat`iy belgilangan normalar bilan bog’liqdir. 5.Madaniy ijtimoiy institutlar . Din, san`at, adabiyot bilan bog’liq. Institutsional ijtimoiy institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: A)Jamiyat a`zolarining takror ishlab chiqarish, qayta tiklash B) Ijtimoiylashuv (individga ijtimoiy ahamiyatli bo`lgan qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllari) V)Ishlab chiqarish va taqsimot G) Tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish. Hozirgi zamon tsivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo`lgan (sotsial) ijtimoiy institutlar shakllanish jarayoni ro`y bermoqda. Ular iqtisodiy sohada bozor iqtisodiyoti amal qilishga xizmat qiladigan ijtimoiy faoliyatni ta`minlovchi ijtimoiy institutlardir. Prezidentimiz I.A.Karimov izchil tatbiq qilayotgan kontsepsiyaga muvofiq yangi ijtimoiy institutlar an`anaviy institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo`yilmasdan, balki jamiyatimizning o`tmishi hozirgi va kelajagi vorisligini ta`minlashga xizmat qiladigan jamiyatdan begonalashmagan mamlakatimiz minnaqasiga mos keladigan ijtimoiy institutlar faoliyatiga yo`l ochib berilmoqda.40 Ijtimoiy tashkilotlar individlarning manfaatlarini ma`lum bir qat`iy me`yorlarni qondirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy tashkilotlar nazariyasiga ko`ra ikki xil rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi. Har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma`muriy apparatga ega bo`ladi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo`ladi. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma`muriy muammolarni hal etish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishishi uchun sarflanadigan kuchlarning miqdori nisbatiga bog’liqdir. Ijtimoiy institutlar o`zaro munosabatlar, o`zaro ta`sirlar va ijtimoiy aloqalarning o`ziga xos turri sifatida, turil shakllarda vujudga keladi. Ijtimoiy institutlar inson faoliyatining turli sohalarni boshqaruvchi va ijtimoiy sistemani tashkil etuvchi, kishilarning bu sistemadagi o`rni vam rolini belgilovchi rasmiy va norasmiy qoidalar printsiplari, normalar va ko`rsatmalarning yaxlit majmuasidir. Ijtimoiy institutlarning tashkil etilishi kishilar extiyojlarini qondirish va aqsadlarnii amalga oshirishning muhim sharti va kafolati hisoblanadi. Ijtimoiy institutlar ehtiyojlarni turi va qo`ydirilishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Iqtisodiy institutlar ho`jalik faoliyati sohasida nisbiy barqarorlikka ega bo`lgan va qat`iy qoidalraga asoslanuvchi ijtimoiy qoidalardir. Ishlab chiqarish mablag’larini taqsimlash pul munosabatlarini boshqarish, mehnatni tashkil etish va taqsimlash, mehnat faoliyati, bozor, mulk va boshqa munosabatlarni qamrab oladi. Siyosiy institutlar bu hokimiyatni tanlash uni boshqarish va taqsimlash kashfiyot hayoti barqaorligini ta`minlash uchun xizmat qiladi. Davlat armiya va ma`muriy organlar va vositalar, siyosiy partiya va harakatlar, uyushmalar va boshqalarning yaxllit birligini ta`minlaydi. Madaniyat institutlari madaniyat yaratish, tarqatish va mustahkamlash maqsalda barqaror va tartibga tushgan o`zaro aloqa shaklidir. Ayniqsa fan ommaviy aloqa vositalari va oliy ta`lim ijtimoiy institutlari keng rivojlangandir. Ijtimoiy institutlar ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. Bu o`zaro ta`sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharotida ham hosil bo`lishi mumkin. Har qanday real ahamiyatda normativ tartibga bo`ysunmaydigan analitik hodisalar bo`lishi tabiiydir. Jamiyatdagi eng muhim ijtimoiy institutlardan biri bu siyosiy institutlar bo’lib, hokimyatning o’ratilishi va qo’llab-quvvatlanishi ta’kidlaydi.41 Nyu-York uneverstiteti professori Uiliyam Korbilum esa siyosiy institutlar mohiyatiga chuqurroq yondoshib quyidagicha ta’rif bergan: Siyosiy institutlarning kompleks hukumat va hokimiyat vazifalariga ixtisoslashgan status va normalar yig’indisidir. Siyosiy institutlarning kompleks tarkibi jamiayt barqarorligini ta’kidlab beruvchi, ijro etuvchi va sud organlari majmuasidan ibratdir. Uiliyam Korbilum yana shuni alohida izohlab o’tadiki, zamonaviy jamiaytlarga siyosiy jarayonlarda ishtirok etadigan ko’plab institutlar siyosiy institutlar tarkibiga kirmaydi. Ya’ni siyosiy jarayonlarda boshqa ijtimoiy institutlar undagi guruhlar, shaxslar ayni shu institutlarning asoslariga ko’ra va qadriyatga aylangan manfaati yuzasidan ishtirok turli biznes egalari menejerlari hamda shirkat a’zolari manfaatlari yuzasidan harakat qiluvchi vakil hisoblanadi. Lekin ular siyosiy nomzodi va hokimiyatdagi labbilarini ishchilar manfaati yuzasidan qo’llab quvvatlash orqali siyosiy jarayonlarda aktiv ishtirok etadi.42 Siyosiy institutlar haqida gap ketadigan yana fuqorolik va siyosiy ishtirok masalasiga ham alohida ug’u beriladi. Ma’lumki, fuqorolikni tasdiqlovchi hujjat bu passport hisoblanadi. Agar xorijga chiqish imkoni tug’ilsa, ma’lum mamlakat fuqoroligini isbotlovchi yagona dalil bu – fuqorolik passportidir. Ayni shu fuqorolik berish organligina dablat yuridiksiyasida mavjud barcha burch, huquq va normalar yig’indisi fuqoroda mujassamlashadi. Xalqaro passport tizimi, viza chegaraviy cheklar mamlakatlar xalqparvarning ko’chishi (xarakati) qanday bajarilayotganligini ifodalaydi. Siyosiy va keyinchalik shakllangan huquq institutida muhim belgilovchi omil hisoblangan fuqorolik masalasi ayni shu institutlarda to’g’ri tartibga solinmaganligini oqibatida xalqaro munosabatlarda turli kelishmovchiliklar va hatto janjallarga sabab bo’lyapti. Siyosiy ishtirok tezisini tahlili jarayonida birinchi navbatdagi bilvosita va bevosita ishtiroki nazarda tutilsa, ikkinchisidan tashqi siyosatda, jahon siyosiy institutlari doirasidagi ishtirokini izoh talab qiladi. Bu o’rinda “dunyo hokimiyati” tushunchasi ko’ndalak bo’ladi. 1945 yil mamlakatlar o’rtasida konfliktlarini bartaraf etish yo’lida Birlashgan Millatlar tashkiloti vujudga kelgan. Ammo keyingi siyosiy jarayonlar ko’rsatib beryaptiki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti mamlakatlar o’rtasidagi bahsli masalalar, konftliktlarni bartaraf etilishi unchalik ham ta’sirga ega bo’lib chiqmayapti. Hamon jahon forumi, dunyo mamlakatlari-xalqlarining miting maydoni bo’lib kelmoqda. Xalqaro munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy institutlardan yana biri bu dindir. Din insoniyatning qadiymiy ijtimoiy institutlaridan biri hisoblanadi. Din shunday ijtimoiy institutki, tarixda u tufayli ko’plab kelishmovchiliklar, ixtiloflar hamda urushlar kelib chiqqan. Avvalo din tushunchasini aniqlash oson emas. Kimdir uni xudo kontsepsiyasining mazmuni deb bilish mumkin, lekin shunday dinlar borki, ularda xudo konsepsiyasini aniq izohli, aniq mazmuni ishlab chiqilmagan. Emotsiyalar yig’indisi deb izolansa, boshqa bir tadqiqotchi borliqqa nisbatan hurmat, g’urur, ishonch, yana boshqasi esa misteriya hamda tarbiyada mavjud bo’lgan boshqa hislar majmuasi bilan izohlaydi. Din mazmuni hususidagi keng tadqiqot ishlari quyidagi hulosaga kelindiki, ya’ni, Din bu – dunyoni mazmunlantiradigan inson yaoti zimmalariga mantiqiy javoblar majmuasidir.43 Dipemma-bu ikki mushkul imkoniyatda boshqasini tanlash imkoni yo’qligi. Din jamiyatdagi muhim bir necha diniy tashkilotlar faoliyatini o’z ichiga oladi (masjidlar, cherkovlar, xayriya tashkilotlari) Din ijtimoiy sifatida kishilarga o’z ichki kechinmalari va ishonchlarini bildirishga ya’ni ibodatga ko’maklashish funksiyasini bajaradi. Tadqiqotchi olimlar dinni ko’pincha madaniy deb izohlab o’tishadi, chunki din kishilarning ruxiy hayotga, halollik, to’g’rilik, yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarga bevosita ta’sir o’tkazdi. Ayni globallashuv zamonida dinning jamiyatdagita’sirini hokimiyat chora-tadbirlari, qonun yo’li bilan bir maromga yetkazib berishi o’ta muhim hisoblanadi. Shunindek, jamiyatdagi legitimpini kuzatib boradi. Din bir vaqtning o’zida turli kelishmovchiliklar va konfliktlar manbasidir, shuningdek, ijtimoiy muammolarni davolashga hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Shuningdek, jamiyatdagi diniy tamoyillarning turli xildagi diniy pmoralizning darajasi oilada jamiyatda yangi diniy tashkilotlarning tashkil topishi va ularning sonini oshishiga imkoniyat tug’dirishi tabiiy. Ayni shu masala hozirda o’ta dolzarb hisoblanadi. Yana shunday institut borki, zamonaviy jamiyatdagi ko’plab ixtilofla ya’ni shu institutlar nazorat qiladigan resurslar tufayli kelib chiqadi. Bu iqtisodiy institutlardir. Iqtisodiy institutlar xususiyatlarini tadqiq etgan sotsiologlarning ko’pchiligi insoniyat tomonidan yaratilayotgan yangi texnologiyalar va mehnat taqsimotini iqtisoslashtirishning yangi uslublari natijasida o’zgarayotgan iqtisodiy tizimlar majmuasiga alohida e’tibor qaratadilar. Siyosiy institutlarda asosiy qadiymiy hokimiyat hisoblansa, iqtisodiy institutlardagig foyda esa asosiy qadriyat pul hisoblanadi. Shuningdek, ushbu jarayondagi foyda uchun kurash natijasida vujudga keladigan nazoratdarajasida ham tadqiq etilgan. Ushbu o’rinda eng asosiy iqtisodiy institut hisoblanmish bozor tahlil va muhokama maydoniga chiqadi. Bozor – bu ayriboshash hatti-harakatini tartibga solib turadigan iqtisodiy institut hisoblanadi.44 Iqtisodiyot nazariyasidan ma’lumki, bozor bu vujudga keladigan joy emas. Qayerda ayriboshlash bilan bog’liq hatti-harakatlari kuzatilsa, o’sha yerda bozor vujudga keladi. Zamonaviy jamiyatlar iqtisodiy institutlardagi bozor kelishuvlari kontraktlar va shartmonalar orqali boshqarib, sotuvchi qaysidir mahsulotni yetkazib berishga,o’z navbatida oluvchi belgilangan mahsulotga belgilangan narxda to’plashga kelishadi. Bunday kontraktlar kondtidustrial jamiyatlar hususiyatini aks ettirib borayotgan global iqtisodiy tizimdagi tashkiliy aloqalarida muhim o’rin tutadi. Har bir davlat iqtisodiy jabhadagi zamonaviy jamiyatlarga kiritishlar ekan munosabatlar va aloqalarining huquqiy asoslarini puxta ishlab chiqish va albatta moddiy resurslar bilan bevosita aloqador bo’lgan siyosiy o’yinlarga kerak bo’lsa javob qaytarish yoki ximoyalanish dasturi tayyor bo’lishi kerak. Yuqoridagi diniy, siyosiy, iqtisodiy institutlarning faoliyatida bevosita ahamiyatga ega bo’lgan yana shunday institut borki, uning faoliyatini natijasida nafaqat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari, balki zamonaviy jamiyatlardagi hatti-harakati asoslari prinsplari ham belgilab olinadi. Bu huquq institutidir. Ushbu institut haqidagi asosan XX asr oxiri XXI asr boshlarida bu mavzuni tadqiq etgan sotsiolog olimlarning ijtimoiy institutlari klassifikatsiyasida ko’rishimiz mumkin. Ayrim mutahassislar mudofaa ijtimoiy institutini tarkibida ko’rishsa, ayrimlari ularni alohida ijtimoiy institutlar sifatida klassifikatsiyalashgan. Xalqaro munosabat munosabatning huquq institutini shakllantirishda ahamiyati shundaki, mamlakat ichki huquqiy tizimidagi har bir o’zgarish, yangilanish, ya’ni oily fan tomonidan qabul qilingan qonun, qaror hamda boshqa vakolatli shaxslar va organlar tomonidan qabul qilingan har qanday qaror yoki farmonlar agar aloqasi bo’lsa, xalqaro shartnomalar va bilimlarga muvoffiq bo’lishi shart hisoblanadi. Jamiyatdagi ijtimoiy institutlar o’zining funksiyasi va disfunnitsiyalariga ega bo’ladi. Ijtimoiy institutlarning funksiyasining biz ular yechayotgan masalalar, ko’zlangan maqsadlar hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar majmuiy sifatida aniqlashimiz mumkin. Ijtimoiy institutlarning birlashish va muhim funksiyasi – bu jamiyatdagi muhim hayotiy ehtiyojlarini qondirishhisoblanadi. Agar ijtimoiy institut foyda bilan bir qatorda ziyon keltirib chiqaradigan bo’lsa, uning bunday holatdagi xarakati disfuksiya deb ataladi. Masalan, ta’lim institutining funksiyasi jamiyatga har tomonlama yetuk muahassislarni tayyorlash hisoblanadi. Agar ta’lim instituti o’z vazifa doirasida to’g’ri yo’naltirilmasa, ta’lim qo’ldan-qo’lga ko’rinishida sifatsiz amalga oshirilsa jamiyatga kerakli kadrlar yetkazib berilmaydi. Ijtimoiy munosabatlar tushunchasini jahon siyosati bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar, mutahassislar tomonidan turli izoh berilgan. O’zbekistonda ham ushbu mavzu maqolalarida yoritib berilgan. Umuman, har bir mamlakat va xalqaro tashkilot bilan munosabatlarga kirishadi. Davlatning asosiy qonunga belgilab qo’yiladigan ayni shu masalasidagi tamoyillari uning tashqi siyosatdagi hatti-harakatlari va pozitsiyasini bir davlat yoki tashkilot bilan ma’lum bir sohada yoki ma’lum masala yuzasidan munosabatga kirishar, aloqa o’rnatar ekan albatta uning tashqi siyosatdagi prinsplari hamda ko’rilayotgan jarayonda tutgan pozitsiyasi inobatga olinadi. Ijtimoiy institutlarning rivojlanishining demokratik islohotlar bilan uyg’unligi. O`zbekiston demokratik huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo`lidan dadil qadamlar bosib bormoqda. Shu maqsadlar yo`lida o`zligimizni anglash, yurt ravnaqi, inson manfaati, erkinligi va farovonligini ta`minlash talabi aniq va ravshan belgilab olingan. Ushbu vazifalarni bajarish avvalo islohotlar jarayonini izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirilishiga bog’liq.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma`naviyat - engilmas kuch» asarida ta`kidlangani kabi: «Jamiyat hayotida shunday davrlar bo`ladiki, ... barcha sohalarda keng ko`lamli islohotlarni amalga oshirish zarurati eng muhim ehtiyoj, kerak bo`lsa, hayot-mamot masalasi sifatida kun tartibiga chiqadi»45. O`tgan davrni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li» asari asosida tahlil qilish uni ikki davrga bo`lish mumkinligidan dalolat beradi. O`tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o`zgarishlarni o`z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991 - 2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o`tish davri tom ma`noda tarixiy ahamiyatga ega davr bo`ldi. 2001 yildan 2007 yilgacha bo`lgan muddatni o`z ichiga olgan ikkinchi bosqich - faol demokratik o`zgarishlar, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta`minlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik jamiyat tadrijiy asoslarga ega bo`lgan kuchli islohotchilik orqali yuksalmoqda. Aslida ham shunday. Bir davrdan ikkinchi davrga o`tayotgan jamiyat kuchli islohotchilik orqaligina yangilana oladi. Buning uchun esa yangicha tafakkur zarur bo`ladi. «Tabiiyki, - deb ta`kidlaydi Prezident, - bir tizimdan ikkinchi tizimga o`tish jarayonida odamlar ongida, jamiyat mafkurasida tub o`zgarishlar sodir bo`ladi. Biroq, ba`zi birovlarning hadiksirab, erkin bozor sharoitida ma`naviy-axloqiy qadriyatlarning qimmati tushib ketadi, madaniyat ikkinchi darajali narsaga aylanib qoladi, degan xavotirlari o`rinsiz ekani O`zbekistondagi bugungi o`zgarishlar misolida yana bir bor yaqqol ayon bo`lmoqda.»46 Yangicha tafakkurning yuzaga kelishi uchun muayyan ijtimoiy muhit lozimdir. O`zbekistonda bunday muhit osongina yaratilgani yo`q. Biz o`z mustaqilligimizni qo`lga kiritib, yangi taraqqiyot yo`liga qadam qo`yganimizdan so`ng xalqimizning xohish-irodasi, asriy orzu-intilishlariga tayangan holda, sho`ro davridan og’ir meros bo`lib qolgan ma`muriy-buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o`rnida mohiyat e`tibori bilan butunlay yangi – erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo etish yo`li belgilab olindi. Tabiiyki, bu maqsadga erishish uchun qanday strategik yo`l, islohotlarning qanday shakl va usuli ma`qul ekani haqida olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik, el-yurtimiz vakillari bosh qotirdi. Bu borada taraqqiy topgan davlatlar misolida o`zini oqlagan ilg’or tajribalar ham chuqur o`rganildi. eng muhimi, xalqimizning hayot tarzi, milliy an`ana va qadriyatlarimiz, aholining ruhi va kayfiyati ham har tomonlama hisobga olindi. CHunki har qanday islohotning pirovard natijasi avvalo uning zaruratini aholining keng qatlamlari qay darajada tushunishi va qo`llab-quvvatlashi, bu o`zgarishlarning inson hayotiga, uning farovonligini oshirishga ko`rsatadigan amaliy ta`siri bilan o`lchanadi. Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, odamlarga islohotlarning ma`no-mohiyatini aniq-ravshan tushuntirib berish, shu asosda jamiyat a`zolarida ishonch uyg’otish, ularni bunyodkorlik sari safarbar etish muhim ahamiyatga ega. Aslida, har qanday islohotning samarasi avvalo xalqning ma`naviy-ruhiy yangilanishi, tafakkurining yuksalishi, yuz berayotgan o`zgarishlar uning hayotiga va taqdiriga daxldor bo`lganini chuqur his qilishi va shundan xulosa chiqarishi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avvalboshdan ana shu nozik jihatga alohida e`tibor qaratildi. Barcha o`zgarish va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo`yildi. Bugungi kunda ham o`zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir. Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondashuvning naqadar to`g’ri bo`lganini va uzoqni ko`zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas`uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o`z yo`limiz bor va bu yo`ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so`z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda. Ma`lumki, mustabid tuzum xalqning qarashlari va intilishlaridan yiroq edi. Ana shunday mushkul bir vaziyatda davlatning islohotchilik rolini tan olmaslik masalani o`zibo`larchilik holatiga tashlab qo`yish bilan barobar edi. Shu o`rinda ta`kidlash joizki, demokratiya avvalambor ma`naviy mezonlar asosida boshqariladigan, kuchli huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati demakdir. Aytish mumkinki, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o`zaro uzviy bog’liq bo`lgan ikki jihati, ikki qanotidir. Jamiyat hayotida qonuniylik mezonlari to`liq joriy etib borilishi davlatning faoliyatida o`z aksini topishi va doimo mustahkamlanib borilishini taqozo etadi. Aynan shu maqsadlarga mos holda O`zbekistonda islohotlarni muhim yo`nalishlari etib hokimiyatni bo`linish tamoyilini amalga oshirishni ta`minlash, jamiyatni siyosiy tizimida parlamentni rivojlantirish, sud hokimiyatining rolini oshirish kabi masalalar belgilab olingan. Bu yo`lda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» g’oyasi asosida ijobiy iatijalarga erishilib kelinmokda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti shu uchta yo`nalishdagi islohotlar yuzasidan quyidagi fikrni bildiradi: «Mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ifodalab berildi, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo`linishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi», «Davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar natijasida mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi — O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatali parlamentga aylantirildi», «Sudlarni jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoyasini ta`minlovchi organga aylantirishga qaratilgan yaxlit sud hokimiyati tizimini shakllantirish vazifasi qo`yildi va muvaffaqiyatli hal etildi». Shuning uchun ham 1992 yilda qabul qilingan O`zbekiston Konstitutsiyasida hokimiyatning konstitutsiyaviy asosda bo`linishi tamoyili mustahkamlab qo`yildi. Bu tamoyil Konstitutsiyaning 11-moddasida «O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi printsipiga asoslanadi» 47degan qoidada aks ettirilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma`ruzasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari, jumladan, hokimiyati bo`linishiga ham jiddiy e`tibor qaratildi. Ma`ruzada «Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa bu - qonunchilik hokimiyati bo`lmish mamlakat parlamentining roli va ta`sirini kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o`rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat»48 ekani qayd etildi. Bunda, avvalambor, Prezidentning ba`zi vakolatlarini parlamentning yuqori palatasi - Senatga va hukumatga o`tkazish, professional, doimiy asosda ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning vakolat va huquqlarini kengaytirish ko`zda tutilgan va hozirning o`zidayoq bu boradagi sa`y-xarakatlarning amaliy samarasi ko`rinib turibdi. Bu hukumat faoliyatining kengayishiga hamda mas`uliyatining oshishiga olib keladi, davlat organlari faoliyatini qonuniy asosda chegaralash, ularning vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi. Doimiy asosda ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasi ko`ppartiyaviylik, muqobillik asosida shakllantirilishi demokratiyaning yorqin ifodasi bo`ldi. Quyi palataga 4 ta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlardan 489 ta nomzod qo`yilib, ular o`rtasida halol kurash olib borildi. Saylovlar ikki turda o`tkazildi. Birinchi turda 62 ta, ikkinchi turda esa 58 ta deputat saylandi. Bu ko`rsatkichlar fuqarolarimiz ijtimoiy-siyosiy faolligining, o`z taqdirini o`zi belgilashga bo`lgan intilishi va ishonchining ortib borayotgani, shuningdek, davlat ishlarida qatnashish hayotiy zaruratga aylanib borayotganini ko`rsatadi. Qonunchilik palatasida barcha siyosiy partiya va tashabbuskor guruh vakillarining bo`lishi, ular o`z fraktsiya va guruhini tuzish imkoniyatiga ega ekani turli fikrlilik, bahs-munozara asosida faoliyat yuritish, ishchanlik muhiti shakllanayotganidan dalolat beradi. Deputatlarning 18,3 foizini yuristlar, 21,7 foizini iqtisodchilar tashkil etishi, parlamentda sanoat, qurilish, transport, aloqa, qishloq xo`jaligi, fan, ta`lim, madaniyat, sog’liqni saqlash sohalari vakillari va tadbirkorlarning bo`lishi, bir so`z bilan aytganda, Qonunchilik palatasi aholi keng qatlamlarini qamrab olgani uning aholi turli qatlamlari manfaatlarini teng ifoda etishini ko`rsatadi. Bu esa qonunlarni puxta-pishiq tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Parlamentdagi deputatlarning 18 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani, deputatlar milliy tarkibining rang-barangligi mamlakatda aholi turli guruh va qatlamlari manfaatlarining Qonuniy tarzda ro`yobga chiqishiga imkon yaratadi. Bugungi kunga kelib O`zbekistonda siyosiy partiyalarning jamiyat instituti sifatidagi huquqiy maqomi shakllandi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy partiyalar jamoat birlashmalari kabi jamiyatning instituti ekanligi e`tirof etilishi bilan birga, ularning davlat hokimiyati organlari faoliyatiga aralashishga yo`l qo`yilmasligi konstitutsiyaviy me`yorlar bilan belgilab qo`yildi. Umuman, O`zbekiston qonunchiligida demokratik printsiplar asosida faoliyat yuritadigan siyosiy partiyalarning o`z faoliyatini amalga oshirishlari uchun huquqiy asoslar yaratib berildi. 2008 yildan boshlab kuchga kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to`g’risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalarni demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratib berdi.49 Ko`rinib turibdiki, XXI asr boshlarida mamlakatda jamiyat siyosiy sohasini erkinlashtirish, buning uchun avvalo jamiyatda ko`ppartiyaviylik tizimini yanada demokratlashtirish vazifalari siyosiy islohotlarning muhim jihatlarini tashkil etadi. O`zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirishda 2005 yilning 10 iyunida tashkil topgan «O`zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi» muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari qo`llab-quvvatlaydigan fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishga, ijtimoiy ahamiyatli muammolarni hal etishdagi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005 yil 26 iyulda «O`zbekiston - nodavlat notijorat tashkilotlarini qo`llab-quvvatlash fondi» tashkil topdi. Ombudsman institutining joriy etilishi, Inson huquqlari Milliy markazi faoliyatining yo`lga qo`yilishi, mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning nafaqat huquqiy asoslari yaratilganligini, balki bu sohaga doir barcha institutlarning shakllanganligini ifodalaydi. Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling