«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-Mavzu
- Jaholatga qarshi marifat bilan kurashishda mafkuraviy tasir etish mexanizmlari.
- Agar qadriyatlar qatori o‘zgarsa
- Qadriyatlarning qiyosiy manzarasi
- Noananaviy, ekstremistik ruhda tarbiyalash tizimida qadriyatlarning ahamiyatiga ko‘ra joylashishi 1.
- Mazkur mafkuraviy tasir etish mexanizmining mohiyati uch bosqichli bo‘lib
- Salbiy immunitet javobi
Chekishdan voz kechish uchun qo’yidagilarga amal qiling va siz, kuchli iroda va hohishingiz evaziga maqsadingizga erishasiz. Jamoat joylarida, transportlarda va xonadonlarda chekmang. Kuniga bir donadan sigareta chekishni kamaytirib boring. Oila a’zolaringiz va do’stlaringizga chekish asoratlari haqida gapirib turishni odat qiling. Haftasiga bir kun chekmaslikni odat qiling. Olimlar chekish istagi paydo bo’lgan shaxslarga quydagilarni tavsiya etadilar:33 Har kuni sharbatlar ichish; Yoqtirgan konfetingizni shimib yurish; Yeryong’oq iste’mol qilish; Chekishni eslatuvchi narsalar-sigaret, kuldoni yashirish; Chekuvchilardan uzoqroq yurish; Har kuni badan tarbiya bilan shug’ullanish; Tabiat qo’ynida ko’proq sayr qilish; Ovqat ratsioniga ko’proq ko’kat, sabzavot va sitrus mevalarni qo’shish; Ushbu tavsiyalarga amal qilish orqali o’zingizda chekishga bo’lgan qiziqishni susaytira olasiz. Alkogol (spirtli) ichimliklar. Spirtli ichimliklar iste’mol qilish salbiy oqibatlarga olib keladi, ya’ni inson salomatligining buzilishi, aqliy hamda jismoniy ish qobiliyatini susayishi, har xil kasalliklarga chalinishi, inson umrining qisqarishiga sabab bo’ladi. 10-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyat orqali mafkuraviy zombi qilishga qarshi kurash Reja: Ijtimoiy-madaniy faoliyat ob’ektlarida mafkuraviy tasirlardan odamlarni manaviy himoya qilish. Zombi qilish bosqichlari. Jaholatga qarshi marifat bilan kurashishda mafkuraviy tasir etish mexanizmlari. Tayanch so‘z va iboralar: mafkuraviy zom, mafkura,ma’naviyat, Noan'anaviy, ekstremistik, shaxs ijtimoiy faolligi, shaxsiy manfaal, dav!at manfaati, milliy mentalitet, Turli xil madaniy ta'sirlar va diniy e'tiqodlarni aholi ongiga singdirish orqali siyosiy, mafkuraviy maksadlarga erishish harakati XX asr ohiri va XXI asr boshlaridagi davrning o‘ziga xos xususiyatiga aylanib bormoqda. Ommaga madaniy, diniy va mafkuraviy tazyiq o‘tkazish xususiyati dunyodagi eng yirik islom, xristianlik, buddaviylik va iudaizmdan iborat 4 dindagi an'anaviy e'tiqod amallaridan ajralib chiqqan mazhablar, sektalar, oqimlar faoliyatida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘lmoqda. Diniy e'tikod orqali ta'sir o‘tkazish jarayonlari odamlar ongi, dunyoqarashini o‘zgartirish va pirovard natijada ularni ma'naviy manqurt – zombiga aylantirish bilan yakun topmoqda. Yoshlar ongini zaharlab ularni zombi qilish mexanizmi qanday tarzda namoyon bo‘lishi, bu jarayon kay tarzda kechishi, mafkuraviy muxoliflarimiz o‘zlarining g‘arazli maksadlariga erishlari uchun qanday shakl va uslublardan foydalanayotganliklarini tadqiq etish bugungi kunning favkulodda muhim masalalaridan sanaladi. Dunyodagi jamiki odamlar uchun oddiy va tabiiy va ayni vaqtda eng oliy qadriyat o‘z nasli, zurriyoti bo‘lgan farzandni qadrlash hisoblanadi. Farzanddan keyingi qadriyatlar qatorini ota – ona, ulardan keyin aka – ukalarni qadrlash tashkil etadi. Oiladan keyin yaqin do‘stlar, qarindoshlar, og‘aynilar, jo‘ralar, dugonalar, hamkasblar, mahalladoshlar birin – ketin o‘rin olib, eng so‘ngida shunchaki tanish – bilishlar bilan yakun topadi. Bu holat barcha xalqlar turmush tarzi uchun tabiiydir. Agar qadriyatlar qatori o‘zgarsa, ya'ni, biror – bir kishi o‘z farzandidan ko‘ra do‘sti yoki qalb asirasi, mahbubasini ko‘proq qadrlasa atrofdagilar bunga xayrixoh bo‘lib qaramaydilar. Mobodo inson o‘z oilasi, yaqinlariga hiyonat qilib, oiladan uzoqroq bo‘lgan odamlarga yaqinlashsa nafaqat oila, balki, barcha tanish – bilishlar, mahalla, ishxonadagilar ham shu odamdan nariroq bo‘lishga intiladilar. Madaniyat muassasalarida amalga oshiriladigan turli yo‘nalishdagi ijodiyotda mashg‘ul bo‘lganlar orasida ana shu jamiyat qoidasini izchil singdirish katta axamiyatga egadir. Xususan, turli xil mafkuralar, diniy oqimlar, ayniqsa “Ommaviy madaniyat” ta'siri orqali turli oqimlarga moyil bo‘lib qolganlar xalqimizdagi qadriyatlar qatoriga rioya qilmaslik oqibatida yuz beradi. Masalan o‘ta zararli oqim bo‘lgan “Hizbut – tahrir” yo‘liga o‘tganlarning miyasida dastavval asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar qatorini o‘zgartirish jarayoni amalga oshiriladi. Ularga eng muhim qadriyat farzand, oila emas, balki, islomiy qonun – qoidalar deb uqtiriladi. Islomiy qonunlar, shariat qoidalarni kundalik turmushga joriy etish uchun kurashish eng oliy saodat deb o‘rgatiladi. Demak, shaxsni an'anaviy tarbiya muxitidan chiqazib, noan'anaviy ta'sir holatiga solish uchun inson tomonidan kadrlanadigan qadriyatlar qatori quyidagi o‘zgartirilgan tartibda bo‘lishiga erishiladi. 1. Xalifalik davlatini qurish; 2. Faqat islomiy koidalar asosida yashash; 3. Milliy urf-odatlar o‘rniga islomiy an'analarni joriy etish; 4. Boshqa dinlar tarafdorlariga qarshi jixod qilish; 5. Islomiy birodarlar bilan ma'naviy-diniy hamfikrlikka erishish; 6. Oila; 7. Kavmu qarindoshlar; 8. Mehnat faoliyatini tashkil etish, kasb-xunar bilan mashg‘ullik. Ta'kidlash joizki, g‘oyaviy muxoliflarimiz eng avvalo diniy e'tikodni o‘zgartirish ishlarini ta'sir doirasiga olingan shaxsning turmush tarzini tubdan o‘zgartirishdan boshlashga intiladilar. Turmush tarzi dabdurustdan o‘zgargan inson esa, hayotda gangib qoladi. Avval olgan oilaviy tarbiyasi ko‘magida yangi boshlanayotgan hayotda mustaqil harakatlana olmaydi. Unga doimiy rahnamo, moddiy-ma'naviy tayanch zarur bo‘lib qoladi. Shu boisdan ham, turli xil sekta va oqimlarga bilib-bilmay aralashib kolgan yoshlarga bir qarashda qiziqarli, jozibador bo‘lib tuyuluvchi faoliyatlar, kasb-korlar, mashg‘ulotlar taklif etiladi. Natijada, ko‘p yillar mobaynida o‘rganib kolgan odatiy hayot yo‘lini yo‘qotgan yoshlar yangi yo‘lda arosatda qolib, mafkuraviy homiysining ma'naviy qo‘liga aylanadi. Qadriyatlarning qiyosiy manzarasi
Ana shu aqidalarga ishontirish uchun esa odamlar orasida aqliy va ruhiy – psixologik uslublar bilan ish olib boriladi. Mafkuraviy ta'sir etish samaradorligini ta'minlash uchun esa ularga tez ishonishi mumkin bo‘lgan odamlar maxsus tanlab olinadi. Ular quyidagilar: Aholi orasidan harakatchan, ammo besabr, tez lovillab ketuvchi, odamlarga hamisha nimalarnidir muvaffaqiyatsiz uqtirishga urinib yuruvchi psixologiyada “xolerik” tipiga mansub xarakterli, hayotda biroz omadi chopmay turgan odamlar; Yoshlar orasidan soddadil, ishonuvchan, biror bir mafkuraviy immunitetga, ijtimoiy nazariy poydevorga ega bo‘lmagan, dinlar, diniy oqimlar haqida, ularning farqiy jihatlari xususida ma'lumotlarni o‘zlashtirmagan, ammo yangiliklarni bilishga qiziquvchan yigit – qizlar; Ishxonada, mahallada, jamoalar orasida tayinli ijtimoiy mavqyega, ayricha obro‘ – e'tiborga ega bo‘lmagan ammo, ayni vaqtda egallab turgan ijtimoiy mavqyeiga nisbatan balandroq obro‘ga da'vogar bo‘lgan o‘ziga xos liderlik talabi va ishtiyoqi mavjud bo‘lgan shaxslar; Turmushda, kasb – korida kasodga duchor bo‘lib, krizis holatini boshidan kechirayotgan, odamlardan biroz uzoqlashib, o‘zining yog‘ida o‘zi qovrilib turgan, qaysi ish yoki choraning boshini tutishni bilmay turgan odamlar; Bir qarashda jamoa va odamlar nazaridan chetda bo‘lib yurishni ma'qul ko‘ruvchi, kamsuqum, beozor, har xil shovqin – suron davralardan o‘zini holi, o‘zining dunyosida o‘zi yolg‘iz yurishni ma'qul ko‘ruvchilar, psixologiyada «melanxolik” tipli xarakterga ega bo‘lgan odamlar tanlanadi. Tanlangan odamlarga avvaldan maxsus tayyorgarlik kurslarini o‘tagan xorijlik va mahalliy «mutaxassislar” ong va tafakkurga informatsion ta'sir ko‘rsatish mexanizmini ishga soladilar. Mazkur mafkuraviy ta'sir etish mexanizmining mohiyati uch bosqichli bo‘lib, klientni g‘oyaviy – davriy tayyorlashni ko‘zda tutadi va qasam ichtirish bilan yakun topadi. Birinchi bosqichda klient bilan uchrashuv go‘yo tasodifday yuz berib, maroqli va qiziqarli suhbat tarzida amalga oshadi. G‘oyaviy oqimlar xususida dastlabki ma'lumotlar berib, klientga hyech qanday majburiyat yuklamasdan ish tutiladi. Klient suhbat asnosida biror – bir majburiyat yoki taklif olmaydi, maroqli suhbatdan to‘la qoniqish hosil qildirilmaydi. Unda suhbat mobaynida ko‘pgina savollar tug‘iladi. Ammo suhbat vaqti 5 – 10 minutdan ataylab oshirilmaydi. “Maroqli” va bir qadar sirli uchrashuv ataylab to‘xtatiladi. Suhbat yakunida mo‘jazgina broshyura yoki varaqa berilib, “yana uchrashib qolguncha” deya soxta samimiyat bilan xayrlashiladi. Ikkinchi suhbat vaqti birinchi uchrashuvdan 3 – 4 kun keyin (dastlabki yoqimli taassurot yo‘qolmasdan turib) uyushtiriladi.Suhbat vaqtida oilaviy ahvol, ishxonadagi holat, turmush tarzi xususida (klientning ijtimoiy va shaxsiy hayoti esa avvaldan o‘rganilib qo‘yilgan bo‘ladi) hol so‘raladi. yelim bo‘lib yopishmasdan hamdardlik ruhida fikr bildiriladi. Hayotda hamma narsada yechim borligi, ana shu yechim yo‘lini esa xudo ko‘rsatishini, bu dunyoda hyech narsa tasodifdan bo‘lmasligi va hattoki hozir bo‘layotgan ana shu uchrashuv ham Yaratganning irodasi ekanligi uqtirib o‘tiladi. Suhbat 10 – 15 minutdan oshirilmaydi. Hayotdan norozi ruh kuchaytirilib, yechim yo‘llari muqarrarligiga endi aniqroq ishora beriladi. Ammo bu safar ham taklif etilayotgan oqimga ochiq – oydin o‘tish taklifi berilmaydi. Klient esa psixologik jihatdan suhbat mobaynida taklifni kutish holatidan xalos bo‘la olmaydi. Suhbat oxirida yana qo‘shimcha adabiyotlar sovg‘a deb beriladi va “siz bu yerda o‘zingizni qiziqtirayotgan, hayotda sizni qiynab kelgan ko‘pgina muammolarga yechim topasiz” deb uqtirib qo‘yiladi. Uchinchi uchrashuv ikkinchi suhbatdan 5 – 6 kun o‘tkazilib amalga oshirilib, xuddi avvalgi qadrdonni ko‘rib qolganday psixologik muhitda sodir etiladi. O‘tgan safar aniqlashtirilgan ayrim holatlar masalan, klientning qizi kasal bo‘lganligi eslanib, uning sog‘ligi haqida so‘raladi va tuzalganligidan mehribonlik bilan shukr qilinib, hamma narsa ollohning irodasi ekanligi ta'kidlanadi. Klient qalbida iliqlik uyg‘otiladi. Suhbat har qanday odamning bu hayotda o‘z holicha yashashi mumkin emasligi, dunyoda benihoyat darajada bog‘liqlik mavjudligi qayd etiladi. Yaratganni bilish va unga e'tiqod qilish eng ulug‘ saodat ekanligi turli misollar bilan ishontiriladi. Klientning taklif etiluvchi g‘oyaviy oqimga tayyorlik holati ma'lum bo‘lgach, unga masala mufassal tushuntiriladi. Bu oqimga juda ko‘p odamlar xayrixohligi va unga qo‘shilayotganliklari alohida ta'kidlanadi.Ayni vaqtda bu yo‘lga kirish har bir odamning o‘z mustaqil ishi, erkin tanlov ekanligi aytiladi. Suhbat 20 – 30 minut davom etadi. Suhbat muloqotning psixologik ta'sirini uzluksiz oshirib borish tarzda o‘tqaziladi. Ma'lumki, kishiga erkin tanlash imkoniyati berilsa, u hamisha taklif etuvchidan maslahat va yo‘l so‘raydi. Shunda klientga javoban «buni siz tanlang, biz to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdik, shu yo‘lga kirish – kirmaslik sizning ishingiz” deb aytiladi. Bunday javob klientda suhbatdoshiga ishonchni yanada orttiradi va zararli oqimga ergashishga bo‘lgan maylni kuchaytiradi. Guruhga kiritib olingan shaxsni shu guruh doirasida, mustahkam ta'sir ostida ushlab turish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Buning uchun dastavval ta'sir ostiga olingan shaxslarga targ‘ib etilayotgan e'tiqodiy nazariyani boshqa biror bir nazariya bilan kiyoslash imkoniyati berilmasligiga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki, qiyoslash boshlanishi bilan qilinayotgan g‘oyaga shubha, ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Shu boisdan ham xamisha qiyoslash bilishning bosh omili sanalib kelgan. Buning uchun esa shaxsda qiyoslashga bo‘lgan intilishni xoxishni yo‘q qilishga harakat qilinadi. Xoxishni yo‘qotishning sinalgan uslubi esa egallangan nazariyaning boshqa nazariyalardan ustunligini doimiy ta'kidlash. Shu o‘rinda qayd etish joizki, psixologiya fani erishgan natijalar, ya'ni xoxishni ong osti tuzilmalariga singdirish mexanizmidan muxoliflar keng foydalanmoqdalar. O‘z – o‘zidan tabiiy ravishda kechuvchi istalgan odam yoki hayvonda biror bir narsa yoki hodisaga nisbatan maylni yuzaga keltiruvchi psixologik mexanizmning ishlash tartibi o‘ta oddiy bo‘lib, bir jins, bir xil mazmun yohud shakldagi narsa yoki informatsiyani ketma – ket uch martadan ko‘p ko‘rsatish va eshittirish avvaldan kutilgan samarali natijalarni beradi. Shaxsga ko‘rsatilgan maqsadli ta'sir esa ong osti tuzilmalarida muayyan vaqt mobaynida to‘plangan ma'lumotlarni tasdiqlash yoki inkor etish jarayonlarining boshlanishiga, boshlanganda ham o‘ziga xos avtomatik tarzda, ya'ni inson irodasidan tashqari holda boshlanib ketishiga asos bo‘ladi. Bu yerda motiv, ya'ni nimaga inson ko‘proq moyil bo‘lganligi ham muhim rol o‘ynaydi. Inson ayniqsa, o‘zi hoxlagan narsaning tasdig‘iga erishishga intiladi. Shu boisdan ham, muxoliflarimiz qaysi ma'lumotlar berishdan ham ko‘ra, ularni qanday tarzda yetkazish, asosan suhbatdoshda hoxish, mayl uyg‘otishga katta e'tibor qaratadilar. Mazkur mafkuraviy ta'sir jarayonlarini modellashtiradigan bo‘lsak, qo‘yidagi formula yuzaga keladi:
A = Shaxs ongi, tafakkuriga axborot, fikr, nuqtai nazarlar tarzida singdiriluvchi mafkuraviy ta'sir. T = Shaxs tomonidan qabul qilingan mafkuraviy axborotlarni tasdiqlash. I = Singdiriluvchi ma'lumotlarni shaxs tomonidan qabul qilmaslik, inkor etish; O‘.Q. = mafkuraviy ta'sir natijasida shaxs tafakkuridagi o‘zgargan qarashlar. I = o‘zgargan shaxsni ana shu holatda barqaror qolishini ta'minlovchi immunitetli yondoshuvlar majmui.
Inson ongi, tafakkuriga uch va undan ortiq marta ko‘rsatiluvchi mafkuraviy ta'sir tabiiy ravishda olingan yangi ma'lumotlar fikrlarni o‘ylashga, o‘ylash esa ularni tasdiqlash yoki rad etishga bo‘lgan ongostida psixo-fiziologik jaroyonlar boshlanishiga turtki beradi. Agar shaxsda mazkur fikr-qarashlar (diniy e'tiqod, axloqiy pozitsiyalar) xususida avvaldan shakllantirilgan nuqtai nazarlar bo‘lsa yangi ma'lumotlar avvalgi ma'lumotlar bilan qiyoslanadi va aksariyat hollarda singdiriluvchi g‘oyalarni inkor etuvchi natijalar yuzaga keladi. Agar shaxsda yangidan singdiriluvchi ma'lumotlar xususida muayyan ma'rifiy tayyorgarlik, tushuncha va tasavvurlar bo‘lmasa, yangi ma'lumotlarni hayotiy akida, e'tiqodiy yondoshuv sifatida qabul qilish, ularni qalban tasdiqlashga bo‘lgan moyillik ustunlik qila boshlaydi. Tasdiqlash asosida qabul qilingan e'tiqod, g‘oyalar o‘zlashtirilgach, ularni tashki ta'sirlardan himoyalash mexanizmi ishga tushib ketadi. Mazkur jaroyon yanada samarali kechishi uchun esa, missionerlar (ular xoh “Xizbu-taxrir”; xoh “Vahxobiylik”; xoh “Akromiylar”; yoinki “yevangelistlar”, “Svideteli Iegova” va h.q. bo‘lishdan qat'iy nazar) o‘z muridlarida manfur g‘oyalariga mos bo‘lgan mafkuraviy immunitetni tarkib toptirishga o‘rinadilar. 1. Zero, salbiy mafkuraviy immunitet umumitet e'tirof etilgan sog‘lom ma'naviy muhitdan vayronkor kuchlar tomonidan ajratilgan odamlarni muayyan mafkuraviy qobiqda saqlab turish jarayonida amalga oshiriladi. 2. Demak, immunitet ikki xil shaklda, ya'ni sog‘lom ma'naviyatni himoya qilish tarzida va vayronkor g‘oyalar asosida odamlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish tarzidagi salbiy mafkuraviy immunitet holida namoyon bo‘ladi. Mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishlari puxta o‘ylangan psixologik mexanizmdan iborat bo‘lib, ta'sir doirasiga olingan shaxs ongi va kalbini har tomonlama zanjirband etishni nazarda tutadi. Buning uchun esa mafkuraviy tutqin etilgan shaxsga tashqaridan (ota-onalaridan, mahalla ahlidan, tanish-bilishlardan, huquq-tartibot xodimlaridan va h.q.) beriluvchi savollar tasnif qilinib, har bir savol uchun maxsus javoblar tayyorlanadi. Javoblar suxbatlar mobaynida klientning e'tiboriga oddiy fikr-almashuvga o‘xshatib, me'daga tegmaydigan shaklda havola etib qo‘yiladi. Immunitet javoblaridan bir nechtasini misol tarzida keltiramiz:
Mazkur savollarga javoblarni mazmunan (sotsiologiyada fikr va mulohazalarni mazmuniy tahlil etish uslubi “kontent-analiz” deb ataladi) tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, mafkuraviy ta'sir doirasiga tushib qolgan shaxs mulohaza bildirayotgan paytda o‘z fikrini ongi, tafakkurida mushohada etmay turib izhor etishga moyil bo‘ladi. Bunday shaxslar uchun “mafkuraviy daholar” tomonidan avvaldan tayyorlab qo‘yilgan va shaxsning ongiga singdirilgan immunitetli javoblar o‘ziga xos “shpargalka” vazifasini o‘taydi. Mushoxada etilmagan, miya chig‘irig‘idan o‘tkazilmagan “tayyor javoblar” boshqalar tomonidan berilgan savollar uchun o‘ziga xos himoya qobig‘i, qalqon vazifasini o‘taydi. Mafkuraviy ta'sir doirasiga tushib qolgan shaxsni “zombi” holatidan chiqazish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish taqoza etiladi: Mafkuraviy zaharlangan shaxs ongiga u tomonidan qabul qilingan e'tiqodiy aqidalar, qadriyatlarning soxtaligi xususida uzluksiz ravishda uch martadan kam bo‘lmagan tazyiqsiz suhbat o‘tkazish va suhbatdan so‘ng shaxsni u hammaslak bo‘lgan odamlardan chetda saqlash lozim. Toki u o‘zi eshitgan fikrlarni o‘ylashga vaqt va imkon topsin. Agar o‘tkazilgan suxbatdan so‘ng mafkuraviy ta'sir ostida qolgan shaxs yana hammaslaklari davrasiga qaytsa, ijobiy ta'sir kuchi neytrallashadi. Mafkuraviy tutqun bo‘lgan shaxsga uyda qolgan yaqinlarining xatlarini o‘qib berish, oila a'zolari bilan bevosita suhbatlar tashkil etish maqsadga muvofiq. Bunday suhbatlar qadriyatlar tizimida o‘zgarishlar yasab, soxta xalifalik davlati qurish g‘oyalari o‘rniga farzand mehrini tuyish, oila davrasiga qaytish orzularini kuchaytiradi. Mafkuraviy ta'sir doirasida qolgan shaxsni o‘zi ergashgan g‘oyaviy yo‘nalish vakillari bilan hamsuxbat, hamfikr bo‘lishdan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Agar ular bir-birlari bilan uzluksiz muloqotda bo‘lib turishsa, insonga xos bo‘lgan aldanishga moyillik tuyg‘usi yana amal qila boshlaydi. “Zombi” holatidan chiqazishda pozitiv, hayotga zavq tuyg‘ularini uyg‘otuvchi badiiy filmlar, ko‘tarinki ruhdagi musiqiy asarlar ijrosi, yorug‘ xonalarda o‘tkaziluvchi suhbatlar muhim ahamiyatga ega. Eskilik, zamondan ortda kolgan g‘oyalar mantiqan xaroba kulba, xira yoritiluvchi xona, ko‘pol muomala, past saviyadagi, kaltabin so‘z va mulohazalarga monanddir. Pozitiv ta'sir ko‘rsatish uchun esa buning tomoman aksi bo‘lgan holatlarni yuzaga keltirish, shubxasiz o‘z samarasini beradi. Yurtboshimiz I.A.Karimov ta'kidlagani kabi “insonning ongu tafakkuri esa bir kunda o‘zgarmaydi, albatta. Uning dunyo-qarashi o‘zgarishi va kengayishiga vaqt kerak, tajriba kerak. Chetdan turib qanday zo‘ravonlik bo‘lmasin, odam zoti o‘z hayoti misolida, tajribasida taklif etilayotgan va amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar unga nima berayotganini, qanday naf keltirayotganini ko‘rishi kerak va iqror bo‘lishi darkor”. Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling