«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Jamiyatni yangilash va demokratik islohotlarni amalga oshirishda ayollar mavqeining ortishi
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayollar – jamiyatning ijtimoiy subyekti sifatida
- Jamiyatni yangilash va demokratik islohotlarni amalga oshirishda ayollar mavqeining ortishi.
Jamiyatni yangilash va demokratik islohotlarni amalga oshirishda ayollar mavqeining ortishi. Ijtimoiy-madaniy sohada ayollar ishtirokining faollashuvi. Tayanch so‘z va iboralar:Evolyutsiya,ijtimoiy faollig,demokratik islohot,ijtimoiy-madaniy ehtiyojlar, subyekt, diniy-ma’rifiy,muassasalar, urf-odatlar, madaniy-oqartuv ishi. Ayollar – jamiyatning ijtimoiy subyekti sifatida Xalqimiz orasida «Ayol bir qo`li bilan beshikni, ikkinchi qo`li bilan dunyoni tebratadi», degan naql bejiz vujudga kelmagan. Buyuk ajdodlarimiz, millatimiz tarixidan ma`lumki, o`zbek ayoli, o`zbek onalari nafaqat o`z elimiz, balki dunyo hamjamiyati, umumbashariyat taraqqiyotiga o`zining ulkan hissasini qo`shgan mashhur o`g’lonlari – jasur, botir Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi sarkardalari, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G’ijduvoniy, hazrat Xo`ja Ahror Vali kabi azizu-avliyolari, jahonni turli jabhalarda lol qoldirgan olimlari – Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Imom Al Buxoriy, Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, adiblari – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umar Hayyom, Fitrat, CHo`lpon, Abdulla Qahhor, Oybek kabilar bilan mashhurdirlar. Mag’rur, jasur va dono To`maris, Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar nomlari nafaqat biz uchun, balki ilg’or fikrli dunyo ahli uchun ham iliq va ulug’ ekanini hammamiz yaxshi bilamiz. Mustaqillik yillaridan boshlab:
onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, fuqarolar reproduktiv salomatligini mustahkamlash; ayollarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini oshirish, ularning davlat boshqaruvidagi, muhim hukumat qarorlarini qabul qilishdagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi faol ishtirokini ta`minlash; xotin-qizlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning o`zlaridagi salohiyatni turli jabhalarda namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish; hattoki uy bekasi vazifasinigina ado etib yurgan hokisor ayollarning birortasi ham bee`tibor qolmasligi uchun jamiyatda tegishli shart-sharoit yaratish; onalarimizning, ayniqsa, qishloq sharoitida istiqomat qilayotgan ayollarimizning uy-ro`zg’or, bola-chaqa bilan bog’liq bo`lgan yumushlaridan, farzandlar tarbiyasidan, o`z oilalaridan uzoqlashmagan holda oila daromadini ko`paytirishiga o`z ulushini qo`shishi, uyda turib mehnat bilan band bo`lishini ta`minlash uchun imkoniyat yaratib berish, ushbularning huquqiy asosini mustahkamlash; oilalardagi muammolarni hal etish, onalarning farzandlar tarbiyasi va parvarishi borasidagi tashvishlarini kamaytirish, ayniqsa, qishloq ayollari mehnatini engillashtirishga erishish, qishloqlarda zamonaviy inftratuzilmani barpo etish, xizmatlar ko`rsatish sohasini rivojlantirish; xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi har qanday kamsitilishlarining oldini olish kabi masalalar yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinayotganligi alohida e`tiborga sazovordir. Prezidentimizning «O`zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 1995 yil 2 martdagi, «O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»35gi 2004 yil 25 maydagi, «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta`sis yetish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g’risida»gi 1999 yil 10 iyundagi Farmonlari, «Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni, Oliy Majlisning XV sessiyasida «Saylovlar to`g’risida»gi Qonunning 22-moddasiga O`zbekiston Respublikasining ikki palatali Parlamentiga siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ko`rsatishda ayollar soni 30 foizdan kam bo`lmasligi lozimligi xususidagi normaning kiritilganligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, Vazirlar Mahkamasining ona va bola salomatligi masalalari yechimiga bag’ishlangan o`nlab muhim qarorlari jamiyatimiz xotin-qizlarining manfaatlarini, onalik va bolalikni himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish va amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlardagi faol ishtiroklarini ta`minlash borasida samarali xizmat qilmoqda. SHuningdek Qur`onda, Hadislarda, Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da, SHarq allomalarining asarlarida oila, oiladagi shaxslararo munosabatlar, ota-onalar va farzandlar burchi, oiladagi tarbiyaning bola psixikasiga ta`siri, er-xotin mas`uliyati va kelin tanlash masalalariga ham katta e`tibor qaratgan. Islomiyatda bo`lajak oilaning vujudga kelishiga katta ahamiyat berilgan. Bunda farzandlarning nasliy pok bo`lishini hisobga olib, bo`lajak qaynota, qaynonalarni tanlash zaruriyati islomda o`ziga xos tarzda qo`yilgan. Kelin yoki kuyov qilmoqchi bo`lgan har bir ota-onaning bo`lajak qudalarining naslini surishtirishlari yohud har bir musulmon o`zining “yetti pushti” ni bilishi lozim, degan talablar ham islomiy ma`naviyatdan kelib chiqqanlar. SHarq mutafakkirlaridan biri - Abu Rayhon Beruniy(973-1048) ning oilaviy munosabatlar yuzasidan qarashlari alohida e`tiborga loyiqdir. Beruniy o`z qarashlarida ayniqsa xotin-qizlar tarbiyasiga alohida e`tibor qaratadi. U o`zinig “Minerologiya” asarida oila qurayotgan qizlarga ota-onaning nasihatlarini keltirib, oiladagi tinchlik, totuvlik, oilaning baxtiyorligi ko`proq ayollar zimmasiga tushushini ta`kidlaydi. Va shunday yozadi: -Ey qizim! Sen o`rgangan uyingdan ketib, notanish xonadonga tushmoqdasan. Sen bo`lajak kuyovingning hamma xislatlarini bilmaysan. Sen yer bo`l, u esa osmon bo`ladi. Demak, sen u bilan shunday yo`l tutki, uning oldida yer kabi kamtar bo`lsang, u osmon kabi olijanob bo`ladi. Osmon shifobaxsh yomg’iri bilan erni ko`kartirgani kabi u ham o`z mehru-shafqati bilan seni xushnid etadi. Yana sen unga kanizak bo`lsang, u senga xizmatchi bo`ladi. Ering sendan faqat yumshoq va shirin so`zlargina eshitsin, yaramaydigan yoki eski libosda yoki yuzlaringga oro berilmagan va sochlaring tartibga solinmagan holda uning oldida o`tirma. Abdullax ibn Jafar ismli ota o`z qizini turmushga chiqarayotib shunday deydi: -Sen rashk qilishdan saqlangin, chunki bu ajralib ketishning kalitidir. eringga hadeb gina qilaversang nafratni uyg’otadi. Yaxshisi, sen yering bilan xushmuomala bo`lgin, bu har qanday sehr-jodudan yaxshidir va suvdan foydalangin, bu xushbuy narsalarning ichida eng birinchisidir. Beruniy o`z qarashlarida oila tinchi bevosita aqlli, farosatli, tarbiyali ayollar qo`lida ekanligiga alohida urg’u beradi. Oilaviy munosabatlar masalalariga oid o`zining diqqatga sazovar qarashlari bilan farqlanib turuvchi mutafakkirlardan biri - Abu Ali Ibn Sinodir (980-1037). Ibn Sinoning ayniqsa ayollar hayotda qanday bo`lishlari kerakligi haqidagi qimmatli fikrlari diqqatga sazovardir. Ibn Sino “Tadbiri manzil” asarining “Afsofiy behtarin zanho” bo`limida ayollarning yaxshi xulqli bo`lishi haqida gapiradi. Uning fikricha, ayollar quyidagi xususiyatlarga ega bo`lishlari lozim ekan:
Bilimli bo`lsin U dinga ishonishi kerak Uyatchan, sharm-xayoli Tabiatan jasur O`z erini qattiq sevishi Tug’ish va bola tarbiyasi haqida o`ylashi Ezma bo`lmasligi O`z eriga buysunishi To`g’ri bo`lishi, kamtar va farosatli bo`lishi kerak U hech qachon o`z sha`niga dog’ tushirmasin Eri bilan ehtiyotkor bo`lib, uning hurmatini joyiga quyib xushmuomala qilishi shart U o`z vazifasini va burchini yaxshi bilsin Xotin oila xo`jaligidagi narsalardan to`g’ri, tejab foydalanishni bilsin U o`z tabiati va yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo`qotishi kerak. Ibn Sino ayollarga ana shunday murakkab va hayotiy vazifalarni yuklaydi. Bu o`z navbatida oilani mustahkamlashga turtki bo`ladi. SHuningdek, Alisher Navoiy (1441-1501) “Mahbub-ul-qulub” asarida: “Uylanish va xotinlar to`g’risidagi” faslda mutafakkir uylanish va uning foydasi, oila odobi va oilada ayollarning fazilatlari haqida ajoyib fikrlar bayon etadi. Navoiy ayolning turmushdagi hissasiga quyidagicha to`xtaladi: “Yaxshi xotin-oilaning davlati va baxti. Uyning ozodaligi undan, uy egasining xotirjam va osoyishtaligi undan. Husnli bo`lsa-kungil yozig’i, xushmuomala bo`lsa- jon ozig’idir. Oqila bo`lsa, ro`zg’orda tartib-intizom bo`ladi, asbob-anjomlar pokiza va saronjom turadi”-deydi. A.Navoiy o`z qarashlarida oilada tinchlik xukm surishini bevosita ayollarga ham bog’liqligiga e`tibor qaratadi.
1. Qizlarni turmushga tayyorlash dasturi. 2. Sog’lom avlod - sog’lom jamiyat negizi dasturi. 3. ekologiya va ayol dasturi. 4. Respublika xotin-qizlarining xalqaro aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar dasturi. 5. Xotin-qizlar mexnatini ijtimoiy muxofaza qilish dasturi. 6. Ayol oila va maxalla dasturi. 7. Ma`rifat-ma`naviyat, ta`lim-tarbiya dasturi. Bu dasturlar O`zbekistan Respubli-kasida xotin-qizlar uchun munosib ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy, ma`naviy xayotni qaror toptirishga aloxida e`tibor berilayotganligidan, ularning axvolini, turmush sharoitini yaxshilash ishi davlat siyosati darajasiga ko`tarilganligidan dalolat beradi. Respublikamizda ilk bor 1994-1999 yillarda xotin-qizlar ham ko`ppartiyaviylik asosida o`tkazilgan saylovda ishtirok etib, barcha darajadagi vakillik organlari deputatligiga saylandilar. 1999 yil 5 dekabrda o`tkazilgan saylovlarda 250 deputatlik mandatidan 17 tasini ayollar qo`lga kiritdilar. Oliy Majlis raisining uch o`rinbosaridan 1 nafari, Oliy Majlisning inson huquqlari buyicha vakili (Ombudsman), O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ijtimoiy masalalar va bandlik qo`mitasi, Oila va ayollar muammolari komissiyasi raislari ayol jinsiga mansub ekanligi xotin-qizlarning davlat va parlament darajasidagi masalalarni xal etishga jalb qilish yuzasidan salmoqli ish olib borilayotganidan dalolat beradi. Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 18 fevraldagi 73-son qarori bilan «Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy manfaatlari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari» davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturni davlat byujeti, fondlar, kasaba uyushmalari, korxona va tashkilotlar, chet el kreditlari va insonparvarlik yordami xisobidan mablag’ ajratildi. Dasturda ko`rsatilgan tadbirlar mamlakatimizning barcha ayollarining extiyojlarini qamrab oldi va ijtimoiy adolat, tenglik va barqaror rivojlanish davlatimiz siyosatining ajralmas kismi va demokratik jamiyat kurilishning asosi ekanligini tasdiqladi. Dasturga asosan 1999 yil 14 aprelda «Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida» Qonun qabul qilindi, unda xotin-qizlarning turmushini yaxshilash, isloxotlarda ularning ishtirokini kuchaytirish va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «Xotin-qizlarning ijtimoiy muxofazasini kuchaytirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida» 1999 yil 17 martdagi Farmonida 1999 yil 1 iyuldan boshlab ayollar yoshga doir pensiyaga chiqqanidan keyin, o`rta va kichik tibbiy xodimlar, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylarida, «Mexribonlik uylari»da tarbiyachilar, kutubxonachilar sifatida ishlashni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar bo`yicha kamida 10 yil ish stajiga ega bo`lgan xollarda, ularning pensiyasi to`liq mikdorda saqlanib qolinishi kafolatlangan. Vazirlar Maxkamasining «O`ta zararli va o`ta og’ir mexnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga imtiyozli soliq solish to`g’risida»gi qarorida ayollarning daromadiga soliq solish darajasi 20% dan yuqori bo`lmasligi nazarda tutildi. Ayollarga 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi berildi, mexnat sharoiti nokulay ishlarda ayollar mexnatini qo`llash taqiqlanadi, xomiladorlik va tug’ish tatillari 126 kun belgilanib, farzand 2 yoshga to`lguncha nafaqa to`lanadi va ish joyi saqlanadi. Kam ta`minlangan, ko`p bolali oilalarga ijtimoiy yordam, nafaqa pullari ham muhim madad xisoblanadi va 16 yoshga to`lmagan bolalari bor oilalarga yordam beriladi. Xotin-qizlar sog’ligini saqlash va mustahkamlash sog’likni saqlash tizimining eng dolzarb vazifalaridan biridir. Farzand ko`rishda sog’lomlik, oilani rejalashtirish, onalik va bolalikni muxofaza qilish xizmatlarini rivojlantirish, ekologik falokatning ayollarga ta`sirini kamaytirish masalasiga muhim e`tibor qaratilmoqda. Masalan, respublikamizda sog’lom avlod g’oyasi negizida anemiya, ekstragenital kasalliklar, patologik tug’ishlarning oldini olish va davolash uchun «Ona va bola skriningi» dasturi amalga oshirilmoqda. Sog’likni saqlash tizimi xozirda YUNISEF, YUNESKO, USAID, UNFPA, Qizil Xoch va Qizil YArim oy jamiyati bilan hamkorlikda shifo maskanlariga turli xayriya yordamlarini uyushtirmoqda, turli loyixa va dasturlarni birga amalga oshirmoqda. Orol bo`yi ayollari va bolalariga YUNISEF, EKOSAN, ASPERA xalkaro loyixasi yo`li bilan yordam berilmoqda. Ayollarning bilimli bo`lishi o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda, Vatanga, xalqqa sadoqat ruxida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Farzandlarning kelajakda qanday shaxs bo`lib yetishishlari, ularga onalari qanday ta`lim-tarbiya bera olganliklariga bog’liq. Respublikamizning yosh iqtidorli qizlarini moddiy va ma`naviy rag’batlantirish maksadida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi Farmoni bilan Zulfiya nomli Davlat mukofoti ta`sis etildi, bir necha yo`nalish bo`yicha tanlov asosida g’oliblar aniqlanib, xar yili 14 nafar iqtidorli qizlar mukofot bilan taqdirlanmoqdalar. O`zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy, kasbiy va boshqa huquqlarini ximoya qiladigan jamoat tashkiloti Respublika xotin-qizlar qo`mitasidir. Bu tashkilot 1991 yil 23 fevralda tashkil etilgan bo`lib, Qorakalpog’iston Respublikasi, 12 viloyat va Toshkent shaxar xotin-qizlar qo`mitalaridan iborat. Qo`mita jamiyatda xotin-qizlar rolini oshirish, ularning qiziqishlarini ximoya qilish, turli ma`naviy, madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy, iqtisodiy huquqiy yordam berish, oilani, onalik va bolalikni, xalqlar o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni muxofaza qilish, xalqaro demokratik xarakatda O`zbekiston ayollarining ishtirok etishini ta`minlash kabi vazifalarni bajarmokda. Radio, televidenie va matbuotda ham ayollar faoliyati keng yoritib borilmoqda. O`zbekistonda yashayotgan ayollar ayni vaqtda jaxon xotin-qizlar xarakatining ajralmas qismi hisoblanadi. SHuning uchun ham O`zbekiston xotin-qizlari dunyo ayollari bilan turli darajada aloqada bo`lishlari kerak. Bu xildagi aloqa ayollarimizga o`z ishlarini o`zgalarniki bilan solishtirish, o`z xayotlarini dunyodagi boshqa xotin-qizlarning turmushiga qiyoslash imkonini beradi. O`zbekiston xotin-qizlarining dunyodagi boshqa davlatlar xotin-qizlari bilan hamkorligi o`zaro tenglik, xurmat, do`stlik va ichki ishlariga aralashmaslik asoslarida qurilmoqda. Respublikada «Oila» ilmiy-amaliy markazi, «Tender va rivojlanish», «Tadbirkor ayol», «Olima ayol», «Ayol va jamiyat», «Ayollar resurs markazi», «Mexri» markazi kabi nodavlat, notijorat tashkilotlari o`z faoliyatlarini yanada kuchaytirmoqda. Tadbirkor ayollarning 1991 yil iyunida tashkil qilingan «Tadbirkor ayol uyushmasi» O`zbekistondagi noxukumat tashkilotlarining dastlabkilaridandir. Uyushmaning maqsadi bozor munosabatlarini rivojlantirishda ayollarning ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan, tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-kuvvatlashdan iborat. Uyushma 3000 dan ortiq, tadbirkor ayollarni birlashtiradi. Uyushma o’z bo’limlariga zga. Uyushmaning sheriklari orasida BMT Rivojlanish dasturi, TASIS, Kaunterpart interneyshnd Evroosiyo jamg’armasi, Konrad Adenauer jamg’armasi va boshkdlar bor. Xulosa qilib aytganda, O`zbekiston xotin-qizlari, millatidan qat`i nazar, jaxondagi va mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi sifatida o`z mavqelarini mustahkamlab bormoqdalar. Buning esa mamlakatimiz kelajagi uchun ahamiyati kattadir. Deputatlikka nomzod ko`rsatishda xotin-qizlarga yaratilgan imtiyozlar Jahon tajribasiga ko`ra, parlamentda ayollar ulushi ma`lum darajada mavjud bo`lishini istagan davlatlar qonun hujjatlarida kvotalashni ikki xil usulda amalga oshirganlarini ko`rish mumkin: Birinchi usul – ko`proq ommalashgan usul bo`lib, deputatlikka nomzod ko`rsatishda nomzodlar ma`lum foizini (ba`zi davlatlarda 5%, ba`zilarida 10%, lekin ko`plab davlatlarda bu 30%lik ko`rsatkichdir) ayollar tashkil etishi lozimligi haqidagi normadir. Ikkinchi usul – siyosiy partiyalar faoliyatiga oid qonun hujjatida partiyaning a`zolariga jinsidan qat`iy nazar teng huquqlar berilishi haqidagi norma bilan mustahkamlanganligini ko`rish mumkin. Agar birinchi va ikkinchi usulning bir-biridan farqi va afzallik tomoni haqida so`z yuritsak, birinchi usulda normaning aniq talabga egaligi aniq natijalar berishi bilan yaqqol namoyon bo`ladi. YA`ni, ma`lum foizli kvota orqali ayollar soni oshishiga erishiladi. Ikkinchi usul esa, mazmunan teng huquqlar yaratishga qaratilgan bo`lsada, lekin ayollarning deputatlikka nomzod etib ko`rsatilishida aniq natijalarni ko`rsatmaydi. O`zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi xotin-qizlar va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish masalalarini hal qilishga xotin-qizlarni keng jalb etish, ularning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza etilganligini kuchaytirish masalalariga oid normalar misolida tahlil qilib ko`rilsa, bunda birinchi navbatda albatta O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini aytish joizdir. Xususan, Asosiy Qonunning ikkinchi bo`limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanib, uning 18-moddasida: “O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e`tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat`i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo`yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo`lishi shart”; 29-moddasida: “Har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir”; 37-moddasida: “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko`rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o`tash tartibidan yoki qonunda ko`rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”; 46-moddasida: “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” mazmunidagi normalarning aks etishi ayollarning davlat va jamiyatdagi o`rnini nafaqat belgilashda, balki ularning huquqlarini mustahkamlash va kafolatlashda ham to`liq asos bo`lib xizmat qildi36. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda, turli yo`nalishlarga oid, jumladan saylov, oila, mehnat, jinoyat, ma`muriy va boshqa qonun hujjatlarida ayollar huquqlariga tegishli normalar aks etdi. Bundan tashqari, 1999 yilda O`zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g’risida”gi Qonuni faqat ayollar huquqlariga tegishli alohida qonun hujjati sifatida qabul qilindi va uning normalari hayotga joriy qilindi. Mustaqillik yillarida parlamentga 1994 yil, 1999 yil, 2004, 2010 yillarda ko`ppartiyaviylik asosida saylov o`tkazildi va uning natijalari asosida saylangan deputatlarning ma`lum qismini ayollar tashkil etdi.
2004 yilgi saylov qonunchiligi va amaliyotida demokratik yangilanish sodir bo`ldi. YA`ni, 2004 yil 27 avgustdagi “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartishlar va qo`shimchalar kiritish to`g’risida”gi Qonun bilan “Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko`rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o`ttiz foizini tashkil etishi lozim” mazmunidagi qoida ham parlamentning quyi palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ko`rsatishda ayollar ulushini oshirishga qaratilgan huquqiy asos bilan mustahkamlandi. Bunday mazmundagi norma kiritilishini quyidagi asoslarda ko`rsatishimiz mumkin: birinchidan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ayniqsa saylov jarayonida ularning ishtirokini kengaytirish; ikkinchidan, siyosiy partiyalar safiga siyosiy etuk, faol ayollarni jalb qilishga erishish; uchinchidan, deputatlikka nomzodlar ko`rsatishda siyosiy partiyalar nomzodlari safida ayollar sonini oshirish va shu orqali davlat hokimiyati organlarida ayollarning ulushi ko`payishiga erishish. Bu o`z navbatida ayollar va erkaklarning davlat va jamiyat darajasida teng huquqliligini ta`minlashga, O`zbekiston Respublikasining ko`p sonli aholisining teng yarmini ayollar tashkil etishini hisobga olgan holda belgilangan hayotiy normadir. Tahliliy natijalar esa xotin-qizlardan 162 nafar nomzod ro`yxatga olinganini, bu jami nomzodlarning 31,3 foizini tashkil qilishini ko`rsatdi. Ikki palatali parlamentning Birinchi chaqirig’i faoliyati davomida Oliy Majlisning Senatida 15 nafar senator ayol, Qonunchilik palatasida 20 nafar deputat ayollar borligini ko`rish mumkin. Deputatlikka nomzod ko`rsatishda xotin-qizlarga yaratilgan imtiyozlar haqida so`z yuritganda, avvalo deputatlikka nomzod etib ko`rsatish vakolatiga ega bo`lgan siyosiy partiyalar o`rnini ta`kidlash joiz. Hozirgi kunda mamlakatimizda 4 ta siyosiy partiya –O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O`zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyat ko`rsatmoqda va ular a`zolari safida ma`nan va siyosiy etuk ayollar borligini ta`kidlash o`rinlidir. O’tgan 2004 yilda o`tkazilgan saylovda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko`rsatishda xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko`rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o`ttiz foizini tashkil etishi lozimligi haqidagi norma 2004 yilgi saylov natijalaridan ko`ra, yuqori ko`rsatkichlarga ega bo`lishi kutilishi tabiiy. Sababi, mamlakatni modernizatsiya qilishda ayollar huquqini ta`minlash masalalari davlat siyosatining muhim yo`nalishlaridan biri hisoblanadi. Siyosiy partiyalar uchun esa, bu o`z a`zolari, elektorati manfaatlarini to`liq qamrab olish va ro`yobga chiqarish demakdir. Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma`naviy islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, ularning oila, jamiyat hamda davlat qurilishidagi rolini kuchaytirish masalasiga katta e`tibor qaratilayotir. Zero, aholining 52 foizidan ko’prog’ini, ishchi kuchining 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadigan O`zbekiston Respublikasi ularning ijtimoiy hayotdagi o`rni, mavqei, faollik darajasi jamiyat taraqqiyotini belgilovchi eng muhim omillardan sanaladi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o`z elektoratini - tadbirkorlar, ishbilarmon va fermerlar safini yanada kengaytirish orqali xotin-qizlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilish, ularga imtiyozli kreditlar olib berishda ko`maklashish, yangi ish o`rinlarini yaratish, siyosiy-huquqiy bilimini boyitishga ustuvor ahamiyat berib kelmoqda. Jumladan, partiyaning xotin-qizlarga oid dasturiy maqsad va vazifalarini hayotga izchil tatbiq etish, ular o`rtasida liberal-demokratik g’oyalar va qadriyatlarni keng targ’ib etish bo`yicha joylarda amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalarni belgilash maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ayollar masalalari bo`yicha rais o`rinbosarlari hamda "Ayollar qanoti" bo`limlari rahbarlari uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida "Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish - davr talabi" mavzuida o`quv-seminar tashkil etildi. Xuddi shunday seminarlar har bir viloyatda tuman, shahar Kengashlari "Ayollar qanoti" guruhlari uchun mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida tashkil etib kelinmoqda. Joylarda partiya faollari va xotin-qizlar o`rtasida deputatlik guruhlari, Siyosiy ta`lim markazlari xodimlari bilan keng qamrovli targ’ibot-tushuntirish ishlari olib borildi, "Ayollar qanoti" faollari tashabbusi bilan davra suhbatlari hamda uchrashuvlar tashkil etildi. Xulosa tariqasida shuni ta`kidlash o`rinliki, yuqoridagi izlanishlar natijasida ayollarni ijtimoiy hayotdagi o`rni oila, jamiyatni yangilash, demokratik islohotlarni amalga oshirishda ayollarning o`rni qay darajada ekanligi xaqida fikr yuritildi. Umuman olganda mustaqillik bergan keng imkoniyatlardan xotin-qizlar qay darajada foydalana olayotganiga alohida to`xtalib o`tildi.
Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling