«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatda sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti Reja: Sog’lom turmush tarzi -ma’naviy barkamollik na’munasi
- O’zbekistonda tibbiy madaniyatni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilagan islohotlar va ularning ilmiy-nazariy, huquqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar
- Sog’lom turmush tarzi -ma’naviy barkamollik na’munasi.
- Turmush tarzi
- Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi
- Tibbiy madaniyat tushunchasi, mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy ahamiyati
Uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari Ma'naviyat va shaxs ijtimoiy faolligi bog‘liqlikni izohlang. Ma'rifatning madaniyat, ma'naviyatdan uzilishi qanday oqibatlarga olib keladi? Ma'naviyatning madaniy ijodkorlik bilan bog‘liq tarzda amal qilmasligi qanday oqibatlarga olib keladi? Milliy mentalitetning madaniyatga ta'siri qanday namoyon bo‘ladi? Insoniylik omilining kommunikativ omilini rivojlantirishdagi o‘rnini izohlab bering. Madaniyat va muhabbat xodisalari o‘rtasidagi uyg‘unlikni izohlab bering. O‘zbek mentalitetining evolyusion o‘zgarishlari bosqichlarini yoritib bering.
Sog’lom turmush tarzi -ma’naviy barkamollik na’munasi Tibbiy madaniyat tushunchasi, mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy ahamiyati O’zbekistonda tibbiy madaniyatni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilagan islohotlar va ularning ilmiy-nazariy, huquqiy asoslari. Tayanch so‘z va iboralar:Ma’naviyat, Sog’lom turmush, shaxs ijtimoiy faolligi, shaxsiy manfaal, dav!at manfaati, milliy mentalitet,tashkilot, tashkilotchilik madaniyati, jamoaviylik, rahbarning madaniy saviyasi Sog’lom turmush tarzi -ma’naviy barkamollik na’munasi. “Odamzodning sog’ligi ko’p jihatidan avvalambor uning o’ziga bog’liq. Buning uchun u o’z hayotini oqilona yo’lga qo’yishi, har qanday kasallikning oldini olish uchun sog’lom hayot tarzi va turmush madaniyati talablariga amal qilib yashashi lozim.” (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2004 yil 7 dekabrda so’zlagan nutqidan) Turmush tarzi- inson hayotining shunday bir tayanch nuqtasiki, har bir inson unga tayangan holda, o’z hayotini tubdan o’zgartirishga erishishi mumkin. Turmush tarzi-deganda inson bilan tabiiy ijtimoiy muhit o’rtasidagi barqaror va uzoqni ko’zlab o’rnatilgan munosabatlar tizimidan iborat bo’lgan jamiyatning axloqiy va moddiy qadriyatlari sifatida gavdalangan, intilishlari, maqsadlari, shakllangan xulqi, uzoq kelajakni o’ylab ish tutishi nuqtai nazardan esa jamiyatdagi mavjud qonunlar, ananalar va tartiblarga asoslangan holga o’zining turli xil ehtiyojlarini qondirib yashash tarzi tushuniladi. Turmush tarzi – bu jamiyatda odamlarning faoliyati yurish turishi tartibi bo’lib, yashash sharoitlari bilan bog’langan, ularga javob beradi, ulardan u yoki bu darajada foydalanishni nazarda tutadi. Turmush tarzi- har bir shaxsning turmush kechirishi yoki boshqacha aytganda ularning yashash faoliyati shaklidir. Yashash sharoiti esa turmush tarzi bilan vositalashgan va shartlangan omillar yig’indisi bo’lib belglaydi yoki boshqacha qilib aytsak, yashash sharoiti turmush tarziga ta’sir kursatuvchi moddiy va manaviy omillar yig’indisidan tarkib topadi. Turmush tarzi quyidagi 4 ta toifani o’z ichiga oladi: (Yu.P.Lisistin 1987y.) Iqtisodiy yoki “yashash darajasi” – farovon yashash toifasi bo’lib uni son jihatdan o’lchash mumkin. Bunga milliy daroma, iste’mol fondlari, aholining haqiqiy daromadlari va ulardan foydalanishni, uy- joy bilan ta’minlanish, tibbiy xizmat ko’rsatish va savodxonlik darajasi, ish vaqti va bo’sh vaqtning davomiyligi, daromadlari tarkibi va xokazolarni kiritish mumkin Ijtimoiy yoki “yashash sifati” esa uy-joy, yashash sharoitlari va ovqatlanish, qulayliklariga egaligi, ishdan qoniqishi, muloqotda bo’lishi kabilarni baholash uchun qo’llaniladigan toifa hisoblanadi. Ijtimoiy ruhiy tomoni “yashash uslubi” tarzida baholanib, u har bir shaxsning o’ziga xos xususiyatlari- fikrlashi va tafakkur dirasi kabilarni qamrab oladi. Ijtimoi- iktisodiy tomoni esa –odamlarning jamiyatda tutgan o’rni, hayoti, turmushi, madaniyati hamda ularning yashash faoliyatlarini belgilaydi. Turmush tarzi – deganda insonlarning muayyan ijtimoiy muhitda, jamiyatda o’zini tutishi, ularning mehnat faoliyati va moddiy sharoitlarini o’zaro dialiktik munosabatlaridan iborat falsafiy kategoriya tushuniladi. Shunday qilib turmush tarzi – ijtimoiy- iqtisodiy farmatstiya va jamiyatning ob’ektiv rivojlanish jarayonlari bilan bog’langan holda shakllanib, u tarixiy rivojlanishning malum bosqichida ishlab chiqarish usuliga bog’liq holda paydo bo’ladi. Odatda turmush tarzining quyidagi turlari farqlanadi: mexnat faoliyati bilan boo’liq turmush tarzi; Ijtimoiy – siyosiy faoliyat bilan bog’liq turmush tarzi; Tashqi dunyoni bilib olish, bilimlarga intilish bilan bog’liq turmush tarzi; Madaniy hayot bilan bog’langan turmush tarzi; Oila va tarbiyaviy jarayonlarbilan bog’liq turmush tarzi. Mexnat faoliyati va ishlab chikarish bilan bog’lik turmush turmush tarziga: mexnatning turi, uning mazmuni ,tarkibiy kismlari, tashkil kilish darajasi va xokazolar kiradi. Bunda ishlab chikarish tarmogi ,jismoniy yoki intellektual ish rejimi,avtomatlashtirish yoki mexanizastiyalash darajasi, mexnat intizomi, ish xajmi, tashabbuskorlik, mexnatga va jamoaga munosabati, ruxiy va emostional xolat,uz ishidan qoniqish xosil kilish darajasi kabilar inobatga olinadi. -Turmush tarzining muxim turiga insonning ijtimoiy siyosiy faolligi xam kiradi. Bularga doimiy ravishda jamoatchilik asosida ma’lum vazifani bajarish, saylov organlari ichida katnashish, mamlakatning tashki va ichkisiyosati masalalarida savodxonligi ,siyosiy adabiyotga kizikish,yigilishlarda katnashib,chikishlar kilish va xokazolar kiradi. -Turmush tarzining boshka turlariga insonning turmushda,jamoatchilik oldida uzini tuta bilishi oilalarning moddiy jixatidan ta’minlanganligi oila byudjetidan foydalanish uning taksimoti, shu jumladan: oila a’zolarining ozik-ovkat maxsulotlari bilan ta’minlanishi: uy-joy va yashash sharoitini yaxshilash; kiyim-kechak sotib olish; madaniy extiyojlarga: teatr kino, kitoblar, sotib olish, gazeta va jurnallarga obuna bulish va boshkalarni sanab o’tish mumkin. -Insonlarning turmush tarziga ularning yashash sharoitlari xam bevosita yoki bilvosita ta’sir kursatadi. Bunga moddiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va boshka omillar ta’sirini misol kilib keltirish mumkin. -Odamlarning yashash sharoitlari — mexnati, turmushi, bilimi, madaniyati, ovkatlanish tarzi, uy-joy sharoiti, oila byudjeti tarbiyasi, oilaviy munosabatlari va boshka ijtimoiy omillar kishilarning turmush tarziga uz ta’sirini utkazadi. Shuning uchun odamlarning yashashi va turmush darajasi turli mamlakatlarda turlicha bulib, u mamlakatning iktisodiy-ijtimoiy rivojlanishi,siyosiy xolati,ishlab chikarish kuchlarining rivojlanganligi,mamlakat milliy daromadi va iste’mol fondlari xajmi, odamlarning daromadi, uy-joy bilan ta’minlanishi, tibbiy yordam olish darajasi,axolini savodxonligi, ish vaktining davomiyligi, salomatlik kursatkichlari va demografik jarayonlar xolati kabilar bilan belgilanadi. Turmush tarzini belgilovchi bosh omil insonning uzidir. Inson o’zi uchun ijod kiladi, yashashi uchun sharoit yaratadi. Tibbiyot ilmining otasi Gippokrat “Insonning faoliyati kanday bulsa,uning uzi xam,tabiati xam,kasalliklari xam shunday” deb ta’kidlab, insoniyatning sog’ligi va kasalligini uning turmush tarzi, fikrlash doirasi, o’zini tuta bilishi kabilarni o’rganish orqali bilib olish mumkin ekanligini ko’rsatib o’tgan edi. Turmush tarzi inson faoliyatining shunday – “tayanch nuqtasiki”, tibbiyot ilmi unga tayangan holda, odamlar salomatligini tubdan yaxshilashga erishishga yul topadi. Sog’lom turmush tarzi — shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak. Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib,uz ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan yashashini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarini oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati — bilan yaratiladi va har bir kishi uchun individualdir. Bir kishiga foydali bo’lgan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi, mehnat qilish va uxlash davomiyligi, qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir inson tomondan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qarab tanlab olinishi zarur. Shuning uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb karash kerak. Insonni uning o’z xohishiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologik va ijtimoiy tamoyillarni mujassamlashtiradi. Biologik nuqtai nazardan sog’lom turmush tarzi: Organizmning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos kelishi, organizmning energiya ta’minotiga bulgan talabini iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat maxsulotlari xisobiga to’la qondirilishi; Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lishi; Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olishni mutanosib qilishga asoslanishi, hayot ritmlariga mos kelishi. Ijtimoiy nuqtai nazardan esa: Axloqiy pok bo’lish; Iroda asosida boshqarish; Go’zal bulishi; O’zini-uzi tarbiyalashga asoslanishi lozim. Sog’lom turmush tarzi tushunchasi o’z tarkibiga:
Zararli odatlardan (tamaki chekish, spirtli ichimliklarni ichish va giyoxvandlik )tiyilish. Muttasil ravishda jismoniy va xarakat faolligi, mo’’tadil harakatlanish tarbiga rioya kilish: Tarkib jixatidan tenglashtirilgan va rastional ovqatlanish: Organizmni chiniqtirish: Shaxsiy va jamoatchilik gigienasi: Ijobiy ehtiroslar, ziddiyatli vaziyatlardan o’zini chetga olish, stress holatlarini oqilona echimini topa bilish: Tartibli mexnat qilish va to’laqonli dam olish: Qulay ruhiy holatga ega bo’lish bilan ruxiy filiologik jixatdan qoniqib yashash: Yuksak tibbiy faollikga ega bo’lish: Iqtisodiy va madaniy jihatdan mustaqillik: O’z ishidan qoniqish hosil qilib yashash kabi yo’nalishlarni qamrab oladi. Fan – texnikaning g’oyat ulkan imkoniyatlari odamlardan sog’lom turmush tarzini shakllantirishni o’z-o’zidan taminlab bermaydi.Bu o’rinda sub’ektib omilning, ya’ni sog’lom gigienaga asoslangan turmush tarzini ta’minlovchi kuchli ijtimoiy siyosatning faol rol o’ynashi talab etiladi. Sog’lom tarzi mexnat, turmush va dam olish gigienasi, shaxslar aro madaniyatini, ekologik madaniyat o’z organizmini fiziologik jihatdan avaylash va atrofdagilarning salomatligi to’g’risida qayg’urish singari kopleks omillarni o’z ichiga oladi. Mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti o’sib va rivojlanib borayotgan hozirgi davrda sog’lom turmush tarzining ijtimoiy – gigienik mezonlarini aniq belgilab olishning ahamiyati ayniqsa ortadi. Me’zon- bu shunday bir o’lchamki uning yordamida biz uchun o’lchanishi zarur bo’lgan jarayonlarning shakllantirilgan etalon (standart) bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lamiz, uni baholay olamiz. Sog’lom turmush tarzidek murakkab ijtimoiy jarayonlarini o’lchashda uning biz uchun maqbul va zarur bo’lgan o’lchamlarini shakllantirish muhim amaliy axamiyatga egadir. Sog’lom turmush tarzini o’lchashda ishlatilishi mumkin bo’lgan bunday mezonlar qatoriga shaxsning:
Jamoatchilik va mehnat jarayonlariga faollik ko’rsatib, samarali ijodiy faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi. Oilada va kundalik turmushda namunali yasha; O’zidagi jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarni ro’yobga chiqarishga intilishi tabiiy va ijtimoiy muhit bilan mutanosiblikda yashashi Sog’lom va barkamol inson bo’lib shakllanish uchun o’z shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga intilishi Nosog’lom turmush tarziga xos zararli odatlarning quliga aylanib qolishdan va o’z umrini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tushib qolishidan asrashga intilib yashashi. Faqat uzoq yashayotgani uchun emas, balki hayotda to’g’ri yashayotganidan ham qoniqish hosil qilib, zavqlanib yashashga intilishi Sog’lom turmush tarzini o’zi uchun bir umrga hamroh qilib olishi kabi qimmatli sifat va xususiyatlarni kiritishi mumkin. “Sog’lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biologik va ijtimoiy qonunlar asosida tashkil qilib, salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir.” Bular:
To’g’ri(oqilona) ovqatlanish; Harakatli turmush va badantarbiya; Kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish; Jinsiy tarbiya, sog’lom oila; Ruhiy osoyishtalikni ta’minlash; Zararli odatlardan tiyilish; Shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish; Baxtsiz hodisalar va jarohatlardan ehtiyotkorlik; Sog’lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga ega bo’lish. Nosog’lom turmush tarzida yashash – tana ehtiyojlariga yo’l berish, biologik instinktlar talabi bilan chegaralangan holda, vegetativ turmush tarzida yashashdir. Inson o’z salomatligini va taqdirini hayot oqimining ayovsiz girdobiga tashlab qo’yib, sog’ligini o’zining zararli odatlariga qurbon qilishi, insonning shaxs sifatida parchalanishi va tubanlikka yuz tutishidir. Nosog’lom turmush tarzi – axloqsiz yashash va nopok turmush kechirishdir. Nosog’lom turmush tarzida yashashning oqibati inson mohiyatining yuzaga chiqmasdan yopiqligicha qolib ketishidir, jamiyatning esa iste’dodlardan mahrum bo’lishidir, shaxs dunyoqarashining chegaralanganligi, o’z salomatligiga qadriyatlar pillapoyasidan munosib o’rin ajratolmaslik, uni oliy qadriyat sifatida qadrlash darajasiga ko’tara olmasdan yashab o’tish tarzidir. Komil inson g’oyasi – ham milliy, ham umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan oliyjanob g’oyadir. Bu g’oya butun xalqlarni yuksak taraqqiyot etaklagan, ularni ma’naviyat va ma’rifat sohasida milsiz yutuqlarga ilhomlantirgan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga etkazish haqida qayg’armagan xalqning va millatning kelajagi yo’q. Komil inson g’oyasi azaldan xalqimizning ezgu orzusi bo’lib kelgan. Shu sababli yangilanayotgan jamiyatimizda sog’lom avlodngi tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajasiga ko’tarish orqali barkamol insonlarni voyaga etkazishga muhim e’tibor berilmoqda. Sharq falsafasida va ma’naviyatida birinchilar qatorida komil inson tushunchasini ta’riflab bergan ulug’ donishmand va faylasuf olim Jaloliddin Rumiy bo’lib hisoblanadi. Rumiy sog’lom va barkamol shaxs g’oyasini ta’riflab, komil insonlar shunday insonlarki, ular o’zlarida dunyoviy va diniy ilmlarni mushtarak qilib o’zlashtirib, millat manfaatini, vatan manfaatini o’zinikidan ustun qo’ya oladilar. Ular yolg’iz o’z manfaat va ehtiyojlari bilan band bo’lib, tirikchilik tashvishlaridan zir yugurib, ulardan baland ko’tara olmagan va o’zining insoniy mohiyatini anglash darajasiga etmagan odamlardan farqli o’laroq, o’z mohiyatini chuqur anglagan mukammal insonlardir, shu boisdan ularni – komil inson deb ataydilar. Respublikamizning buyuk kelajagi ana shunday komil insonlarni tarbiyalab, etishtirish darajasi bilan belgilanadi. Insoni komil – olamning gultojidir, butun insoniyatning orzusi va barcha xalqlarning maqsadidir. Jaloliddin Rumiy Hazratlari inson bolasini uning o’ziga tanishtirib, u maqsad – inson, lekin oddiy inson emas, o’z-o’zini bilgan va ikki olamga barobar inson. Rumiyning fikricha o’z-o’zini anglagan va o’z-o’zini unutib, dunyo bilan birikkan Tangriga eng yaqin insondir. Zero komil inson Xudoga juda yaqin ekan, uning kamolot yo’lidagi mehnat va muhabbati insoni komilga sidqi sadoqat borasidagi intilishlari ham muqaddasdir. Mavlono Rumiy Insonni, avvalo ko’zini ochishga va ochilgan ko’zlari bilan o’z mohiyatiga nazar tashlashga undaydi, insonning o’zi bir butun kichik olam ekanligini uqtiradi. Mashoyixlarning “o’zini bilgan avliyo bo’ladi” degan fikrini isbotladi. Dunyoga kelishdan muddao “yo’lini qilib kun kechirish, eb ichish nasl qoldirib o’tish” kabi biologik ehtiyojlarni qondirib yashashdangina iborat bo’lmay aksincha, bular vosita, maqsad ruhan pog’onaga chiqish, Ollohning huzurida loyiq bo’lishdir. Ruhan poklanish va jisman poklanish o’zaro uzviy bog’langan hamda uyg’unlashgan tushunchalar bo’lib, qalbi pok insonlar albatta jisman ham pok bo’lishni anglatadi. Jamiyat insoniylikka munosib bo’lgan poklik va adolatda yashashi uchun Olloh mast qiluvchi ichimliklarni ichish, o’g’irlik, poraxo’rlik va sudxo’rlik, nohaq odam o’ldirish, buzuqlik, qimorbozlik kabi ishlarni harom qilgan. O’z mohiyatni anglagan komil yoshlar bunday nomunosib ishlardan hamisha pok bo’lganlar, sog’lom turmush tarzida yashash ularga xos xususiyat bo’lgan. Olloh huzuriga intilish komillikning kaliti bo’lsa, sog’lom va pokiza turmush tarzida hayot kechirish shu maqsadga olib boradigan ravon yo’ldir. Jaloliddin Rumiy: “Ey inson, agar baxt-saodat istasang, g’urur, man-manlikdan yiroq bo’l, hikmatli so’zlarni skinlik bilan tingla, takabburlik, adovat, ginachilikdan hazar qil. Qayg’u, alamlar ustuniga hujum etsalar, bunga o’z adabsizliging sababchidir. Tarbiyasiz, adabsiz odam alam, hasrat daryosida g’arq bo’ladi. Shunga ko’ra adab nuri bilan o’zingni nurlantir, qalbing pok bo’lsin. Salomatlikni istasang, mag’rur mutakabbir bo’lma, adovat gina saqlashdan uzoq bo’l. Qanoat — tuganmas bir xazinadir, buning haqiqatini yaxshi tushunishga g’ayrat qil. Qanoatning faqat nomigagina o’rganib, bir qancha xatolarga, ranj va aziyatlarga tushmaslik kerak. Qanoat ahli har jihatidan xushvaqt va mamnundir”, deb ta’kidlab, yoshlarni sab-qanoatli bo’lishga, gina va adovatdan saqlanishga chaqiradi.
O‘zbekistonda ham aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish borasida bir qancha islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Aholi salomatligiga tahdid solayotgan tibbiy omillarning ob'ektiv va sub'ektiv jihatlari, aholi tibbiy madaniyatini yanada oshirishning samarali usullari, vositalari va yo‘llarini aniqlash, ishlab chiqish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan mazkur bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi quyidagilar bilan ham izohlanadi. Birinchidan, globallashuv sharoitida jamiyat hayotiga xavf solayotgan bir qancha xastaliklar o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lib, ta'sir kuchi ortib bormoqda. Xususan, oziq-ovqat tovarlarining yeksport va import xajmi ortishi jamiyat umumiy rivojlanishi va xavfsizligiga jiddiy ta'sir etayotganini ta'kidlash zarur. Bu esa o‘z navbvtida turli xil kasalliklarning namoyon bo‘lish shakllari va ijtimoiy oqibatlariga, ularning oldini olish chora-tadbirlariga yangicha nuqtai nazardan yondashuvni taqozo qiladi. Ikkinchidan, hozirgi globallashuv jarayonida dunyoning aksariyat mintalarida aholi hayotiga xavf solayotgan xavfli va yuqumli kasalliklar: Ebola, OITS, Parranda grippi kabilarning mavjudligi va ushbu kasalliklarning mamlakatimiz aholi siga xavf solish extimolining borligi, bunday ofatlardan mamlakatimiz aholi sini asrashimizning eng maqbul yo’llaridan biri bu- aholi tibbiy madaniyatini oshirish ekanligidir. Uchinchidan, Prezidentimiz I.A.Karimov ham da xukumatimiz tomonidan sog’likni saqlash, aholi tibbiy madaniyatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, qabul qilingan qaror va qonunlar bilan mamlakatimiz aholi sini tanishtirishning interfaol usullarini ishlab chiqish lozim. To’rtinchidan, mentalitetimizdan kelib chiqqan holda shuni alohida ta'kidlash joizki oila, mahalla va ta'lim-tarbiya tizimi aholi tibbiy madaniyatini oshirish jarayonida muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda, mazkur institutlar aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ularning faoliyatida tarbiya va tibbiy madaniyat uyg‘unligini ta'minlash bilan bog‘liq masalalarni tizimli tahlil qilish mavjud muammolarning oqilona yechimlarini topishga xizmat qiladi. Beshinchidan, bugungi kunda OAVning aholi, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashi va tafakkuriga ta'siri oshib bormoqda. Bu OAV orqali aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish, turli xil kasalliklar va ularning oldini olish bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish, “to‘rtinchi hokimiyat”ning turli tarmoqlarida olib boriladigan tibbiy targ‘ibot mazmunini kuchaytirish imkoniyatlari va yo‘llarini tadqiq etish borasida samarali vosita yekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, tadqiqotning dolzarbligi aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyat hayotiga xavf solayotgan kasallilarni oldini olish jamiyat barqarorligini ta'minlashning muhim omili ekanini ijtimoiy tadqiq etish zaruriyati bilan ham belgilanadi. Tibbiy madaniyat bu — kishilarning o’zlari va yaqinlarining sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash uchun amalga oshiradigan say-xarakatlari, gigiena qoidalariga rioya qilishlari, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolanish uchun bor bilimlaridan to’laqonli foydalanishlari va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmuidir. Tibbiy madaniyat boshqa bir sohadagi madaniyat turlaridan o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan: muomila madaniyati, musiqa tinglash madaniyati va xokazolarga amal qilmaslik inson ruxiyatiga salbiy ta’sir e’tadi va vaqt o’tishi bilan ushbu ta’sir o’z ahamiyatini yo’qotadi. Tibbiy madaniyatga rioya qilmaslik esa to’g’ridan-to’g’ri inson salomatligiga ta’sir ko’rsatib keyinchalik og’ir oqibatlarga olib kelishi bir necha bor o’z isbotini topgan. Aholi tibbiy madniyatini yuksaltirib borish va inson salomatligi muxofaza qilish jamiyat taraqqiyotining har bir davri uchun kechiktirib bo‘lmaydigan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zero, har qanday mamlakatning rivojlanganlik holati mazkur xududda yashovchi aholining salomatlik, savodhonlik ham da iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. Aynan shu ko‘rsatkichlar davlatlarning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rnini belgilab beradi. Mustaqil davlatimizning gullab-yashnashi yoshlarning jismoniy, aqliy, ma'naviy va ruhiy barkamolligiga, ularning salomatligiga bog‘liqdir. Jismonan sog‘lom, baquvvat, ruhan tetik, aql-zakovatli yoshlarninng kelajagida mamlakatimizning istiqbolli kelajagini tasavvur qilish mumkin. Bugungi kunda sog‘lom avlodni shakllantirish eng muhim vazifalardan biridir. Bunga eng avvalo aholi tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalashning moddiy asosini belgilash, ya'ni davlat tomonidan iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali yerishish mumkin. Dunyodagi xar bir mamlakat aholi tibbiy madaniyati oshirmasdan turib, sog‘lom turmush, sog‘lom fikr, farovon va baxtiyor hayotga erishish haqida o‘ylashi mumkin emas. Aholi salomatligini muhofaza qilish va mustaxkamlash, turli xil kasalliklarning oldini olish, davolash, atrof-muhit, suv, havo va oziq ovqatlar tozaligini ta'minlash sog‘lom avlodni shakllantirishning asosiy omillaridan biridir. O‘z vaqtida ovqatlanish, tibbiy ko‘rikdan vaqtida o‘tib turish,toza va ozoda kiyinish, ovqatdan avval albatta qo‘lni sovunlab yuvish, vaqtida uxlash, dam olish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, ertalabki badan tarbiya mashqlarini bajarish, aholi tibbiy madaniyatining g‘oyat muhimdir belgilaridir. Tibbiy madaniyatni tadqiq etish aholi salomatligini o’rganishni taqazo etadi. Salomatlik darajasini o’ganishning asosiy sabablar quydagilardan iborat:
Aholi salomatlik darajasiga qarab shu jamiyatning, mamlakatning qanchalik taraqqiy etganligini bilamiz. Tibbiy xizmatni to’g’ri rejalashtirish maqsadida. Aholi salomatligini yaxshilashda kompleks, maqsadli dasturlar ishlab chiqish uchun. Aholi salomatligini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlarning samarasining darajasini aniqlash uchun. Tibbiy madaniyat haqida fikr yuritilganda avvalom bor biz inson haqida va uning salomatligi va kasalligi haqida o’ylashimiz kerak. Ma’lumki inson tabiatning bir qismi va maxsuli hisoblanadi, ammo inson o’z irodasi va ongi bilan boshqa tirik organizmlardan farq qiladi. Inson tirik organizmlar olami taraqqiyotning e’ng yuqori bosqichi hisoblanadi va ijtimoiy moxiyatga e’ga bo’lib ishlab chiqarishga, atrof muxitni o’zgartira olishga, so’zlashga va boshqa xususiyatlarga qodir. Inson va uning salomatligi, kasalligi ijtimoiy kategoriya hisoblanib keladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining aniqlashicha salomatlik-bu kasallik va jismoniy etishmovchilikning bo’lmasligidan tashqari, to’liq, sifatli jismoniy, ruxiy va ijtimoiy tomondan qoniqarli xolatga e’ga bo’lishini tushuniladi. Xar qaysi davlat uchun ham aholining ham ruxan, ham jismonan sog’lom bo’lishi muxim ijtimoiy aham iyat kasb etadi. Bunday natijaga erishishning eng sodda va ommabop usuli esa aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishdir. Aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirish masalasida fikr yuritilar ekan salomatlik va kasallik tushunchalari, uning darajalarini o’rganish g’oyat muximdir. Salomatlik va kasallik o’rtasida dialektik bog’lanish mavjuddir. Ular o’rtasida farq salomatlik va kasallikning ta’minlovchi sharoitlariga, omillariga bog’liq bo’lib, agar shu omillar, sharoitlar optimal bo’lsa, muvozanatda bo’lsa salomatlikni ta’minlaydi. Agar muvozanat buzilsa kasallikka olib keladi. Aholi salomatligi bevosita sotsial faktorlar bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy sharoitlar e’sa jamiyat tuzumi, sotsial iqtisodiy va siyosiy strukturaga bog’liqdir. Jamiyat tuzumining asosida e’sa ishlab chiqarish usullari va ishlab chiqarish munosabatlari yotadi. Ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy faktorlar vujudga keladi. Ularga mexnat, dam olish, ovqatlanish, uy-joy, ma’lumot, o’qish, tarbiyalash, madaniy e’htiyojlar, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va jamiyatning yoki jamoatning konkret yashash sharoitlari misol bo’ladi. Tibbiy madaniyat tushunchasini yanada aniqroq tushunib olish uchun, birinchi navbatda insonlarda va boshqa tabiatdagi tirik mavjudotlarda salomatlikni ta’minlovchi sharoitlar, kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ham bir xil narsa e’kanligini tushunib etmoq lozim. Inson tibbiy madaniyatga rioya qilmaganida edi, tabiatda biologik va genetik jixatdan o’ziga yaqin bo’lgan ayrim mavjudodlar (masalan: maymunlar xromamasomalar soni 22 juft, insonlarda esa 23 juft) o’rtacha umr ko’rishi 40-45 yoshdan oshmagan bo’lar edi. To’g’ri, umr ko’rish davomiyligiga tibbiy madaniyatdan boshqa omillar ham ta’sir etadi lekin rus olimi Y.P. Lisisin inson kasallanishining 50% uning turmush tarzi va turmush sharoitga yani, tibbiy madaniyatga rioya qilmaslik, asabiy vaziyatlar, yolg’izlik va oilaning mustaxkam emasligiga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi22 Demak inson farovonligi uchun mavjud zarur barcha mu’tadil sharoitlar asosida kasallik keltirib chiqaruvchi omillar paydo bo’lishi va inson salomatligiga zarar etkazish mumkin. Masalan: aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqilona ovqatlanish, uy joy bilan ta’minlash va boshqa ko’plab misollarda bu xolatni ko’rishimiz mumkin. Aytaylik ichimlik suvining sifati uning organoleptik xususiyatlari, tarkibiy qismlari GOST talablariga javob bersa-bu sharoit, agar teskarisi bo’lsa kasallik keltirib chiqaruvchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib ijtimoiy sharoitlar asosida ijtimoiy muammolar paydo bo’ladi. “Sog’lik- bu nafaqat har bir inson uchun jismoniy va ruxiy qadriyat, balki bu baxolab bo’lmaydigan inson boyligidir. Shu bilan birga bu yuqori darajadagi axloqiy-e’tik, insonparvarlik qadriyat-baxtdir” deb yozgan e’di F.F. E’rsman. Sog’lik har bir inson, oila yoki butun boshli aholi baxtining e’ng bosh shartlaridan biridir. Ammo afsus bilan aytish mumkinki ana shu xaqiqatni bilib qadriga etib shu haqda tushuntirish olib boradigan insonlar xuddi shu biz aytgan sog’ligini qimmatbaxo qadriyatini yo’qotganlar hisoblanadi. Ko’pchilik paytda insonlarga ko’proq xos bo’lgan xususiyatlardan biri sog’liqni yo’qotgandan so’ng uni izlab boshlaydilar. Aholi tibbiy madaniyatining pastligi nafaqat odamlar o’rtasida umumiy madaniyatning pastligi yoki tibbiy bilimsizlik, balki xaqiqiy ijtimoiy infantilizmni (o’sishdan orqada qolish) keltirib chiqaradi. Biz hozircha sog’lik to’g’risida fikr yuritdik, ammo yana tibbiyot ilmida shunday tushunchalar borki, alohida bir shaxsning yoki aholining salomatligi /aholi populyatsiyasi/ degan tushunchalar ham mavjud. Demak har bir daraja o’ziga yarasha yondoshish va fikrlashni talab e’tadi.SHaxsiy /individual/ sog’liqni biz shaxsning alohida o’zini qanday xis qilishi, kasallikning bor yo’qligiga qarab baxolaymiz. Biron bir gurux sog’ligini baxolashda statistik hisob-kitoblar asosida uning ko’rsatkichlarining yordamida aniqlaymiz. Masalan: kasallanish, o’lim, o’rtacha umr ko’rish va boshqalar. Aholi salomatligini baxolashda ko’pgina standartlar taklif e’tilgan. Oxirgi yillarda matematik-matematikologik, aholini sog’ligini baxolash modellari tibbiy-statistik ko’rsatkichlar bilan kombinatsiyalashtirilgan holda qo’llanilmoqda. To’laqonli asos bilan aytish mumkinki, aholi salomatligi quyidagilarga bog’liq bo’ladi:
odamlarning biologik, ruxiy xususiyatlariga (irsiyat, gavda tuzilishi, temperament, oliy asab faoliyat turi boshqalar). Tabiat ta’surotlariga (iqlim, ob-havo, faunlar va b) Kishilarning o’rab turgan atrof-muxit. (uning tozaligi kimyoviy, fizikaviy va biologik ifloslantiruvchi moddalar bilan zararlanishi). Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar (mexnat va turmush orqali ta’sir qilishida). Sog’liqni saqlashning holati tibbiyot ilmining darajasiga aholi salomatligiga bevosita ta’sir qiluvchi omillardan biri bu-turmush tarzi, bu masala kelgusi ma’ruzada ko’rib chiqiladi. Yuqorida qayd qilingan omillar nafaqat aholi salomatligiga (aholining sanitariya xolati), balki alohida bitta shaxs salomatligiga, jamoatchilik salomatligiga ta’sir e’tadi. Jamoatchilik salomatligi ham alohida bir insonlarning salomatlik xolatidan kelib chiqadi, sababi har bir individuallar yig’ilib jamoatchilikni, ularning sog’ligini tashkil e’tadi. Bu o’z navbatida iqtisodga ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kasallik keltirib chiqaruvchi omillar ko’p, ular yil sayin oshib bormoqda. Agar 1960 yillarda faqat genetik omillarning o’zi mingdan oshiqroq bo’lsa, bugunga kelib ularning soni 3000 dan ko’p. Ba’zi mualliflar bu borada o’zlarining guruxlashlarini xatto klassifikatsiyasini taklif qilmoqdalar. Bundan tashqari kasalliklarning yuzaga kelishida “Moyillik omili”, “kasallikka moyillik omili” tushunchalari mavjud, ya’ni organizmga qandaydir ichki yoki tashqi omillar ta’sirida organizmning kasallikka moyillik darajasi oshib ketadi. O’zi inson nima uchun kasal bo’ladi? Degan savolga, biz to’liq javob berib bilishimiz kerak, kasallik o’zi bizning tushunchamizda nima? Agar insonni o’rab turgan atrof-muxit mo’tadil bo’lsa organizmga xech qanday salbiy ta’sir qilmasa, ya’ni organizmning ichki muxiti bilan tashqi muxit o’rtasidagi muvozanat buzilmasa organizmda xech o’zgarish bo’lishi mumkin e’mas. Ms: organizmda bo’lmaydigan biron-bir yot narsa organizmga tushsa, mikrob, xar-xil predmetlar yoki xar xil ta’sirlar ( shamol, issiq, sovuq, chang va xakozalar) bunga misol bo’lishi mumkin. Aholi salomatligini o’rganishda e’ng muxim manbalardan biri bu- tibbiy ko’rikdan olingan ma’lumot, sababi tibbiy ko’rikda xali bemorni bezovta qilmaydigan kasalliklar oldindan aniqlanadi. Xali kasalliklarning belgilari sezilmasdan burun, aniqrog’i xali salomatlik bilan kasallik oralig’idagi insonlar demakdir. Ular odatda vrachlar tomonidan kasalliklarini faol aniqlashga va davolashga muxtoj kishilar. Gallen va boshqalar bularni uchinchi xolatdagilar ya’ni sog’lom xolat bilan kasallik o’rtasidagi xolat deb ataganlar. Bu xolat juda ko’p vaqtga cho’zilishi, ba’zida umrining oxirigacha cho’zilishi mumkin. Bunday xolat odatda insonga tabiat tomonidan berilgan ruxiy fiziologik imkoniyatining yarmini, e’xtiyojdagi sog’liqni va to’laqonli hayot imkoniyatlarini yo’qotish bilan kechadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak bugun biz sog’lom kishilarning sog’ligini saqlash ya’ni kasalliklarning oldini olish “Sanalogiya ” bilan shug’ullanish kerakligini anglatadi. Bu tadbirni faqatgina aholi o’rtasida “Sog’lom turmush tarzini targ’ibot” qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Aholi salomatligi tibbiy-statistik. Demografik ko’rsatkichlari va ijtimoiy darajalarni o’rganish asosida, alohida bir shaxsning, guruxini yoki ma’lum bir populyatsiyani o’rganish mumkin. Jamoatchilik salomatligi xolatini o’rganish-Sanalogiya, ayniqsa sog’lomlarning o’rganish-bu alohida profilaktika sohasida strategik aham iyatga e’ga aholi salomatligini aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiq sanaladi: -no sog’lom turmush tarzi omillari -tashqi muxitning ifloslanishi -genetik omillar -kamchilik etishmovchiliklar -sog’liqni saqlashdagi kamchiliklar -tibbiy yordam Aholi salomatligi, tibbiy madaniyatini o’rganishda va uni baxolashda ko’pgina standart ko’rsatkichlar taklif qilingan va ular qo’llaniladi: Tibbiy-demografik ko’rsatkichlar: -aholining tabiiy xarakati ko’rsatkichlari: -umumiy va yoshlar bo’yicha o’lim va yoshlar bo’yicha o’lim -o’rtacha umr qurish -tug’ilish va serpushtlik -aholining tabiiy o’sishi va boshqa ko’rsatkichlar. Bu ko’rsatkichlar ta’siri natijasida bundan 25-30 yil avval dunyo miqyosida insonlarning umumiy umr yashash davomiyligi 45-50 yoshni tashkil qilgan bo’lsa, hozirga kelib bu ko’rsatkich ko’pchilik mamlakatlarda birmuncha oshdi. Masalan: Yaponiyada oxirgi ma’lumotlarga qaraganda 79-83 yoshni qilsa, mamlakatimizda bu ko’rsatkich 75 yoshni tashkil qiladi. Ushbu ko’rsatkich rivojlanayotgan mamlakatlarda, rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 10-15 yoshga kamdir. Yuqoridagi ko’rsatkichlar davlat tomonidan sog’likni saqlash sohasiga qaratilayotgan e’tibor va aholi tibbiy madaniyatini yuksalib borishi natijasidir. Aholining yosh guruxlari bo’yicha ham tarkibi har xilligi inobatga olgan holda aholi tibbiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yosh guruxlariga moslab alohida ishlab chiqishni talab etadi. Masalan: er yuzi bo’yicha 0-14 yoshliklar 32% ni, 15-64 yoshliklar 62,1 %ni, 65 yoshdan yuqorisini 6% ni tashkil qiladi. Shuning uchun ham bolalar o’limini kamaytirish yo’li bilan biz so’z yuritayotgan ko’rsatkichni uzaytirish mumkin. Bunga misol qilib biz Kuba mamlakatini olsak bo’ladi. U mustaqillikni qo’lga kiritgan paytda bolalar o’limi dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan birini tashkil qilir edi. Kubada oila vrachi amaliyotini keng qo’llash natijasida (bir vrach va bitta hamshira 500-600 kishiga biriktirilgan), bolalar o’rtasidagi o’lim ko’rsatkichlari hozirgi kunda 6,3% ni o’rtacha umrning davomiyligi esa 74 yoshni tashkil etmoqda. Insonlarning tibbiy madaniyatining ijtimoiy ahamiyatini yer yuzidagi aholi soni jixatdan 1-ham da 2-o’rinni egallab turgan Xitoy, Xindiston misolida ko’rib o’taylik. Ushbu mamlakatlar nafaqat aholi soni balki iqtisodiy jixatdan ham yer yuzida o’z nufuziga ega. Shu bois ushbu davlatlar mahsulotlari dunyoning ko’pgina davlatlariga eksport qilinadi. Ushbu mahsulotlar orasida dori-darmon, oziq-ovqat mahsulotlar ham mavjud. Ushbu mahsulotlarni tayyorlash jarayonida tibbiy madaniyat qoidalariga rioya qilmaslik butun dunyo aholisi salomatligiga jiddiy xavf solishi, ushbu davlatlar va ushbu davlatlar mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar o’rtasidagi diplomatik aloqalarning yomonlashuviga, mamlakatning iqtisodiy ko’rsatkichlarini keskin tushib ketishiga sabab bo’ladi. Bir qator rivojlangan mamlakatlar, jumladan, G’arbiy Yevropa, A.Q.Sh, Yaponiyada o’tgan asrning 70-yillaridayoq aholi salomatligining keskin yomonlashuvi sababli vujudga kelgan jiddiy vaziyatdan chiqish uchun aholi ning turmush tarzini o’zgartirish lozim degan xulosaga kelinib, aholi o’rtasida ommaviy sog’lomlashtirish ishlarini rivojlantirishga kirishildi. Ommaviy ravishta tamaki chekish, alkogolli ichimliklar ichish kabi zararli odatlardan voz kecha boshlandi. A.Q.Sh da esa sigaret, aroq va boshqa spirtli mahsulotlarni reklama qilish taqiqlandi. So’glom turmush tarzitarzini shakllantirishning tashabbuskorlari (vrachlar, siyosatshunoslar) “Agarda biz jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanmasak, o’z organizmimizni chiniqtirmasak, ovqat sifatida kerakli va tabiiy xossaga ega mahsulotlarini is’temol qilmasak, barchamiz infarkt, insult, diabed, ruhiy hastaliklar, allergiya kaslliklarning qurboni bo’lamiz” so’zlarini xalqqa qarata shior sifatida qo’llashdi. Buning natijasida A.Q.Sh va boshqa rivojlangan Yevropa mamlakatlarida millionlab aholining yugurish, piyoda yurishkabi mashg’ulotlarga jalb etilganligini ko’rsatib o’tishning o’zi kifoya.23 Xulosa qiladigan bo’lsak, aholining tibbiy madaniyatini oshishi nafaqat fuqarolarning uzoq umr ko’rishi, balki jamiyatning ijtimoiy barqarorligi, xususan komil insonni tarbiyalashning asosy omilidir. Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling