«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Inson kapitaliga oid iqtisodchi olimlarning qarashlari
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy qarashlarning o’ziga xosligi
- O‘zbekiston 116 (koeffitsient 0,661ga teng bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 0,4 birlikka oshgan) o‘rinda
- O‘zbekiston uchun 2030 yilga borib aholi daromadi jahondagi o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishdir.
- 7-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatda mutolaa madaniyati Reja : Mutola a, kutubxona tizimining mohiyati va uning jamiyatdagi o`rni.
- Tayanch so‘z va iboralar
Inson kapitaliga oid iqtisodchi olimlarning qarashlari
Demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan bosqichma-bosqich, qatiy hamda izchil odimlamoqdamiz. Har birimiz bu ezgu yangilash jarayonlaring qaysidir jihatdan bevosita ishtirokchilari hisoblanamiz. Konstitutsiyamiz dunyodagi ko’pgina rivojlangan davlatlar Konstitutsiyalaridan ijtimoiy yo’nalganligi, inson manfaatlarini bir tomondan kuchli himoya qilishi, ikkinchi jihatdan esa inson salohiyatlari, orzu-intilishlarini samarali ro’yobga chiqarish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Asosiy Qonunimizda Prezidentimiz haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, dunyoviy ne’matlar ichida eng ulug’i – inson degan g’oya o’zining yaqqol ifodasini topadi va shu asosda “fuqaro-jamiyat-davlat” o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda inson manfaatlarining ustuvorligi o’zining oqilona huquqiy yechimini topdi. Istiqlol yillarida yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “inson va davlat munosabatlarida inson manfaatlari ustuvor bo’lishi shart”, “jamiyatdagi har qanday yangilanish, har qanday o’zgarish, avvalo, inson uchun uning hayotini farovon etish uchun amalga oshirilmog’i darkor”, “inson – islohot uchun emas, islohot – inson uchun xizmat qilishi kerak”, degan g’oyalar to’la ro’yobga chiqarildi. Istiqlol yillarida Davlatimiz jamiyatga xizmat qilishga yo’naltirilgan tizimga ega bo’ldi. Konstitutsiyamizning 2 – moddasida “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat av fuqarolar oodida mas’uldilar”, deb qayd etilishi fikrimizning dalilidir. 14-moddada “Davat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonuniydik printsipari asosida amalga oshiriladi”. Kuchli fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri - odamlarning davlat tuzilmalari bilan o’zaro aloqalari bevosita, ya’ni, individual yondoshuv tarzida emas, balki, bu munosabatlarning asosan bilvosita, ya’ni, jamoat tashkilotlari orqali amalga oshirilishidir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda jamoat tuzilmalari tashkil etilishi jarayonlarini har tomonlama rag’batlantirish, aholini imkon qadar ko’proq korporativ asoslarda birlashuvini ta’minlash bilan birga, davlat tuzilmalarining faoliyati ustidan tizimli jamoat nazoratini yo’lga qo’yishdan iborat yalpi ijtimoiy harakatga ham asos solindi. Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida avvalboshdanoq asosiy ustuvor yo’nalishga aylangan masallar-tinchlik va barqarorlik saqlash, millatlararo hamjihatlikni asrash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, iqtisodiyotni tubdan isloh etish, milliy armiyani shakillantirish, sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etish, inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, ijtimoiy- siyosiy hayotni erkinlashtirish, aholi salomatligi, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va sport jabhalariga etibor qaratish, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash kabi ko’pdan-ko’p dolzarb vazifalar mustaqilligimizning poydevori qo’yilayotgan o’sha davrda Yurtboshimizning chiqishlarida har tomonlama o’z ifodasini topa boshlagan edi. Fuqarolik, adolatli jamiyat tushunchalari yaxlit, bir butun tushunchalardir. Inson huquqi davlat huquqidan ustuvorligi tamoyili biz uchun asosiy omilga aylanishi lozim. Demak, adolatli jamiyatda inson – shu jamiyat fuqarosining huquqi, shani, qadr-qimmati qadrlanadi, qonun-qoidalar vositasida qattiq himoya qilinadi. Va bu tabiiyki, o’z-o’zidan yohud darrov paydo bo’lmaydi. Bu avvalo «Xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, oddiy fuqarolarning davatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishiga bog’liq. Fuqarolik jamiyatini shu jamiyat fuqarolarining o’zlari shakllantiradilar.Bu jarayonda ularning huquqiy bilimi, tarbiyasi, madaniyati va ongi qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Inson kapitali uchta omil bilan yanada aniqroq o‘z ifodasini topadi. Ular jismoniy, ijtimoiy va iqtisodiy omillardir. Inson faoliyatining tub negizi uning salomatligi, ya'ni jismoniy yetukligi bilan yuzaga keladi. Shundan so‘ng, zamon va makon bo‘yicha o‘zgarishlarga nisbatan o‘zining tasavvurini shakllantiradi hamda shu orqali ma'lum ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Binobarin, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan shaxs iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida o‘z mehnati bilan ishtirok etib, iqtisodiy qiymatlar yaratadi. Shu boisdan, inson kapitalini o‘zida ifoda etuvchi ushbu omillarning rivojlanishiga sharoit yaratib beruvchi sohalarni takomillashtirish muhim, deb hisoblaymiz. 2014 yilda chop etilgan “Inson taraqqiyoti rivojlanish indeksi” (Human development index) hisobotida 187 mamlakatning ushbu ko‘rsatkich asosidagi reytingi e'lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston 116 (koeffitsient 0,661ga teng bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 0,4 birlikka oshgan) o‘rinda qayd etildi. Ko‘rinib turibdiki, BMTning e'lon qilgan hisobotlari doirasida mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish tadbirlarini oshirishni taqozo qilmoqda. Birinchidan, sog‘liqni saqlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishiga qaramasdan, umr ko‘rish davomiyligi rivojlangan davlatlar ko‘rsatkichlari darajasida yetkazishni taqozo qiladi. Binobarin, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ushbu ko‘rsatkich 75-80 yoshni tashkil etadi. Ikkinchidan, tayanch ta'lim olishning o‘rtacha davri 10 yil bo‘lsa-da, ta'limni davom ettirish muddatini musbat farqi 1,5 yilga teng bo‘lmoqda. Zotan, tayanch ta'lim davri inson kapitali yuqori guruhidagi davlatlarda rivojlangan ushbu ko‘rsatkich 6,5 yilni tashkil etuvchilar yoki bo‘lmasa o‘ta yuqori rivojlangan inson kapitaliga ega davlatlarda ushbu ko‘rsatkich, jumladan, Ispaniyada 9,6 yilni, Portugaliyada 8,2 yilni tashkil etayotganligini qayd etish lozim. Uchinchidan, ta'limning davomiyligi bor-yo‘g‘i +1,5 yilga farq qilishini ko‘rish mumkin. Yuqorida qayd etib o‘tilgan davlatlarda ushbu ko‘rsatkich xususan, Ispaniyada +7,5 yil bo‘lsa, Portugaliyada +8,1 yilni tashkil etmoqda. Mamlakatimizda inson kapitalining rivojlanish darajasining o‘rtacha guruhiga kirishini qayd etishimiz mumkin. Shu boisdan, aytish lozim, inson kapitali rivojlanishining yuqori guruhi darajasiga olib chiqish masalasi dolzarb masalaga aylanishi lozim. Biz mazkur vazifaning nechog‘liq muhim ahamiyatga ega ekanligini Prezidentimiz tomonidan ta'kidlangan “Eng ko‘p talab qilinadigan va o‘zini eng ko‘p oqlaydigan sarmoya – bu inson kapitaliga yo‘naltirilgan sarmoyadir” – degan so‘zlari orqali ham ifodalashimiz mumkin. Shu jihatdan olib qaraganda, aholining yuqori miqyosda ijtimoiy soha xizmatlari bilan qulay va samarali tarzda ta'minlanishi inson kapitali yohud taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. 2015 yil sentyabr oyining oxirlarida BMT Assembleyasining 70-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan ma'ruzada inson taraqqiyotini rivojlantirishga doir maqsadlarini ko‘rsatib o‘tdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston uchun 2030 yilga borib aholi daromadi jahondagi o‘rtacha daromaddan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirishdir. Resurslarning global darajadagi muhim shakllaridan biri inson kapitalida mujassamlashgan va u mamlakat aholisining ma'lumoti sifatida va malakasida namoyon bo'ladi. Jahon bankining yaqinda o'tkazgan tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, Jahonda to'plangan boylik qiymatining deyarli uchdan ikki qismi inson kapitalida jamlangan ekan. Inson kapitalining muhim ahamiyat kasb etishi sanoati yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda yanada yaqqolroq ko'rinadi. Masalan, Yaponiyada yer va tabiiy resurslar o'z iqtisodiy ahamiyati bo'yicha inson kapitalidan ancha ortda turadi. Shunday bo'lsada, Yaponiya veri aholi jon boshiga to'g'ri keladigan resurslar boyligi bo'yicha dunyoda uchinchi o’rinni egallaydi. Aynan shu kabi, uncha katta bo'imagan tabiiy resurslar zaxirasiga ega orol davlat Singapur ham boy davlatlar qatoridan o'rin olgan, sababi yuqori ma'lumotli va tadbirkor insonlar kapitaliga egadir. Mamlakat farovonliglning asosini tashkil etuvchi resurslarning qanday taqsimlanishini baholashga va ularning turli mamlakatlar o'rtasida nisbiy taqsimlanishini taqqoslashga bir necha marotaba urinib ko'rildi. Jahon bankining barqaror rivojlanish bo'yicha loyihasida dunyoning 192 mamlakatidagi farovonlik darajasinl baholashga harakat qilindi. Mamlakat boyligi kapitalning turli shakllari - ishlab chiqarilgan, tabiiy va inson resurslari birligidan iborat ekanini ochiq tan olinishi - boylik nimadan iborat ekani va u qanday qllib o'ichanishi to'g'risida yangi fikrlarga olib keldi. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan ma'iumotlar, so'zsiz, taxminiy hisoblanadi va yanada chuqurroq tafsilotlarni talab etadi. Mazkur loyihada inson resurslari ishlab chiqarilgan kapital va tabiiy resurslar omilining qoldig'i sifatida hisoblangan edi. Shu sababli bunday o'lchov nafaqat ta'lim, tajriba va malaka sifatida inson kapitalini, balki Ijtimoiy institutlarning iqtisodiy qiymatlnl ham o'z ichiga oladi. Bu qoldiq ko'rsatkichga shuningdek, jamiyatning unumdorlik xususiyatini yanada ko'tara oladigan madaniy omillar ham kiritiladi. Bu holatning muhimligi yana shundaki, inson kapitalini baholash iqtisodiy tizim samaradorligi bilan birlashtirilgan. Loyihadan olingan ma'iumotiarga muvofiq ravishda quyidagilar aniqlandi: 1. Umumiy boylikning o'rtacha uchdan ikki qismi yoki 64% alohida inson kapitali va ijtimoiy instltutlardan iborat bo'igan inson resurslarida mujassam 2. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan farovonlik ko'rsatkichi bo'yicha eng boy mamlakat - Avstraliya, u juda katta tabiiy resurslarga ega bo'lib, ular esa son jihatdan ko'p bo'imagan, biroq yuqori ma'iumotii aholi o'rtasida taqsimlangan. 3. "Eng yaxshi" 25 mamlakatning katta qismida tabiiy resurslar umumiy boylikning 10%dan kamini tashkil etadi (ko'pgina mamlakatlarda esa 5%). Bu holat o'z navbatida, azaldan resurslarning ko'pligi emas, balki to'plangan inson kapitali ravnaq topish uchun aynan asos bo'lishini tasdiqlaydi. 4. Boyliklarning aholi jon boshiga notekis taqsimlanishi bo'yicha mamlakatlar o'rtasidagi farq, aholi jon boshiga to'g'n keladigan daromad notekisligiga nisbatan yaqqolroq namoyon bo'ladi. Mamlakatlarning ushbu ro'yxatida yetakchi bo'lganAvstraliya ro'yxatning so'nggida turgan Efiopiyaga nisbatan taxminan 500 marotaba ko'proq boylikka ega.ekan. Global iqtisodiy rivojlanishning axborot yoki postindustrial deb nomlangan yangi bosqichiga o'tish sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlarda moddiy va moliyaviy investitsiyalarning, birinchi navbatda intellektual kapital tomon yo'naltirilganligi bilan tanildi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida “Inssad” xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi “Innovatsiyalarning global indeksi” nomli ma’ruzasiga to’xtalib, bunday degan edi: “Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’lib, mazkur ko’rsatkich bo’yicha bizning mamlakatimiz 35-o’rinni egallagan. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo’yicha esa O’zbekiston – shunga e’tibor beringlar –dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o’rinni band etgan”. 7-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatda mutolaa madaniyati Reja: Mutolaa, kutubxona tizimining mohiyati va uning jamiyatdagi o`rni. O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimida kutubxonachilik ishi: shaxsning mutolaa madaniyatini shaklantirish Mutolaa nadaniyatining pedagogik- psixologik asoslari Tayanch so‘z va iboralar:Kitob, mutolaa, mutolaa madaniyati, shaxs, komil inson, jamiyat, tanlab o'qish, kitobxon ijodkorligi, kutubxona,pedagogik, psixologik, kutubxonachi “Mutolaa madaniyati” tushunchasi haqida gap ketar ekan, madaniyat hodisasiga maxsus yondashish, unga ta'rif berish lozim bo‘ladi. “Mutolaa madaniyati” tushunchasi kitobga qiziqishni, odamlarning adabiyotlar bilan kengroq tanishish rag‘batini, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga, shuningdek, axborot manbalaridan to‘liq foydalanishga yordam beruvchi ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi. Mutolaa madaniyati kishining manbani to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xislatlarga ega bo‘lishini ta'minlaydi. Bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, o‘zini qiziqtirgan masalalarga doir manbalarni topib olish va undan o‘qishda, ishda, hayotda foydalanish yo‘llarini o‘rgatadi. Kitobni tanlash, uni tez o‘qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil etish, o‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga xosdir. Mutolaa madaniyatining muhim belgisi ixtiyoriylikdir. Agar ixtisoslashgan ta'lim insonga bir soha doirasida cheklangan bilim va malaka bersa, mutolaa madaniyati orqali egallangan umumiy ma'lumot kishining keng va to‘liq dunyoqarashga ega bo‘lishi, hayotning turli tomonlarini anglashi va tushunishiga ham imkon yaratadi. Ruxshunoslarning ta'kidlashicha, bola tashqi olamni aql-idrok bilan emas, avvalo tuyg‘u bilan, hissiyot bilan qabul qilar ekan. Shunning urchin ham ta'sirchan voqealarga boy, g‘aroyibot, mo‘jizalar koni hisoblangan xalq ertaklari, dostonlari, rivoyatlari bitilgan kitoblarni bolalarga o‘qib berishdan charchamaslik kerak. Asta-asta ularning sehri, jozibasi yosh qalbni butunlay zabt etishi, bolaning o‘zi savodi chiqqach, kitobdan zavq olish, lazzatlanish uchun mutolaani odat qilishi tayin. Darhaqiqat, Hamid Olimjonning “Bolalik kunlarimda,
misralarida bo‘lajak shoirni adabiyot olamiga, demakki, kitob olamiga yetaklagan bosh omil haqida aytilgan. Bolaning kitobxonlikka ishtiyoqi uyg‘ongach, unga mos bo‘lgan, qiziqishlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan kitoblarni saralab, tanlab berish juda ham muhim. Palapartish yeyilgan ovqat me'dani buzgani singari to‘g‘ri kelgan kitobni o‘qishning ham ziyoni bor. Mutolaa madaniyatini belgilovchi mezon – kitobni tanlab, saralab o‘qish. Xalqda “sen menga o‘qigan kitoblaringni ayt, men senga kimligingni aytaman” degan gap yuradi. Kitobning murabbiylik xususiyatiga, kishiga ham aqlan, ham ruhan oziq berib tarbiyalovchilik xususiyatiga ishora bu. Mutolaaning uch xil toifasi mavjud: birinchisi o‘qib tushunmaslik, ikkinchisi o‘qib tushunish, uchinchisi o‘qish va hatto yozilmagan narsani ham anglab yetish. Ana shu uchinchi toifa mutolaa aynan shinavanda kitobxonga tegishlidir. Ma'lumki, yuksak iste'dod bilan yaratilgan haqiqiy badiiyat olami tabiat olami singari turfa rang, serjilo, ma'no-mazmunga boy bo‘ladi. Badiiy asarning ana shu xususiyatini anglash, his qila bilish uchun kitobxon ham tayyor bo‘lishi kerak. U asarning ko‘p qirrali ma'nolarini kashf qilish uchun go‘yo muallif bilan ijodiy hamkorlikka kirisha olishi lozim. Bunday kitobxon faol, ijodkor kitobxondir. O‘tmishdagi bedilxonlik va bu faylasuf shoir asarlarining yuz bir ma'nosini topgan g‘azalxon ajdodlar an'anasini eslaylik. O`zbekiston Respublikasida jamiyatning har sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar avvolo inson uchun, uning tinch, osuda-farovon hayoti uchun ekanligini hayotning o`zi ko`rsatib turibdi. Jamiyatdagi ustuvor sohalardan biri, shaxs madaniyati, ma`naviyatini shakllantirish omili bo`lgan kutubxonalar faoliyatidagi so`nggi yillardagi tub islohotlar tufayli yuz bergan o`zgarishlar ushbu faoliyat asoslarini qayta anglash zarurati bilan bog’liq ekanligini namoyon etmoqda. Bu o`zgarishlar tufayli belgilab olingan yangi maqsad va vazifalar axborot–kutubxona sohasida inovatsion faoliyat olib borish, turli toifadagi foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatishning yangidan –yangi shakl-usullarini o`zi olib borayotgan faoliyatning yangicha yo`nalish va vositalarini izlab topish, atrof muhit bilan yangicha o`zaro munosabatlarni shakllantirishni shart qilib qo`yadi. Boshqa tomondan esa kutubxonalar mazmuniy va texnologik yangilanishlar xisobiga o`zgara borishi va rivojlanishi kerak. Ijtimoiy muassasa hisoblangan kutubxona faoliyati muayyan ijtimoiy ahamiyattga ega bo`lgan vazifalarni bajarish bilan o`zaro bog’liq bo`ladi. Boshqa ijtimoiy muassasalar bilan qiyoslaganda kutubxona madaniy voqeiylik unsurlarini o`zida mujassam qilgan hujumlar orqali kishilarning madaniyatga erishtiradi. Kutubxona ishini axborot-komunikatsion texnologiyalar ta`siri nuqtai nazaridan o`rganish kutubxonaning ijtimoiy kommunikatsion tizimdagi o`rnini belgilash harakati bilan bog’liqdir. Jamiyatning kichik bir funktsional tizimini xisoblaganda kutubxonani tizimning xotirasi deb tasavvur etish mumkin. Xotira to`planadigan axborot-ma`lumotlar tizimni yanada rivojlantirish bo`yicha qarorlar qabul qilish uchun kerak bo`ladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning zaminida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqorolik jamiyatining barpo qilish kontseptsiyasi mujassamlashgandir. Huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etishda axborot manbai sifatida kutubxona ishining ahamiyati beeqiyos darajada kattadir. Mustaqillik davrida bosib o`tgan yigirma besh yillik davr aholimizning keng qatlamlari uchun xizmat qiluvchi axborot kutubxonalar tizimi shakllanish va rivojlanish davri bo`ldi. Shuningdek, bu o`ta muhim vazifani amalga oshirishda ta`lim – tarbiya tizimi, ijtimoiy–siyosiy, ma`naviy – mafkuraviy masalalar bilan shug’ullanadigan idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlar, siyosiy partiyalar o`z hissasini qo`shishi tabiiy, albatta, lekin bu borada ommaviy axborot vositalarining o`rni va ta`sir kuchi beqiyos, desak, hech qanday mubolag’a bo`lmaydi”10 Bugungidek, shiddat bilan jadallashib borayotgan globallashuv jarayoni, milliy g’oyaga bo`lgan ehtiyojning ortib borish sharoitida axborot tizimi, xususan kutubxona ishini elektronlashtirish, zamonaviy yangi texnologiyalar bilan ta`minlash asnosida fuqorolarni iste`moli darajasidagi axborot manbaini shakllantirish va uni muayyan muddat saqlash vazifalarini bajarishi lozim. Jamiyatning ijtimoiy va axboriy muassasasi bo`lgan kutubxonalar shunday bir axborot va xujjatlar maydonini yaratadi va rivojlantiradiki, unda kishilar axborot bilan o`zaro aloqada bo`lgan holda, o`zining axborotlarga bo`lgan ehtiyojini qondirish va boshqa kishilarning ham ayni shunday ehtiyojlarini ta`minlash maqsadida hilma hil jarayonlarni amalga oshiradilar. Kutubxonalar sohasidagi yangiliklarni anglab etish, ijtimoiy-madaniy faoliyatning qadriyatli tomonlarini hisobga olishni ko`zda tutadiki, u yoki bu yangilikning “foydaliligi” mezonlari bilan tenlashtirib bo`lmaydi. Bunday holatda kutubxonachi bilan kitobxonning o`zaro muloqoti, kutubxona jamoasining ish yuritishi, ayniqsa, rasmiy va norasmiy rahbarlarning o`zaro munosabati va shu kabilarning axloqiy jihati birinchi o`ringa chiqadi. Shu bilan birga kutubxonaning intelektual “maxsuloti”ni himoya qilish bilan bog’liq xuquqiy masalalarni ham esdan chiqarmaslik kerak. Bugungi kunda mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqazo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish va ular tug’diradigan muammolarni hal etish zarur bo`lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qo`llandi va bunday yondashuv ohir oqibatda o`zini oqladi. Bu mamlakat rahbarining boshqaruvda tarix va zamonaviylikni uyg’unlashtirgan holda fuqorolar manfaatlari asosidagi faoliyati natijasi edi.
G’arb faylasufi A. I. Gertsen fikricha, kitoblar bir avlodning boshqa avlodga qoldirgan ma`naviy vasiyati, umri tugagan keksaning hayotga endi qadam qo`ya boshlagan o`smirga pand-nasixati, dam olishga otlangan soqchining navbatchilikka turgan soqchiga bergan buyrug’idir. Insoniyat madaniyati taraqqiyotining eng to`liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitobning shaxsni tarbiyalashda uning aqliy rivojlanishida ahamiyati kattadir. Kutubxona- jarayonlarning birligini, kutubxona sistemasining boshqaruvini ta’minlash va shu asosda kitobxonlarga xizmat ko`rsatish- markazlashtirish tizimining eng muhim mezonidir. Kitoblar-aholini g’oyaviy,siyosiy va axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda ularni umum-ta’lim, madaniyat va kasbiy bilimlarini oshirishda xizmat qiladi. Har bir kutubxona markaziy kutubxona tizimining tarkibiy qismi bo`lib, u tashkilot rahbarligida ishlaydi. Markaziy kutubxona tizimida abonoment, o`quv zali, kitobxonlarga xizmat ko`rsatish bo`limlari va ixtisoslashgan bo`lim va sektorlar bo`lishi mumkin. Kitobxonlarga xizmat ko`rsatish bo`limii, adabiyotlarga ishlov berish bo`limi, yagona fond va kutubxonalararo abonomentdan foydalanish bo`limi, markaziy kutubxona tizimining strukturasini hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatda ijtimoiy, madaniy va xalqaro hayotning deyarli barcha sohalarida ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. O`zbekiston jahon hamjamiyatiga qo`shilishi bobida faol va samarali qadamlar qo`yildiki, bu ko`p jihatdan mamlakat fuqorolariga axborotdan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish darajasi bilan bog’liqdir. Kishilik jamiyati tarixi bilmaslikdan bilishga tomon tutilgan yo`l, hur fikrlikning jaholatparastlikka qarshi kurashi, aql-idrok va ma`rifatning nodonlik va mutaassiblik ustidan g’alabasi tarixidir. Insoniyat uzluksiz ijtimoiy taraqqiyot yo`lidan olg’a qarab bormoqda. Inson tafakkurining buyuk g’alabalarini o`zida saqlab kelayotgan insoniyatning ijtimoiy xotirasi esa ana shu taraqqiyot asosini tashkil etadi. Ijtimoiy xotira hamma davrlarda axborotni qayd qilish yoki ro`yxatga olish, satrlash, qaytadan tiklash va avloddan-avlodga yetkazishning muayyan davrga mos bo`lgan shakllarini topar edi. Odatda bu shakllar ma`lum sifatga ega bo`ladi.Insoniyat tarixining ibtidosida tilning paydo bo`lishi dastlabki tajribalarni o`zlashtirishda, mehnat qurollarini takomillashtirishda, ulardan foydalanishda hal qiluvchi rol’ uynadi. Fikrlarni uzoq vaqt mobaynida saqlashga, ularni bir kishidan ikkinchi kishiga, avloddan-avlodga etkazishga imkon bergan yozuv eng muhim belgilar tuzilmasi bo`lib qoldi. O`z navbatida kitobning o`zi yuksak darajada rivojlangan ma`lum tuzilmadir. Ko`p asrlar davomida kitobning tashqi ko`rinishi, mujassam holda namoyon bo`lishi,ishlab chiqarilishi uzluksiz ravishda takomillashib keldi. Antik davrning o`rama kitoblari o`rniga, eramizning IV- asrida, hozirda biz foydalanayotgan muqovalangan qo`lyozma kitob paydo bo`ldi. Bizning davrimiz matn va rasmlarlar bilan berilgai axborotlarni qayta ishlashning elektron uslublarini joriy etish yo`li bilan kitob chikarishni tubdan o`zgartirib yubordi. Kitob jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismidir. Insoniyat madaniyati taraqqiyotining eng to`liq va har tomonlama ifodasi sifatida kitob ko`p asrlar mobaynida shaxsni tarbiyalashda va uning aqliy rivojlanishida muhim rol’ o`ynaydi. Kutubxonalarning tiplari kutubxonashunoslik fanining eng dolzarb va murakkab muammolaridan biridir. Hozirgi kunda ommaviy, madaniy-ma`rifiy va ilmiy axborot muassasalari bo`lmish kutubxonalarning roli uzluksiz o`sib bormoqda. Kutubxonalar madaniyat Yutuqlaridan foydalanish borasida fuqorolarning asosiy insoniy huquqlarini keng ro`yobga chiqarish imkonini beradi, onglilikni oshirishga ko`maklashadi, faol hayotiy dunyoqarashni shakllantiradi. Yozma axborot manbalari (kitob, gazeta, jurnal va hokozolar) jamiyatning ma`naviy va ijtimoiy-maishiy talab-extiyojlarini qondirishga qaratilgan bo`lib, butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida shu vazifani bajarib keldi. Yozma xujjatlar kishilarning o`zaro fikr almashuv imkoniyatlarini kengaytiradigan bo`lsa, kutubxonalar yozma asarlar umrini uzaytirish vositasi xisoblanadi. Boshqa ijtimoiy muassasalar kabi kutubxonalar xam jamiyatning eng zaruriy extiyojlari asosida vujudga keldi va. rivojlandi. Sababi, ma`lumotlarni kayd qilish va uzatish vositasi sifatida ijtimoiy zaruratga javob beradigan yozuvning paydo bo`lishi bilan eng muhim yozuvlarni tanlay oladigan muassasalarni vujudga keltirish extiyoji ham yuzaga kelgan edi. Shunday qilib, kutubxonalar avval boshdanoq, jamiyatning mo`tadil mavjudligini ta`minlaydigan uning ajralmas bir qismi xisoblanadi. Kutubxona bosma va ayrim yozma asarlardan ommaviy foydalanishni ta`minlovchi madaniy ma`rifiy va ilmiy muassasadir. U muntazam ravishda bosma asarlarni to`plash, saqlash, targ’ib qilish va kitobxonlarga etkazish, shuningdek,axborot-biblografiya ishlari bilan shug’ullanadi. Kutubxona-bu kitoblar va kishilik jamiyati tarixi majmuasidir,shu ma`noda u insonparvar muassasadir. Kutubxonalarda insoniyat erishgan barcha ilmlar turli fan sohalari bo`yicha kitoblar to`plangan. Jamiyat tomonidan, uning asosiy ijtimoiy-maishiy extiyojlarini qondirish maqsadida barpo etilgan kutubxonalar zulmatga, nodonlik va jaholatga qarshi kurashdi.U insoniyat borligining buYuk xujjatlashgan guvohi sifatida yashamoqda. Shu sababdan unga zarurat sezgan har bir kishi undan foydalana olishi hamda kutubxonalar hamma uchun ommabop bo`lishi zarur. Kutubxona tiplari belgilarning umumiyligi bo`yicha kutubxonalarning ilmiy tavsifi bo`lib, u kutubxonalarni tiplari, turlari va xillari bo`yicha taqsimlash imkonini beradi. Kutubxonalar tiplari va turlarini bilish kutubxonalarni, umuman ularning tarmoqlari va sistemalarini tashkil qilishning umumiy o`ziga xos xususiyatlari, vazifalari, aloqalari, munosabatlari, darajalari to`g’risidagi tasavvurlar asosida ularni tabaqalashtirishga imkon beradi. Bu esa, o`z navbatida,kitob fondlari tarkibi va sistemasini shakllantirish, kitobxonlarning talablarini to`laroq qondirish kabi kutubxonachilik qurilishining dolzarb muammolarini tegishli darajada hal etadi va pirovard natijada kutubxonalar yagona sistemasining samarali ishlashini ta`minlaydi. Turli tip va xildagi kutubxonalar faoliyatining umumiy va o`ziga xos xususiyatlari shundaki, jamg’armaning tuzilishi va jamg’armaning tarkibi ma’lum bir maqsad sari yo`naltirilgan,mutaxasislar va hamkorlar yordamida kitobxonlar talablarini qondirish, kutubxonalar tizimi shakllarini o`rganish va ish olib borish Bilan kutubxonalar ishini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan bo`ladi. Kutubxonaning kitob fondidan foydalanish qay darajada bo`lishdan qat’iy nazar, uning bilimlar xazinasi ekanligi xaqiqatligicha qoladi, qaysiki unda insoniyatning ruhiy boyliklari, durdonalari to`plangandir. Haqiqiy kutubxonachi nashrlar ummonidan zarur kitoblarni to`plab, kutubxonalar fondini boyitadigan, shu kitoblarni tartibga keltiradigan va ularni o`z kitobxoniga etkazadigan shaxsdir. Kutubxona xodimlari territoriya aholisini kutubxonaga jalb qilish, kutubxona-bibliografiya xizmat ko`rsatish, kitobxonlarning talablarini qondirish, o`z fondidan foydalanish va saqlash uchun javobgardirlar. 1925-1991 yillarda kutubxonachilik qurilishi uchun anchagina moddiy mablag’lar sarflandi. Universal va maxsus kutubxonalarning yangi sistemasi yaratildi. Biroq kutubxonachilik ishini tashkil etish va uni boshqarish umumiy tartibining o`zi nuqsonli edi. Kutubxonalar ustidan yalpi nazorat o`rnatilar, kutubxonachilik ishiga rejali ravishda rahbarlik qilish va uning natijalarini shakllantirish vazifasi quyilar edi. Jamiyatda insonparvarlik jarayonining kengayib borishi kutubxonalardan kitobxonlarning umummadaniy saviyasini oshirishga ko`proq, e`tibor berishni talab etadi. Bu jamiyatning ma`naviy, ruhiy va axloqiy imkoniyatlarini yangilash zarurligi bilan bog’langandir. Kitob mutolaasiga rahbarlik qilish va o`qish uchun adabiyotlarni erkin tanlash bir-birini istisno qiladigan tushunchalardir. Lekin bunda aniq bir maqsad - kasb tanlash va uni egallashda, kasbiy jihatdan takomillashishda, o`z-o`zini anglashda, klassik adabiyotga, muayyan muallifning ijodiga, milliy madaniyatga, tilga va hokazolarga bo`lgan qiziqishni rivojlantirishda yordam berish albatta zarurdir. Madaniy merosning vorisligida, avlodlarning jonli aloqasini amalga oshirishda kutubxonalar katta rol’ o`ynaydi. O`ziga xos qadimiy, madaniy merosimizniig tiklanishida, ona tilimizning saqlanishi va rivojlanishida ular asosiy o`rin egallaydi. Shunday qilib, jamiyat hayotida kitob, axborot va kutubxonalarning roli keskin ortib bormoqda. Bizlar yer deb nomlangan sayyorada yashovchi barcha kishilar, shunday asrga kirib kelayotirmizki, endilikda biz kuch va qurolga suyanib emas, balki aql-idrokka, inson tafakkuriga tayanib ish ko`ramiz. Ommaviy davlat kutubxonalarining barcha turlari umumiy ma`lumot beruvchi kitoblarni o`qishga berish, shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun zarur bo`lgan eng muhim adabiyotni tanlash va kitobxonlarga etkazish, kitobni targ’ib qilishning eng faol ta`sirchan metodlarini qo`llash, shaxsning o`qish doirasini shakllantirish, mutaxassislarga kasbga oid kitoblar bilan xizmat ko`rsatadi. Ilmiy universal kutubxonalar kutubxonalarning mazkur turi uchun umumiy bo`lgan xususiyatlar bilan bir qatorda maxsus xususiyatlarga ham ega. Bu xususiyatlar ularning huquqiy maqomi bilan belgilanadi. Ilmiy universal kutubxonalar kutubxonachilik sistemasida etakchi bo`g’indir. Odatda bu muassasa umumdavlat va regional ahamiyatga ega bo`lib, xududiy kutubxonalar yig’indisining ilmiy metodik markazi hisoblanadi. Universal kutubxonalar ana shu turining asosiy vazifalari kitob fondlari va ishning butun sistemasini rayon talablariga muvofiqlashtirishdan; joylardagi rahbar xodimlar va tashkilotlarga kitob va axborot bilan xizmat ko`rsatishni tashkil qilishdan; iborat va respublikaga buysunuvchi maxsus kutubxonalar ishini uyg’unlashtirish va birlashtirishdan iborat. Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling