«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Ijtimoiy-madaniy faoliyatda kompromiss va konsensus nisbati
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Mavzu: Xalq badiiy madaniyati va ijodi: kino, teatr va tasviriy sanat Reja: Amaliy san’at.
- Amaliy sanat .
- Tasviriy sanat.
Ijtimoiy-madaniy faoliyatda kompromiss va konsensus nisbati. Ijtimoiy-madaniy faoliyat haqida fikr, munosabat bildirilmoqchi bo‘linsa, madaniyat muassasalariga munosabatda bir-birlari bilan qanchalik hamjihatligi, ijodiy yakdilligi, o‘zaro ahilligi masalasiga dastavval e'tibor qaratiladi. Agar mazkur muassasada o‘zaro inoqliq, hamfikrlilik, uyushqoqlik barqaror degan mulohazaga kelinsa, bu madaniyat muassasasiga nisbatan boshqalarda beixtiyor hurmat-ehtirom tuyg‘usi yuzaga keladi. Mabodo, bu muassasa xususida o‘zaro kelishmaydigan, xodimlari bir birini hurmat qilmaydigan, fikri va amali ayricha odamlar degan munosabat bildirilsa, undan boshqalar vakillari o‘zlarini uzoqroq tutishga intiladilar. Shu boisdan ham, o‘zaro ahillik, inoqlik, ijodiy birdamlik muammosi hamisha dolzarb, ijtimoiy - ma'naviy muammo bo‘lib kelgan. Binobarin, har bir san'at va madaniyat dargohining zafarli, shon-shavkatga burkangan yo‘li, baxtli taqdiri ham ana shu ijtimoiy-ijodiy yaqinlik masalasiga bevosita bog‘liq holda nomoyon bo‘lib kelgan. O‘zbek xalqi tabiatan san'at va madaniyatga oshufta jamoaviy millat ekanligi ma'lum. Chunki biror bir o‘zbek yo‘qki, to‘yi yoxud ma'rakasini san'atkorlarsiz yon-atrofdagi odamlar, qavmu-qarindoshlari, yaqin birodarlarisiz o‘tishini tasavvur ham eta olmaydi. Mazkur nuqtai nazarni isbot etuvchi yana bir jihat o‘zbeklar o‘zining butun umri mazmunini farzandlari baxtida ko‘rishlari, zurriyodlarining baxti uchun ixtiyoriy va qalban o‘zlarini sadqa etishga hamisha shay ekanliklaridir. Jamoaviy xalq esa, o‘z san'ati, madaniy taqdiri, maqsadi, milliy g‘ururi, yakdil harakat qilishga rag‘bati kuchli bo‘lishi bilan farqlanishi kerak. Xalqimiz o‘zining jamoaviy tabiatli ekanligi, urf-odatlari, an'analari, o‘ziga xos fe'l-atvori bilan fransuzlar, ispanlar yoki ruslardan yaqqol ajralib turadilar. Ijodkorlik, yaratuvchanlik va jamoaviy turmush tarzini mustahkamlashdan iborat ijtimoiy-madaniy harakat esa qadim-qadimdan xalqimiz vakillarini xududiy darajada qishloq, mahalla tuzilmalari muhitida yashashlarini, shahar miqyosida esa muayyan san'at turi, kasb, hunar yoki ilm-fan sohalarida birgalikda tig‘iz, zich, jamoa tarzida kompakt faoliyat yuritishlarini taqozo etib kelgan. Buning yaqqol ko‘rinishi sifatida mamlakatimiz qishloqlari nomlanishiga e'tibor qaratish joiz. Do‘rmon, Naymon, Katag‘on, Barlos, Nekuz, Saroy, Qang‘li va xakozo nomlanishlar xalqimiz vakillarining muayyan urug‘ doirasida qarindoshlar jamoasi tarzida yashab kelganliklarini sozchilar, to‘pchilar, kulolchilar, qandolatchilar, misgarlar, temirchilar mahallalarida esa kasb-hunar asosida birlashib yashash tendinsiyasini ko‘rish mumkin. Ilm, tasavvuf va badiiy ijodiyotda sulolaviylik, vorisiylik, qavmiy davomiylik ham jamoaviylik an'analarining o‘zviy davomi bo‘lib kelgan. Mohiyat e'tiboriga va oddiy mantiq talablariga ko‘ra, jamoaviy turmush tarzi mustahkam bo‘lgan o‘zbeklarni dunyoda mahv etuvchi millat bo‘lishini tasavvur ham etish qiyindir. Qisqa tarixiy qiyos keltirsak: Angliya tarixida millat xazinasi ikki ming yillik o‘tmishi mobaynida bir marta (fransuzlarning 1104 yilda Angliyani bosib olinishi paytda) talon-taroj etilgan bo‘lsa, AQSh xazinasi so‘ngi 200 yildan ko‘p vaqt mobaynida biror marta ham, Yaponiya xazinasi esa umuman hech kim tomonidan egallanmagan. Ammo O‘zbekiston hududidagi davlatlar xazinalari esa 3000 yil mobaynida jami 50 martadan ko‘proq ichki va tashqi bosqinlar tufayli taron-taroj etilgan. Mamlakatimiz boyliklari, osori atiqalar, kitoblar, muhim tarixiy obidalar olib ketilgan. Madaniyatimiz, tilimiz, xududimiz oyoq osti qilingan. Tabiiy savol tug‘iladi. Axir shunchalik jamoaviy, o‘zaro munosabatlari yaqin bo‘lgan xalq bo‘lsagu, nima uchun ichki va tashqi xavflarga qarshi turish darajamiz bu qadar sust bo‘lgan? Nima uchun dunyoga Abu Nasr Farobiydek “ikkinchi muallim” bergan, zardushtiylik dini orqali olamga yakkayu yagona xudoga sig‘inish madaniyatini singdirgan, insoniyatga Al-Xorazmiy dahosi orqali yangi usuldagi zamonaviy sanoq tartibotlarini tuhfa qilgan, Ibn Sino orqali tib ilmini yangi yuksakliklarga olib chiqqan, islom dini mazmunini to‘g‘ri va dunyoviy talqin etib, uning insoniy mohiyatini teran ochib bergan, Imom Buxoriy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Abu Mansur – al Moturudiy, Axmad Yassaviy, Baxovuddin Naqshbandiy singari titanlarni dunyoga bergan, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi so‘z mulkining sultonlarini yetishtirib chiqargan ulug‘ xalq nima sabablarga ko‘ra sungi to‘rt yuz yil mobaynida bu qadar tanazzulga duchor bo‘lib ketgan? Go‘yoki madaniyat XIX asrning oxirida rus istilochilari tomonidan keltirilgan, degan fikrlar singdirilgan. Ana shu savollarga javoblarni insoniy munosabatlar tizimidagi kompromiss va konsensus tushunchalari mohiyatini tahlil etish orqali izlashga harakat qilamiz. Ma'lumki, kompromiss deganda ikki yoki uch tomonning vaqtincha murosa holati tushuniladi. Kompromiss holatida tomonlar bir birlarini toqat qiladilar, raqiblar bilan keskin ixtiloflardan ongli ravishda tiyilib turadilar. Shu boisdan ham kompromiss muvaqqat, ya'ni vaqtincha kelishuv holati sifatida tushuniladi. Kompromiss holatida ziddiyatlar tashqari shakldan ichkari shaklga o‘tadi. Ichki zuriqish vaziyati muayyan muddatgacha o‘zini oshkor etmay turadi. Ammo biror bir tomon uchun qulayroq ijtimoiy-siyosiy muhit yuzaga kelishi bilanoq kompromiss holati oshkora konfliktga aylanib ketadi. Tabiiyki kompromiss holatini milliy mentalitet, axloq-odob, davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘ziga xoslik ma'lum darajada jilovlab turadi. Shu narsa e'tiborga molikki, kompromiss holati muayyan ijtimoiy-siyosiy muhit, davr, ma'naviy-madaniy yondashuvlar o‘zgarishi bilan konsensusga yoxud begonalashuvga aylanishi mumkin. Shu boisdan ham kompromiss oraliq muhit bo‘lib, tayanish va ishonch bilan hamkorlik qilish uchun mustahkam bo‘lmagan holat hisoblanadi. Ammo, jamiyat hayotida mohiyat e'tiboriga ko‘ra kompromiss xolati kerakli hodisadir. Jaloliddin Rumiy ta'rifiga ko‘ra “Murosa bo‘lsa kichik ishlar rivoj lanadi. Murosa bo‘lmasa, katta ishlar ham zavol topadi.”(Qarang: Idris shoh. Sufizm. M. 1994.str 94) Murosa holatida har ikki tomon alohida-alohida rivojlanishga intiladi. Nosog‘lom raqobat muhiti amal qiladi. Ammo murosa, ya'ni, kompromiss xolatida kichik ishlar bir muncha jonlansada, katta ishlar rivoj topmaydi. Shunga qaramay, kompromiss xolati jamiyatda ma'lum muddatga bo‘lsa-da, muayyan turg‘unlikni, tinchlikni ta'minlab berilishi jihatidan ijobiy hodisadir. Payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V tashqi tazyiqlarning siquvuga ko‘ra, Makkadan Madinaga ko‘chib, hijrat qilgan chog‘larida “Kofirun” surasi nozil bo‘lgan. Shunga ko‘ra Makkadagi kofirlarga ushbu sura o‘qib eshittirilgan. Unga ko‘ra islomga tazyiqiy kiritish tuxtalishi har bir qavm o‘z ilohi, o‘z e'tiqodi, dinida qolishi mumkinligi e'lon qilinadi. Johillar mazkur sura mazmunidan voqif bo‘lishgach, payg‘ambarimiz joniga qasd qilish fikridan to‘xtab, Muhammadni ta'qib qilishni bas qiladilar va o‘z shahar va qishloqlariga qaytadilar. Demak, o‘z vaqtida, aql bilan qo‘llaniluvchi, raqib xushyorligini, zararli ta'sir qilish sur'atini susaytirishga qaratilgan kompromiss muayyan naf berishi shubhasizdir. Ammo kompromiss holatining madaniy taraqqiyoti milliy munosabatlar asosi, turmush tarzining mazmuniga aylanib qolishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. XVI asr boshlaridan e'tiboran to mustaqillikgacha bo‘lgan Markaziy Osiyodagi madaniy-ma'rifiy ijtimoiy –siyosiy, ma'naviy hayotni to‘la ma'nodagi kompromiss muhiti amal qilgan davr deb atash mumkin. Negaki, bu davrda ilm-fan madaniyat va san'at rivoj topmadi. Shu boisdan ham yurtboshimiz Islom Karimovning aytganlaridek XVI va XX asr oralig‘i millatimiz tarixida eng og‘ir tanazzul davri sifatida tarixga kiradi.1 Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, kompromiss muhitidan chiqa olmagan madaniyat, san'at, ilm-fanga e'tiborsiz millat hech qachon ro’shnolik ko‘rmagan va taraqqiyotga erisha olmagan. Kompromiss holatidan farq qilib, konsensus holati insonlararo munosabatlarning ma'naviy holatlarning sifat jihatidan yuqori darajasini ifoda etadi. Agar kompromiss tushunchasi uchun xarakterli so‘zlar jumlasiga “toqat qilish”, “chidash”, “bir gapdan qolish”, “tiyilish”, “o‘z manfaatini o‘ylab ish tutish”, “qosh quyaman deb ko‘zdan ayrilmaslikni o‘ylab xarakatlanish”, “raqibini yoqtirmaslikni yashirish”, “vaziyatni aql bilan baholab borish”, “raqib tomon harakatlaridan doimiy xushyor, sergak bo‘lib turish”, “muayyan chegarani saqlab kelishish” singari so‘z va iboralar xos bo‘lsa konsensus tushunchasini ifodalash uchun “mehr”, “qalbiy va ruhiy yaqinlik”, san'atga oshuftalik, madaniyatlilik, “do‘stlik”, “o‘zgalar manfaatlarini o‘ylab ish tutish”, “saxovat”, “muhabbat”, “qadrlash”, “boshqalarni o‘zidek bilish”, “fidoiylik” singari so‘zlar xosdir. Shu o‘rinda Xo‘ja Baxouddin Naqshbandiyning “Kimki o‘zi haqida qayg‘uribdi, demakki u o‘zini o‘ylamabdi, kimki o‘zgalar haqida qayg‘uribdi, demakki u o‘zini o‘ylabdi.” degan nurhikmat so‘zlari kompromiss va konsensus tushunchalari farqini aynan ochib beradi. Insoniy munosabatlarda konsensus tushunchasi o‘zaro yaqinlikning qo‘yidagi tasnifida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Odatda odamlararo yaqinlik o‘zaro tanishuv –“tanishchilik”dan boshlanib, bir birini bilish- “bilishchilik”ka, bilishchilikdan esa “jo‘rachilik”ka, undan keyin aka-ukalarning yaqinligi darajalaridagi “og‘aynigarchilik”ka, so‘ng esa “do‘stlik” darajasiga o‘tib, o‘zining oliy bosqichiga yuksaladi. Mazkur evolyusion dinamika mohiyat e'tiboriga ko‘ra ierarxik, ya'ni pog‘onama-pog‘ana yuksalish xususiyatiga ega bo‘ladi. Turli millatlarda bu jarayon xar xil kechadi. Masalan atoqli yozuvchi do‘stlik tarixi kuychisi Viktor Gyugo fransuzlar do‘stligi xususida fikr yuritib, bu xalq vakillarining favqulotda sadoqatliligi va o‘z yaqinlarining manfaati yo‘lida jonini fido etishga hamisha shay bo‘la olishini o‘zining mashhur “1783 yil” nomli romanida mahorat bilan tasvirlagan. Xuddi shuningdek Jek Londonning “Martin Iden”, Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik” asarlarida ham do‘stlik darajasidagi insoniy yaqinlik lavhalarini ko‘plab uchratamiz. Mazkur xalqlardagi do‘stlikka sadoqat lavhalari o‘zaro teng yoshli, mavqye va martabasi xar xil, ammo, maslagi bir odamlar o‘rtasida kechadi. Bu xalqlar hayoti bilan badiiy asarlar orqali tanishgan kitobxonlar do‘stlikning samimiy qudratiga ishonadilar. Milliy istiqlol xalqimiz fe'l-atvori, hayotga bo‘lgan munosabati, mentalitetini tubdan o‘zgartirish, bunyodkorlik tom ma'nodagi hamjihatlik ruhiga sug‘orilgan yaqinlikni ta'minlashga imkon yaratdi. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov asarlarining mazmuni xalqimizni milliy birlik, o‘zaro mehrlilik, birodarlik va do‘stlikka da'vat etuvchi g‘oyalar majmuidan iboratdir. Istiqlolning o‘tgan 25 yili mobaynida amalga oshirilgan ulug‘vor bunyodkorlik ishlari ayni vaqtda xalqimiz mentalitetini konsensus sari yo‘naltirishga ham munosib tarzda xizmat qilib keldi. O‘zbek mentalitetini konsensusga da'vat g‘oyasi yurtboshimiz tomonidan belgilangan strategik taraqqiyot konsepsiyasini asosi bo‘lib, ana shu yo‘nalishda davlat dasturlarining hayotga joriy etilishi fikrimizning isboti bo‘ladi. Yurtimiz ana shu maqsadni amalga oshirishga to‘g‘onoq bo‘lib kelgan xavf-xatarlar tizimini ham asoslab, ular jumlasiga mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, qarindoshchilik, poraxo‘rlik singari illatlar ayniqsa xavfliligini ta'kidlaydilar. “Har bir shaxsning milliy o‘zligiga qaytishini, o‘zligini mintaqaviy asosda anglashi belgilab bermasligi kerak... Mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikni, tor doirada etnik- mintaqaviy fikr yuritishning ko‘rinishi deb hisoblash kerak”2 Konsensus tushunchasi mushtarak manfaatlar birligini ham taqozo etadi. Manfaatlar mushtarakligi esa korporativ yaqinlikni shakllantirish zaruratini kun tartibiga chiqazdi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov anglangan korporativ manfaatlar uyg‘unligini tarkib toptirish xususida shunday deydi: Jamiyat ichidagi alohida shaxslarning uyushqoqlik bilan jipslashishiga ularning qaysi urug‘ga, xududga yoki etnik guruhga mansubligi emas, balki umumdavlat darajasida korporativ manfaatlarning yaxshi anglangan mushtarakligi asos bo‘lishi kerak. Barcha mintaqalar, barcha etnik va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari o‘rtasida muvozanat saqlanishini doimo hisobga olish zarur. Manfaatlarni ifodalash va ruyobga chiqarishning qonuniy mexanizmi mahalliychilik kayfiyatlari, urug‘-aymoqlar kurashining vujudga kelishi va rivojlanishiga g‘ov solmog‘i darkor.3 O‘zbek xalqi yuksak madaniyatli yumshoq tabiatli, keng fe'lli ekanligi o‘zaro munosabatlarda ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Agarda amerikaliklarda “men” omili hamma narsada ustun mavqye kasb etsa, ruslarda “biz” (mы) omili masalalar yechimida hal qiluvchi quvvatga ega bo‘lib kelgan. Xudi shu masalaning millatimiz vakillarida nechog‘li ahamiyatli ekanligini o‘rganish uchun turli yoshdagi aholi qatlamlari vakillari orasida ekspress so‘rov o‘tkazdik. Anketa savollarining biri: Siz ish faoliyatinigizda bajarilgan ishlar xususida axborot berayotganingizda aytilayotgan «men”, “biz”, “siz” so‘zlarining qaysi biri eshituvchilarda ko‘proq ijobiy taassurot qoldiradi deb o‘ylaysiz? Degan savolga turli xil javoblar olindi. Xususan, 50 yoshdan oshgan kishilarning aksariyati, ya'ni, so‘ralganlarning har to‘rttadan biri “siz” olmoshini ta'kidlash orqali axborot berish ko‘proq ijobiy samara keltirishini, 30-35 yosh orasidagilarning har ikkitasidan biri masalani “biz” olmoshi orqali va teng yarmi «siz”ni ta'kidlash bilan yaxshi taassurot olishni qayd etdilar. Ammo 25-35 yoshli respondentlarning 20 foizi «siz” olmoshlari ishlatish ijobiy taassurot olish imkonini berishini ta'kidladilar. So‘rov natijalari yoshlar orasida ong, tafakkur tarzi o‘rta va katta yoshli aholi vakillari tafakkur tarzidan bir muncha farq qilishini ko‘rsatdi. Ammo, umumiy yondashuv ko‘proq “siz” olmoshi atrofida aylanishini, xalqimiz ko‘proq boshqalarning xizmatini o‘zinikiga qaraganda ustunroq deb bilishi va ta'kidlashi o‘zbeklarning tabiatan konsensusga moyil ekanligini isbotlaydi. Sizga urg‘u berish o‘zaro yaqinlikni samaraliroq ta'minlashini teran his etadilar. “men” va “biz” olmoshlari faoliyat sifatini emas, ko‘proq udumdan uzoqlashishni ifodalaydi. “siz” olmoshi esa bilvosita tarzda jamoani birlashtirishga xizmat qilishini qayd etadilar. Ijtimoiy-madaniy faoliyat mohiyat e'tiboriga ko‘ra, yoshlar o‘rta va katta avlod hamda turli millatlarga mansub aholi vakillari o‘rtasida konsensus muhitini barqarorlashtirishga yo‘naltirilgandir. Konsensus muxitini madaniyat muassasalaridagi har bir to‘garak, uyushmalar, ko‘ngilli jamiyatlarda tarkib toptirish muxim ahamiyatga egadir. 3-Mavzu: Xalq badiiy madaniyati va ijodi: kino, teatr va tasviriy san'at Reja: Amaliy san’at. Tasviriy san'at Musiqa san’ati Tayanch so‘z va iboralar:San’at turlari, musiqa san’ati, amaliy san’at, raqs, teatr,tasviriy ijod, sirk, doston, katta ashula. murakkab shaklli ashula, cholg'u kuylar, maqom tar, badiiy san’at. Mustaqillik yillarida madaniyat va san'at sohasiga davlatimiz tomonidan juda katta e'tibor berib kelinmoqda. Ijtimoiy madaniy faoliyatni amalga oshirishda badiiy madaniyat va san'at muhim axamiyat kasb etadi. San'at va uning turlari: musiqa, raqs, teatr, tasviriy ijod, sirk kabilar halqning qalbini qamrab, ruhini tetiklashtiradigan sehrli kuchdir. O‘zbek san'ati nihoyatda boy va rang-barangdir. O‘zbek halqi san'ati eng qadimgi davrlardan boshlab jahon madaniyatiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xususan, teatr va musiqa san'ati rivojlanib bormoqda. Prezidentimizning 1995 yil 20 oktyabrdagi “O‘zbekistonda teatr va musiqa san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 1998 yil 26 martda “O‘zbek teatr san'atini rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 1998 yil 22 mayda “O‘zbek teatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, 2001 yil 21 sentyabrda “Xamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomini berish to‘g‘risida”gi Farmoni, shuningdek, 2010 yilda Buxoro shahrida qad ko‘targan “Boqiy va navqiron Buxoro” monumenti hamda Buxoro davlat teatri yangi binosining ishga tushirilishi mamlakatimizda ma'naviy taraqqiyotga davlat miqyosida e'tibor qaratilayotganligining yorqin isboti va olib borilayotgan islohotlarning ijobiy natijasidir. Amaliy san'at . O‘zbekiston amaliy san'atining ildizlari qadim o‘tmishga borib taqaladi. Amaliy san'atga oid bo‘lgan birinchi buyumlar kundalik ro‘zg‘orda ishlatiladigan buyumlar bo‘lib, mil. av. 5—2 ming yilliklarda yuzaga kelgan. O‘zbekiston amaliy san'atining asosiy manbalari arxeologik topilmalar, bizgacha saqlanib qolgan amaliy san'at asarlari va devoriy rasmlar, tarixiy haykaltaroshlik va miniatyura san'atidan olingan ma'lumotlardir. 4 Neolit davrida amaliy san'atning birinchi namunalari vujudga kelgan. Bu buyumlar turli vazifalarni bajargan: ehtiyojni qoniqtirish bilan birgalikda, kulfatlardan asrash va bezash kabilar. O‘zbekiston amaliy san'atining qadimgi turlaridan biri bo‘lmish kulolchilik san'ati qozon, xum, tovoq, piyola shakllari o‘sha davrlardayoq ancha rivojlanganligidan dalolat beradi. Mil. av. 2—1 ming yilliklarda kulollik charxi paydo bo‘lib, birinchi naqshlar va uslublar yaratilgan. Archa, taroqsimon, uchburchak, romb, to‘rsimon, nuqtali naqshlar, ilon izi, bo‘yoq dog‘lari kabi naqshlar bosma, chizma, bo‘yama usullarda ifodalanilgan. Ibtidoiy jamoa davrida har bir naqsh ramziy ma'noga ega bo‘lib, o‘ziga ilohiy mazmunni qamrab olgan. Neolit davridan bizga zargarlik buyumlari ham yetib kelgan. Ular jez, oltin, kumushdan qilingan bilaguzuk, uzuk, munchoqlar, pardoz buyumlarini tashkil qiladi. Mil. av. 3-ming yillikda taqinchoqlarda chig‘anoq, tosh va feruza, lojuvard, aqiq, nefrit kabi qimmatbaho toshlar ishlatilgan. Ana shu davrning zargarlik san'atida «hayvonsimon tasvirlash uslubi» ustun turadi. Badiiy to‘qimachilik jihozlari ham ana shu davrda shakllanadi, biroq uning mahsulotlari bizgacha yetib kelmagan. Ahomaniylar davri (mil. av. VI—IV asrlar) O‘zbekiston amaliy san'ati tarixida ikkinchi katta bosqichni bildiradi. Bu davr san'ati haqida bizga Amudaryo xazinasiga mansub buyumlar ma'lumot beradi. Xazina buyumlarini uch turga bo‘lish mumkin. Birinchisi, bu ahomaniylar usulida ishlangan buyumlar, ikkinchisi bu mahalliy xususiyatlarni o‘ziga qamrab olgan buyumlar va uchinchisi, «hayvonsimon tasvirlash uslubi»ni bildiruvchi buyumlar. Ko‘pchilik asarlarda shartlilik saqlanib qolingan. Keyingi tarixiy davr - antik davri (mil. av. III asr -mil. III asr) bo‘lib, amaliy san'at sohasiga keskin o‘zgarishlarni kiritadi. Bu davr san'ati ellinistik, Rim va Hind badiiy an'analarini o‘zlashtirgan. Shunisi qiziqki, bu davr amaliy san'ati o‘ziga tasviriy san'at poetikasini ham qamrab olgan. Masalan, muhr va tangalarda portret janri haqida ma'lumot beradi. Ularda tasvirlangan rasmlarda yunon-baqtriya shohlarining ruhiy olamini ochishga harakat qilingan. Bu davrda kulolchilik san'ati ham keng rivojlangan va mukammalikka erishgan. An'anaviy shakllar bilan birgalikda nozik qadahlar, kosa, piyola, ko‘za va boshqa idishlar tayyorlangan. Badiiy shishasozlik, suyakdan qilingan buyumlar ham rivojlangan. Ana shu davrga oid zargarlik san'ati haqida Dalvarzintepa xazinasi katta ma'lumot beradi. Umuman olganda, bu davrning amaliy san'atida gandhar, ellinizm va sak an'analari xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Unda real mavzular bilan birgalikda mifologiya syujetlar ham o‘z aksini topgan. Ilk o‘rta asrlarda (V-VIII asr) amaliy san'at sohasiga yangi g‘oyalar va yo‘nalishlar kirib keldi. Bu davrda badiiy metall sohasi katta yutuqlarga erishdi. Oltin, kumush, jezdan turli shakldagi buyumlar tayyorlandi. Mavzularni uch yo‘nalishga bo‘lish mumkin: hayotiy lavhalar, epik va afsonaviy syujetlar va nihoyat, hayvonlar tasviri. Badiiy metalldan tashqari amaliy san'at turlaridan kulolchilik, zargarlik, to‘qimachilik, mayda shakllar haykaltaroshligi shakllandi. Masalan, o‘sha davrdagi O‘zbekiston to‘qimachilik san'ati xorijiy mamlakatlarda ham tarqalgan va unga yuqori baho berilgan. Zandonachi matolari Buxoro viloyatida ishlab chiqarilib murakkab gulli rangdor nafis mato sifatida mashhur bo‘lgan. Mayda shakllar haykaltaroshligi diniy tushunchalar bilan birgalikda, jonli hayotiy kuzatishlarni ham aks ettiradi. Kulolchilik san'ati bu davrda yanada rivojlandi. An'anaviy shakllar bilan birga yangi nozik hajmli idishlar tayyorlandi. V—VIII asrlarda kulolchilik buyumlari asosan sirlanmagan, bezaksiz bo‘lgan, VIII asrdan keyin ularni bezash uslubi o‘zgargan, sir keng ishlatilgan. VIII—XIII asrlarda amaliy bezak san'atiga islom estetikasi juda katta ta'sir qilgan. Lekin shu bilan birga unda islom davridan oldin paydo bo‘lgan mavzular, tushunchalar, yo‘nalishlar, uslublar ham saqlanib qolingan. Buyumlar bezagida naqsh mujassamoti o‘simliksimon, geometrik, handasiy, hayvon shakllari va yozuvli naqshlar bilan to‘ldirilgan. Yog‘och o‘ymakorligi, ganch o‘ymakorligi, badiiy metall, kulolchilik sohalarida yangi bo‘lmish islom estetikasi hukmronlik qilsa, amaliy san'atning kashtachilik, gilamdo‘zlik turlarida xalq hunarmandchiligini badiiy an'analari o‘z aksini topgan.5 XIV-XV asrlarda amaliy bezak san'atining yuksak taraqqiyotini ko‘rishimiz mumkin. Temuriylar davrida mahalliy an'analar bilan bir qatorda O‘rta Sharq mamlakatlarining badiiy an'analari ham o‘zlashtirilgan. Buyumlar bezagida o‘simliksimon, «girih» ko‘rinishidagi geometrik naqshlar, arab xattotligi hukmronlik qilgan. Shu bilan birga hayvon va osmon jismlari mavzui uyg‘unlashgan. Temuriylar davri amaliy san'at tarixida juda katta o‘rin egallaydi. Ushbu davrdagi me'moriy bezaklar, kulolchilik san'ati, badiiy shishasozlik, naqqoshlik san'ati yutuqlari bugun O‘rta Sharqda tan olingan. Masalan, kulolchilikda XV asrdan «kobalt» turidagi xitoy chinnisi ta'sirida yangi usul shakllangan. Kulolchiliqda ko‘proq yangi usuldagi oq-ko‘k sir ishlatilgan. XVI asr oxiri - XVIII asrda amaliy san'at sekin rivojlangan va unda asosan o‘tgan davrlar badiiy an'analari saqlanib qolingan. Amaliy san'at turlaridan to‘qimachilik, gilamchilik, palos to‘qish, zargarlik, kulolchilik, charm, tosh, yog‘och, metallga badiy ishlov berish asta-sekin rivojlangan. Ularning bezagida geometrik naqshlar, osmon jismlari, buyumlar, yozuvlar va hayvon shakllari uyg‘unlashgan. Bu davr amaliy bezak san'atining barcha sohalari shakl, rasm va o‘ziga xoslikni XIX asr ikkinchi yarmiga qadar saklab qolgan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida amaliy san'atning taraqqiyoti murakkab kechgan. Buning asosiy sabablaridan biri, unda yangi uslublar, yangi siymolar, yechimlar paydo bo‘lgan. Chor imperiyasi istilosidan so‘ng, mahalliy an'anaviy san'atning badiiy to‘qimachilik sohasida Rossiyadan keltirilgan ko‘pdan-ko‘p anilin bo‘yoklar ishlatilgan, kulollikda ruhli sirlar qo‘llanilgan va hokazo. Bu esa asta-sekin badiiy an'anani o‘zgarishiga olib kelgan. Masalan, badiiy metall sohasida naqshlar tizimiga hayvon, ko‘shk, memoriy obidalar tasviri ham kiritilgan. Kulolchilik sohasida ham yangi tasvirlar mavjud. Bular qatorida: musiqa asboblari, pichoq, miltiq, ko‘za, choynak, hayvonlar, ko‘shklar tasviri uchraydi. An'anaviy Buxoro matolariga kerosin lampa, zargarlik buyumlari, tumorlarda soat, chinni va boshqa mavzular joylashtirilgan. Badiiy so‘zanalarda mahobatlilikka intilish seziladi. An'anaviy to‘qimachilikda abr matolarning an'analari saqlangan. XIX asr zargarlik san'ati usullarning xilma-xilligi, shakllarga boyligi bilan ajralib turadi. Bosh, soch, peshona, chakka, bo‘yin, ko‘krak, qo‘ltiq, yelka, bel, quloq, bilak, burun taqinchoqlari shabaka, qoplama, qadama, zig‘irak, bosma, sovotkori, chizma, kandakori, sirlash, o‘yma, quyma ijro usullar bilan ishlangan. XIX asr yog‘och o‘ymakorligida ro‘zg‘or buyumlari, uy jihozlari, musiqa asboblarini bezashda ustalar o‘yma, bo‘yama va qadama usullaridan unumli foydalanishgan. O‘ymaning ikki turi — zaminsiz va zaminli turida yaratilgan naqshlar badiiy ifodaliligi bilan ajralib turgan. Naqqoshlik san'ati ham keng tarqalgan holda rivojlanib borgan. Amaliy san'atning turli sohalarida mahalliy maktablar saqlanib qolgan. Shu bilan birga biz amaliy san'atda individual yondashishni kuchayib borishini ko‘rishimiz mumkin. O‘sha davrda ishlagan usta-kandakorlardan S. Otaullaev, F. Otaullaev, I. Mukarramov; kulolchilikda rishtonlik ustalardan usto To‘xta, usto Abdulla, kattaqo‘rg‘onlik usto Hidoyat va boshqalar shular jumlasidan. Agar XIX asrning ikkinchi yarmi amaliy san'atida hayotni chuqur his etish, san'at turlarining, binobarin, foydalaniladigan materiallarning ko‘pligi, yuksak mahorat ko‘zga tashlansa, XX asr boshidagi amaliy san'atda soddalashtirishga intilish kuzatiladi. Shu bilan birga uslubiy birlikning yo‘qligi, qarama-qarshi an'analarni kuzatish mumkin. XX asrda O‘zbekiston amaliy san'atining taqdiri bir qadar mashaqqatli kechdi. Badiiy jihatdan bu davr tushkunlik an'analarini yengib o‘tish, o‘tmishning yaxshi an'analariga tayangan holda yangi taraqqiyot yo‘llarini izlash davri bo‘ldi. XX asr inson dunyoqarashiga, tafakkuriga katta o‘zgarishlar olib kirdi va bu jarayon san'at sohasida, aynan amaliy san'atda ham o‘z aksini topdi. 20—30-yillarda hunarmandchilikning ko‘p sohalari tiklandi. Umuman XX asr amaliy san'atining rivojlanishi yirik namoyondalar izlanishi bilan bog‘liq. Masalan, abrli matolarda A. Ahmedova izlanishlari, an'anaviy matoga gul bosishda A. Abdug‘ofurov, G. Qo‘ziev, K. Ko‘ziboev, kashtachilikda R. Rajabova, gilamdo‘zliqda G. Abdullaev, zargarliqda A. Abdurasulov, S. Pochchaev, K. Miroqovlar, kandakorliqda A. Hamidov, kulollikda T. Miraliev, M. Ismoilov, U. Shermatov va boshqalarni hissasi katta. XX asrning 30-yillarida badiiy sanoat sohasi rivojlana boshlandi. Lekin yuqori saviyadagi amaliy san'at asarlari badiiy hunarmandlik sohasiga oid bo‘lib qoldi. Bu davrda amaliy san'atning ayrim turlari notekis rivojlandi. To‘qimachilik, gilamchilik, do‘ppido‘zlik, kulollik taraqqiy etdi. Kandakorlik, yog‘och o‘ymakorligi va naqqoshlik o‘zining ahamiyatini yo‘qota bordi. Zardo‘zlik, mag‘zi paxtadan qilingan buyumlarni bezash kabi sohalar yo‘qolib ketdi. Mahalliy maktablar yo‘nalishlari asosida umummilliy xususiyatlar ortib bordi. 60—70-yillarda badiiy sanoatning yangi korxonalari yuzaga keldi. Bu qatorda biz Toshkent, Marg‘ilon to‘qimachilik kombinatlari, Samarqand fabrikasi, Toshkent zargarlik zavodi, Toshkent va Samarqand chinni korxonalari kabilarni aytib o‘tishimiz mumkin. Bu korxonalar omma ehtiyojini qoniqtirgan holda, an'anaviy hunarmandchilikka katta zarar ham keltirgan. 70-yillarning oxirida an'anaviy hunarmandchilik sohasida qayta tiklanish jarayoni boshlandi. 1978 yilda «Usto» birlashmasi tashkil qilindi. Bu uyushmaning bevosita ishtirokida kandakorlik, chitga gul bosish, lakli miniatyura sohalari tiklandi. Shu bilan birga amaliy san'at sohasida 70-yillarda yangi, an'anaviy bo‘lmagan bezak san'ati turlari paydo bo‘ldi. Bular qatorida noan'anaviy kulolchilik, vitraj, badiiy shishasozlik, gobelen, chinni, batik san'atlarini aytib o‘tish mumkin. Bu noan'anaviy bo‘lmagan amaliy bezak san'ati turlari ko‘proq tasviriy san'atga yaqin bo‘lgan holda, o‘ziga xos ijodiy izlanishlarni qamrab oladi. Bu san'at turlarini rivojlantirgan rassomlardan kulolchilikda S. Sultonmurodov, A. Kedrin, A. Yarovoy, U. Mamatboev, G. Sultonova; shishasozlikda A. Dudin; chinni san'atida Sh. Muminova; tobelen sohasida M. Churlu, V. Useinov; batik san'atida L. Sayfi, I. Kolesnikova, R. Miraxmedova, N. Kuchina va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Mustaqillik yillarida an'anaviy madaniyatta e'tibor kuchayib, O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan bir qator yangi korxonalar vujudga keldi. 1997 yil «Musavvir» ilmiy-tekshirish markazi qoshida «Hunarmand» assotsiatsiyasi tashkil qilinib, respublikadagi turli hunarmandchilikda ijod qilib kelayotgan ustalarni qamrab oldi. Bugungi kunda an'anaviy hunarmandchilikning yo‘q bo‘lib ketgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash jarayoni ketyapti. Hozirgi kunda badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, an'anaviy to‘qimachilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, do‘ppido‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik turlari juda rivojlangan. Davrimizning yetakchi ustalaridan kulollar A. Rahimov, S. Otajonov, Sh. Yusupov, R. Usmonov, A. Isoqov, A. Narzullaev, R. Zuxurov; kandakorlar M. Madaliev, D. Xolidova, G.Rahmatova,U.Aliev,O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov,G.Yo‘ldosheva, G.Tosheva; ganchkorlardan M.Murodov, X.Abdullaev, A. Muxtorov; yog‘och o‘ymakorlardan S. Xo‘jaev, M. Ibrohimov, O. Fayzullaev, A. Azlarov, S. Rahmatullaev; zardo‘z B. Jumaev; kashtachi Z. Obloberdieva va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Mustaqilik davrida badiiy sanoat va noan'anaviy bo‘lmagan amaliy bezak san'at turlari ham rivojlanib kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N. Qo‘zievaning asarlari mo‘jazgina ishlangan. O‘zbekiston zargarlik maktabining vakillari orasida E. Gostev, U. Xolmurodov, A Ulumbekova hozirda zamonaviy, noan'anaviy yo‘nalishda ijod qilmoqda. Tasviriy san'at. Zarautsoy, Soymalitosh, Sarmishsoy rasmlarida insonning tabiatga bo‘lgan munosabatlari ifodalagan. Ular asosan hayvonlar tasviri va ov lavhalarini aks ettirgan. Tasviriy san'atning rivojlanishi mil. av. IV asr — mil. IV asrda namoyon bo‘ldi. Bu davrda nafaqat rangtasvir yoki haykaltaroshlik rivoji, eng muhimi bu tasviriy san'at turlarining me'morchilik bilan uyg‘unlashganligini ko‘ramiz. Ushbu davrdagi haykaltaroshlik loy, gips, tosh kabi materiallarni o‘zlashtirib, inson qiyofalari (shohlar, ma'budlar, jangchilar, sozandalar, masxarabozlar, bolalar)ni gavdalantirgan. Dalvarzintepa devoriy rasmlarida mavzularning xilma-xilligi va ularning mahoratli ishlanganligani guvohi bo‘lishimiz mumkin. Devoriy rasmlar va haykaltaroshlikning bu davrdagi rivojlanishida diniy tushunchalar, turli etnomadaniy oqimlar katta ta'sir qilgan. Masalan, O‘zbekistonning janubiy hududi haykaltaroshligida (Ayritom frizi, Dalvarzintepadagi budda ibodatxonasi, Fayoztepa, Qoratepa) budda dini bilan bog‘liq bo‘lgan Gandhar haykaltaroshligi maktabi bilan aloqalar bor.6 IV—V asr asrlarda tasviriy san'atda inqiroz seziladi. Eftalitlar davrida mahobatli san'at yanada yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan. Bunday tasviriy san'atning nodir namunalaridan biri Bolaliktepa devoriy suratlaridir. Unda qahramonlar, tantanali lavhalar o‘z aksini topgan. V—VI asrlarda diniy e'tiqod va tasavvurlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san'atda ma'budalarning haykalchalarini yasash keng tarqalgan. Bu haykalchalar O‘zbekistonning turli viloyatlarida yashagan aholining antropologik ko‘rinishi, kiyim-boshlari, qurol-yarog‘lari va boshqalar to‘g‘risida tasavvur beradi. VI—VIII asrlar tasviriy san'atning taraqqiy etgan davri sifatida ajralib turadi. Bu davr tasviriy ijod mavzulari turli dinlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Tasviriy san'at asarlari — Budrach, Afrosiyob devoriy suratlari katta mahorat bilan ijro etilgan. Islom dinining kirib kelishi sekinasta devoriy rasmlarni chekladi. Lekin tasviriy san'at umuman yo‘q bo‘lib ketmadi. U o‘zining aksini mayda plastikada, bezak san'atining tasvirlarida topdi. XIV—XV asrlar tasviriy san'at tarixida Uyg‘onish davri deb ataladi. Temuriylar davrida miniatyura san'ati gullab yashnadi. Miniatyurachi rassomlarning ijodida chuqur diniy falsafa, tasavvuf tushunchalari va g‘oyalari o‘z aksini topdi. Bu jarayonda Behzod ijodi va uning maktabi alohida o‘rin tutadi. Unint shogirdlari qatorida Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib kabilarni aytishimiz mumkin. Behzod va uning shogirdlari noyob san'at asarlarini yaratishdi, dunyo madaniyatini boyitishdi. Temuriylar davrida tasviriy san'at faqatgina miniatyura sohasida emas, Amir Temur saroylari bezagida, hukmdorning oila a'zolari va safdoshlari rasmlari, jang lavhalari, bazmlar tasvirlari bo‘lganligi haqida ma'lumot mavjud. XVI—XVII asrlarda Buxoro, Samarqand, Shohruhiya shaharlarida kitobat san'atida ancha muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunga Mahmud Muzahhib, Chag‘ri Muxassin, Muhammad Murod Samarqandiy ijodlari namuna bo‘lishi mumkin. XVIII asrda madaniy hayotning keskin pasayishi kuzatiladi. XIX asrning boshlarida yaratilgan qo‘lyozmalardagi suratlarda avvalgi badiiy nafosat ko‘rinmaydi. Xind, qoshg‘ar, eron miniatyura maktablariga taqdid ortdi. XX asr boshida O‘zbekistonda ilk dastgohli ranggasvir paydo bo‘ladi. Uni hududga rus rassomlari, Badiiy akademiya talabalari V. Vereshchagin, N. Karazin, M. Zommer, S. Yudin, L. Bure, I. Kazakov va boshqalar olib kirdi. Ularning asarlarida mahalliy mavzular, xarakterli etnik tipajlar, tarixiy obidalarni aks ettirgan manzaralar o‘z ifodasini topdi. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng O‘zbek tasviriy san'ati uchun yangi bosqich boshlandi. Milliy rassomlarni tayyorlash jarayonida Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda tuzilgan badiiy maktablar, katta avlod vakillari L. Bure, N. Rozanov, I. Kazakov, A. Nikolaev, A. Volkov, P. Benkov, 3. Kovalevskaya qatnashdi. 20-yillar O‘zbekiston tasviriy san'atida ijodiy erkinlik, Sharq va G‘arb madaniyati badiiy an'analarining jo‘shqinligi o‘z aksini topdi. Realizm va avangard ijodiy yo‘nalishlari (ekspresionistik, abstrakt va b.) birgalikda rivojlanib keldi. 30-yillarda tasviriy san'atda sotsialistik realizm uslubi hukmron bo‘ldi. Aksariyat o‘zbek rassomlari avangard yo‘nalishidan sotsialistik realizm yo‘nalishiga o‘tdi. Asosiy san'at mavzularini o‘zbek xalqining turmush tarzi, tarixiy g‘oyalar, ishchilar bayramlari va obrazlari tashkil etdi. Dastgohli rangtasvirdan tashqari kitob grafikasi, dastgohli grafika, haykaltaroshlik sohalari ham rivoj topdi. Masalan dastgohli grafikada asosan portret va manzara janrlari rivojlandi. Mahobatli bezak haykaltaroshlik asarlari me'moriy majmualar tarkibiga kirib bordi. Bu davrda teatr rassomligi ham rivojlandi. 50-yillarda o‘zbek tasviriy san'ati sohasida Ch. Axmarov, O‘. Tansiqboev, N. Karaxan, R. Temurov kabilar samarali ijod qilgan. Ular qatoriga R. Ahmedov, M. Saidov, N. Qo‘ziboev, T. Oganesov, 3. Inog‘omov va boshqalar qo‘shilgan. Ular maishiy va portret janrining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar. Bu davrda grafika san'ati va haykaltaroshlik ham rivojlandi. 60-yillarda tasviriy san'atda ijod erkinligi ma'lum darajada hukm surdi. Buning natijasida rangtasvir rivojlana boshladi, turli badiiy an'analarni o‘zlashtirish, milliylikni izlash, mavzu va g‘oyani chuqur, ta'sirchan qilib ifoda etish asosiy yo‘nalishlarni mazmunini aks ettirdi. Haykaltaroshlikda portret janri rivojlandi. E.Aliev, X. Husniddinxodjaev, V. Lunev, V. Klevansev, A. Ahmedov, M. Musaboev, A. Rahmatullaev kabilar monumental haykaltaroshlikda izlanishlar olib borishdi. 70—80-yillarda O‘zbekiston tasviriy san'ati yanada yuqori pog‘onalarga erishdi. Umuman olganda tasviriy va ifodali vositalarni boyitish, ijodiy izlanishlarga kizikish ortdi. Rassomlar ijodida milliylikka xos bo‘lgan ifoda vositalariga e'tibor, an'anaviy qadriyatlarga intilish kuchayadi. Milliylik bilan bir qatorda avangard yo‘nalishlari (simvolizm, abstrakt san'at, ekspressionizm va boshqalar)ga qiziqish kuchayib bordi. Bu jarayon o‘zbek rassomlari J. Umarbekov, M. To‘xtaev, B. Jalolov, A. Mirzaev, V. Oxunov kabilar ijodida o‘z o‘rnini topdi. Ijodiy izlanishlar mustaqillik yillarida yanada kuchayib bordi. Bu davr rangtasvir san'ati turli-tuman uslublar ko‘lamining kengligi bilan farqlanadi. Akademik realizm, dekorativizm, milliy romantizm, abstraksionizm, instalyasiya ko‘rinishlari ko‘p jihatdan ijodiy dunyoqarashning kengayishidan dalolat beradi. Tasviriy san'atning turli sohalarini rivojlanishida 1997 yilda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mustaqillik davrida tasviriy san'atning turli sohalari va janrlari rivojlanib bordi. Masalan, ushbu davr haykaltaroshligida, asosan, tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko‘payishi barobarida uslubiy jihatdan yangilanish ham bir qator asarlarda ko‘zga tashlandi.A. Raxmatullaev, L. Ryabsev, I. Jabborov, R. Mirtojiev, J. Kuttimurodov, K. Norxo‘rozov kabi haykaltaroshlar mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borishsa, A. Hotamov, E. Esanov, S. Sharipov kabi rassomlar dastgohli haykaltaroshlikni rivojlantirishga harakat qilishdi. Mustaqillik yillarida uslubiy jihatdan o‘ziga xos rassomlar guruhi shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo‘lmoqda. Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og‘zaki ijodiyoti, turli xil rasm-rusm va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi. Ushbu davrda serqirra ijodkor rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N. Qo‘ziboev, R. Choriev, M. Nabiev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, S. Rahmetov, A. Mirzaev, N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S. Alibekov, A. Isaev, J. Usmonov, N. Shoabduraximovlarni aytishimiz mumkin. Ushbu yillardagi maqobatli san'at rivojlanishi ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an'analariga murojaat qilish bilan bog‘liq. Bu davrda yangi ma'muriy-ijtimoiy inshootlar, ko‘hna binolarni qayta tamirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo‘lgan yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san'at sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O. Habibullin, «Sanoyi-nafisa» guruhi, A. Buxorboev, A. Axmedshin kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.7 Mustaqillik yillari ko‘plab tadbirlar, xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlov, festivallar o‘tkaziladigan bo‘ldi. 2001, 2003 yillar uyushtirila boshlagan Toshkent xalqaro badiiy ko‘rgazmasi «Biennale» ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ko‘rgazmada o‘zbekistonlik rangtasvir ustalari bilan birga dunyoning ko‘plab mamlakatida rassomchilikning turli yo‘nalishlarida ijod qilayotgan taniqli mo‘yqalam ustalari o‘z asarlari bilan qatnashishdi. Xalqaro anjumanda san'at tanqidchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, AKSh, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Misr, Shveytsariya, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Estoniya, Gruziya, Kirg‘iziston va boshqa mamlakatlar rassomlari ishtirok etishdi. Shuningdek, xorijlik san'atshunoslar, olimlar va tanqidchilar ishtirokida Toshkent xalqaro badiiy ko‘rgazmasi doirasida «Zamonaviy badiiy jarayon — dolzarb muammolar va yo‘nalishlar» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman tasviriy san'at muammolarini hal qilishga xizmat qildi. Toshkent «Biennale»si XXI asr Sharq va G‘arb san'ati uyg‘unligidagi yangi g‘oyalarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. «Shu aziz Vatan — barchamizniki» mavzuida respublika festivalida respublikamizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi san'atkorlari o‘zlarining san'at va madaniyat sohasida erishgan yutuqlarini namoyon etishdi. Respublikamiz jamoatchiligiga, ayniqsa, Kashqadaryo, Andijon, Jizzax, Xorazm, Toshkent shahri va qoraqalpog‘istonliklarning ko‘rgazmalari manzur bo‘ldi. Jumladan, Toshkent shahrining ilg‘or xalq amaliy san'ati ustalari, haykaltarosh va rassomlari, shuningdek, ishlab chiqarish mahsulotlarining namunalari taqdim etildi. Zamonaviy san'at markazi — poytaxtimizning yangi antiqa madaniyat o‘choqlaridan biri sifatida o‘z faoliyatini katta tasviriy va amaliy san'at bayrami bilan boshladi. Bu maskan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligiga bag‘ishlangan «Eng ulug‘, eng aziz» ko‘rgazma bayrami bilan ochildi. Bu tadbirda O‘zbekiston san'atining keksa vakillari ijodiy estafetani XXI asr rassomlariga uzatdilar. Ushbu tadbirda O‘zbekistonning barcha hududlarida yashab ijod etayotgan san'atkorlarimiz o‘z asarlarini tomoshabinlar e'tiboriga havola qildilar. Mustaqillik yillaridagi ko‘rgazmalarda M. Nabiev, A. Ikromjonov, R.Choriev, R. Ahmedov, N. Qo‘ziboev, N. Shin, B. Boboev, J. Umarbekov, B.Jalolov, V. Burmakin, L. Ibrohimov; haykaltaroshlar A. Hotamov, T.Tojixo‘jaev, D. Ro‘ziboev, M. Borodina; grafik rassomlar M. Kagarov, A.Mamajonov, M. Sodiqovlar; yosh rassomlar D. Oxunboboev, A. Ivanova, A.Nikolaev, M. Aliev, V. Nechaeva, X. Ziyoxonov, X. Inog‘omova, G.Alimatova, A. Nurshina, K. Boboev kabi ko‘plab taniqli san'atkorlar ijodi barchaga manzur bo‘lmoqda. Shuningdek, A. Nur, V. Oxunov, G. Qodirov, G. Boymatov, R. Gagloeva, J. Usmonov, A Isaev, E. Is’hoqovlarning yangi qiziqarli asarlari tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling