«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan


Download 497.07 Kb.
bet5/27
Sana28.07.2020
Hajmi497.07 Kb.
#125023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
IMF-2


Raqs sanati. O‘zbek raqs san'ati qadimdan taraqqiy etib kelgan. IV—VIII asrlarda Samarqand, Buxoro, Toshkent raqqosalari xorijiy Sharq mamlakatlarida mashhur bo‘lgan. Zamonaviy o‘zbek raqsining tipologiyasini gavdaning nafis harakatlari, qo‘l, barmoq, yelka, bel harakatlarining uyg‘unligi tashkil qiladi.

O‘zbek raqsi ikki turga bo‘linadi: an'anaviy mumtoz raqs va xalq raqsi. An'anaviy mumtoz raqsi Farg‘ona («Katta o‘yin»), Buxoro («Maqom raqsi»), Xorazm («Maqom ufori») maktablaridan iborat. O‘zbek an'anaviy raqsida lirika, osmon va tabiat hodisalari aks ettiriladi, mehnat mavzulari, o‘lim qashusi, baxt va baxtsizlik ifodalanadi.

Xalq raqsi o‘z rangbarangligi bilan ajralib turadi, u turli janr va mavzularga boy. Xalq raqsi lirik, dramatik yoki kulgili bo‘lishi mumkin. Uning mazmunini inson va tabiatning o‘zaro munosabatlari, mehnat va turmush mavzulari tashkil qiladi. Xalq raqsi 2 turga bo‘linadi: yilning ma'lum davrida ijro etiladigan raqslar (bahorni qarshilash, hosil yig‘ish, birinchi egatni olish va h.k.) va bo‘sh vaqtlarda ijro etiladigan raqslar. Xalq raqslarida musiqa asboblari o‘rniga yog‘och qoshiq, qayroq toshlardan foydalaniladi, imo-ishora, mimika qo‘llaniladi.

1926 yilda birinchi o‘zbek davlat konsert-etnografik ansambli tuzildi. Uning asoschilari yetuk arbob Yusufjon qiziq Shakarjonov, doirachi usta Olim Komilov, shogirdi Tamaraxonim ommaviy raqslar yaratgan.

1936 yilda birinchi o‘zbek ashula va raqs ansabli tuzildi. 1956 yilda u «Shodlik» nomini oldi. Bu ansablning rivojlanishida xoreograflar Usta Olim Komilov, I. Oqilov, L. Petrosova, ye. Baranovskiy, M. Turg‘unboeva, keyinchalik A. Mo‘minov, Q. Mo‘minovlar qatnashgan.

1957 yilda mashhur raqqosa M. Turg‘unboeva tomonidan «Bahor» o‘zbek xalq raqs ansambli tashkil qilindi. Uning baletmesterlari: M. Turg‘unboeva (1957—78), Q. Mirkarimova (1979-88), R. Sharipova (1988-90), M. Ergasheva (1990 yildan) bo‘ldi.

1958 yilda «Lazgi» Xorazm ashula va raqs ansambli tuzildi. Bu raqs ansambllari zamonaviy o‘zbek raqsini rivojlantirdi. An'anaviy raqs shakllari va harakatlari asosida ommaviy va yakka ijro etiladigan raqslarda yevropa klassik va xalq raqsining ayrim usullari qo‘llanildi.

XX asr O‘zbekiston madaniyatiga balet san'ati ham kirib keldi. 1929 yildan O‘zbek Davlat musiqali teatri, uning qoshida tashkil qilingan raqs studiyasida o‘zbek raqqoslari yevropa klassik baleti bilan tanishdi. 1933 yilda respublika balet maktabi ishga tushdi. 1933 yilda birinchi milliy balet-pantomimasi «Paxta» baleti sahnalashtirildi. 1939 yilda Davlat musiqali teatri O‘zbek Davlat opera va balet teatriga aylantirildi. (1947 yildan Alisher Navoiy nomida, 1967 yildan hozirgi nomda).

O‘zbek balet tarixida «Shohida» baleti (baletmeyster A. Tomskiy, Usta Olim Komilov, M. Turg‘unboeva), «Gulandom» (baletmeyster I. Arbatov, Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, V. Gubskaya), «Oqbilak» (baletmeyster Usta Olim Komilov, M. Turg‘unboeva) spektakllari ilk qadamlar sifatida tanildi.

1947 yilda Toshkentda xoreografiya bilim yurti tashkil etildi. O‘zbek balet san'atini rivojlantirishda B. Qorieva, B. Zavyalov, V. Proskurina, K.Soatov, I. Yusupov. R. Sultonov, A. Abduraxmonov kabi san'atkorlar katta hissa qo‘shdi.

1964 yilda Samarqandda O‘zbekistonda ikkinchi Davlat opera va balet teatri ishga tushdi.

O‘zbekiston balet teatrlarida ko‘p yillardan beri P. Chaykovskiyning «Oqqush ko‘li», «Uyqudagi go‘zal», A. Adanning «Jizel», «Korsar», Shopen Glazunovlarning «Shopeniana», L. Minkusning «Don Kixot», L. Delibning «Koppeliya» spektakllari yangilanib, qo‘yilib turildi. Shu bilan birga, mahalliy baletmeysterlar tomonidan, jumladan, I. Yusupov «Spartak», «Korsar», «Zolushka», «Romeo va Juletta», G. Izmaylova «Bollero», «Don Kixot», «Sevgi afsonasi», «Boqchasaroy favvorasi», «Esmeralda» baletlarining varianti sahnalashtirildi.

Mustaqillik davrida balet teatrlarida milliy mavzuga e'tibor kuchayib boryapti. Mahalliy bastakor va baletmeysterlar o‘ziga xos milliy baletlarda yevropacha klassik raqsni shakllari bilan boyitmokda. Bu qatorda «Raqqosa», «Orzu», «Suhayl va Mehri», «Sevgi tumori», «Afsonalar vodiysida», «To‘maris» kabi milliy balet spektakllarni aytishimiz mumkin.

Kino san'ati. O‘zbek kino san'atining yuzaga kelishida birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan Devonovning o‘rni katta. U milliy urf-odatlar, xalq mehnati, tashvish va quvonchlarini o‘z lavhalarida ifoda etdi. 1919-yilda Respublika xalq maorifi komissarligi qoshida kinobo‘limi tashkil etildi. 1923 yilda bo‘lim o‘rniga Turkiston Davlat kino tashkiloti («Turk-goskino») yuzaga keldi. 1924 yilda O‘rta Osiyoda birinchi kino tashkilot «Buxkino» tashkil bo‘ldi. 1925-yilda «Buxkino», «Turkgoskino» birlashtirilib, «O‘zbekdavlat kino» tresti («O‘zbekgoskino»), uning qoshida esa «Sharq yulduzi» kino fabrikasi ochildi. 20-yillarning 2-yarmida milliy kino o‘zining asosiy an'analarini shakllantira bordi. Dastlab xronikal kino rivoj topdi. «Mirzacho‘ldagi paxta», «Moy ishlab chiqarish sanoati», «Tabiat va sog‘liq», «O‘zbekiston ayoli», «Eski shaharlar», «O‘zbekistonda xalq sayli» kabi filmlarda o‘zbek xalqi hayoti tasvirlangan.

30-yillarda kino san'atida M. Kayumov, X. Sulaymonov, A. Raximov, Sh. Zohidov, A Raxmonov, A Saidov kabi milliy kadrlar yetishib chiqdi. Ovozsiz kino davrida o‘zbek kinosining shakllanishida rus rejissyor va aktyorlar bilan birgalikda N. G‘aniev, K. Yormatov, R. Pirmuhamedov, S. Xo‘jaev, E. Hamroev, Y. A'zamov, M. Qayumov kabi kino vakillari salmoqli hissa qo‘shdi. 1937 yilda yaratilgan birinchi o‘zbek ovozli «Qasam» (rej.A. Usolsev) badiiy filmi madaniy hayotda muhim voqyea bo‘ldi. «Qasam» filmida ilk bor chuqur va hayotiy yoritilgan ayol obrazi berilgan. Birinchi ovozli fil'mlar qatorida «Azamat» (rej. A. Kordyum), «Asal» (rej.M. Yegorov, B. Kazachkov) keltirish mumkin. 1941—45 yillarda bir qator filmlar rus kinematografistlari tomonidan olindi. Ular bilan hamkorlikda o‘zbek rejissyorlari ham «Oddiy ish» (rej. 3. Sobitov), «Biz yengamiz» (rej. K. Yormatov), «Dovyurak do‘stlar» (rej. N. G‘aniev, ye. Bryunchugin) kabi filmlarni yaratishgan. 40-yillarda suratga olingan «Tohir va Zuhra», «Nasriddinning sarguzashtlari» (1945, 1946, rej. N. G‘aniev), «Alisher Navoiy» (1947, rej. K. Yormatov) kabi filmlar o‘zbek kinematografiyasining oltin fondidan o‘rin oldi.

50-yillarda o‘zbek kinematografiyasi safiga yangi avlod vakillari kelib qo‘shildi (rejissyorlar U. Nazarov, Sh. Abbosov, A. Hamroev, D. Salimov, E. Eshmuhamedov, Q. Kamolova; operatorlar H. Fayziev, D. Fatxullin, L. Travitskiy, G. Eftimovskiy; rassomlar E. Kalantarov, ye. Puigin, N. Rahimboev). Ularning mexnati samarasi sifatida «Boy ila xizmatchi», «Qutlug‘ qon», «Maftuningman», «Furqat», «Farzandlar» kabi filmlar yuzaga keldi.

60-yillarda o‘zbek kinosi yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Filmlarning janr va mavzui sezilarli darajada kengaydi. Tarixiy va sarguzasht tasmalar, tarixiy filmlar, film-spektakllar, zamonaviy mavzudagi filmlar kinostudiya repertuaridan o‘rin oldi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, inson ichki dunyosini ochib beruvchi filmlar — kino rivojining asosiy tendensiyasiga aylandi. Zamonaviy filmlarda qahramonlarning kundalik hayoti, ularning orzu-umidlari, muhabbat, odob-axloq muammolari ko‘tarildi. «Mahallada duv-duv gap» (1960, rej.Sh.Abbosov), «O‘tgan kunlar» (1969 y., rej. Y. A'zamov), «Osiyo ustida bo‘ron», «Inqilob chavandozlari» (1964, 1968, rej. K. Yormatov), «Ulug‘bek yulduzi», «Natashaxonim» (1965, 1966, rej. L. Fayziev) kabi ko‘pdan-ko‘p filmlar o‘zbek kinosi fondini boyitdi.

70-yillar kinosi turli janr va mavzularni o‘ziga qamrab oldi. Bu davrda ishlangan «Qora konsulning halokati» (1970, rej. K. Yormatov), «Yoz yomg‘iri» (1970, rej. A. Kabulov), «Sevgi fojiasi», «Abu Rayhon Beruniy», «Olovli yo‘llar» (1971, 1974,1975—84, rej. Sh. Abbosov) kinolari ham shunday filmlar jumlasidan. 80-yillar o‘zbek kinosiga yangi aktyorlar avlodi qo‘shildi. Bular ishtirokida U. Alixo‘jaev, M. Rajabov, Sh. Ergashev, P. Saidqosimov, R. Sa'dullaev, R. Zokirova, T. Shokirova, B. Zokirov, D. Qambarova, O. Bakirova, D. Egamberdieva bor edi. «Alibobo va qirq qaroqchi» (1980, rej. L. Fayziev), «Parol' «Regina» mehmonxonasi» (1984 y., rej.Y. A'zamov), «Kelinlar qo‘zg‘oloni» (1984, rej. M. Abzalov), «Bo‘ysunmas» (1983, rej. A. Kabulov) kabi turli filmlar suratga olindi.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy, siyosiy o‘zgarishlar tufayli o‘zbek kinosida ham keskin burilishlar yuz berdi. Shu davrda Davlat kinokompaniyasi tashkil etildi. «Inson», «Yulduz», «Iymon», «Vatan», «5-studiya» mustaqil studiyalar yuzaga keldi. Natijada kino sohasi yana ham kengaydi. «Temir erkak» (1991, rej. I. Ergashev), «Kammi» (1991, rej. J. Ayziev), «Kim jinni» (1992, rej. A. Hamroev), «Dallol» (1993, rej. B. Odilov), «Qarib quyulmagan» (1993, rej. M. Abzalov), «Taqdir eshigi» (1994, rej. L. Fayziev), «Bomba» (1994, rej. 3. Musoqov) kabi filmlar shu davrda olindi.

Uzbek kinematografiyasida bolalar kinosi, ilmiy ommabop va hujjatli filmlar, multiplikatsion kino ham muhim o‘rin egallaydi.

Ushbu davrda o‘zbek kinosida uslub va janr imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi muayan izlanishlar ijobiy samaralar bermoqda.

Jumladan:

ijodkorlarimizda kino janrlari diapazoni, uslublar rang-barangligi, badiiy mahorat, an'ana va navatorlik masalalariga yondashuvda o‘ziga xoslik yuzaga keldi;

turli mavzular, detektiv, komediya, tragediya, melodrama, dahshatli, fantastika kabi janrlarda filmlar suratga olinib, kinoijodkorlarimiz uchun o‘z mahoratini sinab ko‘rishga qulay imkoniyat va sharoitlar yaratildi;

yangi davrning o‘ziga xos milliy kinodramaturgiyasi shakllandi. O‘zbek filmlariga yangi mavzu, yangi qahramon kirib kelishi kuzatildi;

kinoijodkorlarda milliy an'analarga munosabat va yangicha qarashlar paydo bo‘ldi.

turli xil xususiy-tijorat kinostudiyalari tashkil topdi. Hozirgi kunda respublikamizda kinomahsulot ishlab chiqaruvchi 65 ga yaqin studiya mavjud.

Shuni e'tirof etishimiz lozimki, kino san'atimiz o‘zining milliy qiyofasi bilan dunyoga chiqa oldi. Sh. Abbosov, R.Muhammadjonov, Yu. Roziqov, 3. Musoqov, J. Qosimov va boshqa mahoratli rejissyorlarimiz kinofilmlari ko‘pgina xorij festivallarida mukofot va sovrinlarga sazovor bo‘ldi. «Abdullajon» (1991 yil, rej. 3. Musoqov) O‘zbekiston kino festivalda «Eng yaxshi o‘zbek filmi» Oltin Grifoni bilan mukofotlangan. Yaponiyadagi chet davlatlar filmlari reytingida 7-o‘rinni egallagan, «Yulduzingni ber, osmon» (1995 yil, rej. F. Davletshin) 1995 yil Anqaradaga Xalqaro KFda «Musiqiy janri uchun» Billur globus sovriniga ega bo‘lgan; «Voiz» (1998 yil, ssenariy muallifi va rej. Yu. Roziqov) 1999 yili Anapa shahrida o‘tkazilgan MDH va Boltiqbo‘yi davlatlari kino festivalda Granpri bosh sovrini bilan taqdirlangan, «Fellini» (1999 yil, ssenariy muallifi va rej. N. Abbosov) 2000 yil «Eng yaxshi rejiseyorlik ishi uchun» milliy mukofotiga ega bo‘lgan. Ushbu film 2001 yil Varshavada «Zolotoy krest» sovrini bilan taqdirlangan, 2003 yil Shveytsariyada bosh diplomlardan biriga sazovor bo‘ldi, 2003 yil Avstriyaning Izburg shaxrida Granpri mukofoti bilan takdirlangan.

«Qor qo‘ynida lola» (2003 yil, rej. A. Shahobiddinov, Yo. To‘ychiev) filmi 2004 yilda «Ijodiy parvoz» festivalida Gran-pri mukofotini olgan. 2006 yilda «Orzu ortida» (2004 yil, ssenariy muallifi va rej. Yo. To‘ychiev) filmi «Ijodiy parvoz» festivalida «Eng yaxshi operatorlik ishi uchun» mukofotlangan, 2006 yilda Fransiya kino festivalda Gran-pri sovrinini olgan, 2006 yil Qozog‘istondagi «Shaken yulduzlari» festivalida diplom bilan taqdirlangan.

«Chashma» (2006 yil, ssenariy muallifi va rej. Yo. To‘ychiev) Moskvadagi xalqaro kino festivalda «Perspektiva nominatsiya» bo‘limida Gran-pri sovrini bilan mukofotlangan.

Rejissyor 3. Musoqov Yaponiya, Germaniya mamlakatlari bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatdi. Yu. Roziqovning «Dilxiroj» filmi dunyoning mashhur filmlarini to‘plovchi Yaponiya kino muzeyiga qo‘yildi. Mazkur asarni Germaniya, Fransiya telekompaniyalari sotib oldilar, Rossiya kinoshunoslari iqtidorli o‘zbek ijodkori «Yusuf Roziqov rejissurasi fe-nomeni»ni o‘rganishga kirishdilar.

O‘zbek kino olamiga rejissyor-ssenaristlardan Ayub Shahobiddinov, Yolqin To‘ychiev, yosh aktyorlar Ra'no Shodieva, Bobur Yo‘ldoshev, Farrux Soipov, Ulug‘bek Qodirov, Dilshod Kattabekov kabi iste'dodli yosh iste'dodlar kirib keldi.

Sirk san'ati. Arxeologik materiallar, qadimgi devoriy rasmlar sirk san'atining qadimdan rivojlanganligini ko‘rsatadi. «Avesto»da bayon qilinishicha, bayramlarda, sayillarda chavandoz, masxaraboz, polvonlar ham ishtirok etishgan. Tuproqqal'a, Bolaliktepa, Xolchayon, Dalvarzintepa, Afrosiyobda masxarabozlarning haykalchalari topilgan. Ko‘chmanchi xalqlarda ham chavandozlik, tuyani boshqarish va o‘yin ko‘rsatish keng tarqalgan. Turkistonlik chavandozlar uzoq ellarda ham turli bayramlarda qatnashgan.

Amir Temur davrida katta tantanalarda dorbozlik o‘yinlari namoyish qilinib, chavandozlar mashqlar bajargan, muallaqchi, nayrangbozlar o‘z hunarini ko‘rsatgan. Shu davrga oid qo‘lyozmalarda sirk san'ati haqida ma'lumotlar ham bor. Masalan, Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarida, Vosifiy asarida shunday ma'lumotlar uchraydi.

XVII—XVIII asrlarda turkistonlik san'atkorlar Rossiya shaharlarida ham o‘z tomoshalarini ko‘rsatishgan. XX asr boshigacha Xorazm, Buxoro saroylarida hayvonlar sirki keng tarqalgan. Shu bilan birga, Turkiston mintaqasida Rossiya, G‘arbiy yevropa mamlakatlari, Xitoy, Hindiston, Afg‘onistondan san'atkorlar o‘z tomoshalarini ko‘rsatgan.

O‘zbek sirkining rivojiga dorboz Toshkanboevlar, chavandoz Zaripovlar, ot ustida turli murakkab mashqlar bajaruvchi Xo‘jaevlar, muallaqchi Madaliev-Ro‘zixo‘jaevlar, qiziqchi, masxaraboz Yusupov va boshqalar muhim hissa qo‘shganlar. O‘zbekistonda sirk san'ati avloddan-avlodga saqlanib kelyapti.

Tadqiqotchilar aytishicha, 1942 yil ilk bor o‘zbek sirki jamoasi tuzildi. Jahon sirkidagi barcha tur o‘yinlar — hayvon va parrandalarni ko‘rsatish (O. Zaripova va b.; yo‘lbars o‘ynatuvchi F. Yunusov; ayiq va bo‘g‘ma ilon o‘ynatuvchi ota-bola Matchonovlar), chavandozlik (Karima Zaripova); dorbozlik (Mamatovlar), havoda va yerda muallaqchilik (Yunusovlar); masxarabozlik (Qamashovlar) va boshqa o‘yinlar ijro etib kelingan. O‘zbek sirki artistlari turli mamlakatlarga ijodiy safarlarga chiqib, o‘zbek sirki san'atini jahonga namoyish etmoqda.

Yosh mutaxassislar an'anaviy o‘zbek sirk ustalari tomonidan «ustoz-shogird» tarzida, shuningdek, Toshkent estrada va sirk san'ati studiyasida tayyorlanadi.

Mustakillik davrida zamonaviy o‘zbek sirk san'atida ikkita yo‘nalish mavjud: professional va an'anaviy sirk. Professional sirk namunalari Toshkent sirki maydonida va «Sahnadagi sirk» ko‘chma jamoalari tomonidan namoyish etilsa, an'anaviy sirk respublikamizda keng tarqalgan bo‘lib, asosan, oilaviy guruhlar sifatida shakllangan va boy an'analar bilan shakllanmoqda. Milliy sirk san'ati qisqa vaqt ichida ravnaq topdi va xalqaro sirk maydonida munosib o‘rin egalladi.

«O‘zbekdavlatsirk» birlashmasi, o‘zbek milliy sirk san'ati ustalari qunt bilan mehnat qilganliklari ajoyib samara berdi. Tomoshabinlar talabiga to‘la javob beradigan badiiy yuksak, raqobatbardosh sirk asarlari yaratilmoqda. Sirk dasturlarida asosiy o‘rin tutgan yirik shakldagi sirk asarlari, ya'ni attraksionlar sahnalashtirilib taqdim etildi. F. Yunusovning «O‘rgatilgan yo‘lbarslar»i, N. Alievaning «Ikki pog‘onali dor», K. Karaevning «Chavandoz yigitlar», R. Sharabiddinovning «Tuya ustida akrobatlar» atraksionlari shular jumlasidan.

So‘ngi yillarda «Sahnadagi sirk» repertuari bir necha yangi tomoshalar bilan boyidi. Ular orasida T.Tojiboevning «Sehrli shou»,M.Toshkanboevning «O‘zbekiston darbozlari», B. Axnazarov va F. Axnazarovlarning «Polvonlik dostoni», T. Galimovning «O‘rgatilgan ayiqlar» tomoshalari o‘rin olgan.

5-Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyat va jamoatchilik nazorati

Reja:

1.Jamoatchilik nazorati tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.

2.Buyuk sharq allomalarining jamoatchilik nazorati borasidagi qarashlari.

3.Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo’nalish va mexanizmlari.

4.Madaniyat muassaslarida jamoatchilik nazorati.
Tayanch so‘z va iboralar:Davlat boshqaruvi, jamoatchilik nazorati, murosaviy

muvozanat, madaniyat xodimi, to'garak a’zolari,mexanizm, madaniyat muassasalari
Jamoatchilik nazorati tushunchasi va uning mazmun-mohiyati. Mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijalari dunyo hamjamiyati tomonidan yakdil e'tirof etilmoqda hamda har bir O‘zbekiston fuqarosi hayotida namoyon bo‘lmoqda. Istiqlol yillarida aholining farovonlik darajasi 1990 yilga nisbatan 4 barobar yuksaldi. Butun dunyoda tan olingan Angliyadagi nufuzli “Inssad” instituti tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy farovonlik darajasiga ko‘ra 64-o‘ringa ko‘tarilganligi alohida e'tiborga loyiqdir. Taqqoslash uchun 1988 yilda Sobiq SSSR o‘zining ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra dunyodagi nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlardan ham ancha ortda edi. O‘zbekiston Respublikasi esa umumiy rivojlanish darajasiga ko‘ra, har tomonlama qoloq bo‘lgan SSSR tarkibidagi 15 ta Respublikalar orasida 12-o‘rinda edi. Demak, istiqlol sharofati bilan o‘tgan yillar ichida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar guvohi bo‘lib turibmiz.

Istiqlol tufayli hamda izchil joriy etilayotgan oqilona islohotlar natijasida mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati, aholining intelektual salohiyati barqaror rivojlanib bormoqda. Mamlakatimiz bilan turli yo‘nalishlarda hamkorlik qiluvchilar, iqtisodiyotimizga investitsiya kirituvchilar safi kundan kunga kengaymoqda. Ayni paytda shuni ta'kidlash zarurki, tezkor hayot sur'atlari bu borada davlat va jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli faoliyat ustidan jamoatchilik nazoratini tizimli yo‘lga qo‘yishda nafaqat bevosita balki bilvosita usullar va shakllardan ham, ya'ni, ommaviy axborot vositalari va internetdan foydalanishni kun tartibiga qo‘ymoqda.

Mustaqillik tufayli yurtimizdagi davlat tuzilmalarida, u madaniyat, ta'lim muassasasi yoki fabrika bo‘ladimi, tadbirkorlik yohud fermerlik xo‘jaligi bo‘ladimi, qat'iy nazar, jamoatchilik nazoratini bevosita yo‘lga qo‘yishga mas'ul bo‘lgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi, “Kamolat” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa davlat hamda nodavlat notijorat tashkilotlar xususan, madaniyat muassasalari faoliyat yuritishi mamlakatimiz qonunlarida belgilab qo‘yilgan.

Shu boisdan ham jamoatchilik nazorati ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqarish mexanizmi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ijtimoiy sohaga davlatimiz tomonidan har yili byudjet mablag‘larining 60 foizi yo‘naltirilishi ham jamoatchilik nazoratining moddiy potensialini kuchaytiradi.

Bugungi kunda tadbirkorlar, oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari, o‘rta umumiy ta'lim pedagoglari, qo‘shma korxonalarning ishchi-xodimlari, tijorat sohasi bilan mashg‘ul aholi vakillari, bank xodimlari, individual tarzda faoliyat yurituvchilar kasanachilik, qurilish, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan aholi vakillarining aksariyati o‘ziga to‘q va farovon hayot kechirayotganlari barchaga ma'lumdir. Ta'kidlash zarurki, ana shu yuqorida sanalgan soha va kasb sohiblarining umumiy statistik miqdori ham mamlakatimizda amalda bo‘lgan jami mehnat resurslarining deyarli yarmini tashkil etadi.

Ma'lumki, O‘zbekiston o‘zining milliy strategiyasini e'lon qildi. Bu strategiya rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan munosib va mustahkam o‘rin olishdan iboratdir. Hozirgi bosqichda esa mamlakatimiz dunyo hamjamiyati davrasidan o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Endigi vazifa yuksak taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilish ekan, ana shu oliy maqsadlarga erishishda sub'ektiv omil – ya'ni, odamlarning ijtimoiy-intellektual madaniy faolligi, yangi faol informatsion – madaniy muhitga aholining nafaqat adaptatsiya bo‘lishi, balki, shu yuksak intellektual, bunyodkorlik, madaniy-estetik muhitini yaratish harakatini keng targ‘ib etish muhim ahamiyatga egadir.

Ta'kidlash joizki, G‘arb mamlakatlari aholisi, xususan, siyosiy oppozitsiya vakillari davlat tuzilmalari faoliyati, turmush tarzi va hayot farovonligi darajasiga baxo berishda asosan negativ pozitsiyadan turib yondoshuvchi G‘arb sotsiologiyasi metodologiyasiga tayanadi. O‘zbekistonda esa azal-azaldan bir-biriga ko‘maklashuv, xayrixox, yondoshuv, yaxshiga rag‘bat, jamoaviylikka tayanuvchi metodologiya asosidagi yondoshuv amal qiladi.

O‘zbek xalqi mohiyat e'tiboriga ko‘ra pozitiv mentalitetga egadir. Har qanday davlat esa shu mamlakatda yashovchi xalq mentalitetining ifodasidir. Bugungi kunda hayotimizdagi pozitiv jihatlarni shunchaki qayd etish emas, balki asoslangan, har tomonlama isboti aniq, xolis va pozitiv ma'lumotlarni axoliga targ‘ib etish orqali shukronalik tarbiyasini kuchaytirib borish ham madaniyat muassasalaridagi jamoatchilik nazorati zimmasida deyish mumkin.



Buyuk sharq allomalarining jamoatchilik nazorati borasidagi qarashlari.Jamoatchilik nazorati konsepsiyasi xalqimiz tarixida asrlar mobaynida erishilishi mushkul bo‘lgan orzu, ideal bo‘lib kelgan. Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida ijtimoiy nazoratga erishish yuqori madaniyat, faqat ilm-fan, ma'rifat darajalariga ega bo‘lgan orif jamoalargagina nasib etadi, ma'rifatga ega bo‘lmagan xalqlar esa, hukm bilan boshqarilishga moyil bo‘ladilar, deb ta'kidlaydi. Ulug‘ Xitoy mutafakkiri Konfutsiy ham aholini ahloq, madaniyat, ma'rifat bilan tarbiyalash, bir so‘z bilan aytganda jamiyatda jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yilsa, mamlakatdagi tinchlik, ijtimoiy barqarorlik mustahkam bo‘ladi deydi: “Raiyat amru farmonlar bilan idora qilinib, jazo choralari bilan tizginlab turilsa, garchi xalq faqat jinoyat sodir etishdan vaqtincha forig‘ bo‘lsalar-da, jinoyatning isnod ekanini his qilmaydilar. Axloqiy me'yorlar bilan idora qilinib, adab-taomil (ma'rifat) bilan tiyib turilsagina raiyat halol va or-nomusli bo‘libgina qolmay, balki o‘zini o‘nglab ham olgay”. (Konfutsii “Muhokama va bayon” T., yangi asr avlodi 2013 y., 56-bet.). Demak jamoatchilik nazorati nafaqat odamlarni jamiyat talablari asosida mu'tadil yashab yurishlarini ta'minlaydi, balki, ularning hayot sifatlarini yaxshilash, o‘zlarini o‘nglab olish imkoniyatlarini ham oshiradi.

Abu Mansur al-Moturudiy ham inson shaxsi ma'naviyati va mavqyeini turli ijtimoiy-siyosiy, kerak bo‘lsa, diniy tazyiqlardan himoya qiluvchi jamoaviylik zarurligiii asoslab, bu jamoaviylikka o‘zaro kelishuv negizida erishish mumkinligini orzu qilib, xalq tinchligi, totuvligi va taraqqiyoti faqat odamlararo murosa muvozanati yuzaga kelgandagina amalga oshishini bashorat qilgan edi.

Ulug‘ bobomiz bashorat qilgan ana shu murosaviy muvozanat holatlariga istiqlolning o‘tgan murakkab yillari mobaynida erishganimiz ulug‘ saodatlardan sanaladi.

Buyuk mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Bobur, Alisher Navoiy asarlarida o‘sha davr davlat boshqaruvi, voqyelik hamda holatlar tahlilida avval ijobiy jihatlar, erishilgan yutuqlar e'tirof etilib, so‘ngra muvafaqqiyatlarni rivojlantirish yo‘lidagi muammo va kamchiliklarni ob'ektiv hamda ratsional tarzda, bir so‘z bilan aytganda, muammolarni odamlarga maqbul tarzda hal etish yo‘lida ish tutish an'anasiga asos solishgan. Aynan ana shunday yondoshuv milliy-madaniy qadriyatlarimizni asrash xalqimiz mentalitetiga sodiqlik hamda voqyelik barqarorligini, tinchlikni ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirgan.



Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yo’nalish va mexanizmlari.Sobiq ittifoq davrida katta avlod vakillariga yaxshi tanish bo‘lgan “Davlat nazorati”, “Xalq nazorati”, “Davlat inspeksiyasi”, “KGB”, “Partiya nazorati” singari tekshiruvlar orqali odamlarni qattiq siquvga olish siyosati amal qilar edi.

Sho‘rolar davrida davlat odamlarni yalpi tarzda o‘z nazorati ostida ushlab kelgan bo‘lsa, istiqlol tufayli odamlar, ya'ni, jamoatchilik davlatni o‘z nazoratiga olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu ijtimoiy holat mustaqillik davrida erishilgan eng muhim yutuqlarimizdan biridir.

Mamlakatimizda tinchlikni asrash, qadrlash va tinchlik uchun kurashish muhim umumilliy vazifalardan sanaladi. Tinchlik omilining ijtimoiy hayotimizdagi o‘rni va rolini qadriyat darajasida targ‘ib etish masalaning bir jihati bo‘lsa, uning ikkinchi jihati tinchlik uchun kurashish darajasining jamiyatning turli qatlamlari vakillari orasidagi holatini o‘rganib borish ham jamoatchilik nazorati vazifalardandir.

Yurtboshimiz ta'biri aytganda, “Ishlaydigan 1 ta, nazoratchi 2 ta bo‘lsa ish ketmaydi”. Yurtboshimiz jamoatchilik nazoratining saviyasi yuqori bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib, bir usul o‘rniga ikkinchi yaxshiroq usulni joriy etish jarayonlarida jamoatchilikning nazorati ayniqsa, kerakligini alohida qayd etdilar. Shu boisdan ham hozirgi kunda jamoatchilik nazorati samaradorligini ta'minlash uchun “Ijtimoiy sherikchilik”, “Ommaviy axborot vositalari haqida”, “Jamoatchilik nazorati” ga doir yangi qonunlar qabul qilinayotgan muxim ahamiyatga egadir.

Jamoatchilik nazorati mohiyat e'tiboriga ko‘ra, davlat tashkilotlaridagi mutassadi shaxslar va rahbarlarning mas'uliyatni o‘z bo‘yniga ola olish holati qandayligini baholashni ifoda etadi: “Mas'uliyat uchun esa, deb ta'kidladi yurtboshimiz, - rahbarlarda dastavval yuksak malaka va chuqur javobgarlik hissi rivojlangan bo‘lishi kerak”.

Kuchli fuqarolik jamiyatining muhim jihatlaridan biri - odamlarning davlat tuzilmalari bilan o‘zaro aloqalari bevosita, ya'ni, individual yondoshuv tarzida emas, balki, bu munosabatlarning asosan bilvosita, ya'ni, jamoat tashkilotlari orqali amalga oshirilishidir. Istiqlol yillarida mamlakatimizda jamoat tuzilmalari tashkil etilishi jarayonlarini har tomonlama rag‘batlantirish, aholini imkon qadar ko‘proq korporativ asoslarda birlashuvini ta'minlash bilan birga, davlat tuzilmalarining faoliyati ustidan tizimli jamoat nazoratini yo‘lga qo‘yishdan iborat yalpi ijtimoiy harakatga ham asos solindi.

Ijtimoiy nazorat jarayonlari kishilariing o‘zaro jamoaviy birikuvlari, nodavlat tashkilotlar mavqyeining mustahkamlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi bois, mazkur harakatni quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

1. Madaniyat va aholi dam olish markazlari aholi turli tabaqalari, ijtimoiy qatlamlar psixologiyasi va intilishlariga monand faol jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi klublar, uyushmalarni tarkib toptirish.

2. Madaniyat muassasalarida o‘zbek xalqi mentalitetidagi jamoaviylik tabiatini inobatga olib, ma'raka-marosimi hamda to‘y tadbirlarini ixcham va tartibli o‘tkazishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

3. Yoshlar faolligini ta'minlovchi turli to‘garaklar faoliyatini aholining turar-joylari (mahalla, qishloq guzarlari), kasb – kor, mehnat faoliyatlari kechuvchi muassasalarda hamda madaniyat va aholi dam olish markazlarida, tashkil etish ishlarini jamoatchilik nazorati ostiga olish.

4. Aholining etnik-sulolaviy yoki mintaqaviy birlashuvlariga emas, balki ma'naviy ehtiyojlar, saviya, did, qiziqishlaridan iborat korporativ asoslarda uyushuvga intilishlarini yanada rag‘batlantirish.

5. Madaniyat va aholi dam olish markazlarida atrof-muhit va ekologiya himoyasi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi uyushma va to‘garaklarni tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.

Prezidentimizning jamoatchilik nazorati konsepsiyasidan ayni chog‘da aholining ishlab chiqarish, ta'lim va boshqa tuzilmalari bilan qamrab olinmagan qatlamlari orasida ham amalga oshiriluvchi ishlarni ham faollashtirishni ko‘zda tutadi. Shu boisdan ham jamoatchilik nazorati kansepsiyasi nafaqat davlat tuzilmalari ishini, balki o‘zgarayotgan makon va zamon jarayonlari mahsuli bo‘lgan jamiyat tarkibini ham doimiy e'tiborda tutib borishni kun tartibiga qo‘yadi.

Jamoatchilik nazorati ayni chog‘da mavjud nodavlat tashkilotlar, jamg‘armalar, partiyalar ishlarining ham samaradorlik darajalarini muntazam ravishda orttirishga da'vat beradi. Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 4 ta partiya, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, ko‘plab nodavlat notijorat tashkilotlar va jamg‘armalar faoliyat yuritmoqda. Mazkur jamoat tashkilotlari ham nodavlat institutlar sifatida muayyan faoliyatlarni amalga oshirayotgan bo‘lsada, ularning aksariyati asosan o‘zining ijtimoiy negiziga, o‘z qatlamlari, xayrixohlari manfaatlarini ifoda etishga e'tibor qaratadi. Tabiiyki, partiyalarning hokimiyatga intilishlari nechog‘li tabiiy hol bo‘lsa, joriy, kundalik va muntazam faoliyatlarda o‘z firqadoshlari qiziqishlari, maqsad va intilishlari, turmush tarzi, manfaatlarining eng tayinli ifodachisi bo‘lishi ham shunchalik zarurdir. Zero, inson maqsad va manfaatlari mushtarakligi negizida o‘z hayotini tashkil etadi. Xalqimizning o‘z tomiriga ko‘proq tayanishga bo‘lgan kuchli maylini inobatga olish, mentalitet xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutish nodavlat tashkilotlar samaradorligini ta'minlashi shubhasizdir. Binobarin, jamoat nazoratining ijtimoiy kuchi fuqarolik institutlarining davlat va jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta'sir darajasining nechog‘li ekanligiga bevosita bog‘liqdir.

Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan xalqimizning bunyodkorlik faoliyatlarini ulug‘ mo‘ljallar yo‘liga effektiv yo‘naltirish borasida qilinayotgan sa'y-harakatlari negizida ana shunday maqsadlar mujassamdir. “Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi, - deb ta'kidladi Yurtboshimiz, — avvalo jamoatchiligimiz, keng ommaning faolligini oshirish va shu bilan birga ularning davlatimiz va jamiyatimizni boshqarish masalasiga ko‘proq jalb etishdir, desak ayni haqiqat bo‘ladi”.


Download 497.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling