Ijtimoiy pedagogik texnologiya strukturasi va mazmuni reja: Ijtimoiy- pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati Pedagogik texnologiya turlari va ta’riflari
Download 38.75 Kb.
|
ijtimoiy pedagogik texnologiya strukturasi va mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik texnologiya
Kurs ishining maqsadi. Ijtimoiy-pedagogik texnologiyalarni amalda qo’llanishini o’rganish sturturasi va mazmuni haqida tushuncha olish;
Berilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi: - Ijtimoiy pedagog tushunchasiga aniqlik kiritish; Texnologiyalar tushunchasiga ta’rif berish Dastlab "texnologiya" tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at, mahorat, hunar va "logos" (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" ma’nosini anglatadi. Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak, ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir. Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd etadi. Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o’ziga xos jihati tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o’zining ko’p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik to’liq namoyon bo’lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bog’liq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo’ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog’liq. Pedagogning belgilangan o’quv-tarbiya vazifalarini me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan talablar asosida yo’l qo’yiladigan chegaraviy ko’rsatkichlar doirasida bajarish holati ishlash qobiliyati deb atalishi mumkin. Demak, u yoki bu fan o’qituvchisining mahoratini aniqlashda uning faoliyati davlat ta’lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga nechog’lik mos kelishi nazarda tutiladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Download 38.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling