Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet112/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Delinkvent va kriminal. Jinoyat sodir etgan kishini kriminal shaxs deyishadi. Qotillik, zo‘rlash, noinsoniy xatti-harakatlar har doim deviasiya hisoblanib kelingan. Delinkventlik tushunchasi ostida jinoiy javobgarlikka tortish talab etilmaydigan huquqbuzarlik harakatlari nazarda tutiladi. Mamlakatimiz olimlari va mutaxassislari voyaga yetmaganlarning qonunga xilof xatti-harakatlarini delinkvent, voyaga yetgan shaxslarnikini esa jinoiy (kriminal) harakat sifatida baholaydilar. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi kattalar jinoyatchiligidan o‘ta xavfli emasligi, jinoyatni amalga oshirish usullarining oddiyligi, soddaligi oldindan pishiq-puxta o‘ylanmaganligi, yosh davri xususiyatlarining aks etib turishi bilan farqlanadi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi asosan o‘g‘irlik, bezorilik, talonchilik, o‘zgalarga tan jarohati yetkazish kabi turlarga to‘g‘ri keladi. Deviasiyaning pedagogik-psixologik sabablariga aqli zaiflik, psixopatiya, degeneratlik va shu kabilarni kiritish mumkin.

Voyaga yetmaganlarda xulq og‘ishining ilk ko‘rinishlari odatda o‘quvchining o‘quv va mehnat faoliyatidan bosh tortishi, fanlarni o‘zlashtirmasligida namoyon bo‘ladi. O‘qimaslik, tizimli ravishda topshiriqlarni bajarmaslik, dars qoldirish o‘quvchi bilimidagi bo‘shliqlar bilan izohlanib, o‘qishni davom ettirish imkonini qoldirmaydi. Natijada o‘quvchining aksilijtimoiy kayfiyatdagi norasmiy guruhlar ta’siriga tushib qolish xavfi kuchayadi. Guruh a’zolari zo‘ravonlik, tajovuzkorlik xususiyatlarini namoyon qiladi, mayda o‘g‘irlikni amalga oshiradi, o‘zgalar mol-mulkiga ziyon yetkazadi, maishiy-axloqiy buzuqlik, alkogolizm, giyohvandlik bilan shug‘ullanadi, sayoq yuradi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining hududiy, demografik, jinsiy, statistik va yosh xususiyatlariga ko‘ra, aholi qatlami zich bo‘lgan shahar joylarida qishloq hududlariga nisbatan ancha yuqoridir. Yosh davrlariga ko‘ra, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi asosan 15-17 yoshga, jinsiy xususiyatlariga ko‘ra esa, o‘g‘il bolalar hissasiga ko‘proq to‘g‘ri keladi.

Tadqiqotchilar jinoyatchilik ro‘y berishining to‘rt manbasi mavjudligini taxmin qiladilar. Birinchidan, jinoyatchilikning yuzaga kelish xavfi transformasiya yo‘liga o‘tgan, aholi qatlamlari etnoijtimoiy belgilariga ko‘ra keskin farqlanadigan jamiyatlarda ko‘proq kuzatiladi. Aholining marginal kayfiyatdagi vakillari mazkur harakat ishtirokchilari bo‘lishi kundek ravshan. Ikkinchidan, ijtimoiy farqlanish, ya’ni aholining boylar va kambag‘allarga bo‘linishi tajovuzkorlik hamda jinoyatchilik vujudga kelishidagi sabablardan bo‘lishi ehtimoli mavjud. Uchinchidan, jinoyatchilik ijtimoiy islohotlar o‘tkazilayotgan davrda kuchayadi. Islohot muvaffaqiyati ta’minlansa, jinoiy kayfiyatlar pasayadi. To‘rtinchidan, oxiriga yetkazilmagan urbanizasiya jarayoni, sanoatlashuvning o‘ziga xos shakli, jamiyat etnodemografik tuzilmasining o‘zgarishi, xususan, boshqarilmaydigan, nazorat qilinmaydigan migrasiya ijtimoiy hayotda jinoyatchilik va betoqatlikni vujudga keltiradi1.


Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling