Kriminal xatti-harakat – bu jinoiy javobgarchilikka tortilishga yoshi yetgan shaxslarning huquqlariga zid harakatlari bo‘lib, ular ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilish jarayonidir. Kriminal harakatlarga deviant va delinkvent harakatlar asos yaratadi.
Deviant xatti-harakatlarni keltirib chiqaradigan sabablarni bir, ikkita muammoga bog‘lash noto‘g‘ridir. Bu xatti-harakatlarning ildizlari nihoyatda sertarmoq iqtisoddan tortib tarbiyagacha, madaniyatdan to dingacha, oilaviy muhitdan, ota-onaning o‘zaro munosabatlari, axloqiy harakatlariga bog‘liq. Ijtimoiy pedagogika fanini o‘rganar ekanmiz, deviant xatti-harakatlar bir-biri bilan bog‘lanib ketgan holatlar natijasi ekanligining (avloddan avlodga o‘tadigan nasliy (genetik) xususiyatlar (qiziqqonlik, yengiltaklik, “o‘ta aqllilik”, xudbinlik, vazminlik...), kishi yashab o‘sgan va tarbiyalangan muhit, deviant xatti-harakatni sodir etishi uchun mavjud vaziyatlar) guvohi bo‘lamiz.
Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |