Motivasion soha milliy umumiylikning sabablari va g‘oyalarining o‘ziga xosligini tavsiflaydi.
Intellektual bilish sohasi esa millat tafakkuri bilan bog‘liq dunyokarashning o‘ziga xosligini xarakterlaydi. Bu jihat ulardagi aqliy xislatlar bilan ifodalanadi.
Kommunikativ xulq - atvor sohasi esa har bir xalqning o‘rnatilib bo‘lingan o‘zaro munosabatlarining me’yorlari, o‘z axloq stereotiplari, o‘z rahbarlik shakllari mavjudligidan dalolat beradi.
Xalqda shunday gipoteza mavjudki, unga asosan har bir xalq nerv tizimi va aqlining tug‘ma xususiyatlarining faoliyat yuritishidagi o‘z xususiyatlariga ega. Bu esa milliy xarakterning emosional-irodaviy sohalarining o‘ziga xosligini keltirib chiqaradi.
Milliy psixologik xususiyatlar ko‘nikma va stereotiplar mexanizmlari orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘rsatmalar insonning muayyan shaklda u yoki bu hodisani qabul qilishidir, ya’ni ko‘rsatma muayyan faoliyat yuritishga tayyorlik, biror-bir milliy jamoa vakili o‘z etnik sharoitlaridan kelib chiqib milliy mentaliteti, shaxsning ijtimoiylashuvi jarayonida milliy axloqiy me’yorlar va qadriyatlar, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va mustahkamlash, atrof-muhitdagi odamlarga baho berish, o‘z millati nuqtai nazariga mos kelmaydigan g‘oyalarni qoralash vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |