Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet54/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Intervyu usuli bu - anketa bilan ko‘p umumiyliklarga ega. Anketada savollar yozma tarzda berilsa, intervyuda og‘zaki savollar beriladi. Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi.

Intervyuni o‘tkazuvchi - intervyuyer shaxsiyati, o‘zini tutishi, ovozi, tashqi ko‘rinishi va kiyinishi ham so‘rov natijalariga ta’sir qilishi mumkin.

Intervyu o‘z mohiyatga ko‘ra tadqiqotchi bilan respondentning suhbati, lekin bu suhbatni har kuni choyxonada yoki bekorchilikdan qilinayotgan suhbat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Choyxonadagi yoki bekorchilikdan o‘tkazilayotgan suhbatdan asosiy maqsad vaqt o‘tkazish bo‘lsa, intervyu muayyan ma’lumot to‘plashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, intervyuning oddiy suhbatdan farqi yana shundaki, suhbatdoshlar bir-birlarini qiziqtirgan masalalar to‘g‘risida gap yuritsa, intervyu jarayonida faqat bir tomon - tadqiqotchi savol va respondent javob beradi.

Intervyu bilan oddiy suhbat o‘rtasidagi tafovut yana shunda ko‘rinadiki, suhbatdoshlar, odatda tanish odamlar bo‘lib bir-birlariga muayyan psixologik munosabatda, aksariyat hollarda ijobiy munosabatda bo‘ladilar. Chunki, odamlar o‘zlari yoqtirmagan odam bilan suhbatlashishni ham yoqtirmaydilar. Intervyu esa, deyarli ikki notanish odamning suhbati. Shuning uchun, agar tadqiqotchi o‘zining muomalasi, kiyinishi, o‘zini tutishi bilan respondentda ijobiy, hyech bo‘lmaganda neytral munosabat uyg‘otolmasa, respondyent savollarga javob berishni xohlamasligi, mabodo iltimos qilib turib olinsa, yuzaki va chala javoblar berishi mumkin. Yoki bo‘lmasa dindor musulmonlardan intervyu olish uchun o‘ta zamonaviy, olabayroq kiyimlarda borish, ayniqsa xotin-qizlarning ovro‘pacha yoki mini kiyimlarda borishi salbiy munosabat uyg‘otadi va bu intervyuning natijasi ko‘ngildagiday bo‘lmaydi.

Ilmiy kuzatishlar muayyan nazariya yoki farazni tasdiqlash, to‘ldirishni, yoki bo‘lmasa rad etishni maqsad qilgan holda olib boriladi.

Kuzatish usulining fanda qo‘llanishidagi yana bir muhim jihati uning oldindan rejalashtirilishi va muntazamligidir. Ana shu rejalashtirish jarayonida tadqiqotchi qay maqsadni ko‘zlab, qaysi nazariya va farazlar asosida, qanday vositalardan foydalangan holda kuzatish olib borishini aniqlab oladi.



Ijtimoiy fanlarda kuzatish usulining qo‘llanilishi uning tabiiy fanlarda qo‘llanishidan ancha farq qiladi. Tabiatda tadqiqotchining kuchli his-tuyg‘ularini uyg‘otadigan voqealar yuz bermaydi. Jamiyatda yuz berayotgan hodisalarni kuzatayotganda esa tadqiqotchi his-tuyg‘ularga berilib ketishi, bo‘layotgan hodisalarga ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘lishi va bu hol tadqiqot natijalariga, xulosalarning ilmiy va ob’yektiv bo‘lishiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Shuning uchun ijtimoiy hodisalarni kuzatishga harakat qilayotgan tadqiqotchi o‘z his-tuyg‘ularini tizginlay olishi, xulosa chiqarish paytida shu his-tuyg‘ulardan yuqoriroqqa ko‘tarila olish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.


Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling