Ijtimoiy psixologiya fanidan tayyorlagan


tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami,  tonalligi. Ekstralingvistik tizim


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana30.10.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1733820
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Achilova Odina Ijtimoiy psix mustaqil ish

tizim – bu vokallashtirish tizimi, ya’ni, tovush sifati, uning ko‘lami, 
tonalligi. Ekstralingvistik tizim – nutqqa tanaffus va boshqalarni, masalan, tin 
olish, yo‘talish, yig‘i, kulgu, nutq jadalligini kiritish. 
Proksemika – psixologiyaning muloqotni fazoda va vaqt bo‘yicha tashkil 
etish talablari bilan shug‘ullanadigan maxsus sohasi. Proksemikaning asoschisi 


16 
amerikalik antropolog E. Xolldir. Proksemik xususiyatlarga sheriklarning muloqot 
vaqtidagi yo‘nalishi va ular o‘rtasidagi masofa kiradi. 
Vizual muloqot – bu ko‘zlar orqali aloqa. SHuni ta’kidlab o‘tish joizki, servis 
sohasi bilan bog‘liq ish faoliyatida verbal, hamda noverbal aloqalar bo‘yicha o‘z 
malakalarini muntazam oshirib boradiganlarga omad kulib boqadi. 
Samarali 
muloqot 
uchun 
odam 
o‘zida 
kommunikativ
omilkorlikni rivojlantirishi kerak, bu boshqa odamlar bilan zarur aloqalarni 
o‘rnatish va quvvatlab turish qobiliyatidir. Samarali kommunikatsiyaning belgilari: 
sheriklarning hamfikrligiga, vaziyat va muloqot predmetini yaxshiroq tushunishga 
erishish. Salbiy kommunikatsiya, kommunikativ to‘siqlarning sabablari 
quyidagilar bo‘lishi mumkin:[1] 
- stereotiplar – alohida shaxs yoki vaziyatga tegishli bo‘lgan soddalashtirilgan 
fikrlar, natijada odamlar, vaziyatlar, muammolarning ob’ektiv tahlili va anglashga 
erishilmaydi; 
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib 
shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib 
bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda 
aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga 
egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri 
ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining 
mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus 
psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida 
muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro 
ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan. 
O‘zbek psixologiya 
fanining oqsoqollaridan biri M.G.Davletshin 
muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki 
yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish 
bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb 
ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif 
beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish 


17 
uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, 
malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir”[1]. Demak, 
muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini 
qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, 
munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi. 
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida 
odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida 
aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi 
(kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va 
birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va 
kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari 
kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro 
hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. 
Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat 
muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish 
imkoni bo‘ladi. 
“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. 
Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini 
anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy 
belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga 
kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat 
insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar 
bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib 
boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman 
olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov 
[2], L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, 
xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan. Ularning fikriga tayangan 
holda muloqotning kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (hamkorlikda 
harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) funksiyalarini alohida 
ko‘rsatish mumkin. Ana shu uchta funksiyaning birligi muloqot jarayonida 


18 
hamkorlikdagi faoliyat va ishtirokchilarning o‘zaro ta’sir etishdagi harakatlarini 
tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. 
1. 
Muloqotning kommunikativ jihatida individlarning o‘zaro ma’lumot 
almashinishi sodir bo‘ladi. 
2. 
Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, 
balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. Yanada aniqlik 
kiritadigan bo‘lsak, muloqot shaxslararo birgalikdagi harakat, ya’ni odamlarning 
hamkorlikdagi faoliyati jarayonida tarkib topadigan aloqalari va o‘zaro bir-
birlariga ta’sirining yig‘indisi sifatida yuzaga chiqadi. Hamkorlikdagi faoliyat va 
munosabat ijtimoiy qoidalar – odamlarning birgalikdagi harakati va o‘zaro 
munosabatlarini qat’iyan belgilab qo‘yadigan hamda jamiyatda udum bo‘lgan 
xulq-atvor namunalari asosida amalga oshiriladigan ijtimoiy nazorat sharoitida yuz 
beradi. Jamiyat ijtimoiy qoidalar sifatida qabul qilgan, ma’qul topgan, udumga 
aylangan va tegishli vaziyatda turgan har bir kishidan bajarilishini kutayotgan 
namunalarning o‘ziga xos tizimini yaratadi. Ularning buzilishi qoidadan chetga 
chiqadiganlarning xulq-atvori to‘g‘rilanishini ta’minlaydigan ijtimoiy nazorat 
mexanizmlari (ma’qullamaslik, ta’na qilish, jazolash)ni o‘z ichiga oladi. 
3. 
Muloqotning pertseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini 
idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining 
ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. 
Muloqotning mazkur jihatida idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining 
shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida anglaydi va tushunadi. Idrok 
qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza 
yuritishi, uni tushunishga intilishi o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon bo‘ladi. 
Yuqorida qayd etilgandek, muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan 
bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot 
jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat 
ijtimoy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, 
barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng 
kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy 


19 
axborot asosiy turlari ichida axborot almashinuvidan iborat muloqot turi ustunlik 
qiladi. Insonlar muloqotining chuqur ijtimoiy determinatsiyasi hayot faoliyati va 
umuman olganda, butun jamiyat rivojlanishi uchun axborot almashinuvining o‘rni 
qanchalik muhimligidan dalolat beradi. 
«Kommunikatsiya» atamasi fanga XX asrning boshida kirib kelgan. 
«Kommunikatsiya» lotincha communicatio, communico so‘zlaridan kelib chiqqan 
bo‘lib, bog‘layman, muloqot qilaman ma’nolarini anglatadi. Ijtimoiy fanlarda 
kommunikatsiya birgalikda harakat qilish, o‘zaro ta’sir haqidagi ilmiy bilim sohasi 
hamda ushbu jarayonlar va ularning natijalarini ifodalash uchun qo‘llaniladi. 
Kommunikatsiya muammolariga tadqiqotchilar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan 
keyin qiziqa boshlashdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1960-yillar boshiga kelib, 
falsafa va sotsiologiya ilmiy adabiyotlarida kommunikatsiya tushunchasining 
yuzdan ortiq ta’riflari mavjud bo‘lganini aytish mumkin. Tasavvur hosil bo‘lishi 
uchun mazkur ta’riflardan faqat to‘rttasni keltirib o‘tamiz: 
1. «Kommunikatsiya – bu murakkab dinamik tizimlar va uning axborotni 
qabul qilish, to‘plash, o‘zgartirish imkoniga ega qismlari o‘rtasida axborot 
almashinuvi». 
2. «Kommunikatsiya – bu axborotni o‘ziga xos almashish, uning emotsional 
va intellektual mazmunini aks ettirish jarayoni». 
3. «Kommunikatsiya – insonlarning kongitiv va mehnat faoliyati jarayonida 
o‘zaro munosabatlarga kirishishning o‘ziga xos shakli». 
4. «Kommunikatsiya – noverbal va verbal harakatlar natijasida axborot 
olish». 
Ko‘rinib turibdiki, bu ta’riflarda mazkur fenomenning ayrim jihatlarigagina 
urg‘u berilgan. Shuning o‘zi kommunikatsiyaning naqadar qamrovi keng va 
murakkab hodisa ekaniga ishoradir. Kibernetika asoschisi Norbert Viner 
ta’kidlashicha: «Axborot almashinuvi – bu jamiyatni birlashtiruvchi sement» [3]. 
Ijtimoiy kommunikatsiya – insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishishning 
o‘ziga xos shakli bo‘lib, unda axborot uzatish til va boshqa belgilar tizimlari 
yordamida amalga oshiriladi. Kanadalik sotsiolog Marshal Maklyuen fikricha, 


20 
kommunikatsiya usulining almashishi tarixning rivojlanish bosqichlarini ifoda 
etadi. Shunga ko‘ra u insoniyat rivojlanishning quyidagi davrlarini ajratgan: 
— og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit 
kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); 
— yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini 
kesib o‘tgan); 
— nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, 
«Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish 
texnologiyasining ixtiro qilinishi); 
— multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda 
kirishish). 
M.Maklyuenning g‘oyasiga binoan, kommunikativ muhit madaniyat 
xususiyatlarini belgilab beradi. Uning fikricha, zamonaviy madaniyat mazmunan 
vizual, XIX asr oxiri XX asr boshi madaniyati esa asosan yozma bo‘lgan. Shunday 
qilib, hozirgi vaqtda sotsiomadaniy kommunikatsiya – bu umume’tirof qilingan 
tushunchalarda asoslangan, kommuntatorlar o‘zaro munosabatlari mazmuni hamda 
ularning ijtimoiy muhiti bilan shartlangan xabarlarni almashish bo‘yicha ikki 
tomonlama jarayon. 
Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari 
tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, 
«inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini o‘rganuvchi 
fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot 
almashinuvini “kommunikatsiya” deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-
yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen 
va boshqalar) o‘z tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham 
qo‘llay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida 
shakllanib borib, o‘zining predmeti, kategoriyalar apparati, o‘z qonuni va tarixiga 
ega 
bo‘ldi. 

falsafa, 
sotsiologiya, 
psixologiya, 
siyosatshunoslik, 
madaniyatshunoslik iqtisodiyot va boshqa fanlar bo‘yicha tadqiqotlarning 
natijalarini o‘zida mujassam qilgan ilmiy bilimning kompleks sohasi hisoblanadi. 


21 
Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va 
qonuniyatlarini o‘rganadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya 
nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. 
Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina 
paydo bo‘ladi. Ular quyidagilar: 

kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; 

kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; 

kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. 
Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham 
«axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» 
kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari) ga ega. M.Veber, G.Gadamer, 
G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy 
natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish [4] 
deb ataladi. Axborot jamiyati nazariyasi vakillari (D.Bell, A.Toffler, G.Maklyuen) 
kommunikatsiyaga futurologik yondashadilar. Ushbu nazariyada kommunikatsiya 
vositalari yagona rag‘batlantirish va ijtimoiy rivojlanishning manbai tarzida talqin 
qilinadi. Axborot bu holda madaniyat va barcha madaniy qadriyatlarning tarkibiy 
qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot 
almashinuvi bo‘lib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual 
va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli 
modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta 
(notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u 
«kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Axborot almashinuvi 
kommunikatsiyaning ham, muloqotning ham markaziy xususiyati ekanligi tufayli 
bu kategoriyalarni tushuntirish, izohlash borasida, tabiiy ravishda, xilma-xilliklar 
kelib chiqdi va bir qator yondashuvlar paydo bo‘ldi. Birinchi yondashuv 
mazmunan ikki tushunchani ma’no jihatdan aynanlashtirishdan iborat. Bu 
yondashuv yuzaga chiqishiga yetakchi psixolog va faylasuflar L.C.Vigotskiy, 
V.N.Kurbatov, A.A.Leontevlar katta hissa ko‘shgan. Qator qomusiy va izohli 
lug‘atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan. 


22 
Ukrainalik tadqiqotchi, muloqot nazariyasi sohasida taniqli mutaxassis 
Yu.D.Prilyuk tarixiy-lingvistik tadqiqotlar asosida ushbu atamalarning dastlabki va 
hozirgi ma’nolarini etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin, shuning 
uchun «jamiyatda axborot almashinuvi»ni bildiruvchi tushunchalar sifatida ular 
o‘zaro tengdir, degan to‘xtamga keladi. Shunga o‘xshash fikrlarni T.Parsons va 
K.Cherri kabi etakchi xorijiy olimlar ham bildirishgan. Ikkinchi yondashuv 
«kommunikatsiya» va «muloqot» tushunchalarini farqlash bilan bog‘liq. Taniqli 
faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan 
farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot 
almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u 
yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir»[5]. Ikkinchidan, 
ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-
biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda 
subyekt ma’lum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi 
sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi 
anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, 
M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir. 
Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda «xabarlar 
jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat 
ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, 
muloqot 
jarayoni 
kommunikatsiyadan 
farqli 
ravishda 
ikki 
tomonlama 
yo‘naltirilganlik xarakteriga ega. 
Yirik 
psixolog 
olim 
G.M.Andreyevaning 
fikricha, 
muloqotni 
kommunikatsiyaga qaraganda kengroq kategoriya sifatida talqin etib, muloqot 
tuzilmasida uchta o‘zaro bog‘langan jihatlarni ajratishni taklif qiladi. A.V.Sokolov 
muloqot 
kommunikativ 
faoliyatning 
shakllardan 
biri, 
bu 
shakllar 
kommunikatsiyaga kirishayotgan sheriklarning maqsadlariga qarab bir-biridan 
farqlanadi, deya mazkur fikrga qarshi chiqadi[9]. Yana bir yondashuv bo‘yicha 
muloqot jamiyatdagi barcha axborot jarayonlarini qamrab olmaydi, degan fikrni 
ilgari suruvchi olimlar guruhi mavjud. Vaholanki, axborot jarayonlari jamiyat 


23 
organizmini, barcha ijtimoiy tizimostilarni qamrab oladi va ijtimoiy hayotning har 
qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjud, shu bilan birga, ular hamisha ham 
so‘z, nutq yoki matn shaklida bo‘lmasligi mumkin. Aslida, verbal (so‘z) shaklidagi 
xabarlar jamiyatda axborot almashinuvining kichik bir ulushini tashkil qiladi, 
qolgan vaziyatlarda axborot almashinuvi tildan foydalanmasdan amalga oshiriladi 
hamda axborot tashuvchilari sifatida noverbal signallar (mimika, intonatsiya, 
harakatlar va h.k.), shu bilan birga, madaniyatning moddiy shakllari, buyumlar 
xizmat qiladi. Madaniyatning moddiy shakllari axborotni ham makon, ham zamon 
bo‘yicha uzatishga imkon beradi. Aynan shuning uchun muloqot insonlar o‘rtasida 
o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, 
verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos 
axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling