Ijtimoiy roli va mas’uliyatini birinchi darajali dunyo kompaniyasi sifatidagi maqomiga foyda keltiradigan usulda amalga oshirish uchun yaxlitlikni kundalik amaliyotlariga olib kirgan


Download 0.52 Mb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1024948
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IYA(5-amaliyot)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Kafedra : Pochta aloqasi


Fan : Ish yuritish analitikasi

Topshiriq 5



Mavzu : Korxonalar tahlili
Guruh : PEA001-2
Bajardi : Bahriyev Shohzod
Tekshirdi : Rahimova Sevara


Toshkent – 2022
Adolatli va shaffof korporariv madaniyat (SAMSUNG kompaniyasi misolida)
Ijtimoiy roli va mas’uliyatini birinchi darajali dunyo kompaniyasi sifatidagi maqomiga foyda keltiradigan usulda amalga oshirish uchun yaxlitlikni kundalik amaliyotlariga olib kirgan.


Kompaniya biznesi dunyoning bir qancha mamlakatini qamrab olgani uchun tegishli mamlakatlarning qonunlari, normativlari va qabul qilingan amaliyotlarini tan oladi va tahlil etadi hamda faoliyatini qonunan va axloq me’yorlariga amal qilgan holda yuritadi. Shuningdek, mijozlarini va xodimlarining shaxsiy daxlsizligini hurmat qilish hamda ularning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish uchun global axborot xavfsizligi tartib-qoidalarini ishlab chiqib, amalga oshiradi. Kompaniyaning muvofiqlik va axloqiy xatarlarni tizimli boshqarish borasidagi urinishlari barcha xodimlarini qaror qabul qilish va odilona fikr yuritishda yoʻnaltiradigan Samsung Global axloq kodeksi va Biznes axloq yoʻriqnomasi bilan boshqariladi. Kompaniyaning ilgari Yuridik boshqarmaga qarashli bo‘lgan “Muvofiqlik jamoasi” endi bevosita bosh direktorga hisob beriladi hamda Muvofiqlik jamoasi boshligʻi boshqaruv kengashining barcha uchrashuvlarida ishtirok etadi va kengashning muhim qarorlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Kompaniyada har bir biznes boʻlinmasida va xorijdagi hududiy korxonalarida istalgan boʻlinma va hududga tegishli muvofiqlik muammolarini boshqarish uchun alohida boshqarmalar tomonidan faoliyat ko‘rsatadi.

Etika boshqaruvi

SANSUNG taʼminotchilari, mijozlari va tashqi manfaatdor tomonlariga va xodimlarini Global axloq kodeksiga (“Samsung biznes prinsiplari”) bilan etika boshqaruvi veb-sayti orqali tanishtiradi hamda axloqiy standartlarning har qanday buzilishi haqida xabar berish kanalini ochiq ko‘rsatadi. Undan tashqari, xodimlar uchun axloq standartlari sifatida xizmat qiluvchi “Xodimlarning biznes axloqi yoʻriqnmoasi” 15 tilga (jumladan, koreys tili) tarjima qilingan va ichki intranetiga ham yuklagan. Tegishli tafsilotlar kollektiv, onlayn hamda audio/vizual treninglar orqali bir yilda kamida bir marta dunyo boʻylab barcha xodimlari orasida tarqatiladi hamda ulashiladi. Shaffof biznes amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun alohida “Biznes yoʻriqnmasi” taʼminotchilariga ham taqdim etadi.




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling