Ijtimoiy roli va mas’uliyatini birinchi darajali dunyo kompaniyasi sifatidagi maqomiga foyda keltiradigan usulda amalga oshirish uchun yaxlitlikni kundalik amaliyotlariga olib kirgan
Download 0.52 Mb.
|
IYA(5-amaliyot)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxfiylik siyosati
Muvofiqlik boshqaruviSamsungning muvofiqlik dasturi narxlarni belgilash yoki intellektual mulk huquqlarining buzilish xatarlarini kamaytirish maqsadida inson huquqlari, salomatlik va xavfsizlik hamda atrof-muhit muhofazasiga oid masʼuliyatni kuchaytirish uchun muvofiqlikka tayanuvchi korporativ madaniyatni qurishga qaratilgan. Muvofiqlik dasturini boshqarish tizimi (CPMS) AT dasturi bo‘lib, muvofiqlikka oid xatarlarni boshqarish uchun ishlab chiqilgan, unda hududlarga mos tartib-qoidalarni yaratish va mintaqaviy muammolar monitoringi tafsilotlari mavjud. Yordam ko‘rsatish markazi xodimlarga ishga oid savollari boʻlganda yoki biror ishning qonuniyligini aniqlash uchun yoʻriqnomalari yetarli emas deb hisoblaganda, shaxsan ekspertlarga savol berishiga ko‘maklashadi. CMPS boʻyicha xodimlar uchun yaratilgan qoidabuzarliklar haqida xabar berish tizimi xabar beruvchilarning maxfiy qolishini qatʼiy taʼminlagan holda ishlaydi. Profilaktika ishlari Muvofiqlikni boshqarish jarayoni Monitoring Keyingi boshqaruv Profilaktika ishlari Xodimlarni oʻqitishni taklif qilish, muayyan tarmoqqa oid qoʻllanmalar taqdim qilish, tizimli baholashni amalga oshirish, qoʻllab-quvvatlash xizmatini boshqarish, yangi va qayta koʻrib chiqilgan qoidalarni kuzatish va nazorat qilish. Monitoring Maxsus boʻlinmalar yoki xodimlar yordamida muntazam/alohida monitoring yuritish. Keyingi boshqaruv Jarayon/natijalarni tahlil qilish yoʻli bilan muammolarning asosiy sabablarini aniqlash, takomillashtirish, bir xil muammo takrorlanishini oldini olish (masalan, treninglar doirasida haqiqiy vaziyatlarni kiritish) Maxfiylik siyosatiKompaniya global miqyosdagi standart maxfiylik siyosatini rasman eʼlon qildi hamda mintaqa qonunlari va mahalliy sharoitni aks ettiruvchi tegishli tartib-qoidalarni ishlab chiqdi. Bu kabi sa’y-harakatlar natijasida xodimlarini tartibga soluvchi qoidalar sifatida foydalanishi uchun “Global shaxsiy maʼlumotlar yoʻriqnomasi” va “Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni autsorsing qilish uchun boshqaruv yoʻriqnomasi” bilan ta’minlandi. Kompaniyani jarayonlari va tizimlarini tegishli tartib-qoidalarni kundalik faoliyatiga kiritish uchun boshqaradi hamda tekshiruvlar oʻtkazishni va kompaniya miqyosida treninglar o‘tkazishni taklif etishni davom ettiradi. Maxsus bo’linmalar faoliyati Tegishli biznes boʻlinmalarida maxfiylik siyosati uchun javobgar, bosh direktor tayinlagan yuristlar yetakchiligidagi Korporativ yuridik boshqarmaning Global maxfiylik bo‘limini tashkil etish Tegishli biznes boʻlinmalarida maxfiylik siyosatiga javobga yuristlarni tayinlash. Maxfiylik siyosatini yuritish / Boshqaruv tizimlarini tekshirishni kuchaytirish Maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash hamda yoʻq qilishning toʻliq jarayonini boshqaruvchi mijozlar va xodimlarining boshqaruvdagi, texnik va jismoniy himoyasi tizimlarini yuritadigan tizimlar va xizmatlarni muntazam tekshirish va kerakli oʻzgarishlarni amalga oshirishdan iboratdir. Maxfiylik siyosati treningi Boshqarmalarga xos ish xarakterini (rejalashtirish, tadqiqot va rivojlantirish, marketing va h.) inobatga oluvchi maxfiylik siyosatiga oid onlayn va oflayn treninglar hamda barcha xodimlarga qaratilgan asosiy treninglarni oʻtkazish. Maxfiylikni huquqiy jihatdan boshqaruv tizimini (PLMS) yuritish Rejalashtirish va ishlab chiqishdan tortib, to amalga oshirish va tugatishga qadar mahsulotlar va xizmatlarning har bir bosqichidagi maʼlumotlar maxfiyligi xatarlarini koʻrib chiqish uchun yaratilgan maʼlumotlar maxfiyligiga oid xatarlarning nazorat roʻyxatidan foydalanib, maxsus choralar koʻrishni majburiy qilish hamda ushbu nazorat roʻyxatini maxsus yuristlar tekshiruvidan oʻtkazish! Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling