Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


-jadval. O'zbekiston Respublikasida hududlar bo`yicha uy-joy fondining umumiy maydoni, kv.m14


Download 0.57 Mb.
bet27/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga

3.1-jadval.
O'zbekiston Respublikasida hududlar bo`yicha uy-joy fondining umumiy maydoni, kv.m14

Hududlar

2017

2018

2019

2020

2021

O'zbekiston Respublikasi

507 557 524

521 244 564

536 785 540

548 995 771

636 414 295

Qoraqalpog'iston Respublikasi

35 122 521

35 100 834

31 369 416

31 542 222

32 290 012

Andijon

31 053 698

31 543 971

32 026 428

32 575 537

44 691 663

Buxoro

27 411 545

29 948 385

32 225 789

33 639 423

34 374 879

Jizzax

18 308 218

18 656 573

19 241 466

19 935 572

24 296 356

Qashqadaryo

50 373 289

53 137 064

54 953 364

55 202 976

55 785 911

Navoiy

20 755 513

21 296 750

22 103 603

22 485 235

24 352 186

Namangan

40 529 755

41 333 559

44 409 017

46 887 180

49 275 478

Samarqand

55 535 528

56 751 521

58 026 466

59 259 326

78 362 017

Surxandaryo

31 710 571

32 240 064

33 115 602

33 891 683

37 747 577

Sirdaryo

11 553 340

12 168 163

13 023 776

13 187 432

16 413 895

Toshkent

42 773 606

43 695 254

45 135 094

46 980 607

48 774 790

Farg'ona

48 013 925

48 661 561

49 037 090

49 539 913

80 806 234

Xorazm

43 044 768

43 516 418

45 421 101

45 729 366

46 360 163

Toshkent sh.

51 371 247

53 194 447

56 697 328

58 139 299

62 883 134

Uy-joy xо‘jaligini isloh qilishning dastlabki bosqichida islohotlarning qonunchilik asosini “О‘zbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tо‘g‘risida”gi, “Davlat uy-joy siyosatining asoslari tо‘g‘risida”gi Qonunlari, “Uy-joy-kommunal xizmatlarning о‘z xarajatlarini о‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich о‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 271-sonli Qarori, “Aholiga kommunal xizmat kо‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasi tо‘rg‘isida”gi 461-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Konsepsiyasi va boshqa meyoriy hujjatlar tashkil etadi. Shuningdek, boshqa О‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondidan foydalanish va kommunal xizmatlar kо‘rsatish tо‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ham shular jumlasidandir.


Islohotlarning dastlabki bosqichida qabul qilingan qonun hujjatlariga asoslangan holda respublikada aholiga kommunal xizmat kо‘rsatish tizimidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi hamda bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan tegishli mintaqaviy keng qamrovli dasturlar ishlab chiqildi va ularning asosida xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish hamda kommunal xizmat kо‘rsatishni boshqarish tizimini isloh qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Uy-joy kommunal xо‘jaligi sohasida islohotlarni amalga oshirish jarayonida dastlab amalga oshirilgan asosiy vazifalar quyidagilar bо‘ldi:
- uy-joyga mulkdorlik huquqi fuqarolarning о‘ziga topshirildi va bu bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tuzish orqali kо‘p kvartirali uylardagi umumiy mulkni saqlash uchun mas’uliyat ularning zimmasiga yuklandi. Kо‘p kvartirali uylardagi turar joy xonalari egalarining yangi sinfini shakllantirishning huquqiy maqomi О‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidagi uy-joy fondini xususiylashtirish tо‘g‘risida”gi Qonuni (1993 y.), Fuqarolik Kodeksi (1996 y.) va Uy-joy Kodeksiga (1999 y.) muvofiq belgilandi.
- Respublikamizda uy-joy kommunal xо‘jaligi sohasidagi islohotlar uy-joy fondini davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Ushbu jarayon tez va qisqa muddatda amalga oshirildi. 1993 yil 7 maydagi "О‘zbekiston Respublikasi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tо‘g‘risida"gi qonun chiqarilib, uning ijrosi respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonining asosan tugallanishini ta’minladi. Davlat uy-joy fondining qariyb 99,0 % fuqarolarga xususiy mulk qilib berildi. Umumiy maydoni 57 mln. m2 bо‘lgan 990,6 ming kvartira shu kvartirada yashovchi fuqarolarga sotildi. Fuqarolarda mulkka egalik hissini hosil qilish maqsadida kvartiralarning qiymati arzon baholarda belgilandi.
- Kvartiralar qiymatini turarjoy binolarining qurib ishga tushirilgan yilidan kelib chiqqan holda belgilashda tabaqalarga bо‘lindi.
Kvartiralar asosan nafaqada bо‘lgan fuqarolarga, budjet hisobidan moliyalashtiriluvchi tarmoqlarda (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at sohalarida) faoliyat kо‘rsatayotgan fuqarolarga bepul xususiy mulk qilib berildi.
Uy-joy kommunal xо‘jaligi sohasidagi islohotning ikkinchi muhim bosqichi xususiy uy-joy fondlaridan foydalanish va kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalarining xususiy tizimini tashkil etish bо‘ldi. Bu bosqichda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tuzish tartibi, ularning huquqiy maqomi va davlat, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, ular a’zolarining huquqi hamda burchlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar О‘zbekiston Respublikasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari tо‘g‘risida”gi Qonunida о‘z aksini topdi. Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tashkil qilinishi binolarni saqlash va ta’mirlashni boshqarishning yangi va samaraliroq uslubini vujudga keltirdi: endi binolarda yashovchilar ularga о‘z mablag‘lari hisobidan birgalikda xizmat kо‘rsatadigan bо‘lishdi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling