Ijtimoiy soha iqtisodiyoti
rentabellik; xarajatlar
Download 0.57 Mb.
|
1-mavzuga
Umumlashtiruvchi kо‘rsatkichlarga:
rentabellik;xarajatlar;nisbiy darajasi;fond samaradorligi;sarflangan barcha resurslar fond samaradorligi va boshqa kо‘rsatkichlar kiradi.Rentabellik uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalari xо‘jaligi faoliyatining iqtisodiy kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Rentabellik xizmat kо‘rsatish sohasida – sof foydaning korxona asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari yig‘indisiga nisbatining foizdagi ulushi bilan aniqlanadi. Bu yerda: – asosiy ishlab chiqarish fondlari; – aylanma mablag‘lar summasi; Ijtimoiy samaradorlikning statistik kо‘rsatkichlarini quyidagi guruhlarga ajratib о‘rganib chiqish joiz: 1. Iste’molchilik talabi qondirilishini tavsiflovchi statistik kо‘rsatkichlar; 2. Xizmat kо‘rsatish vaqtini qisqarishini tavsiflovchi kо‘rsatkichlar; 3. Mehnat sharoiti va xarakterini yaxshilanishini tavsiflovchi statistik kо‘rsatkichlar. Iste’molchilar talabini qondirishni tavsiflovchi kо‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: – xizmat kо‘rsatiladigan aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi; – xizmat kо‘rsatiladigan aholi jon boshiga tо‘g‘ri keladigan yalpi xizmatlar miqdori; – kо‘rsatiladigan xizmatlarning oshib borish koeffitsiyenti; – xizmat kо‘rsatish vaqtini qisqartirishni tavsiflovchi kо‘rsatkichlar; – iste’molchilarning xizmat kо‘rsatish korxonalarida sarflaydigan vaqtini kamaytirish koeffitsiyenti; – bir iste’molchiga xizmat kо‘rsatish uchun sarflanadigan vaqt; – bir iste’molchining xizmat kо‘rsatish korxonasiga qayta tashrif buyurishi uchun sarflangan vaqt. Bu kо‘rsatkich ijtimoiy samarani pasayganligidan dalolat beradi; – о‘rtacha bir marta xizmat kо‘rsatilishi kerak bо‘lgan kishi uchun sarflanadigan vaqt; Mehnat sharoiti va mehnat xarakterini tavsiflovchi kо‘rsatkichlarga: – mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish (yangi texnika va texnologiyalarni qо‘llash darajasi); – xizmat kо‘rsatish korxonalari bino va inshootlarini zamon talablari darajasiga javob berishi; – xizmat kо‘rsatishda ilg‘or mehnatni tashkil qilish usullaridan foydalanish darajasi; – korxonada foydalaniladigan texnologiya, asbob-uskuna va mexanizmlarni ilg‘orlilik darajasi; – xizmat kо‘rsatish xizmatida band bо‘lgan ishchilarning malakasi, ma’lumoti, mutaxassisligining yuqoriligi darajasi; – soha uchun zarur bо‘lgan xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil qilish darajasi kiradi. Yuqorida ta’kidlangan kо‘rsatkichlardan alohida bittasi qо‘llanilsa, umumiy natijadorlikni ifodalamaydi. Chunki har bir kо‘rsatkich, ijtimoiy samaraning kichik bir yo‘nalishinigina xarakterlaydi. Bu kо‘rsatkichlar birgalikda qо‘llanilsa, uy-joy kommunal xizmat kо‘rsatish korxonalarining ijtimoiy samaradorligiga tо‘liq baho berish mumkin. Islohotlarning dastlabki bosqichida qabul qilingan qonun hujjatlariga asoslangan holda respublikada aholiga kommunal xizmat kо‘rsatish tizimidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasi hamda bozor munosabatlarini joriy etishga qaratilgan tegishli mintaqaviy keng qamrovli dasturlar ishlab chiqildi va ularning asosida xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish hamda kommunal xizmat kо‘rsatishni boshqarish tizimini isloh qilish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling