Ijtimoiy soha iqtisodiyoti


Download 0.57 Mb.
bet4/33
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1-mavzuga

118 811,0

150 889,8

193 697,8

219 978,5

284 165,4

165354,4

Qoraqalpog‘iston

3 611,3

4 600,2

5 671,8

6 520,3

8 458,4

4847,1

Andijon

6 627,2

8 011,5

9 803,8

11 413,0

14 636,3

8009,1

Buxoro

5 421,1

6 631,6

8 413,2

9 843,1

12 574,1

7153

Jizzax

2 530,8

3 283,2

4 305,1

5 024,7

6 395,6

3864,8

Qashqadaryo

5 859,7

7 064,1

8 800,9

10 349,5

12 823,8

6964,1

Navoiy

3 068,4

3 925,6

5 056,2

5 840,5

7 459,6

4391,2

Namangan

4 999,2

6 067,7

7 747,6

8 928,6

11 619,5

6620,3

Samarqand

8 343,2

10 043,5

12 786,8

14 086,1

18 259,0

9915,8

Surxondaryo

4 485,5

6 079,6

6 981,9

8 013,9

10 387,4

5901,9

Sirdaryo

1 603,8

2 031,4

2 726,8

3 303,0

4 183,1

2579,3

Toshkent

9 347,4

11 292,9

14 568,4

16 438,3

21 197,4

11850

Farg‘ona

7 602,2

9 237,9

11 684,1

13 694,4

17 411,8

9809,6

Xorazm

3 645,5

4 562,8

5 763,3

6 461,2

8 325,8

4680,3

Toshkent sh.

38 659,9

50 176,2

65 759,2

79 879,3

106 502,8

67842,9

Yuqoridagi 1.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hajmi 2021 yilda 284 165,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 165354,4 mlrd. so‘mga oshgan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021 yilda 8458,4 mlrd.so‘mlik, 2017 yilga nisbatan 4847,1 mlrd so‘mga ko‘p, Andijon viloyatida 14 636,3 mlrd.so‘mlik, 2017 yilga nisbatan 8009,1 mlrd so‘mga ko‘p, Buxoro viloyatida 12 574,1 mlrd.so‘mlik, 2017 yilga nisbatan 7153 mlrd so‘mga ko‘p, Jizzax viloyatida 6 395,6 mlrd.so‘mlik, 2017 yilga nisbatan 3864,8 mlrd so‘mga ko‘p, Qashqadaryo viloyatida 12 823,8 mlrd.so‘mlik, 2017 yilga nisbatan 6964,1 mlrd so‘mga ko‘p hamda Toshkent shahrida 106 502,8 mlrd.so‘mlik, 2017 yilga nisbatan 67842,9 mlrd so‘mga ko‘p xizmatlar ko‘p bajarilgan.
Demak, ijtimoiy soha deganda, inson hayoti faoliyati barcha sharoitlari yig‘indisini, moddiy va ma’naviy ne’matlarni kafolatlovchi ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, pensiya ta’minoti, uy-joy kommunal xо‘jaligi, jismoniy tarbiya va sport, maishiy va ijtimoiy himoya sohasidagi davlat siyosatining ustuvor jihatlari aks etgan muayyan tizimi tushuniladi. Ushbu xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish natijasida ma’naviy boy va jismoniy sog‘lom kishilarni shakllantirish imkoniyatlari kengayadi.
O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida о‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bо‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yо‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish о‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga kо‘tarildi.
Sо‘nggi besh yillik islohotlar natijasida mamlakatimizda Yangi О‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib о‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini sо‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yо‘nalishlarini belgilandi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev aholi farovonligini oshirish va uni yangi sifat darajasiga ko‘tarishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi hamda buni Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida alohida yo‘nalish sifatida belgilab qo‘ydi. Bu vazifani amalga oshirish o‘z-o‘zidan zamonaviy, yuksak rivojlangan xizmat ko‘rsatish sohalarini tashkil qilishni taqozo etadi. Istiqbolda, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy siyosatning samarasini oshirib borish orqali bu sohalarda yuqori natijalarga erishish kutilmoqda. Xususan, Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini yetti yо‘nalishdan iborat qilib belgilandi:
1. Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etiladi, inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan, keng kо‘lamli islohotlar yangi pog‘onaga kо‘tariladi.
2️. Adolat va qonun ustuvorligi – xalqchil davlat qurish, inson qadr-qimmatini ta’minlashning eng asosiy va zaruriy sharti bо‘ladi.
3️. Milliy iqtisodiyotni, uning о‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish ustuvor vazifalaridan biri bо‘ladi.
4️. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritiladi, inson kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi bundan buyon ham doimiy e’tibor markazida bо‘ladi.
5️. Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega bо‘ladi.
6️. Iqlim о‘zgarishi, ekologik muammolar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm, odam savdosi kabi umumbashariy muammolarga yechim topish dolzarb bо‘lib qoladi.
7. Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bо‘lgan Qurolli Kuchlar qudratini yanada oshirish ustuvor maqsad bо‘lib qoladi3.
Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha ijtimoiy mеhnat taqsimoti tizimi rivojlanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Moddiy ishlab chiqaruvchilar bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarda ijtimoiy sohaning o‘z o‘rni bor. Ular mеhnat faoliyatlari bilan ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotlarini rеalizatsiya qilishilarida qatnashadilar.

Iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling