Ijtimoiy tarbiyada reja
Download 26.34 Kb.
|
Ijtimoiy tarbiyada
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchi-yoshlarni manaviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar.
Ijtimoiy tarbiyada REJA O‘quvchi-yoshlarni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha aniqlangan umumiy muammolar O‘quvchi-yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuvni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘quvchi-yoshlarni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasidagi muammolar. Mamlakatimizda yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy va mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ularni turli diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik hamda turli axborot xurujlaridan himoya qilish borasida davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, shunga qaramay hozirda ushbu masalada ayrim kamchilik va muammolar ham ko‘zga tashlanmoqda. Mazkur muammolar qatoriga: ayrim yoshlarimiz ma'naviyati va ruhiyatida “G‘arb madaniyati” ko‘p hollarda milliy ruhiyatimizdan ustuvorroq namoyon bo‘layotganligi; ayrim yoshlarimiz bilib-bilmay vayronkor (diniy ekstremizm, missionerlik kabi) g‘oyalar ta'siriga duchor bo‘lib qolayotganligi; yoshlarda siyosiy yetuklik yetishmayotganligi, nafaqat mamlakatda, balki jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarga befarq bo‘lish, loqaydlik holatlarining mavjudligi; yoshlar orasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlari oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz bo‘lgan turli xil janrdagi musiqalar eshitish, filmlar tomosha qilish odat tusiga kirib borayotganligi va boshqalarni kiritish mumkin. Ushbu muammolarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “... o‘zini jamiyatimiz, yoshlarimiz ma'naviyati, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun mas'ul deb bilgan insonlar – bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo‘ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta'sir kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo‘ladimi – ularning barchasi ayniqsa faol bo‘lishlari lozim”1 deya ta'kidlab, yosh avlodni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuv g‘oyasini ilgari surmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev nutqlari va ma'ruzalarida ta'lim-tarbiya masalasiga yangicha yondashuv ya'ni, kompleks yondashuv g‘oyasini ko‘tarilayotgani bejiz emas. Binobarin, bugungi kunda yoshlar tarbiyasi bo‘yicha ta'lim tizimi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar o‘z yo‘nalishida ko‘plab ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Lekin, shunga qaramay yoshlar masalasida mutasaddi bo‘lgan ayrim tashkilotlar faoliyatida: ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyaga ikkinchi darajali masala deb qarash; ba'zi hollarda real vaziyatni hisobga olmagan holda hisobot uchun tadbirlar o‘tkazish; ma'naviy tarbiyaning samaradorligi monitoringini olib bormaslik va tahlilga asoslangan chora-tadbirlarni o‘tkazmaslik; ayrim muassasalarda ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaga mo‘ljallangan maxsus xonalardan deyarli foydalanmaslik, ularni “xo‘ja-ko‘rsin”ga, tekshiruv komissiyasi uchun jihozlab qo‘yish hollari mavjud. Download 26.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling