Ijtimoiy tarbiyada reja


Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha aniqlangan umumiy muammolar


Download 26.34 Kb.
bet2/4
Sana15.06.2023
Hajmi26.34 Kb.
#1477212
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy tarbiyada

Oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha aniqlangan umumiy muammolar.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda albatta, Xalq ta'limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Respublika “Oila” markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, Respublika “Mahalla” jamg‘armasi hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari o‘z vazifalarini amalga oshirib kelmoqda. Buguni davr sharoiti va Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlarning ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasiga kompleks yondashuv talabi qo‘yilmoqda. Albatta, ta'lim-tarbiya maslasidagi ushbu talab globallashgan, axborot almashinuvi o‘ta jadallashgan davr ruhiga mos zaruratdir.
Ta'kidlash kerakki, yosh avlodni ma'naviy va g‘oyaviy tarbiyasida biror-bir inson yoki tashkilotning yolg‘iz harakati hyech qanday samara bermaydi. Chunki, mafkuraviy ishda birdamlik va sinxron harakat juda muhim omil hisoblanadi. Mazkur omil orqali har bir xalq o‘z jamiyatida sog‘lom g‘oyaviy va ma'naviy muhitni yarata oladi. Bunday muhitni vujudga kelishida albatta, barcha turdagi ta'lim muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, o‘z-o‘zini boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari hamda boshqa shu kabi muassasalar birdek rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham mafkuraviy ishda bunday tashkilotlarni boshini qovushtirish, yagona maqsad yo‘lida sinxron harakatga erishish juda muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda aynan yoshlar tarbiyasida oila, mahalla va ta'lim muassasasining bola tarbiyasi bo‘yicha quyidagi umumiy kamchilik va muammolar aniqlangan:

Birinchidan, mamlakatimizda mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududlar (viloyat, tuman (shahar), qishloq, ovul va mahallalar) kesimida hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib (ishsizlik, oilaviy muammolar, diniy qarashlar, ta'lim sohasi va boshqa masalalar bo‘yicha) hududning ma'naviy va g‘oyaviy holati (manzarasi)ning kompleks tahlili mavjud emasligi;

Ikkinchidan, mutasaddi tashkilotlarning yoshlar tarbiyasiga kompleks yondashuvi bo‘yicha o‘zaro hamfikr va hamkorlikdagi yillik reja yoki chora-tadbirlarga ega emasligi;

Uchinchidan, mutasaddi tashkilotlarning ma'naviy-ma'rifiy sohadagi rejalarining individual xarakterda ekanligi. Ushbu rejalar yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zaro muvofiq va mutanosib holda bir-birini to‘ldirib bormasligi;

To‘rtinchidan, Mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida yoshlar tarbiyasiga oid amaliy ishlar bo‘yicha kompleks hamkorlik, aloqa va qayta aloqani yo‘lga qo‘yilmaganligi;


Download 26.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling